Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining


§ 10. Simobli asboblar bilan ishlash



Download 0,58 Mb.
bet28/37
Sana02.01.2022
Hajmi0,58 Mb.
#311735
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37
Bog'liq
116 01.06.2009


§ 10. Simobli asboblar bilan ishlash

827. Simobli asboblar bilan bajariladigan asosiy ishlar (simobli asboblarni simob bilan to‘ldirish va uni quyib olish, qismlarga ajratish, yig‘ish ta’mirlash va tozalash va h.) buning uchun mo‘ljallangan, boshqa xonalardan ajratilgan maxsus simob xonalarida o‘tkazilishi kerak.

828. Simob xonalarining tuzilishi, qurilish konstruksiyalari va ishchi mebellarini simob bug‘laridan himoya qilinishi, ventilatsiyasi, isitilishi, yoritilishi, suv ta’minoti va kanalizatsiyasi, maishiy xonalarini tuzilishi, saqlanishi, simob, uning birikmalari va simob bilan to‘ldirilgan asboblari bilan ishlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan uskunalarni loyihalash, ishlab chiqarish va laboratoriya xonalarini ekspluatatsiya qilish va saqlash sanitariya qoidalarining tegishli bo‘limlari talablarini qoniqtirishi kerak.

829. Simobli xonalarda quyidagilar bo‘lishi kerak:

asboblarni qismlarga ajratish va yig‘ish uchun stendlar;

stend ostida qora metalldan ishlangan nishab bilan o‘rnatilgan tarnov;

tarnovga tushirish quvurchasi payvandlangan bo‘lishi kerak, uning ostida suv solingan idish o‘rnatiladi;

tekis (marmar yoki qora metall) plitali stol, uning chetlarida tarnov va tushirish quvurchasi va uning ostida suv solingan idish o‘rnatiladi.

830. Simobli xonalarning barcha uskunalari va mebellari (stendlar, ishchi stollar, shkaflar va b.) oyoqlarining balandligi 200 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. Simobli xonalarda yumshoq mebellar, gardinalar, shtorlar va pardalar bo‘lishi man etiladi.

Ishchi mebellar, ularni tasodifan almashib ketishini istisno etuvchi yorqin markirovkaga ega bo‘lishi kerak.

Apparatlar va asboblarning metall qismlari (karkaslari, tagliklari, stoykalari) tekis va nitroemal yoki laklar bilan bo‘yalgan bo‘lishi kerak.

Simob bilan ishlash uchun mo‘ljallangan stollar va havoni tortuvchi shkaflar ishchi yuzasining ostida yashiklar va shkaflar bo‘lmasligi kerak.

831. Simob bilan ishlar o‘tkazilayotganda xonalar (simobli xonalar) har haftada 1-marta ishchi zonasining havosi tarkibida simob bug‘lari mavjudligiga tahlil qilinishi, tahlil natijalari esa tahlillarni ro‘yxatga olish jurnalida yozib qo‘yilishi kerak. Simobli asboblar va apparatlar o‘rnatilgan ishlab chiqarish xonalari har yili kamida ikki marta (havosini tahlil qilish yo‘li bilan) tekshirishdan o‘tkazilishi kerak.

832. Simobli xonalarda havoni tahlil qilish yo‘li bilan davriy tekshirishdan tashqari, ish joylarida nafas olish sathida (taxminan poldan 1,5 — 1,7 m balandlikda) bir sutkadan ortiq bo‘lmagan muddatga osib qo‘yilgan reaktiv qog‘ozchalar yordamida havo muhitini kundalik nazorati o‘tkazilishi kerak. Havoda simob bug‘lari mavjud bo‘lsa reaktiv qog‘ozchalar pushtirang tusini oladi.

833. Korxonada, xodimlar simob bilan ishlaydigan bo‘linmasida simob bilan ishlaganda xavfsizlik choralari to‘g‘risida mahalliy yo‘riqnomalar bo‘lishi kerak, ular mazkur Qoidalar, sanitariya qoidalari va ushbu korxonadagi mehnat sharoitlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzilgan bo‘lishi kerak.

834. Simobli xonalarda simob, tortuvchi ventilatsiyasi bo‘lgan shkafda sinmaydigan yoki devorlari qalin shisha idishda, u silliqlangan tiqinli (vakuumli zamazkada) va metall tagliklaridagi amortizatsiyali futlyarda o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Simobning oz miqdori (20 — 30 ml) kavsharlangan shisha ampulalarida, plastmassa yoki metall futlyarlariga qo‘yilgan holda shkafda saqlanishi mumkin.

Har kuni, ish boshlanishidan kamida 15 min oldin ushbu xonalarda so‘ruvchi-tortuvchi ventilatsiya ishga tushirilishi kerak.

835. Asboblar va apparatlarni simob bilan to‘ldirish va uni quyib olish, faqat simobli xonada va qora metalldan yasalgan taglik ustida, havo tortuvchi zont ostida va so‘ruvchi ventilatsiya ishga tushirilganda o‘tkazilishi kerak.

Simobli asboblar va apparatlarni simobli xonada taglikda yoki maxsus jihozlangan stolda qismlarga ajratish lozim. Ishlab chiqarish xonalarida simobli asboblar va apparatlarni qismlarga ajratish qat’iyan man etiladi.

Avariyaviy vaziyatlarda (asboblar yoki apparatlar shikastlanganda) simobni bevosita ishlab chiqarish xonalarida quyib olishga ruxsat etiladi.

836. Asboblar va apparatlardan simobni, simobli xonalarda, hamda ishlab chiqarish xonalarida faqat suv bilan to‘ldirilgan idishlarga quyib olish mumkin.

Simobning polga to‘kilishini oldini olish uchun simob solingan idishlar qora metalldan yasalgan sirlangan tagliklarga o‘rnatilishi kerak.

Simobni tarozida tortish, tozalash va filtrlashni faqat simobli xonalarda havoni tortuvchi shkaflar ichida tortuvchi ventilatsiya ishga tushirilganda o‘tkazishga ruxsat beriladi, ventilatsiya ish tugatilgandan keyin 30 min davomida to‘xtatilmasligi kerak.

837. Ochiq simob bilan bajariladigan ishlar (uni tozalash, distillatsiya qilish, asboblarni to‘ldirish va b.) xlorvinilli yoki yupqa rezina qo‘lqoplarida, bosh kiyimida va ko‘zoynakda bajarilishi kerak. Simobni himoyalanmagan qo‘llar bilan olish va uni og‘iz bilan so‘rib olish qat’iyan man etiladi. Simob to‘kilib ketganda yoki mahalliy tortish ventilatsiyasi ishdan chiqqanda G markali filrtlovchi korobkali protivogazlarda ishlash kerak.

838. Ishlatilmaydigan, singan asboblar va apparatlarni ishlash xonalarida saqlash man etiladi.

839. Xonada oqib ketgan simob aniqlanganda, uni ko‘rib qolgan xodimlar zudlik bilan zarur choralar ko‘rilishi uchun bo‘linma rahbariyatiga ma’lum qilishi kerak.

Ishlab chiqarish xonasining zararlangan uchastkasiga tegishli ishlov berilgandan so‘ng, havoda simob bug‘larining borligi tahlil qilinishi kerak, uning havo tarkibi miqdori mazkur Qoidalarning 2-ilovasida keltirilgan qiymatlaridan oshmasligi kerak.

840. Maxsus kiyimlar, simob bilan ishlar olib boriladigan xonaning o‘zida, mahalliy havo so‘rilishiga ega bo‘lgan xususiy shkaflar bilan jihozlangan garderoblarda saqlanishi kerak. Kiyimlarni saqlash shkaflari shaxsiy gigiyena va himoya vositalarini saqlash uchun alohida bo‘linmalarga ega bo‘lib, po‘lat tunukadan tayyorlanadi.

841. Maxsus kiyimni uyga olib ketish va unda oshxonaga borish man etiladi.

842. Simob bilan ishlar bajarilgan maxsus kiyimlarni boshqa maxsus kiyimlardan alohida yuvish kerak. Bu maxsus kiyimlarni uy sharoitlarida yuvish man etiladi.

843. Maxsus kiyimlarni yuvish bilan bir vaqtda ularni saqlash shkaflari ham yuvilishi kerak. Shkaflar issiq suv va sovun bilan, undan keyin kaliy permanganat (margansovka) tuzining 0,1 foizli eritmasi bilan yuvilishi kerak.

844. Sovun-soda eritmali (1 kg kiyimga 41 eritma hisobidan) issiq suvda (70 — 80°S) yuvilishi oldidan maxsus kiyim changsizlantirilishi va yuvilish oldidan kiryuvish mashinasining barabanida 30 min davomida sovuq suv bilan yuvilishi kerak. Maxsus kiyim 2-marta yuvilishi kerak. Birinchi marta yuvilgandan keyin ulardan ishqorni chiqarish uchun kir yuvish mashinasining barabanida oldin issiq suv, keyin esa sovuq suv bilan yuvish kerak, so‘ngra 30 min davomida xlorid kislotaning 1 — 2 foizli eritmasi bilan unga ishlov berish kerak. Ikkinchi marta maxsus kiyimni 70 — 80 °S haroratda 20 min davomida ishqorli eritma bilan yuvish kerak, undan keyin sovuq suvda chayqash, kraxmallash, siqish, quritish va dazmollash kerak.

845. Simob bilan ishlar bajariladigan xonalarda chekish, shuningdek, ovqat va suvni saqlash va iste’mol qilish qat’iyan man etiladi.

846. Simob bilan ishlaydigan shaxslar quyidagi gigiyena qoidalariga rioya qilishlari kerak:

ovqatni iste’mol qilish oldidan maxsus kiyimni va shaxsiy himoya vositalarini echish, qo‘llarni issiq suv va sovun bilan hamda cho‘tka bilan yuvish, og‘izni kaliy permanganat (margansovka) tuzining kuchsiz eritmasi bilan (pushti rangda) chayqash kerak. Qo‘lqoplarni echishdan oldin ularni yaxshilab yuvish kerak;

har kuni ishdan keyin maxsus kiyimni echish, uni changyutgich bilan tozalash va shkafga berkitib qo‘yish kerak, og‘izni kaliy permanganat (margansovka) tuzining kuchsiz eritmasi bilan (pushti rangda) chayqash, dushda yuvinish va tishlarni tozalash kerak. Og‘izni chayqash uchun eritma maxsus o‘qitilgan odamlar tomonidan tayyorlanishi kerak.

847. Simobli xonalar har kuni nam latta bilan artilishi kerak. Simobli xonada har oyda bir marta shiplari, devorlari, mebellari, deraza romlari va panjaralari, oynalari, tokchalari, eshiklari va boshqalar sovunli issiq suv bilan yuvilishi kerak.

Har chorakda bir marta yuqorida ko‘rsatilgan tozalash kimyoviy demerkurizatsiya vositalarini qo‘llagan holda o‘tkazilishi va undan keyin eritma qoldiqlarini poldan suv bilan yuvib tashlanishi kerak.

848. Simobli xonalarni tozalash uchun mo‘ljallangan inventardan boshqa xonalarni tozalash uchun foydalanishi mumkin emas va u zich yopiladigan metalli yashiklarda saqlanishi kerak, bu yashiklar mahalliy havo so‘ruvchi qurilmalar bilan jihozlangan va yorqin ogohlantiruvchi rangga bo‘yalgan bo‘lishi kerak. Ko‘rsatilgan inventarlarni farqlash uchun ular qizil rangga bo‘yalgan bo‘lishlari shart. Xonalarni tozalash o‘tkazilgandan keyin invertarlarga demerkurizatsiyalash eritmalari bilan ishlov berilishi kerak.

849. Simob bilan ishlar bajariladigan xonalarning chiqishida taramlangan rezina gilamchalari bo‘lishi kerak, ularni har kuni qora po‘lat tunukadan yasalgan tagliklarda kaliy magnit tuzli, xlorid kislotali eritma bilan ishlov berilishi zarur.

850. Simobli asboblar bilan ishlash uchun mazkur Qoidalarning 20-ilovasi talablariga muvofiq bajarilishi.

V bob. Yakuniy qoidalar

.Mazkur “Elektr stansiyalar va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari” O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi Bosh boshqarmasi, “O‘zstandart” agentligi, “O‘zbekenergo” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi, “ORGRES” va “Issiqlikelektrloyiha” ochiq aksionerlik jamiyatlari bilan kelishilgan:

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v. b. A.A. XAITOV

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri F.G. NAZIROV

O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi Bosh boshqarmasi boshlig‘i A.I. ISLOMOV

“O‘zbekenergo” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi Boshqaruvi raisi B.M. TEShABOYEV

O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi B.B. ALIXONOV

O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi A.R. TOXTAYEV

“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori R.A. BO‘RIYEV

“Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshlig‘i I.M. XOLMATOV

“ORGRES” ochiq aksionerlik jamiyati direktori R.M. UMIROV

“Issiqlikelektrloyiha” ochiq aksionerlik jamiyati ijro etuvchi direktori S.E. ShOISMATOV

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi D.N. JAXONGIROVA

O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari N.E. MAKSUMOV

Elektr stansiyalar va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga


1-ILOVA

Mazkur Qoidalarda havola etilgan GOST ro‘yxati

1.

GOST 12.3.020 — 80 “SSBT. Korxonalarda yuklarni joydan-joyga tashish jarayonlari. Xavfsizlikning umumiy talablari”

2.

GOST 10807 — 78 “Yo‘l belgilari. Umumiy texnik shartlar”

3.

GOST 12.1.003 — 83. “SSBT. Shovqin. Xavfsizlikning umumiy talablari”

4.

GOST 12.4.021 — 75 “SSBT. Ventilatsiya tizimlari. Umumiy talablar”

5.

GOST 12.1.005 — 88. “SSBT. Ishchi zonasining havosiga umumiy sanitariya-gigiyena talablari”.

6.

GOST 12.4.026 — 76 “SSBT. Signal ranglari va xavfsizlik belgilari”

7.

GOST 12.3.009 — 76 “SSBT. Yuklarni ortish-tushirish ishlari. Umumiy xavfsizlik talablari”

8.

GOST 14202 —69 “Sanoat korxonalarining quvurlari. Belgilash bo‘yoqlari, ogohlantiruvchi belgilar va markalash shchitlari”

9.

GOST 23120 — 78 “Po‘lat marsh zinalari, maydonchalar va to‘siqlar. Texnik shartlar”

10.

GOST 12.2.062 — 81 “SSBT. Ishlab chiqarish uskunalari. Himoya to‘siqlari”

11.

GOST 26887 — 76 “Qurilish-montaj ishlari uchun maydonchalar va narvonlar. Umumiy texnik talablar”

12.

GOST 12.2.013.0 — 91. “SSBT. Qo‘l elektr mashinalari. Xavfsizlik va sinashning umumiy talablari”

13.

GOST 12.2.013.3 — 2002. “SSBT. Qo‘l elektr mashinalari. Ishchi asbobi aylanish harakatli silliqlash, diskali va yaltiratish mashinalarini sinash usullari vaumumiy xavfsizlik talablari”

14.

GOST 24258 — 88. “To‘shama vositalari. Umumiy texnik talablar”

15.

GOST 12.3.003 — 86 “SSBT. Elektr payvandlash ishlari. Xavfsizlik talablari”

16.

GOST 12.2.007.8 — 75 “SSBT. Plazmali ishlov berish uchun elektrpayvandlash qurilmalari. Xavfsizlik talablari”

17.

GOST 12.2.060 — 81 “SSBT .Atsetilen quvurlari. Xavfsizlik talablari”

18.

GOST 12.2.052 — 81 “SSBT. Gazsimon kislorod bilan ishlovchi uskunalar. Umumiy xavfsizlik talablari”

19.

GOST 12.2.010 — 75 “SSBT. Pnevmatik qo‘l mashinalari. Umumiy xavfsizlik talablari”

20.

GOST 12.3.016-87. “SSBT. “SSBT. Qurilish. Zanglanishga qarshi ishlar. Xavfsizlik talablari”

21.

GOST 12.3.005—75 “SSBT. Bo‘yash ishlari. Umumiy xavfsizlik talablari”

22.

GOST 23407 — 78 “Qurilish maydonchalari va qurilish-montaj ishlarini bajarish uchastkalarining inventar to‘siqlari. Texnik shartlari”

23.

GOST 12.1.030—81 “SSBT. Elektr xavfsizlik. Himoya zaminlash, nollash”

24.

GOST 12.2.022 — 80 “SSBT. Konveyerlar. Xavfsizlikning umumiy talablari”

25.

GOST 2517-85. “Neft va neft mahsulotlari. Namunalarni olish metodlari”

26.

GOST 12.2.007.0 — 75 “SSBT. “SSBT. Elektrotexnik mahsulotlar. Umumiy xavfsizlik talablari”

27.

GOST 12.1.012 — 2004 “SSBT. Ventilatsiya tizimlari. Umumiy talablar”

28.

GOST 12.2.008 — 75 “SSBT. Metalllarga gaz alangali ishlov berish va termik changlatish bilan qoplash uchun uskunalar va apparatlar. Xavfsizlik talablari”

29.

GOST 12.3.013 — 78 “SSBT. Qurilish. Elektr xavfsizlik. Umumiy talablar”

30.

GOST 9 — 92. “Ammiak suvli texnikaviy. Texnikaviy shartlar”)

31.

GOST 5457 — 75. “Atsetilen eritilgan va gazsimon texnikaviy. Texnikaviy shartlar”

32.

GOST 3022 — 80. “Vodorod texnikaviy. Texnikaviy shartlar”

Elektr stansiyalar va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga
2-ILOVA

Ishchi zona havosidagi zararli moddalarning chegaraviy yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan konsentratsiyasi



Moddalar

Chegaraviy yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan konsentratsiya, mg/m3

Xavflilik klassi

1

Azot oksidlari(NO2ga hisoblaganda)

5

3

2

Ammiak

20

4

3

Atseton

20

4

4

Bariy karbonat angidrid

0.5

2

5

Benzin-erituvchi(S ga hisoblaganda)

300

4

6

Benzin-yoqilg‘ili (slenetsli, kreking va b.) uglerodga hisoblanganda

100

4

7

Benzol

5

2

8

Vanadiy va uning birikmalari:

9

a) vanadiyni 5 oksidli tutuni

0.1

1

10

b) vanadiyning 3 oksidli va 5 oksidli changi

0.5

2

11

v) ferrovanadiy

1

2

12

g) tarkibida vanadiy bor shlaklar changi

4

3

13

Gidrazim gidrat, gidrazim va uning xosilalari

0.1

1

14

Dixloretan

10

2

15

Kadmiy oksidi

0.05/0.1

1

16

Marganets (Mp02 ga hisoblanganda)

0.3

2

17

Maleiyen angidridi

1

2

18

Mis metalli

0.5

2

19

Nikel va uning oksidi, zakis, sulfid (nikelga hisoblanganda)

0.05

1

20

Nitrometan, nitroetan, nitropropan, nitrobutan

30

4

21

Benzolning nitrobirikmalari

3

2

22

Ozon

0.1

1

23

Simob metalli

0.01/0.005

1

24

Simob ikki xlorli (sulema)

0.1/0.005

1

25

Qo‘rg‘oshin va uning noorganik birikmalari

0.2/0.05

1

26

Selinli angidrid

0.1

1

27

Sulfat kislota, sulfat angidrid

1

2

28

Sulfit angidrid

10

3

29

Oltingugurt vodorodi

10

2

30

Oltingugurt vodorodi Ci- S5 karbon bilan aralashmasi

3

3

31

Oltingugurt uglerod

1

2

32

Skipidar (S ga hisoblanganda)

300

4

33

Xlorid kislota

5

2

34

Metil spirti (metanol)

5

3

35

Propil spirti

10

3

36

Etil spirti

1000

4

37

Amil spirti

10

3

38

Butil spirti

10

3

39

Surma; ftoridlar, xloridlar (uch va besh valentli (SB ga hisoblanganda) HF ni majburiy nazorati bilan

0.3

2

40

Surma metalli (chang ko‘rinishida):

41

a) Surma changli uch valentli oksidlar va sulfidlar (SB ga hisoblanganda)

1

2

42

b) Surma changli besh valentli oksidlar va sulfidlar (SB ga hisoblanganda)

2

3

43

Toluol

50

3

44

Trikrezilfosfat, tarkibida 3% ortoizomerlar bo‘lgan

0.1

1

45

Trikrezilfosfat, tarkibida 3% dan kam ortoizomerlar bo‘lgan

0.5

2

46

Uayt-spirt (S ga hisoblanganda)

300

4

47

Karbon oksidi

20

4

48

Alifatik chegaraviy uglevodorodlar Ci-Syu (S ga hisoblanganda)

300

4

49

Karbon to‘rtxlorli

20

2

50

Fenol

0.3

2

51

Formaldigit

0.5

1

52

Ftorli vodorod

0.1

2

53

Ftal angidridi

1

2

54

Xlor

1

2

55

Xlor ikki oksidi

0.1

1

56

Xlorbenzol

50

3

57

Xlorli vodorod

5

2

58

Xrom angidridi, xromatlar, bixromatlar, (SrO3 ga hisoblanganda)

0.01

1

59

Sianli vodorod, sinilnaya kislota tuzlari (HCNra hisoblaganda)

0.3

1

60

Rux oksidi

0.5

2

61

Ishqorlar achchiq o‘yuvchi (NaOHra hisoblangan eritmalar)

0.5

2

62

Etilendiamin

2

3

Ma’lumotlar “SSBT. Ish zonasining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyena talablari” GOST 12.1.005 idan. Tarkibida karbon oksidi bo‘lgan atmosferada ishlash vaqti lh dan ortiq bo‘lmagan karbon oksidining chegaraviy yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan konsentratsiyasi 50 mg/m3 gacha oshirilishi mumkin, ishlash vaqti 30 min dan ortiq bo‘lmasa 100 mg/m3 gacha, 15 min dan ortiq bo‘lmasa 200 mg/m3 gacha oshirilishi mumkin. Ish zonasi havosida karbon oksidi tarkibi ortiq sharoitlarda qayta ishlash kamida 2h dan kam bo‘lmagan tanaffusdan keyin mumkin.

Elektr stansiyalar va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga
3-ILOVA

Yonuvchi gazlarni havoda alangalanishining chegaralari

Gaz

Havoda alangalanishning chegaralari, hajm bo‘yicha foizda

Quyi chegarasi

Yuqori chegarasi

Ammiak

15

28 (GOST 9 — 92 “Suvli texnikaviy ammiak. Texnikaviy shartlar”)

Atsetilen

2,2

31 (GOST 5457 — 75 “Eritilgan va gazsimon texnikaviy atsetilen. Texnikaviy shartlar”)

Vodorod

4

75 (GOST 3022 — 80 “Texnikaviy vodorod. Texnikaviy shartlar”)

Metan

5

15

Karbonad oksidi

12,5

75

Propan

2,3

9.5

Oltingugurt vodorodi

4,3

45.5

Metan va propanni alangalanish chegaralari “Gaz xo‘jaligida xavfsizlik qoidalari” bo‘yicha berilgan.
Alangalanish chegaralari P (quyi yoki yuqori chegaralari hajmi bo‘yicha foizda yoki mg/dm3) ko‘p komponentli yonuvchi gazlarni havo bilan aralashmasi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:



bunda S1,S2 S3— yonuvchi komponentlar aralashmasining konsentratsiyasi, hajm yoki massa bo‘yicha % ; S1+S2+-+ Si=100; R1R2 va Ri- aralashmada komponentlarning alangalanishining pastki va yuqori chegaralari, hajm bo‘yicha % yoki mg/dm .

Elektr stansiyalar va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga
4-ILOVA

Issiqlik mexanika uskunalari uchun xavfsizlik belgilari

Ma’nosi

“SSBT. Yuklash-tushirish ishlari. Umumiy xavfsizlik talablari”. GOST 12.3.009 bo‘yicha belgi nomeri

O‘rnatish joyi

I-Ogohlantiruvchi belgilar

Ehtiyot bo‘ling! Oson alanganuvchi moddalar.

2.1

Engil alangalanuvchi moddalar omborining kirish eshiklarida va ombor ichida, saqlash joylarida, saqlash va tashish uchun yashiklarda, oson alangalanuvchi moddalar bilan ishlash uchastkalarining kirishi oldida

Ehtiyot bo‘ling! Portlash xavfi bor.

2.2

Portlash xavfi bo‘lgan materiallar va moddalar omborlarining eshiklari va ichida, saqlash va tashish uchun taralarda, portlash xavfi bo‘lgan materiallar va moddalar bilan ishlash uchastkalariga kirish oldida, shuningdek, gaz xavfi bo‘lgan ishlar bajarilayotgan joylarda

Ehtiyot bo‘ling! O‘tkir o‘yuvchi moddalar.

2.3

O‘tkir o‘yuvchi moddalar omborlarining eshiklarida va ichida, ular bilan ishlash uchastkalarida, ularni saqlash va tashish taralarida

Ehtiyot bo‘ling! Zaharli moddalar.

2.4

Zaharli moddalar omborlarining eshiklarida va ichida, ular bilan ishlash uchastkalarida, ularni saqlash va tashish taralarida

Ehtiyot bo‘ling! Uskuna ishlamoqda.

2.9

Ishlash joyiga yaqin joylashgan uskunalarda, quyidagi tushuntirish yozuvi bilan: “Ehtiyot bo‘ling! Uskuna ishlamoqda”

Ehtiyot bo‘ling! Xavfli zona.

2.9

Ta’mirlanayotgan uskunalar yoki issiqlik trassasi hududi uchastkasining chegaralarida, agar uskunalar holati va ishlash sharoitlari bo‘yicha bu joylarda odamlar bo‘lishi xavfli bo‘lsa, quyidagi tushuntirish yozuvi bilan: “Ehtiyot bo‘ling! Xavfli zona”


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish