HFXni boshqarish vositalari. HFXni boshqarish quyidagilardan iborat: Dunyoqarashlik, fiziologik, ruhiy, ijtimoiy, tarbiyaviy, ekologik, tibbiy, texnik, huquqiy va iqtisodiy.
HFXning aspektlariga loyiq juda ko`p boshqaruv vositalari mavjud. Bular qatoriga xalq ommasining ma`rifati, kasbni tanlash va o`rgatish: odamlarda intizom madaniyatini tarbiyalash; boshqariluvchi shaxslarga (subektlarga) ruhiy ta`sir, shaxsiy va jamoa himoya va texnik vositalari va h.k
Faoliyatning mavzularga ajralishi. "Inson-muhit", "inson- ishlab chiqarish" va boshqa sistemalar murakkab ko`p tarkibli uyushmalardan (tuzilmalardan) hisoblanadi. Xavflarni o`rganish va tahlil jarayonida tarkiblarga ajratiladi.
Aniq faoliyat sharoitlarida bu turkumlar (elementlar) yanada ravshanlashadi. SHuning uchun faoliyatni loyihalashda uning turkumlarini (elementlarini) etarli darajada aniqlab, to`g`ri keladigan axborot manbalaridan foydalanib, ularning xavfli xususiyatlari topiladi.
O`zlashtirish savollari
1. Xavfsizlikni ta`minlashning texnik printsiplarini ayting? 2. "Xavfsizlik" ta`rifini ko`rsating? 3. YAshirin xavf, yaqqol xavfga o`tishi uchun nima kerak? 4. Gomosfera va nikosferani xarakterlang? 5. xavfsizlikni ta`minlash usullari qanday? 6. HFXni boshqarishning vazifalarini tushintiring? 7. HFXni boshqarish vositalarini aytib bering? 8. Faoliyatning mavzularga ajralishini xarakterlang?
Tayanch iboralar
Sabablar va xavflar daraxti, gomosfera, noksosfera, aprior va aposterior tahlil, xavfsizlikni ta`minlash vositalari.
Mehnatni muhofazasining tashkiliy va xuquqiy masalalari.
Reja:
1. Mehnat muhofazasining tashkiliy masalalari.
2. Mehnatni muhofazasining xuquqiy masalalari.
3. Baxtsiz hodisalarni tahlil etish va shikastlanishlar
Mehnatni muhofaza qilish – bu tegishli qonun va boshqa me`yoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyatini saqlashni ta`minlashga qaratilgan tadbir. Ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena va davolash profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iborat.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq har bir kishi mehnat qilish, qonunda belgilangan tartibda erkin ish tanlash huquqiga egadir. Majburiy mehnat taqiqlanadi. Respublikamizda mehnat qonunchiligi faqatgina ish sharoitini yaxshilash va baxtsiz hodisalarining oldini olish vazifalarinigina ko`rish bilan cheklanmay, balki xodimlarni ishdan bo`shatishni va xodimlar bilan korxona ma`muriyati o`rtasidagi janjalni muhokama etishni tartibga soladi va mehnatkashlar manfaatini himoya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |