Elektr energiyasini bir turdan bosh



Download 5,65 Mb.
bet3/10
Sana03.07.2022
Hajmi5,65 Mb.
#733723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Yoqub

Boshqariladigan to’g’rilagichlarni o’zgarmas tok
dvigateliga ishlashi


To’g’rilagichlarning o’zgarmas tok dvigateli (O’TD), elektroliz qurilmalari, akkumulyator kabi yuklamalarga ishlashi to’g’rilagichlarning teskari EYK ga (yakor cho’lg’amida Ed teskari EYK mavjud) ishlashi deb ham ataladi. To’grilagichlar O’TD larning qo’zg’atuv va yakor cho’lg’amlarini elektr energiya (kuchlanish) bilan ta’minlash uchun keng qo’llaniladi.
Uch fazali boshqariladigan to’g’rilagichlarni O’TD ga ishlash sxemalari 3, a, b - rasmlarda, ularning hisoblash sxemasi esa 3, c - rasmda ko’rsatilgan. Dvigatel yakorni ta’minlashida shuni hisobga olish kerakki, yakorda hosil bo’lgan teskari EYK boshqariladigan to’g’rilagich o’zgarmas tok dvigateli tizimining ishlashiga ta’sir qiladi va elektr yuritma tavsifini yomonlashtiradi. Bundan tashqari, dvigatelning tezlik n qiymati o’zgarishi teskari EYK Ed qiymatiga ta’sir etib O’TD da uzlukli toklar rejimini vujudga keltiradi va O’TD ning qizishiga sabab bo’ladi.
O’TD da uzluksiz v uzlukli toklar rejimi o’rnatilishiga quyidagi ko’rsatkichlar ta’sir etadi:  
bu yerda:
α –to’g’rilagichning boshqarish burchagi;
Rd, ωLd – yuklama zanjiridagi aktiv va yuklama qarshiliklar;
Idyuklama tok;
Ed – yakor cho’lg’amidagi teskari EYK;
ω – tarmoq kuchlanishining burchak chastotasi (ω=2πf);
f – tarmoq kuchlanishi chastotasi.



3 - rasm. Yuklamasi O’TD bo’lgan boshqariladigan to’g’rilagich (a, b) sxemalari va ularni hisoblash (c) sxemasi
To’g’rilagich yuklamasi O’TD va induktivlik Ld dan (silliqlovchi filtr) iborat bo’lsa, o’zgarmas tok zanjiri uchun quyidagi ifodani yozish mumkin:
 , (1)


bu yerda, U= Uy – boshqariladigan to’g’rilagich chiqishidagi kuchlanish,
  - yakor cho’lg’amida va silliqlovchi drossel cho’lg’amida hosil bo’ladigan EYK lar yig’indisi.
Tenglama (1) ni quyidagi ko’rinishda yozish mumkin, ya’ni:
  (2)
Agar o’zgarmas tok ideal silliqlangan bo’lsa (ωLd>>Rd), uning oniy va o’rtacha qiymatlari bir biriga teng bo’ladi (kuchlanish pulsatsiyasining hammasi filtr Ld ga tushadi), ya’ni:
id=Id, (3)


U=Ed+Rd Id (4)
(3) va (4) ifodalarini (2) ga qo’yib, quyidagi ifodani olamiz:


  (5)
Demak, o’zgarmas tokning o’rtacha qiymati yuklamadagi kuchlanish U, teskari EYK Ed va qarshilik Rd qiymatlariga bog’liq ekan.
Silliqlovchi filtr induktivligi Ld ning turli qiymatlarida uzlukli yoki uzluksiz yuklama tok rejimlarining o’rnatilishida E va α qiymatlarining miqdoriy ta’sirini ko’ramiz. Ld=0 yoki ωLd Rd holatlarini tekshirmaymiz, chunki Ld da hosil bo’lgan energiya qiymati uzluksiz toklar rejimini o’rnatishga yetmaydi. U holda to’g’rilangan kuchlanishning oniy qiymati teskari EYK dan katta bo’lganda (U>Ed) tok Id dvigatel orqali o’tadi. Shunday qilib, Id=Iy toki uzlukli xarakterga ega va istalgan vaqtdagi qiymati (5) ifodadan aniqlanadi.
Pulslanuvchi tok dvigateldagi issiqlik isrofini oshiradi, kollektordagi kommutatsiyani hamda elektr yuritma tavsifini yomonlashtiradi.
Uzlukli toklar zonasini kichraytirish va yo’q qilish hamda tokning pulsatsiyasini kamaytirish uchun yakor zanjiriga silliqlovchi filtr (Ld  0) ulanadi. L­­d ­da yig’ilgan energiya hisobiga xatto U< Ed bo’lganda ham yakor zanjirida tok Id = Iy oqib o’tishi mumkin, bu esa uzluksiz toklar rejimini o’rnatishga olib keladi.
4, a, b, c - rasmlarda uch fazali nol nuqtali to’g’rilagich sxemasi misolida to’g’rilagichning ishlash rejimiga Ed qiymatining ta’siri ko’rsatilgan.
Katta qiymatli Ld induktivlik hisobiga Id tokining ma’lum qiymatida uzluksiz (4, a - rasm) va chegaraviy - uzluksiz (4, b – rasm) toklar rejimi taminlanadi. 4, c - rasmda Ed >U bo’lgan holatda ωLd>>R­d katta nisbatda ham induktivlikda yetarli energiya yig’ilmagani hisobiga uzlukli toklar rejimi taminlangani ko’rsatilgan; bu holat Ed chizig’ining tepa va pastki yuzalarida aks ettirilgan.
4, d, e - rasmlarda Ed=U va ωLd>>R­d holatlarida boshqarish burchagi α qiymatining to’g’rilagich ishlash rejimiga ta’siri ko’rsatilgan. Rasmlarni solishtirish shuni ko’rsatadiki, α qiymati oshganda (α21), xattoki induktivlik Ld ning katta qiymatlarida ham chegaraviy - uzluksiz rejim ta’minlanmaydi.


Yuqorida ko’rib chiqilganlar asosida quyidagilarni aytish mumkin:

  1. Ed>U bo’lsa, uzlukli rejim bo’ladi.

  2. Udα, Ed va Id qiymatlariga bog’liq holda xatto α>αcheg bo’lsa ham, uzlukli rejim bo’lishi mumkin.

  3. Uzlukli toklar rejimida har bir ventil uchun tok o’tkazish (davomiyligi) burchagi λ doimo  .




4-rasm. Yuklamasi teskari EYuK bo’lgan boshqariladigan to’g’rilagichning ishlash diagrammalari

Download 5,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish