2.5.8 Dunyodagi eng katta fotoelektrik elektrostansiyasi.
Olmedilya quyosh elektrostansiyasi Ispaniyada 2008 yili ishga tushirilgan.
Qurilish 15 oy davom etib, 530 mln. dollar mablag‘ sarflandi. Uning quvvati 60 MVt ni tashkil qiladi. Quyosh energiyasini elektr
energiyasiga aylantirish uchun 16200 dona fotoelektrik panellardan foydalaniladi.
2.5.9 Dunyodagi eng katta geotermal elektrostansiya.
The Geysers – eng katta geotermal energiya toʻplangan joy, AQSHning
Kaliforniya shtatidan 116 km uzoqlikda joylashgan. Bu erda joylashgan 18 dona
geotermal elektrostansiyalar 2000 MVt quvvat ishlab chiqaradi. Geotermal elektrostansiyalar joylashgan hudud 78 km2 ni tashkil qiladi. Ishlab chiqarilayotgan elektroenergiya Kaliforniya shtatining janubida joylashgan iste’molchilarning 60% ehtiyojini qoplaydi [14].
Do'stlaringiz bilan baham: |