Elektr energiyasi va nasos stantsiyalaridan foydalanish kafedrasi "tasdiqlayman"



Download 29,31 Mb.
bet33/165
Sana23.01.2022
Hajmi29,31 Mb.
#403050
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   165
Bog'liq
yangilab kel

21-rasm. Gidroagregat: 1 – gidroturbina; 2 – gidrogenerator.

GES «tekin yokilg‘i»da ishlaydi: quyosh energiyasi suvni bug‘lantiradi


(okean, dengiz, daryo,suv omborlari, kanallar va boshqalardagi suv yuzasidan);
havo oqimlari suv bug‘larini bir mintaqadan ikkinchisiga surib keladi; suv bug‘lari
yomg‘ir va qor shaklida yana erga qaytib tushadi. Er yuzasiga tushgan suvning bir
qismi yana bug‘lanib ketadi, qolganlari yig‘ilib, foydala- nilgandan sung yana
daryolar hamda dengizlar orqali yana dunyo okeaniga qaytib ketadi.
Birinchi gidrokuch qurilmalaridan IX asrdan boshlab foydalanil-ganligi
toʻg‘risida ma’lumotlar mavjud. XVIII asrning boshlarida gidrokuch
qurilmalaridan ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarida foydalanish avj olib ketdi.
Masalan, XVIII asrning oxirlarida Rossiyada gidrokuch qurilmalari bilan
ishlaydigan zavodlarning soni 3000 donadan oshib ketgan. Gidrokuch qurilmalari
suv g‘ildiraklari shaklida bajarilib, undan hosil boʻladigan mexanik kuch harakatga
keltiriladigan mashinalarga tasmalar, keyinchalik tishli uzatmalar orqali uzatilgan.
Ularda kamchiliklar juda koʻp boʻlgan: quvvati kichik, konstruksiyasi juda katta,
foydali ish koeffitsienti juda kichik boʻlgan. Eng asosiysi, ulardan foydalanadigan
korxonalar suv manbalari qirg‘oqlariga qurilgan va manbadagi suvning sathi
hamda sarfiga bog‘liq boʻlgan.
XIX asr boshlarida esa suv manbalari qirg‘og‘iga oʻrnatilgan gidrokuch
qurilmalari oʻrniga bug‘ mashinalari qoʻllanila boshladi. Bug‘ mashinalarini
harakatga keltirish uchun ham yoqilg‘i manbasi zarur edi. YOqilg‘i manbasi
boʻlmagan joylarda ularni qoʻllashni imkoni yoʻq edi, chunki u vaqtda transport
vositalari juda kuchsiz edi. Bundan tashqari bug‘ mashinalarini ekspluatatsiya
qilish, gidrokuch qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga nisbatan qimmatroq edi.
Ammo bug‘ mashinalarini hohlagan joyda oʻrnatish imkoni borligi tufayli, ular
gidrokuch qurilmalari-suv g‘ildiraklarini siqib chiqardi.
Taniqli olimlardan D.Bernulli, YA.Segner va L.Eylerlar yangi turdagi suv
g‘ildiraklarining nazariyasini ishlab chiqdilar. SHundan sung olimlar tomonidan
yangi turdagi gidrokuch qurilmalarining juda koʻp konstruksiya-lari ishlab chiqildi
va ular gidravlik turbinalar deb atala boshladi. Gidravlik turbinalar, gidrokuch
qurilmalari-suv g‘ildiraklariga nisbatan ixchamligi va quvvatliroqligi bilan ajralib
turardi.
Birinchi reaktiv gidravlik turbina, 1837 yili rus gidrotexnigi I.E Safonov
tomonidan tayyorlandi. Uning FIK 53 % ga, keyinchalik qurilgan ushbu turdagi
turbinaning FIK 70 % ga etkazildi. 1881 yili Pelton aktiv (choʻmichli) turbinaning
konstruksiyasini ishlab chiqdi. Ammo bu turbinalar ham oʻzlari hosil qilgan
mexanik energiyani iste’molchilarga uzatar edi. Hali gidravlik energiyani mexanik
energiyaga sungra elektr energiyaga aylantirib iste’molchiga uzatish ishlab
chiqilgan emas edi.
1887 yili F.A Pirotskiy birinchi marta gidroelektrostansiyalar toʻg‘risidagi
g‘oyasini e’lon qildi. Ammo hali oʻzgaruvchan elektr toki ishlab chiqishga va uni
uzoq masofalarga uzatish yoʻlga qoʻyilmagan edi.
1888 yili rus injeneri M.O.Dolivo-Dobrovolskiy uch fazali tok tizimini
yaratdi. 1891 yili esa u, Germaniyadagi Nekkar daryosiga gidrokuch qurilmasini
oʻrnatib, 300 ot kuchiga teng quvvatni 175 km ga uzatishga muvofiq boʻldi. 1891
yilda Peterburgda, Neva daryosining irmog‘i Oxta daryosidagi GESga 120 va 175
kVt quvvatli generatorlar oʻrnatildi. SHunday qilib butun dunyoda, suv oqimining
gidravlik energiyasini mexanik ener-giyaga aylantirib beruvchi gidroturbinalarga
ulangan gidrogeneratorlar orqali, uzoq masofalarga uzatish mumkin boʻlgan uch
fazali elektr toki ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.
Mamlakatimiz hududida bundan 3000 yillar avval ham, suv energiyasidan
tegirmon toshlarini aylantiruvchi suv g‘ildiraklarini harakatga keltirishda,
charxpalak shaklidagi suv g‘ildiraklari bilan yuqoriga suv koʻtarishda foydalanib
kelingan. Suv manbalariga elektr stansiyalari-GESlar qurib elektr energiyasi ishlab
chiqarish 1926 yildan boshlangan. YUrtimizda gidroenergetikaning rivojlanishini 7
bosqichga boʻlish mumkin.

Download 29,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish