Energetika korxonalarida qo‘llanadigan asosiy kimyoviy moddalarning tavsiflari
va ular bilan ishlashda xavfsizlik choralari
Suvli texnikaviy ammiak
Elektr stansiyalariga ammiak suvli eritma holatida kelib tushadi, uning tarkibida 22 —
25 foiz NH (15 °S da zichligi 0,9 g/sm ).
Ammiakning suvli eritmasi kuchli ishqorli xususiyatiga ega. Ammiak eritmasining 1
foizli rN qiymati 11,7 qiymatni tashkil etadi. Ammiakning suvli eritmalari odam
organizmini zaharlanishiga olib kelishi mumkin. Tarkibida 5 foiz ammiak bo‘lgan
havodan nafas olinganda keskin bo‘g‘ilish, ko‘z yoshi oqishi, ko‘zlarga og‘riq, kuchli
yo‘talish, bosh aylanishi, oshqozon og‘rig‘i, qayt qilish boshlanadi. Ammiakning yuqori
konsentratsiyasi ko‘zning shilliq pardasi kuyishiga va ko‘r bo‘lib qolishiga olib kelishi
mumkin.
Shaxsiy himoya vositalari: rezinali kislota va ishqorbardosh qo‘lqoplar, himoya
ko‘zoynaklari, rezinalashtirilgan fartuk, K, KD yoki M markali filtrlovchi gazniqoblari.
Do'stlaringiz bilan baham: |