Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining


§ 2. Uskunalarga qo‘yilgan talablar



Download 0,58 Mb.
bet9/37
Sana02.01.2022
Hajmi0,58 Mb.
#311735
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37
Bog'liq
116 01.06.2009


§ 2. Uskunalarga qo‘yilgan talablar

69. Uskunalar, quvurlar, baklar va boshqa elementlarning qizigan barcha qismlari, ularga tekkanda kuyib qolish mumkin bo‘lgan qismlari issiqlik izolatsiyasiga ega bo‘lishi shart. Issiqlik izolatsiyasi yuzasidagi harorat atrofdagi havo harorati 25 °S bo‘lganda, 45 °S dan ortiq bo‘lmasligi shart. Quvurlarning bo‘yog‘i va yozuvlari “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasining qoidalariga va GOST 14202 “Sanoat korxonalarining quvurlari. Belgilash bo‘yoqlari, ogohlantiruvchi belgilar va markalash shchitlari”ga mos bo‘lishi shart.

70. Engil alangalanuvchi, yonuvchi, portlash xavfi bo‘lgan yoki zararli moddalar tegib ketishi mumkin bo‘lgan zonalarda joylashgan uskunalar va quvurlarning barcha qizigan qismlarining issiqlik izolatsiyasi, ushbu moddalar singishidan saqlanishi uchun metal qobiq bilan qoplanishi shart.

71. Agressiv, yengil alangalanuvchi, yonuvchi, portlash xavfi bo‘lgan yoki zararli moddalarni o‘tkazish quvurlari germetik bo‘lishi shart. Oqib tushish ehtimoli bor joylarda (kranlar, ventillar, flanetsli birikmalar) himoya qoplamalari o‘rnatilgan bo‘lishi shart, zarur bo‘lgan hollarda ular - sizib tushgan mahsulotlarni xavfsiz joylarga quyuvchi maxsus qurilmalar bilan jihozlanishi shart.

Uskunalarning elementlari, armaturalar va asboblar, agar ularni vaqti-vaqti bilan ko‘rib chiqilishi talab qilinsa, xizmat ko‘rsatish uchun qulay joylarda o‘rnatilishi zarur.

72. Yer sathidan (ish maydonchasidan) 1,5 m dan ortiq balandlikda joylashgan uskunalar elementlariga xizmat ko‘rsatish, to‘siqli va zinali statsionar maydonchalardan turib amalga oshirish kerak.

Zinalar va maydonchalar oraliq gorizontal elementli balandligi 1,1 m dan kam bo‘lmagan panjaralar va panjaraning tagi bo‘yicha 0,15 m dan kam bo‘lmagan bort elementlari bilan to‘silgan bo‘lishi, hamda GOST 23120 “Marsh zinalari, po‘lat maydonchalar va to‘siqlar. Texnik shartlar” talablariga muvofiq bo‘lishi shart. Maydoncha sathidan yuqori qoplamagacha bo‘lgan masofa 2 m dan kam bo‘lmasligi shart.

73. Ochish uchun katta kuch talab qilinadigan zadvijkalar va ventillar aylanma liniyalar va mexanik yoki elektr yuritgichlar bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.

74. Barcha ishga tushirish qurilmalari va armaturalar texnologik sxemalarga muvofiq nomerlangan bo‘lishi va yozuvlarga ega bo‘lishi shart. Zadvijkalar, ventillar va shiberlarning shturvallarida, ularni ochish yoki yopish uchun aylanish yo‘nalishlari ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.

75. Ishlab turganlar tegishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish uskunalarining harakatlanuvchi qismlari mexanik himoyalash to‘siqlariga ega bo‘lishi shart, ular GOST 12.2.062 “SSBT. Ishlab chiqarish uskunalari. Himoya to‘siqlari” talablariga mos bo‘lishi shart.

Himoya to‘siqlari ochiladigan (oshiq-moshiqda, sharnirda) yoki alohida seksiyalardan yasalgan olib qo‘yiladigan bo‘lishi shart. Mashina va mexanizmlarning himoyalangan qismlariga qulay xizmat qilish uchun to‘siqlarda eshikchalar va qopqoqlar nazarda tutilgan bo‘lishi shart.

To‘siqlar, eshikchalar va qopqoqlar, ularni yopilgan (ishchi) holatida ishonchli ushlab turilishi uchun moslamalar bilan ta’minlangan bo‘lishi shart va zarur bo‘lgan hollarda to‘siq olinganda (ochilganda) mashinalar va mexanizmlar yuritmalari bilan ularni tarmoqdan uzish uchun blokirovka qilingan bo‘lishi shart.

Mashinalar va mexanizmlar karkasiga payvandlangan temir chiviq va tasmalardan to‘siqlarni tayyorlash man qilinadi.

Yarim muftalarning g‘iloflari shunday tayyorlanishi kerakki, bunda har tomondan aylanib turgan valning yopilmagan qismlari 10 mm dan ko‘p bo‘lmasligi shart.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish