Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining


§ 5. Og‘irliklarni ko‘tarish va tashish



Download 0,58 Mb.
bet12/37
Sana02.01.2022
Hajmi0,58 Mb.
#311735
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37
Bog'liq
116 01.06.2009


§ 5. Og‘irliklarni ko‘tarish va tashish

A. Og‘irliklarni mexanizatsiyalashgan usulda yuklash, tushirish va joydan-joyga ko‘chirish

190. Yuklarni ortish-tushirish ishlarini mazkur paragraf, GOST 12.3.009 “SSBT. Ortish-tushirish ishlari. Xavfsizlikning umumiy talablari”, “Yuk ko‘tarish kranlarining tuzilishi va xavfsiz ekspluatatsiya qilish qoidalari” va GOST 12.3.020 “SSBT. Korxonalarda yuklarni joydan-joyga tashish jarayonlari. Xavfsizlikning umumiy qoidalari” talablariga muvofiq ko‘taruvchi transport uskunalari va kichik mexanizatsiya vositalari yordamida mexanizatsiyalashtirilgan usulda amalga oshirilishi zarur.

Temir yo‘l va avtomobil transport vositalaridan foydalangan holda yuklarni ortish-tushirish ishlari bajarilayotganda “Temir yo‘l transportida yuklarni ortish-tushirish ishlarida xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari” va “Avtomobil transportida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qoidalarga” rioya qilish kerak.

191. Qoplamalar, tayanchlar va maydonchalar ustiga, ularni ko‘tarib turuvchi konstruksiyalari mustahkamligini dastlabki hisob-kitoblarsiz yuklarni qo‘yish va ularni ruxsat etilgan yuklamalardan ortiq yuklash man etiladi.

Ushbu maqsadga mo‘ljallanmagan binolar, inshootlar, konstruksiyalarga, quvurlarga yuklarni osib qo‘yish man etiladi.

192. Transheyalarga quvurlar va uskunalarning boshqa elementlari hamda armaturalar tushirilayotganda, uskunalar va quvurlar uzellari mustahkamlanib qo‘yilgunga qadar transheyalarda turish man etiladi.

193. Ekskavatorlar, kranlar, yuklovchi mexanizmlarni qo‘llab yuklarni ortib-tushirish ishlari bajarilayotganda, himoya to‘sqichi bilan jihozlanmagan avtomobil kabinasida haydovchi, hamda yuklarni kuzatuvchi shaxslar bo‘lishi man etiladi.

194. Greyferlar, kranlar va mashinalarning strelasi ostida, temir yo‘llar va mexanizmlar va kranlar yo‘llarida, skreyperlar harakat qilayotgan rayonda, shuningdek ko‘chma va statsionar mexanizmlar (kranlar, yuvuvchi mashinalar, tasmali konveyerlar va b.) ishlayotganda ularning oldida zaruriyatsiz turish man etiladi.

195. Elektr uzatish havo liniyasining qo‘riqlash zonasida qurilish mashinalarida (strelali yuk ko‘taruvchi kranlarda, ekskavatorlarda, yuklovchi mexanizmlarda va b.) ishlashga faqat kuchlanish olib qo‘yilganda naryad bo‘yicha va ushbu liniyani ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning ruxsati mavjud bo‘lganda ruxsat etiladi.

Agar elektr uzatish havo liniyasidan kuchlanishni olib qo‘yishga imkon bo‘lmasa, qayd etilgan mashinalarda qo‘riqlov zonasida ishlashga quyidagi shartlar bilan ruxsat etiladi: qurilish mashinalari istalgan holatda turganda ko‘taruvchi va tortib chiqariladigan mexanizmlarning vertikal yuza qismlari bo‘ylab elektr uzatish havo liniyasining kuchlanish ostida bo‘lgan eng yaqin simning yerga bo‘lgan proyeksiyasi o‘rtasidagi masofa quyidagilardan kam bo‘lmasligi shart:

Masofa, m

Kuchlanish, kV

1,5

1 gacha

2

1 — 20

4

35 — 110

5

220

9

500

Keltirilgan masofalar GOST12.2.013.0 “SSBT. Dastakli elektr mashinalari. Xavfsizlik va sinashning umumiy talablari” va KMK 3.01.02 — 00 “Qurilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari”dagi talablarga mos keladi. Bu masofalar “Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari”da ko‘rsatilganlardan farqlanadi, chunki ularda elektrotexnik xodimlar tomonidan ish bajarilishi va elektr qurilmalarning konstruktiv xususiyatlari hisobga olingan.

110 kV va undan yuqori kuchlanish ostidagi elektr uzatish havo liniyasining bevosita simlari ostida qurilish mashinalarining ishlashiga quyidagi shartlar bilan ruxsat etiladi — ularning ko‘taruvchi va tortib chiqariladigan qismlari, shuningdek joydan-joyga ko‘chirilayotgan yuklarning har qanday holatida ular bilan eng yaqin sim orasidagi masofa yuqorida ko‘rsatilgan tegishli kuchlanish uchun masofadan kam bo‘lmasligi kerak.

196. Vagonlarni ko‘chirishni boshlashdan oldin, ko‘chirishga xalaqit berayotgan ko‘prikchalar, xodalar va boshqa moslamalar olib qo‘yilgan bo‘lishi, ishlayotganlar vagonlar ko‘chirilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan bo‘lishlari shart.

197. Elektrlashtirilgan temir yo‘llarda qandaydir ishlarni bajarish uchun vagonlar, sisternalar, yuk ortilgan platformalar, yarim vagonlar va konteynerlarning tomiga chiqish kontakt tarmog‘i uzilib va u yerga ulanmagunga qadar man etiladi.

198. Elektrlashtirilgan temir yo‘lning yaqinida ochiq harakatlanuvchi poyezdda yuklarni ortish-tushirish ishlari bajarilayotganda, ishlayotganlar va ular foydalanilayotgan asboblar, shuningdek ortilayotgan (tushirilayotgan) yuklar kuchlanish ostidagi kontakt tarmog‘ining tok o‘tkazuvchi qismlariga 2 mdan kam bo‘lmagan masofaga yaqin kelmasliklarini kuzatib turish shart.

Kontakt tarmoqlarining tok o‘tkazuvchi qismlaridan 2-4 m masofada joylashtirilgan harakat qiluvchi poyezdda kuchlanish olinmasdan va kontakt tarmog‘ini yerga ulamasdan ishlashga, faqat maxsus ajratilgan shaxs kuzatuvi ostida ruxsat beriladi.

4 m masofadan ortiq joyda ishlaganda kuzatib turish talab qilinmaydi.

Yoqilg‘i yuklangan vagonlar va sisternalardan, shuningdek kislota va ishqorlar yuklangan vagonlardan kontakt tarmog‘i simlari ostida yuk tushirish man etiladi.

199. Avtomobil-samosval, avtomobil-sisterna va boshqa ixtisoslashtirilgan avtomobillar, o‘zi yuruvchi mashinalar va konstruksiyasi odamlarni tashishga moslanmagan mexanizmlarning kabinasidan tashqarida, shuningdek yuk tirkamasida (yarim tirkamasida) va yuk tashuvchi motorellerlarda odamlarni tashish man etiladi.

200. Barcha turdagi transport vositalari va mexanizmlarning haydovchilari (mashinistlari) kim tomonidan berilishidan qat’iy nazar “stop” signalini bajarishlari shart.

201. Portlovchi, yonuvchi, kuchli ta’sir qiluvchi, zaharli, oson alangalanuvchi va boshqa xavfli yuklarni, shuningdek ularning zararsizlantirilmagan taralarini tashish “Yo‘l harakati qoidalari” va “Avtomobil tarnsportida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qoidalarga” muvofiq amalga oshirilishi shart.

202. Sisternalardan kislotalar va boshqa xavfli yuklarni quyib olish yoki ularni taralar bilan tushirish mazkur Qoidalarning 17-ilovasini 1-bandi talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

203. Kislotali, ishqorli va suyuq yonmas ximikatlarning butillarini mazkur Qoidalarning 53-bandi talablariga muvofiq savatchalar yoki yog‘och panjaralarda tashish zarur. Butillar avtomobil kuzovida o‘rnatilgan va zichlab yopilgan bo‘lishi shart.

Butilli savatlarni (yoki panjaralarni) birini-biri ustida (ikki qatorda) tashish vaqtida sinishdan birinchi qatorni saqlovchi mustahkam qistirmasiz o‘rnatish man etiladi.

Yonuvchi suyuqliklarni avtomobillarda butillarda, bidonlarda, chelaklarda va ularga o‘xshash idishlarda tashish man etiladi; bu maqsad uchun probkasi zich yopiladigan metall taradan foydalanish zarur.

204. Xavfli va og‘ir vaznli yuklarni tashish, shuningdek transport vositasini harakat qilishi, agar uning o‘lchamlaridan biri (yuk bilan yoki yuksiz) quyidagilardan ortiq bo‘lsa: balandligi bo‘yicha yo‘l yuzasidan 3,8 m, kengligi bo‘yicha — 2,5 m, uzunligi bo‘yicha — 20 m bir tirkamali (yarim tirkamali) avtopoyezd uchun, 24 m ikki va undan ortiq tirkamali avtopoyezd uchun yoki yuk transporti vositasi gabaritining orqa nuqtasidan 2 m dan ortiq chiqib turgan bo‘lsa, “Ichki Ishlar Boshqarmasi. Yo‘l harakati xavfsizligining Bosh boshqarmasi”dan ruxsat olingandan so‘ng amalga oshiriladi.

205. Yuk ortuvchi (avto va elektr yuk ortuvchi) mexanizmlarni boshqarishga 18 dan yosh bo‘lmagan, yuk ortuvchi mexanizmlarning tuzilishi va ekspluatatsiya qilinishi bo‘yicha o‘qitilgan va ularni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomaga ega bo‘lgan shaxslarga ruxsat etiladi. Elektr yuk ortuvchi mexanizmlarning haydovchilari elektr xavfsizligi bo‘yicha II guruhga ega bo‘lishlari shart.

Yuk ortuvchilarni ekspluatatsiya qilinishi ishlab chiqaruvchi zavod yo‘riqnomasiga muvofiq amalga oshirilishi shart.

206. Og‘irliklarni mexanizatsiyalashgan usulda yuklash, tushirish va joydan -joyga ko‘chirish mazkur Qoidalarning 8-ilovasi talablariga muvofiq amalga oshirilishi shart.

B. Og‘irliklarni qo‘lda ortish-tushirish va joydan-joyga ko‘chirish

207. Yuklarni qo‘lda ko‘tarishda va joydan-joyga ko‘chirishda amaldagi qonunchilik bilan o‘rnatilgan og‘irliklarni tashish me’yorlariga, ya’ni ayollar uchun og‘irliklarni qo‘lda ko‘tarishga va tashishga chegaraviy ruxsat etilgan sanitariya me’yorlari va o‘smirlar uchun og‘irliklarni qo‘lda ko‘tarishga va tashishga chegaraviy ruxsat etilgan sanitariya me’yorlariga (2006-yil 29-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bosh sanitariya shifokori tomonidan 0115-01 va 0116-01 raqamlari bilan tasdiqlangan) rioya qilinishi lozim.

208. Yuklarni joydan-joyga ko‘chirish yo‘llarini toza holatda saqlash zarur; ularni axlatlar va narsalar bilan to‘sib qo‘yilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

209. Barcha takelaj moslamalaridan (katoklar, ko‘prikchalar, zambilg‘altak, kanatlar va b.), shuningdek lomlar, bellar va boshqalardan foydalanilganda ishlarni boshlashdan oldin ularning ishga yaroqliligini tekshirish zarur.

210. G‘ildirab ketadigan yuklarni (quvurlar, bochkalar) avtomashinalar va platformalarga yuklashda arqonlar bilan ushlab turish bilan birga qiyalangan maydonchalar va xodachalarni qo‘llash shart.

211. Qiyalangan yuza bo‘yicha tushirilayotgan yoki ko‘tarilayotgan yuk ostida turish man etiladi. Xar doim undan chetda turish kerak.

212. Yuklarni tushirishda va yuklashda qo‘llaniladigan arqon, yuk og‘irligini hisobga olgan holda tanlanishi kerak. Yuk tushirish tezligini avtomashina kuzovida (platformada) turgan ishchilar rostlashi shart.

213. Bir vaqtning o‘zida avtomashinadan yoki platformadan yuklarni tushirish va undan oldin tushirilgan yukni olib qo‘yish (boshqa joyga ko‘chirish) man etiladi.

214. To‘ldirilgan shisha butillarni albatta ikki ishchi tashishi shart. Butilni savati bilan birgaliqda maxsus yog‘och yashiklarda yoki o‘rtasida chuqurchasi bor, atrofi yog‘och katak bilan o‘ralgan va butilning 2/3 qismi joylashishi zarur bo‘lgan maxsus zambilda tashish kerak.

Qisqa masofalarga va zinalar bo‘yicha butilni ikki ishchiga, oldindan savatcha tagi va dastaklari tekshirilgandan keyin ruxsat etiladi. Butilni maxsus aravachada tashishga ruxsat etiladi.

215. Yog‘och bochkalarni yerda dumalatishda, ularni chambaragi yonidan itarish kerak; bochkani chetidan tortishga ruxsat etilmaydi; og‘ir bochkalarni roliklarda yoki katoklarda joydan-joyga ko‘chirish kerak.

216. Ishlab chiqarish xonalarida uzun o‘lchamli yuklarni qo‘lda tashish alohida vaziyatlarda va kam hajmli ishlarda ruxsat etiladi.

Uzun o‘lchamli yuklarni maxsus qisqich ko‘rinishidagi ushlab turadigan moslamalar yordamida tashish kerak.

Uzun o‘lchamli yuklarni qo‘lda (yelkada) tashish bir hil bo‘yli bo‘lgan bir necha ishchilarga ruxsat etiladi. Tashish va tushirish vaqtida ishchilar yukning bir tomonida bo‘lishlari kerak.

Yuklarni bellar dastagida, lomlarda va boshqalarda tashish man etiladi.

217. Yuklarni ortish-tushirish ishlari sutkaning qorong‘i vaqtida bajarilayotganda barcha ish joylari belgilangan me’yorlarga muvofiq yoritilgan bo‘lishi shart.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish