2- LABORATORIYA ISHI
GIDROENERGETIK INSHOOTLARNING ELEKTR QISMIDA QO’LLANILADIAN QURILMALAR BILAN TANISHISH
Ishning maqsadi:Yuqori kuchlanishli uzatgichlar va qisqa tutashtirgichlar. Uzgichlar va qisqa tutashtirgichlarning ko‘rsatmalari, turlari va tuzilishlari.
NAZARIY MA’LUMOT
Qisqa tutashtirgichlar ta’minlovchi liniyaning releli himoyasi ta’sirida sun’iy q. t. hosil qilingandan so‘ng shikastlangan transformatorni uzish uchun podstansiyalarning soddalashtirilgan sxemalarida qo‘llaniladi.
35 kV li tizilmalarda qisqa tutashtirgichning ikki qutbli qo‘llanilib, ular ishga tushganda sun’iy ravishda ikki fazali q. t. hosil bo‘ladi. Neytrali yerga tutashtirilgan tizilma (110 kV va undan yuqori) qisqa tutashtirgichning bir qutbi qo‘llaniladi (15.1–rasm). KZ–35 tipli qisqa tutashtirgichning konstruksiyasi 15.2–rasmda ko‘rsatilgan. Qisqa tutashtirgichlar yuritmasi, kuchlanish ostida bo‘lgan qo‘zg‘almas kontaktga yerga tutashtirilgan pichoqning ulanishini ta’minlaydigan prujinaga ega. Yuritmaning ishlashi uchun rele muhofazasidan impuls beriladi. Uzish qo‘lda bajariladi. Qisqa tutashtirgichni ulashda yoy hosil bo‘lishini va jihozning buzilishining oldini olish uchun, pichoqning katta tezlikda harakatlanishini ta’minlash kerak. Hozirgi konstruksiyalarda qisqa tutashtirgichni ulash vaqti 0,4–0,5 s ni tashkil etadi. Ulashni tezlatish uchun pichoqqa harakatning poroxli zaryadning portlash kuchini beradigan konstruksiyali qisqa tutashtirgichlar ham mavjud.
15.2. Uzgich va qisqa tutashtirgichlarning tanlanishi, ularning yuritmalari.
Uzgich tashqi ko‘rinishi jihatidan ajratkichdan farq qilmaydi, lekin unda uzish uchun prujinali yuritmasi bor. Uzgichni ulash qo‘lda bajariladi. Uzgichlar, ajratkichlar singari, bir yoki ikki tomondan yerga tutashtiruvchi pichoqlarga ega bo‘lishi mumkin. Mavjud OD konstruksiyalarning kamchiligi bo‘lib, ularni uzish vaqtining juda kattaligi hisoblanadi (0,5–1 s).
Uzgichlar toksizlangan zanjirni yoki transformatorning magnitlovchi tokini uzishi mumkin, biroq qisqa tutashtirgichning ishga tushishidan hosil bo‘lgan q. t. tokini uzgichlar uzishi mumkin emas, shu sababli OD va KZ boshqarish sxemalarida blokirovka mavjud bo‘lib, u qisqa tutashtirgich zanjiri (15.2–rasm) ga o‘rnatilgan tok transformatori TT orqali tok o‘tganda uzgichni uzishiga imkon bermaydi.
15.1–rasm. Uzgich va qisqa tutashtirgichlarning ulanish sxemalari:
a–110 kV va undan yuqori tizilmalarda; b–35 kV li tizilmalarda.
Ochiq konstruksiyali uzgich va qisqa tutashtirgichlar ob–havo sharoitlarida (sovuq, yaxlash) yetarli darajada ishonchli ishlamaydi. Ekspluatatsiya vaqtida ishlamay qolgan hollari ham kuzatiladi. Bu konstruksiyalar o‘rniga elegaz bilan to‘ldirilgan, yopiq kamerada joylashgan kontakt tizimli uzgich va qisqa tutashtirgichlar ishlab chiqarilgan.
Qo‘zg‘aluvchi kontakt yerga tutashtiruvchi shina bilan egiluvchan bog‘lamalar orqali biriktirilgan. Kontakt kameraning bo‘shlig‘i ortiqcha 0,3 MPa bosimli elegaz (SG’6) bilan to‘ldirilgan. Yuqorida aytilganidek, elegaz yuqori elektr mustahkamlikka ega. Atmosfera bosimida uning mustahkamligi havonikiga qaraganda 2–3 marta yuqori, 0,3 MPa bosimda esa elegazning mustahkamligi toza transformator moyining mustaqkamligi bilan teng. Elegaz yonmaydi, yonishga ko‘maklashmaydi, shuning uchun elegazli jihozlar portlash bilan yong‘inga xavfli emas. Kamera ichidagi bosim atmosfera bosimigacha kamayganda kontaktlar orasidagi bo‘shliq shikastlanmasdan eng katta ish kuchlanishni ushlab turishi mumkin. Kameraning germetikligi chinni korpuslar va metall flaneslar orasiga qo‘yilgan rezina halqali qistirmalar (rasmda ko‘rsatilmagan) va qo‘zg‘aluvchan tortqi o‘tadigan joydagi gidravlik zatvor bilan ta’minlanadi. Pastki kontakt silindr bilan ekranlangan sterjendan iborat. Qo‘zg‘almas kontakt rozetka ko‘rinishida tayyorlangan. Kontaktning lamellari yonishdan ekran bilan muhofazalangan.
ISH BO’YICHA HISOBOT:
Hisobotda quyidagilar keltiriladi:
1). Ishni bajarishdan maqsad;
2). Foydalanilgan relelarning pasport ma’lumotlar;
3). Tajriba sxemalari va tajriba natijalari keltirilgan jadvallar;
4). Xulosa.
NAZORAT UChUN SAVOLLAR:
Qanday relelar yordamchi relelarga kiradi?
Yordamchi relelarning vazifalarini tushuntiring.
3. Kuchlanishi 110 V o‘zgarmas tokka mo‘ljallangan oraliq elektromagnit releni 110 V kuchlanishli o‘zgaruvchan tok zanjiriga ulanganda qanday ishlaydi?
4. Kuchlanishi 110 V o‘zgarmas tokka mo‘ljallangan tok rele bor. Uni kuchlanishi 220 V o‘zgarmas tok zanjirida ishlatish kerak. Buni qanday yo‘l bilan amalga oshirish kerak?
( ); 1–; 2– ; 3– ; 4– 3- LABORATORIYA ISHI
Do'stlaringiz bilan baham: |