Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining


§ 3. Uskunalarga xizmat ko‘rsatish



Download 0,58 Mb.
bet10/37
Sana02.01.2022
Hajmi0,58 Mb.
#311735
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37
Bog'liq
116 01.06.2009


§ 3. Uskunalarga xizmat ko‘rsatish

76. Har bir ish joyida ushbu lavozim yoki kasb uchun majburiy bo‘lgan hajmda ishlab chiqarish, lavozim yo‘riqnomalari va mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalar bo‘lishi shart.

77. Ish boshlangunga qadar, bajarilishi kerak bo‘lgan ishga qarashli mazkur Qoidalarning barcha talablari bajarilishi shart. Agar ushbu holatga rioya qilinmasa, uni bajarishga kim ko‘rsatma berganidan qat’iy nazar, xodimlar ish boshlashga haqli emas.

78. Uskunalarni aylanib va ko‘rib chiqish faqat uskunalar ish rejimini olib boruvchi navbatchi xodim ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.

79. Bosim ostidagi quvurlarning berkituvchi, rostlovchi va saqlagich armaturalari va flanetsli birikmalari, shuningdek agregat maydonchasida, lyuklar, lazlar, suv sathini ko‘rsatuvchi oynalar yaqinida ishlab chiqarish zaruriyatisiz yurish man etiladi.

80. Maydonchalarning to‘siqlariga suyanish va ularda turish va yurish uchun mo‘ljallanmagan quvurlar, konstruksiyalar va qoplamalar ustida yurish man etiladi.

81. Bosim ostidagi uskunalar va quvurlarni ishga tushirishda, tarmoqdan uzishda, presslashda va sinashda faqat bu ishlarni bevosita bajaruvchi xodimlarga ularning oldida bo‘lishga ruxsat beriladi.

Uskunalarni gidravlik sinashda bosim sinash bosimigacha ko‘tarilganda, uning ustida odamlar bo‘lishi man etiladi. Sinalayotgan quvurlar va uskunalarning payvandlangan choklarini ko‘rib chiqish faqat sinash bosimi ishchi bosimigacha pasaytirilgandan keyin ruxsat beriladi.

Qozon shlakdan tozalanayotganda va puflanayotganda, pastki nuqtalar puflanayotganda, noturg‘un va avariyaviy rejimlar vaqtida xodimlar xavfsiz joylarga chiqarilishi shart.

82. Quvurlarning qizish yuzasi, bug‘ quvurlari, kollektorlar, ta’minlovchi quvurlarda, armaturalar korpusida teshiklar aniqlanganda ishlayotganlarni zudlik bilan avariyaviy uskunalardan chetga olib chiqish, xavfli zonani o‘rash va “Ehtiyot bo‘ling! Xavfli zona” xavfsizlik belgilari osib qo‘yilishi shart.

Odamlarning chetga chiqarilishini elektr stansiya sexining boshlig‘i yoki issiqlik tarmog‘idagi ish rahbari (ishni olib boruvchi) amalga oshirishi shart.

83. To‘sish qurilmalari bo‘lmagan yoki nosoz holatda bo‘lgan mexanizmlar va qurilmalarni ishga tushirish va qisqa muddatda ishlashi man qilinadi. Saqlovchi to‘siqlarsiz yoki yomon mustahkamlangan to‘siqlar bilan mexanizmlarning yaqinida tozalash ishlarini olib borish man etiladi.

84. Aylanib turgan yoki harakatlanayotgan mexanizmlarning qismlarini tozalash, artish va moylash, shuningdek to‘siqlar ustidan oshib tushish yoki ular orasidan moylash va tozalash uchun qo‘llarni uzatish man etiladi. Ishlab turgan mexanizmlarning tashqi yuzasini artishda qo‘lga yoki barmoqlarga artish materiallarini o‘rash man etiladi.

85. Artish materiallari sifatida paxta yoki kanop lattalarni qo‘llash kerak.

86. Yurib turgan paytda yuritma kamarlarini kiydirish, echish va tuzatib qo‘yish, shuningdek bukslanayotgan kamarlar va konveyer lentalariga kanifol va boshqa materiallarni sepish man etiladi.

87. Aylayotgan yoki harakatlanayotgan mexanizmlarni qo‘l bilan to‘xtatish man etiladi.

88. Har bir 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr dvigatellarning ishga tushirish qurilmasi oldida (masofadan boshqarish qurilmalaridan tashqari), shuningdek 1000 V gacha kuchlanishli elektr dvigatellarning ishga tushirish qurilmasi oldida, agar ular yuqori xavfli yoki alohida xavfli xonalarda o‘rnatilgan bo‘lsa, dielektrik gilamchalar, nam xonalarda esa - izolatsiyalovchi tagliklar bo‘lishi shart.

89. Uzib tashlangan, osilib turgan yoki yerda va polda yotgan simlarni, shuningdek ularga tegib turgan sim bo‘laklari, arqonlar, troslarni bosish yoki ularga tegish man etiladi.

90. Nosoz uskunalarni, shuningdek avariyaviy uzish, blokirovka, himoya va signalizatsiya qurilmalari nosoz bo‘lgan yoki uzilgan uskunalarni ekspluatatsiya qilish man etiladi.

Baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkin bo‘lgan uskunaning normal ishlash rejimidan chetga chiqishlar sodir bo‘lganda, xodimlar xavfsizligini ta’minlash choralari ko‘rilgan bo‘lishi shart.

91. Uskunalarni xato qilib ishga tushirish (dvigatelni ishga tushirish, bug‘ yoki suv va b. berish), o‘z-o‘zidan siljishi yoki harakat qilishiga qarshi texnikaviy tadbirlar bajarilmasdan ta’mirlash man etiladi.

Uskunani tozalash yoki ta’mirlash tugagandan so‘ng, unda odamlar va boshqa biron-bir predmetlar qolmagani to‘g‘risida ishonch hosil qilinishi zarur.

92. Uskunalarni kapital yoki o‘rta ta’mirlash ishlari bajarish loyihalari (bundan keyin — IBL) bo‘yicha va ta’mirlashga texnik shartlar yoki texnologik kartalar bo‘yicha bajarilishi shart.

93. Havo harorati 33°S dan yuqori bo‘lgan uchastkalarda ta’mirlash ishlari o‘tkazilayotganda havo beruvchi ko‘chma qurilmalar nazarda tutilgan bo‘lishi shart.

94. Uskunalar va quvurlarni montaj yoki demontaj qilish, shuningdek uskunalar elementlarini almashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan ta’mirlash ishlari bajarilayotganda ishlarni bajarish loyihasi yoki texnologik kartada nazarda tutilgan operatsiyalar ketma-ketligiga rioya qilish shart, ular qolgan yoki qayta o‘rnatilayotgan uskunalarning qismlari yoki elementlari turg‘unligini va uning demontaj qilinayotgan qismlari yiqilishining oldi olinishini ta’minlaydi.

Uskunalar va quvurlarning qolgan elementlari ustidan uzluksiz kuzatish olib borish zarur.

95. Flanetsli birikmalar yig‘ilayotganda bolt teshiklarining bir-biriga to‘g‘ri kelishi lomchalar yoki opravkalar yordamida tekshirilishi shart.

96. Uskunalarning qizigan qismlari yaqinida odamlar bo‘lishi zarur bo‘lganda, ularni kuyishdan va yuqori harorat ta’siridan himoyalash bo‘yicha choralar ko‘rilgan bo‘lishi shart (ishlab turgan uskunalarni to‘sish, ventilatsiya, maxsus kiyim va b.).

97. Detallar va uskunalarni yuvish va moysizlantirish uchun kerosin, benzin, benzol, atseton va boshqa yonuvchan va yengil alangalanuvchi moddalarni, shuningdek trixloretilen, dixloretan va boshqa xlor hosil qiluvchi uglevodorodlarni qo‘llash man etiladi.

98. Muzlab qolgan yonuvchi, portlash xavfi bo‘lgan va zararli moddalarning quvurlarini, shuningdek ularning armaturalarini nam bug‘ yoki issiq suv bilan isitish kerak. Ochiq olovli issiqlik manbaini, faqat yong‘in xavfli xonalar tashqarisida va ochiq havoda joylashtirilgan suv, bug‘ va pulpa quvurlari va armaturalarini isitish uchun qo‘llashga ruxsat beriladi.

99. Odamlar o‘tishi va ularda turish xavfli bo‘lgan joylar arqonlar yoki mustahkamlangan, ularda mazkur Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq xavfsizlik belgilari o‘rnatilgan ko‘chma shchitlar bilan to‘silgan bo‘lishi shart.

100. Yoritgichlarni tozalash va kuyib qolgan lampalarni almashtirishni elektrotexnik xodimlar, yoritgichlarga qulay va xavfsiz etishni ta’minlovchi qurilmalar ustida turib bajarishlari shart.

101. Uskunalarga statsionar yoritgichlariga ega bo‘lmagan joylarda xizmat ko‘rsatilayotganda yetarli miqdorda ishga yaroqli ko‘chma elektr fonarlari bo‘lishi shart, ular smenalar bo‘yicha topshiriladi.

102. Ko‘chma qo‘l elektr yoritgichlari 42 Vdan ortiq bo‘lmagan kuchlanish tarmog‘idan ta’minlanishi shart. Alohida noqulay sharoitlarda, tor, yuqori namlik, changlanish, metalli, yerga ulangan yuzalarga tegib ketish oqibatida elektr tokidan shikastlanish xavfi oshib ketadigan bo‘lsa, tarmoqdagi kuchlanish 12 Vdan oshmasligi shart.

103. Gaz xavfi bor xonaga kirishdan oldin, undagi havo tarkibida gaz borligini tahlil qilish lozim. Gaz mavjudligi portlashdan himoyalangan gazoanalizator asbobi yordamida aniqlanishi shart. Gaz borligi aniqlansa, xonaga faqat u ventilatsiya qilingandan va qaytadan undagi havoda gaz yo‘qligi tekshirilgandan keyin va kislorod yetarli bo‘lganda (hajm bo‘yicha 02=20%) kirish mumkin. Agar ventilatsiya natijasida gazni chiqarib tashlashga iloji bo‘lmasa, unda gaz xavfli xonaga faqat shlangli gaz niqobida, mazkur Qoidalarning II bob 9-paragrafi talablariga rioya qilgan holda kirish va ishlashga ruxsat beriladi. Yoritish va ventilyatorning elektr dvigatelini tarmoqqa ulash apparaturasi gaz xavfi bor xonasidan tashqariga chiqarilgan bo‘lishi shart.

104. Gaz xavfli ishlar bajarilayotganda, shuningdek quyidagi qoidalarga rioya qilinishi shart:

ko‘chma yorug‘lik manbai sifatida faqat portlashdan himoyalangan turdagi yoritgichlardan foydalanish shart. Gaz xavfi bor joylarda yoritgichlarni ulash va uzish, shuningdek ochiq olovdan foydalanish man etiladi;

asboblar uchqun paydo bo‘lishini istisno qiluvchi rangli metallardan bo‘lishi shart. Qora metalli asboblardan foydalanishga ruxsat etiladi, bunda uning ishchi qismi mo‘l qilib solidol yoki boshqa moy bilan quyuq moylanishi shart;

elektr drellarni va boshqa uchqun chiqaruvchi elektrlashtirilgan asboblarni, hamda moslamalarni qo‘llash man etiladi;

xodimlarning poyabzali po‘lat taqasiz va mixsiz bo‘lishi shart, aks holda kalish kiyilishi lozim.

105. Doimiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga ega bo‘lmagan gaz xavfi bor xonalarning eshiklari qulflangan bo‘lishi shart. Kalitlar sexning smena boshlig‘ida saqlanishi shart va ish vaqtida bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatda ko‘rsatilgan shaxslarga imzo ostida berilishi va ish tugashi bilan, har kuni qaytarib olinishi shart.

106. Yong‘in paydo bo‘lganda zudlik bilan yong‘inni o‘chirish komandasini chaqirish, odamlarni va iloji boricha yonuvchi moddalarni xavfsiz joyga ko‘chirish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda, mavjud bo‘lgan yong‘inni o‘chirish vositalari bilan olovni o‘chirishni boshlash kerak, hamda korxonaning smena boshlig‘i (dispetcheri), sex (uchastka) boshlig‘iga va korxona qorovul xizmatiga xabar berish kerak.

107. Baxtsiz hodisa yuz berishi xavfi paydo bo‘lganda, yaqin orada turgan hodimlar uning oldini olish choralarini ko‘rishlari shart (uskuna yoki tegishli mexanizmlarni to‘xtatish, kuchlanishni uzib qo‘yish, bug‘ yoki suv berilishini to‘xtatish, xavfli zonani to‘sib qo‘yish va x.k.), baxtsiz hodisa sodir bo‘lganda jabrlanganga shifokordan oldingi birinchi yordamni berish, iloji boricha xodisa sodir bo‘lgan joydagi holatni saqlash kerak. Sodir bo‘lgan holat to‘g‘risida katta navbatchiga (ish rahbariga) xabar berilishi shart.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish