Ftal angidridi
3
3
Ftal angidridi — oq tangasimon kristallar. Uning nisbiy molekulyar massasi 148, erish
harorati 130,8, qaynash harorati 284,5°S. Sovuq suvda erishi qiyin, issiq suvda erishi
yaxshi. Ftal angidridining bug‘lari va changi ko‘zlar va nafas olish yo‘llarining shilliq
pardalariga kuchli yallig‘lab ta’sir ko‘rsatadi. Ftal angidridi ta’sir qilganda terida qizil
dog‘lar, ayrim hollarda kuyganda hosil bo‘ladigan qavariqlarga o‘xshagan qavariq
chiqadi.
Shaxsiy himoyalash vositalari: himoyalash ko‘zoynaklari, rezinali qo‘lqoplar, bug‘ va
aerozoldan nafas olishdan himoyalash uchun respirator yoki A markali filtrlovchi gaz
niqobi.
Malein angidrid
Malein angidridi — qattiq modda. Uning nisbiy molekulyar massasi 98, erish harorati 54,
qaynash harorati 202°S. Angidrid atsetonda, xloroformda eriydi. Suv mavjud bo‘lganda
malein kislotasiga aylanadi.
Toksik xususiyatlari bo‘yicha ftal angidridiga o‘xshash.
Shaxsiy himoya vositalari, ftal angadridi bilan ishlagandek.
Natriy nitriti
Natriy nitriti — rangsiz yoki sariqroq kristallar. Uning erish harorati 271°S. Natriy nitriti
suvda yaxshi eriydi, oksidlovchidir, eritmalarda 70 S dan yuqori haroratda parchalanadi
va qo‘ng‘ir rangli azot oksidlarini chiqaradi. Natriy nitriti konsentrlangan eritmalarini
nordonlashtirilganda ham u parchalanib azot oksidlarini chiqaradi.
Natriy nitrati eritmalarida havodagi kislorod bilan sekin nitratga oksidlanadi.
Azot oksidlari nafas olganda yo‘talni, buruntomoq va o‘pkalarni yallig‘lantiradi, ular
kam miqdorda ham nafas olganda organizmga yig‘ilib qoladi. Natriy nitrati zaharli
modda.
Shaxsiy himoya vositalari: rezinali qo‘lqoplar, himoyalovchi ko‘zoynaklar, V, BKF
markali filtrlovchi gaz niqoblari.
OP-07,011-10.
OP — 0 va OP - 10 — moysimon yopishqoq suyuqliklar yoki oson eriydigan jigarrangli
pastalar, suvda yaxshi eriydi. Ushbu moddalarga 1 — 2 g/1 suv qo‘shilganda yuqori
namlash qobiliyatiga ega bo‘lgan eritmalar hosil bo‘ladi. Suv eritmalarini silkitganda
turg‘un ko‘prik hosil bo‘ladi, mineral va o‘simlik moylari bilan eritmalar silkitilganda
turg‘un emulsiyalar hosil bo‘ladi. Yuvish xususiyatlariga egadirlar. O‘ziga xos hidini
sezish chegarasi OP - 7 ni 0,45 , OP - 10 ni 1,8 mg/g suvda. Suyuqlantirilgan suv
eritmasining reaksiyasi kuchsiz ishqorli, konsentratsiyalanganniki esa — neytral.
OP — 7 aerozolini nafas olganda yuqori nafas yo‘llarini kuchsiz yallig‘lantiradi. Og‘izga
tushganda achishtirish boshlanadi. Maxsus himoyalash chegaralari talab qilinmaydi.
Kaptaks
Kaptaks — sariq rangli kukun. Uning nisbiy molekulyar massasi 167,26, erish harorati
179 °S. Amalda suvda erimaydi, spirtda eriydi. Nafas olish yo‘llariga tushganda kontaks
yallig‘lanishni, teriga tushganda — dermatitlarni hosil qiladi.
Shaxsiy himoya vositalari: “Lepistok”, “Astra — 2” yoki RU — 60M respiratorlari
tarkibida tezlashtiruvchi, stabilizator, oksidlanishga qarshi va b. bo‘lmagan materialdan
qo‘lqoplar; ko‘l uchun silikonli himoyalovchi krem.
“Qora kislota”
“Qora kislota” — pastmolekulyarli organik kislotalarning eritmasi. Shaxsiy himoya
vositalari: A markali filtrlovchi gaz niqobi, rezinali kislota — va ishqorbardoshli
qo‘lqoplar, rezinali etiklar va fartuk.
Urotropin
Urotropin — rangsiz gigroskopik kristallar. U spirtda eriydi. Kuchsiz nordon eritmasida
urotropin ammiak va formaldegidga parchalanadi. Maxsus himoyalash choralari talab
o
qilinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |