Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining


§ 8. Issiqlik tarmoqlari uskunalariga xizmat ko‘rsatish



Download 0,58 Mb.
bet27/37
Sana02.01.2022
Hajmi0,58 Mb.
#311735
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   37
Bog'liq
116 01.06.2009


§ 8. Issiqlik tarmoqlari uskunalariga xizmat ko‘rsatish

776. Issiqlik punktlari alohida ajratilgan haydash tortish ventilatsiyasi bilan jihozlangan xonalarda joylashtirilishi kerak. Issiqlik punkti xonasining uzunligi 12 m va undan ko‘p bo‘lsa, undan ikkita chiqish joyi bo‘lishi kerak, ulardan biri tashqariga.

Issiqlik punktlarining gabaritlari uskunalarga (issiqlik almashtirish apparatlari, haydash qurilmalari, armaturalar, quvurlar va b.) me’yorli xizmat ko‘rsatish imkonini ta’minlashi kerak.

777. Ichki yuzasi 2,5 dan 6 m2 gacha bo‘lgan yer osti issiqlik kameralarida kamida ikkita lyuk bo‘lishi kerak, ular diagonal bo‘yicha joylashtirilishi kerak, kameralarning ichki maydoni 6 m2 va undan ko‘p bo‘lsa to‘rtta lyuk bo‘lishi kerak.

Kameralarga tushish bevosita lyuk ostida joylashtirilgan statsionar metall narvonlari va skoba — zinalar bo‘yicha amalga oshirilishi kerak.

778. Issiqlik punktlari uskunalarni ko‘tarish va joydan-joyga ko‘chirish uchun dastakli yoki elektr yuritmali yuk ko‘taruvchi mexanizmlari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.

Bu maqsadlar uchun issiqlik kameralarida qo‘lli tallardan foydalanish mumkin.

779. Yer osti issiqlik quvurlari, kameralari va kanallariga xizmat ko‘rsatishda, mazkur Qoidalarning III bobi 9-paragrafida qayd etilgan talablarga rioya qilinishi kerak.

780. Smenada rayon bo‘yicha farmoyish bilan ustalar va chilangarlarga ularning xizmat ko‘rsatish chegaralarini aniq ko‘rsatilib issiqlik tarmoqlarining belgilangan uchastkalari biriktirilgan bo‘lishi kerak. Rayon bo‘yicha issiqlik tarmog‘iga rayonning navbatchi dispetcheri, tarmoqning markaziy dispetcherlik xizmatida esa xizmatning navbatchi dispetcheri operativ xizmat ko‘rsatadi.

781. Issiqlik trassasini yerosti inshootlariga tushmasdan aylanib ko‘rib chiqilishini kamida ikki kishidan iborat bo‘lgan gurux amalga oshirishi kerak. Kameraga tushilganda yoki unda ish bajarilganda, brigada kamida uch kishidan iborat bo‘lishi kerak.

Issiqlik trassasini aylanib ko‘rib chiqayotganda xodimlar chilangarlik asboblaridan tashqari kamera lyukini ochish uchun kalitga, kameralarni ochish uchun ilgakka, ochiq kameralar oldida va ko‘chaning transport yuradigan qismida o‘rnatish uchun to‘siqlarga, yoritish vositalariga (portlashdan himoyalangan kuchlanishi 12 V dan yuqori bo‘lmagan dastakli yoritgichlar va akkumulyator fonarlari), shuningdek gazoanalizatorga ega bo‘lishlari kerak.

Guruh smena davomida rayonning navbatchi dispetcheri bilan muntazam ravishda aloqani ushlab turishi va unga bajarilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berib turishi kerak. Agar uskunalarda odamlarga va uskunalar butunligiga xavf tug‘diradigan nuqsonlar aniqlansa xodimlar uni tarmoqdan zudlik bilan uzish uchun choralar ko‘rishi kerak.

782. Suv yoki bug‘ issiqlik tarmoqlarini ishga tushirish, shuningdek, tarmoqni yoki uning ayrim elementlari va konstruksiyalarini sinash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar issiqlik tarmoqlari korxonasi (elektr stansiya) bosh muhandisi tasdiqlagan maxsus dastur bo‘yicha o‘tkazilishi kerak. IEM kollektorlaridan bevosita ketuvchi yangi qurilgan magistral tarmoqlarini ishga tushirishda, quvurlarni yuvish uchun IEMning tarmoq va qo‘shimcha ta’minlash nasoslaridan foydalanilganda va tarmoqlarni hisoblangan bosimga va hisoblangan haroratga sinashda dasturlar elektr stansiyaning bosh muhandisi bilan, zarur bo‘lgan vaziyatlarda — iste’molchilar bilan kelishib olinishi kerak.

Dasturlarda xodimlar xavfsizligi uchun zarur bo‘lgan choralar nazarda tutilgan bo‘lishi kerak.

783. Quvurlarni gidropnevmatik yuvilishi va tarmoqlarni hisoblangan bosimga va hisoblangan haroratga sinalishi naryad bo‘yicha rayon (sex) boshlig‘i yoki uning o‘rinbosarining bevosita rahbarligi ostida o‘tkazilishi kerak. Yuvishni rayon (sex) boshlig‘ining farmoyishi bilan tayinlanadigan rayon (sex)ning boshqa muhandis texnik xodimi rahbarligi ostida o‘tkazishga ijozat beriladi.

784. Issiqlik tarmoqlari ishga tushirilayotganda to‘lg‘azilayotgan issiqlik tarmog‘i qismining statistik bosimidan 0,2 MRa (2kg/cm2)dan ortiq bo‘lmagan bosim ostida to‘ldirish kerak, bunda iste’molchilarning tizimi tarmoqdan uzilgan bo‘lishi kerak.

785. Tarmoq to‘ldirilayotganda issiqlik kamerasida vozdushniklarni kuzatuvchi ishchilar flanetsli birikmalardan chetda turishlari kerak. Havo armaturasi, chuqurcha tomoniga yo‘naltirilgan otvodlarga ega bo‘lishlari kerak. Otvodlarning uchidan chuqurchaning yuqori qismigacha bo‘lgan masofa 50 mm dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

Vozdushniklarni qo‘lda maxoviklar yordamida ochish va yopish kerak. Ushbu maqsadlarda kalitlar va boshqa richagli moslamalarni qo‘llash man etiladi.

Issiqlik tarmog‘i to‘ldirilgandan so‘ng qayta puflanishida vozdushniklar alohida ehtiyotlik bilan, ko‘p suvni tashlab yuborilishiga yo‘l qo‘ymasdan, ochilishi kerak.

786. Issiqlik tarmoqlarini gidropnevmatik yuvishida va issiqlik tarmog‘ini hisoblangan bosimga sinashda iste’molchilar tizimlari va issiqlik punktlari tarmoqdan uzilgan bo‘lishi kerak.

Issiqlik tarmoqlari va iste’molchilar tizimlarini birgalikda gidropnevmatik yuvilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

787. Issiqlik tarmog‘i uchastkalarida gidropnevmatik yuvish o‘tkazilayotgan vaqtda ta’mirlash va boshqa ishlarni bajarish xamda yuvishda bevosita qatnashmayotgan shaxslarni, yuvilayotgan quvurlar yaqinida turishi man etiladi.

788. Yuvilayotgan quvurlardan suv havo aralashmasi tashlanayotgan joylar to‘silishi va unga begona shaxslarni yaqin kelishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Suv havo aralashmasini tashlayotgan quvurlar, butun uzunligi bo‘yicha ishonchli mahkamlangan bo‘lishi kerak.

789. Yuvilayotgan quvurlarga kompressorlardan siqilgan havoni keltirish uchun shlanglardan foydalanilganda ularni shtutserlar bilan maxsus xomutchalar bilan biriktirish kerak; shtutserlarda ulardan shlang sirpanib tushib ketishini oldini olish uchun o‘yiqlar bo‘lishi kerak. Har bir birikmada kamida ikki xomutcha o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Shlanglarni shtutserlar bilan birikmalarning zichligi va mahkamligi ustidan yuvish davrining butun davomida kuzatib turish kerak.

Talab qilingan bosimga mo‘ljallanmagan shlanglardan foydalanish man etiladi.

Havo quvuridagi qaytarish klapani yaxshi jips yopilgan va gidropress bilan zichlikka tekshirilgan bo‘lishi kerak.

790. Issiqlik tarmog‘ining yuvilayotgan uchastkasi kameralarida va o‘tish kanallarida yuvilayotgan quvurlariga havo berilayotgan momentida odamlar bo‘lishi man etiladi.

791. Issiqlik tarmog‘ini hisoblangan bosimga sinashni boshlashdan oldin sinalishi kerak bo‘lgan quvurlardan puxtalik bilan havoni chiqarib yuborish zarur.

792. Hisoblangan haroratga sinash o‘tkazilayotganda issiqlik tarmog‘idan bolalar va davolash muassasalarining isitish tizimlari, bevosita biriktirilgan isitish tizimlari, issiq suv ta’minotining ochiq tizimlari, kalorifer qurilmalari, shuningdek, avtomatlashtirilmagan issiqlik suvi ta’minotining yopiq tizimlari uzilgan bo‘lishi kerak.

Issiqlik tarmog‘ini hisoblangan bosimiga sinash o‘tkazilayotgan vaqtiga iste’molchilarning issiqlik punktlari va mahalliy tizimlari sinalayotgan tarmoqdan uzilgan bo‘lishi kerak.

Iste’molchilarning issiqlik punktidagi uzuvchi armaturasining zichligi buzilganda, ularni issiqlik tarmog‘iga ulash kameralaridagi zadvijkalar yoki issiqlik punktlarida o‘rnatiladigan tiqinlar bilan uzib qo‘yish kerak.

793. Issiqlik tarmog‘ini issiqlik tashuvchisining hisoblangan parametrlariga sinash vaqtida iste’molchilarning issiqlik punktlari va tizimlarida abonentlar xodimlarining doimiy navbatchiligi tashkil etilgan bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, issiqlik tarmog‘ini hisoblangan haroratga sinash vaqtiga issiqlik tarmog‘ining butun trassasi bo‘yicha kuzatishni tashkil etish kerak, buning uchun, sinov rahbarlarining ko‘rsatmasiga qarab va mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda, issiqlik tarmog‘i va abonentlarning ekspluatatsion xodimlaridan, shuningdek, sanoat korxonalarining tegishli xizmat xodimlaridan kuzatuvchilarini trassa bo‘ylab qo‘yish kerak.

Tarmoqning yo‘lovchilar va transport harakatlanadigan joylardagi uchastkalariga, quvurlar kanallarsiz o‘tkazilgan joylardagi uchastkalariga, bundan oldin quvurlari korroziyadan buzilgan holatlari bo‘lgan uchastkalarga alohida e’tibor qaratish kerak.

794. Issiqlik tarmog‘ini issiqlik tashuvchisining hisoblangan parametrlariga sinash o‘tkazilayotganda quyidagilar man etiladi:

sinashlar bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarni sinalayotgan uchastkasida bajarish;

kameralar, kanallarga va tunnellarga tushish va u yerda bo‘lish;

quvurlar va armaturalarning flanetsli birikmalari qarshisida joylashish;

aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish.

Shuningdek issiqlik tarmog‘ining issiqlik tashuvchisining hisoblangan bosimiga sinashda bosimni keskin ko‘paytirish va uni sinash dasturida nazarda tutilgan chegarasidan yuqori ko‘tarish man etiladi.

Hisoblangan haroratga sinash vaqtida kameralar va tunnellarni trassaning yuqorisidan aylanib ko‘rib chiqish kerak.

Qo‘zg‘almas tayanchlar, kompensatorlar, armaturalar, flanetslar va boshqalarning holatini, kameralarga tushmasdan, lyuklar orqali nazorat qilish kerak.

795. Bir vaqtning o‘zida hisoblangan bosim va hisoblangan haroratga sinashni o‘tkazish man etiladi.

796. Quvurlarda ishlaganda xavfsizlik sharoitlari va quvurning o‘zida va issiqlik tarmog‘i kameralarida gaz bo‘lmasligi ta’minlangan bo‘lishi kerak.

797. Quvurga, ko‘rib chiqish va uni begona narsalardan tozalash uchun faqat uzunligi 150 m dan ko‘p bo‘lmagan to‘g‘ri uchastkalarda va quvur diametri 0,8 m dan kam bo‘lmaganda, kirishga ruxsat etiladi. Bunda ko‘rib chiqilishi va tozalanishi kerak bo‘lgan quvur uchastkasining ikkala uchidan erkin chiqish ta’minlangan bo‘lishi kerak.

Uchastkada mavjud bo‘lgan shahoblanishlar, boshqa quvurlar bilan tutashishlar va biriktirishlar ishonchli uzilgan bo‘lishi kerak.

Quvurni ko‘rib chiqish va tozalash uchun kamida uch kishi tayinlangan bo‘lishi kerak, ulardan ikki kishi quvurning ikkala uchida turib ishlayotganni kuzatishi kerak.

Quvur ichida brezent kostyumda va qo‘lqoplarda, etikda, tizza po‘shlarda, ko‘zoynakda va kaskada ishlash kerak. Saqlagich belbog‘ining qutqarish kanatining uchi quvurga kirish tomonida kuzatuvchining ko‘lida bo‘lishi kerak. Quvurdan chiqish tomonidagi kuzatuvchida uning butun uchastkasini yorituvchi fonar bo‘lishi kerak.

798. Doimiy navbatchi xodimlari yo‘q bo‘lgan issiqlik punktlarining xonalari qulflangan bo‘lishi kerak; ularning kalitlari aniq belgilangan joylarda saqlanishi va issiqlik tarmog‘i rayoni (elektr stansiya sexi) boshlig‘i tasdiqlagan ro‘yxatda ko‘rsatilgan shaxslarga berilishi kerak.

799. Issiqlik tarmog‘i (elektr stansiya) va abonent orasida uskunalarga xizmat ko‘rsatish chegarasi bo‘lishi kerak. Uskunalarga xizmat ko‘rsatish chegarasi bilan xodimlar imzo chekish bilan tanishtirilgan bo‘lishi kerak.

800. Issiqlik punktida joriy ta’mirlash ishlari bajarilayotganda, issiqlik tashuvchining harorati 750 S dan ortiq bo‘lmaganda uskunalarni issiqlik punktidagi bosh zadvijkalar bilan uzish kerak.

Issiqlik tashuvchining harorati 75° S dan yuqori bo‘lganda issiqlik punktida uskunalarni ta’mirlash va almashtirish ishlarini issiqlik punktida bosh zadvijkalar bilan va abonentga shahoblanishdagi zadvijkalar bilan (eng yaqin kameralarda) tizim tarmoqdan uzilgandan keyin o‘tkazish kerak.

Tizimni issiqlik tarmoqlari rayoni (elektr stansiya sexi) xodimlari tarmoqdan uzadi.

801. Elevator konusini almashtirish elevator oldidagi kirgizmaning ikki eng yaqin flanetslarini boltlardan echib olish yo‘li bilan o‘tkaziladi.

Elevator oldidagi quvur uchastkasini tortish bilan elevator konusini chiqarib olish man etiladi.

802. Bug‘ bilan ta’minlanadigan issiqlik punktlari va tizimlarini ulashda, dastlab tegishli ishga tushirish drenajlarini ochish va gidravlik urishlar paydo bo‘lishi imkonini istisno qiluvchi tezlikda quvurlar va uskunalarni isitish kerak.

803. Yerosti yotqizish shurflashni o‘tkazish ishlari mazkur Qoidalarning III bobi 14-paragrafi talablariga muvofiq bajarilishi kerak.

804. Korxonada issiqlik tarmog‘ining maxsus sxemasi bo‘lishi kerak, unda muntazam ravishda rejali shurflash joylari va natijalari, avariyaviy buzilishlar joyi, trassaning suv bosimi va qayta quyilgan uchastkalari qayd etilishi kerak, hamda unga qo‘shni yerosti kommunikatsiyalari (gaz quvurlari, kanalizatsiya, kabellar) elektrlashtirilgan trasportining rels yo‘llari va tortish nimstansiyalari kiritilgan bo‘lishi kerak.

805. Quvur yorilganda, tuproq suvlanganda, hamda issiqlik suvi tarqalayotganda xavfli zona to‘sib qo‘yilishi va zarur bo‘lganda kuzatib turuvchilar qo‘yilishi kerak. To‘siqlarda ogohlantiruvchi xavfsizlik belgilari o‘rnatilgan bo‘lishi, qorong‘i vaqtda esa—signal yoritgichlar o‘rnatilishi kerak.

806. Quvurlarning ayrim uchastkalari demontaj qilinayotganda quvurlarning qolgan qismi turg‘un holda bo‘lishini nazorat qilish kerak. Quvurlarning osilib qolgan konsol uchlari vaqtinchalik ustunlarga tayanishi kerak.

Quvurlarning fazoviy uzellari joylashtirilayotganda ularning shahoblarini ochilgan holda, mahkamlamasdan qoldirish man etiladi.

807. Quvurlarni montaj qilishdan oldin, ular yotqiziladigan transheyalarining qiyaliklari turg‘unligi va mustahkamlagichlar mahkamligi, shuningdek, ular bo‘ylab mashinalar yuradigan qiyaliklar nishabi va xavfsizlik shartlari bo‘yicha transheyalar devorlari mahkamlagichlari mustahkamligiga tekshirilishi kerak.

808. Quvurlar va armaturalarni quduqlarga va transheya uchastkalariga tushirishdan oldin ulardan ishchilar chiqarilishi kerak.

§9. Issiqlik avtomatikasi, issiqlik texnik o‘lchovlari va himoya qurilmalariga xizmat ko‘rsatish

809. Avtomatika, NO‘A va himoya datchiklarining birlamchi (ochish-yopish) ventillarini ulash va uzishni issiqlik mexanikasi uskunasiga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar o‘tkazishi kerak. Avtomatika NO‘A va himoya datchiklari oldida o‘rnatilgan ikkinchi ventillarga xizmat ko‘rsatish, hamda issiqlik mexanikasi uskunalaridagi issiqlik avtomatikasi va o‘lchovlar qurilmalari sexi qurilmalarini ko‘rikdan o‘tkazish va issiqlik shchitlari, panellari va boshqalarning ichki ko‘rigini o‘tkazish, issiqlik mexanikasi uskunalariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni ogohlantirgan holda, mazkur sexning xodimlari tomonidan o‘tkazilishi kerak.

810. Idishlar, quvurlar va armaturalarda o‘rnatilgan nazorat va avtorostlagichlarni ko‘rikdan o‘tkazish, sozlash va ta’mirlash mazkur Qoidalarning III bobi 10-paragrafi va 19-ilovasining talablariga rioya qilgan holda o‘tkazilishi kerak.

811. Quvurlardan (idishlardan) datchiklarni uzish, richagni qo‘llamagan holda, impuls liniyasidagi birlamchi (olish) ventillarini yopish bilan amalga oshirilishi kerak. Agar datchikning impuls liniyalari turli olish qurilmalariga ulangan bo‘lsa, ushbu barcha qurilmalardagi birlamchi (olish) ventillari yopilgan bo‘lishi kerak.

6 MRa (60 kgF/cm2)dan yuqori bo‘lgan quvurlardan (idishlardan) datchiklarni uzish, ikkita ketma-ket o‘rnatilgan qulflovchi ventillarni yopish bilan amalga oshirilishi kerak, ulardan bittasi (olish ventili) bevosita quvur (idish) yonida, ikkinchisi esa — datchik oldidagi impuls liniyasida joylashgan bo‘ladi.

6 MRa (60 kgF/cm2)dan yuqori bo‘lgan impuls liniyalarini faqat quvurlar (idishlar) uzilgandan keyin ta’mirlash mumkin. Quvurlarni (idishlarni) tarmoqdan uzmasdan, mazkur Qoidalarning 19-ilovasining 1 va 2-bandlari talablariga rioya qilgan holda ta’mirlash imkoni elektr stansiyaning bosh muhandisi tomonidan aniqlanadi.

812. Quvurlar va idishlarga impuls liniyalarini ulash, o‘lchash diafragmalari, armaturalar, flanetslarni qismlarga ajratish, termoparalar gilzalarini o‘rnatish, shu uskunalar biriktirilgan sexlarning xodimlari tomonidan, issiqlik avtomatikasi va o‘lchovlar sexi vakili ishtirokida o‘tkazilishi kerak. Ko‘rsatilgan ishlar quvurlar va idishlardagi bosim tushirilgandan so‘ng va drenajlar ochiq bo‘lganda bajarilishi kerak.

813. Kirish qiyin bo‘lgan va harorati 33°S dan yuqori bo‘lgan joylarda joylashtirilgan termoparalar va qarshilik termoparalarni almashtirish, sozlashni kamida ikki kishi amalga oshirishi kerak. Ish joylarini shamollatish ko‘chma havo dushlovchi qurilmalari bilan amalga oshirilishi kerak.

814. Maxsus puflab tozalash qurilmalari mavjud bo‘lmaganda yoki puflab tozalash liniyalari tiqilib qolganda suv va bug‘ impuls liniyalarini puflab tozalash, texnologik sex navbatchi xodimlarining ruxsati bilan kamida ikki kishi tomonida, operatsiyalarning texnologik ketma-ketligi va xavfsizlik choralari ko‘rsatilgan mahalliy yo‘riqnomaga muvofiq bajarilishi kerak.

815. Issiqlik mexanikasi uskunalarida avariyaviy holat paydo bo‘lganida puflab tozalash to‘xtatilishi, armatura yopib qo‘yilishi kerak.

816. Qozon o‘choqlari, gaz yo‘llari, havouzatgichlar, qozon barabanlari ichida nazorat va avtorostlagichlarni ko‘rikdan o‘tkazish, sozlash, ta’mirlashni mazkur Qoidalarning III bobi 9-paragrafi 550 — 583-bandlari va 19-ilovasining talablariga rioya qilgan holda amalga oshirish lozim.

817. Bunkerlarda ko‘mir sathini o‘lchagichlar va signalizatorlar datchiklarining sterjenlari va elektrodlarini konstruksiyasi, ushbu qurilmalarga xizmat ko‘rsatilishida bunkerda qandaydir ishlarni bajarish zaruriyatini istisno etishi kerak.

Datchiklarga etish uchun bunker lyuklari ochilishini talab qiluvchi ishlar, mazkur Qoidalarining 510 — 525-bandlarida qayd etilgan xavfsizlik choralariga rioya qilib bajarilishi kerak.

818. Yoqilg‘ini uzatish konveyerlarida o‘rnatilgan qurilmalarni ta’mirlash, nuqsonlarini bartaraf etish, moylash faqat konveyerni to‘xtatib, uning elektr dvigatelidan kuchlanish olingandan keyin bajarilishi kerak, bunda o‘chiruvchi qurilmada “Ulanmasin-odamlar ishlamoqda” xavfsizlik belgisi bo‘lishi lozim.

Konveyer tasmasida ko‘mir borligini nazorat qiluvchi datchiklar, tasma izidan chiqishini qayd etuvchi signalizatorlarini sozlash, rostlash, tormozlarini sozlash va boshqalar ishlab turgan konveyerda, mazkur Qoidalarning 433 — 456-bandlarida bayon etilgan xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda bajarilishi mumkin.

Sozlash, rostlash ishlarini o‘tkazayotgan xodimlar konveyerlarning avariyaviy to‘xtatish qurilmalaring o‘rnashishini va ulardan foydalanishni bilishi kerak.

819. Mazut xo‘jaligi uskunalaridagi issiqlik avtomatikasi va o‘lchash qurilmalariga xizmat ko‘rsatilayotganda mazkur Qoidalarning 62, 98,104, 475, 481 — 486-bandlari va III bobining 9-paragrafi talablariga rioya qilish zarur

820. Gaz xo‘jaligining nazorat va avtomatik qurilmalariga xizmat ko‘rsatishda mazkur Qoidalarning 24, 60, 61, 103, 104, 526 — 529, va III bobi 9-paragrafi talablariga rioya qilish zarur.

821. Gaz quvurlarida o‘rnatilgan manometrlarda ishchi bosim qizil chiziq bilan ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

822. Kimyo sexining uskunalarida joylashtirilgan avtomatika, issiqlik texnikasi o‘lchovlari va himoya qurilmalarida ishlar bajarilayotganda mazkur Qoidalarning III bobi 8 va 9-paragraflari, IV bobi 7-paragrafi, mazkur Qoidalarning 14-ilovasining va mazkur Qoidalarning 19 - ilovasining II bobi 4 -paragrafi talabalariga rioya qilinishi kerak.

823. Kislota va ishqor quvurlariga yoki kislotali va ishqorli sig‘imlarga ulanadigan impuls liniyalari, armaturasi va datchiklari ta’mirlanishi kerak bo‘lsa, ular kislotalardan va ishqorlardan bo‘shatib, tozalanishi hamda ishlab turgan quvurlar va rezervuarlardan tiqinlar bilan ajratilishi zarur. Shundan so‘ng ta’mirlanadigan impuls liniyalari, armaturalar, datchiklar yuvuvchi suvlar neytral reaksiya bergunga qadar suv bilan yaxshilab yuvilishi kerak. Ishni boshlashdan oldin issiqlik avtomatikasi va o‘lchashlar sexi xodimlari, kimyo sexining navbatchi xodimlari ishtirokida, ta’mirlanadigan impuls liniyalarini ishlab turgan uskunalardan tiqinlar bilan ajratilganligi va ularga kislota yoki ishqor tushish ehtimoli yo‘qligi va ulardan reagentlar to‘la chiqarib tashlanganligiga ishonch hosil qilishlari kerak.

824. Kimyo sexida o‘rnatilgan issiqlik avtomatikasi va o‘lchovlari sexining impuls liniyalari va apparaturalarida ishlayotganda, agar ulardan tasodifan agressiv muhitlar (kislotalar, ishqorlar, kaogulyantlar) otilib chiqishi mumkin bo‘lsa, ishlar rezina qo‘lqoplarda, rezinlashtirilgan fartuklar va himoyalovchi ko‘zoynaklarda bajarilishi kerak.

825. Kimyo sexi xonalarida ishlayotgan issiqlik avtomatikasi va o‘lchovlar sexi xodimlari foydalanilayotgan reagentlarning asosiy xususiyatlarini va ular bilan ishlash qoidalarini mazkur Qoidalarning 15-ilovasiga muvofiq bilishi kerak.

826. Issiqlik avtomatikasi, issiqlik texnik o‘lchovlari va himoya qurilmalariga xizmat ko‘rsatish mazkur Qoidalarning 19-ilovasi talablariga muvofiq bajarilishi shart.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish