2.5.5 Dunyodagi eng katta sathning koʻtarilib-tushish prinsipi
asosida ishlaydigan turbina.
Suv sathning koʻtarilib-tushish prinsipi asosida ishlaydigan turbibina ham
xuddi shamol oqimi kelib uriladigan turbinalar kabi kelib urilayotgan suv oqimining kinetik energiyasini elektr energiyasiga aylantiradi. SHimoliy Irlandiya
suvlari yaqiniga oʻrnatilgan dunyodagi eng katta ushbu SeaGen turbinasining
quvvati 1,2 MVt tashkil qiladi. U diametrlari 20 m dan boʻlgan 2 dona turbinadan
tashkil topgan [14]. Turbina parraklarini tashkil qiluvchi tizim oʻz oʻqi atrofida
aylanishi tufayli turbina, toʻlqinlarning har qanday yoʻnalishiga moslashib
ishlaydi. Turbinaga xizmat koʻrsatish uchun uni suvdan yuqoriga koʻtarib
tushirish mumkin. Bunday tizim ishlab chiqargan 1 MVt oʻrnatilgan quvvatning qiymati 5 mln. dollarga teng. Bu qiymat offshor shamol qurilmalaring narxidan
30 % ziyodroqdir. SHunga qaramasdan 2015 yili Janubiy Koreya qirg‘oqlarida,
narxi 820 mln. dollarga teng 1 MVt dan yuqori quvvatli suv sathining koʻtarilibtushish prinsipi asosida ishlaydigan turbina oʻrnatish rejalashtirilgan.
15-rasm. Suv sathning koʻtarilib-tushish prinsipi asosida ishlaydiganeng katta turbina.
Do'stlaringiz bilan baham: |