Elektr energiyasini bir turdan bosh


O’zgarmas tok dvigateliga ishlaydigan uch fazali boshqariladigan to’g’rilagichlar



Download 5,65 Mb.
bet2/10
Sana03.07.2022
Hajmi5,65 Mb.
#733723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Yoqub

O’zgarmas tok dvigateliga ishlaydigan uch fazali boshqariladigan to’g’rilagichlar


Boshqariladigan to’g’rilagich sxemalari va ularning ishlash rejimlari


To’g’rilagich qurilmalari umumiy holda quyidagi asosiy qismlardan iboratdir:

  • to’g’rilagich chiqishida kerakli qiymatdagi o’zgarmas kuchlanish uchun hizmat qiladigan transformator;

  • yuklamadan bir tomonlama tok oqishini ta’minlash uchun xizmat qiladigan ventillar bloki;

  • yuklamadan oqadigan o’zgarmas tok pulsatsiyasini silliqlash uchun hizmat qiladigan silliqlovchi filtr.

To’g’rilagich qurilmasi tarkibiga yuqorida keltirilgan asosiy qismlardan tashqari to’g’rilangan kuchlanish qiymatini rostlash, to’g’rilagichni ishga tushirish yoki o’chirish, to’g’rilagich ish rejimini buzuvchi turli shikastlardan himoya qilish kabi turli vazifalar uchun xizmat qiladigan qo’shimcha qismlar ham kiradi.
To’g’rilagich sxemalari nol nuqtali yoki ko’priksimon bo’lishidan qat’iy nazar ular bir yoki uch fazali bo’ladi. Uch fazali to’g’rilagichlar o’rta va katta quvvatli iste’molchilarni o’zgarmas tok energiyasi bilan ta’minlashda qo’llaniladi. Bunday iste’molchilarga statik aktiv - induktiv va teskari EYuK (elektroliz, akkumulyator va boshqalar) hamda dinamik (o’zgarmas tok dvigateli) yuklamalar misol bo’ladi.
Yuklamadagi o’zgarmas kuchlanish qiymatini rostlash imkoniyatiga ko’ra to’g’rilagichlar boshqariladigan va boshqarilmaydigan bo’ladi.
Uch fazali boshqariladigan to’g’rilagichlarni aktiv va aktiv - induktiv yuklamalarga ishlashini ifodalovchi asosiy nisbatlar 1-jadvalda keltirilgan.
Tiristorlar asosida yig’ilgan boshqariladigan to’g’rilagichlar yuklamadagi o’zgarmas Ud kuchlanish qiymatini rostlash xususiyatiga ega. Bu yerda kuchlanish Ud kuchlanish Ud(ν)ning o’zgarmas tashkil etuvchisidir (o’rtacha qiymati). Agar to’g’rilagichlardagi tiristorlarni diodlar bilan almashtirsak, u holda Ud kuchlanish o’zining maksimal Ud0 qiymatiga ega bo’ladi. Tiristorli to’grilagichlarda Ud kuchlanishni maksimal qiymatidan boshlab kamaytirish, ν1, ν2, ν3 kabi nuqtalarga nisbatan tiristorlarning ochilish onlarini kechiktirish bilan amalga oshiriladi (1, b - rasm).
Mana shu ν1, ν2, ν3 nuqtalar tabiiy ochilish nuqtalari deyiladi. Agar tiristor to’g’ri kuchlanish ostida bo’lsa, tiristorning boshqarish elektrodiga boshqaruv tizimidan musbat tok berilganda, u ochiladi. Boshqarish tizimi – bu shunday blokki, u tiristorlarni kerakli onda ochilishi uchun xizmat qiladigan impulslarni shakllantiradi hamda fazarostlagich yordamida bu impulslarni tiristorlarning anod kuchlanishiga nisbatan fazasini, ya’ni α burchakni o’zgartirib beradi.
To’g’rilagich sxemasining ishlashini tahlil qilayotganda shu narsani etiborga olish kerakki, Ud (α) ning qiymatiga va shakliga nafaqat α burchagining qiymati, balki yuklama qarshiligi va uning xarakteri (aktiv va aktiv-induktiv) ta’sir ko’rsatadi. Boshqariladigan to’g’rilagichlarning turli yuklamalarga hamda turli boshqarish burchaklarida ishlagandagi ba’zi bir xususiyatlarini ko’rib chiqaylik. 1, a-rasmda uch fazali nol nuqtali boshqariladigan to’g’rilagich sxemasi keltirilgan, 1,b-rasmda esa α=0o bo’lganida sxemaning aktiv yuklamaga ishlagandagi tok va kuchlanish shakllari keltirilgan. 2, a, b-rasmlarda esa uch fazali ko’priksimon boshqariladigan To’g’rilagich sxemasi hamda LH=0 va α=0o bo’lgan holda uning ishlashi vaqt diagrammasi keltirilgan (tiristorlarni ochuvchi impuls tabiiy ochilish nuqtasiga beriladi). Ushbu to’g’rilagichlarning LH≠0 va α=0o dagi ishlashi xuddi yuklama zanjirga induktiv filtr ulangandagi kabi bo’lib, u to’g’rilangan kuchlanish pulsatsiyalarini silliqlaydi, ya’ni LH≠0 yuklamada induktivlikning mavjudligi to’g’rilangan tokning pulsatsiyalariga hamda transformator cho’lg’amlaridan oqib o’tayotgan tokning ta’sir etuvchi qiymatiga ta’sir qiladi.
Xususan LH induktivlik qancha katta bo’lsa, id (v) ning o’zgaruvchan tashkil etuvchisi shuncha kam bo’ladi.
Tiristorlarning ochilish onini o’zgartirish bilan to’g’rilangan kuchlanish qiymatini rostlash ventil, transformator cho’lg’amlari, yuklama toki va kuchlanish shakllarining buzilishi bilan bog’liq. α=0 bo’lganda, yuklama xarakteriga hamda α ning qiymatiga bog’liq holda to’g’rilagich sxemalarida turli ishchi rejimlarni (uzluksiz, uzlukli) kuzatish mumkin.

1-jadval




To’g’rilagich sxema

Aktiv yuklama

Induktiv yuklama











Uzluksiz rejim

Uzlukli rejim

Uch fazali nol nuqtali











1,17

2,09

0,33

0,58

1,345

Uch fazali ko’priksimon









2,34

1,04

0,33

0,82

1,045


1-rasm. Uch fazali nol nuqtali boshqariladigan to’g’rilagich sxemasi hamda undagi tok va kuchlanishlarning vaqt bo’yicha diagrammalari


Uch fazali nol nuqtali sxemada boshqarish α burchagi 0 dan   gacha o’zgarganda yuklama xarakteridan qat’iy nazar (ya’ni u aktiv yoki aktiv-induktiv), undagi Ud (v) kuchlanish shakli mos fazalarda ventillar ochiq bo’lganda, transformatorning ikkilamchi cho’lg’amidagi kuchlanish shaklini qaytaradi va to’g’rilangan id(v) tok uzluksiz rejimga ega bo’ladi. (1,c - rasm)
α =   bo’lib, sxema aktiv yuklamaga ishlasa, tog’rilagich Ud(v) kuchlanishining oniy qiymati nolga teng bo’lgan on paydo bo’ladi, ya’ni ventillar nol nuqtada kommutatsiyalanadi va mana shu ondan boshlab uzluksiz – chegarali rejim boshlanadi.
α >   da boshqarish burchagining ortib borishi (sxema aktiv yuklamaga ishlaganda) bilan to’g’rilangan Ud kuchlanish hamda id tok shakllarida nol qiymatga teng bo’lgan oraliqlar paydo bo’ladi (1, d, f - rasm).
Yuklama aktiv-induktiv xarakterga ega bo’lganda, LH induktivlikda yig’ilgan energiya hisobiga Ud(v) kuchlanish manfiy qiymatlar sohasiga o’tganda ham tok yuklamadan o’tishda davom etadi (1, e, g - rasm). Bu holda transformator ikkilamchi cho’lg’amli kuchlanishning manfiy yarim davrda ventilning tok o’tkazish davomiyligi musbat yarim davrdagiga nisbatan kamroq bo’ladi. LH = ∞ bo’lganda, boshqarish burchagining maksimal qiymati α =900 ga teng bo’ladi. α =900 bo’lganda, yuklamadagi kuchlanishning o’rtacha qiymati nolga teng bo’ladi (U= 0), ya’ni U(v) kuchlanishning musbat va manfiy yarim davrlari yuzalari bir biriga teng bo’ladi (1, g - rasm).
Uch fazali ko’priksimon boshqariladigan to’g’rilagichda, boshqarish burchagi 0 < α <   oraliqda o’zgarganda va mos fazalardagi ventillar ochiq bo’lgan vaqtda, to’g’irlangan Ud(v) kuchlanish shakli transformator ikkilamchi cho’lg’ami kuchlanishning sinusoidal shaklini takrorlaydi va to’g’irlangan tok yuklamaning xarakteridan qat’iy nazar uzluksiz bo’ladi. (2, c - rasm).




2-rasm. Uch fazali boshqariladigan ko’priksimon sxemali to’g’rilagich sxemasi va undagi tok va kuchlanishlarining vaqt diagrammalari


α =   bo’lganda va to’g’rilagich aktiv yuklamaga ishlaganda, to’g’rilangan kuchlanishning oniy qiymati nolga teng bo’lgan on paydo bo’ladi (2, d - rasm) va α qiymatining ortishi Ud ning nolga teng bo’lgan oraliqlarini vujudga keltiradi (2, e - rasm). Yuklama toki ham uzlukli bo’ladi va ventillarning o’tkazuvchanlik burchagi   dan kichik bo’ladi. Yuklama aktiv induktivlik xarakterda α >   bo’lsa (2, e-rasm) va ωLH/RH nisbati id tokining uzlukligini ta’minlasa, Ud(V) kuchlanish shakli tarkibida manfiy kuchlanishga ham ega bo’ladi.



Download 5,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish