2.5.6 Dunyodagi eng katta toʻlqinlar elektrostansiyasi.
Dunyodagi eng katta toʻlqinlar elektrostansiyasi, Portugaliyaning qirg‘oq boʻyida joylashgan Povua-de-Varzin shahari yaqinida 2011 yilda ishga
tushirildi. Elektrostansiya yarmi suvga toʻldirilgan ilonga oʻxshaydi.
Uning uzunligi 150 m ni va kengligi 3,5 m ni tashkil qiladi. Tulqinlar ularni
harakatga keltirib tebratadi va tebranishlar energiyaga aylantiriladi [14, 15]. Har
bir turbina 0,75 MVt elektroenergiya ishlab chiqaradi. Hozirda umumiy qiymati
13 mln. dollarga va quvvati 2,25 MVt ga teng 3 dona qurilma oʻrnatilgan.
Keyinchalik uning quvvati 21 MVt ga oshiriladi. Umuman bunday qurilmalarning
quvvatini 1 GVt ga etkazish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |