12-LABORATORIYA ISHI
Ishning maqsadi: RN tipli relelarining ishlash prinsipi va uning asosiy elementlari bilan tanishish.
Ishni bajarishdan maqsad: Rele himoyasi va avtomatikada ishlatiladigan kuchlanish relelarning tuzilishi va ishlashi bilan tanishish; ularning asosiy xarakteristikalarini tekshirish.
NAZARIY QISM
Qisqa tutashuv hosil bo‘lganligining belgilaridan biri tokning ortishidir. Bu belgidan maksimal tok himoyalarini bajarish uchun foydalaniladi. Maksimal tok himoyasi deb faza toki oldindan belgilangan malum qiymatdan ortganda ishlaydigan himoyaga aytiladi.
Tok himoyalari maksimal tok himoyasi va tok otsechkasiga bo‘linadi. Ular orasidagi asosiy farq himoyaning tanlash xususiyatini ta’minlashda. MTH ning tanlash xususiyati hayallash vaqtini to‘g‘ri tanlash va TO ning tanlash xususiyati esa ishga tushish tokini to‘g‘ri tanlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. MTH maksimal yuklama toklari va dvigatellarning ishga tushishi toklaridan, TO esa himoyalanayotgan obyektning so‘nggidagi maksimal qisqa tutashuv toklaridan chetlashtiriladi.
Sxemadan foydalanib toklar harakatini tushintrib bering va xisobotingizda proyektor yordamida ko‘rgan toklar xarakatini to‘liq tasvirlab bering
12.1-rasm. RN tipli relening tuzilishi.
Maksimal tok himoyasi.
Qisqa tutashuv hosil bo‘lganligining belgilaridan biri tokning ortishidir. Bu belgidan maksimal tok himoyalarini bajarish uchun foydalaniladi. Maksimal tok himoyasi deb faza toki oldindan belgilangan malum qiymatdan ortganda ishlaydigan himoyaga aytiladi.
Tok himoyalari maksimal tok himoyasi va tok otsechkasiga bo‘linadi. Ular orasidagi asosiy farq himoyaning tanlash xususiyatini ta’minlashda. MTH ning tanlash xususiyati hayallash vaqtini to‘g‘ri tanlash va TO ning tanlash xususiyati esa ishga tushish tokini to‘g‘ri tanlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. MTH maksimal yuklama toklari va dvigatellarning ishga tushishi toklaridan, TO esa himoyalanayotgan obyektning so‘ngidagi maksimal qisqa tutashuv toklaridan chetlashtiriladi.
Bir tomondan manbaga ulangan elektr uzatish liniyalarida MTH asosiy himoya bo‘lib hisoblanadi va har bir liniyaning manba tomondan hisoblaganda boshlanishga o‘rnatiladi.
MTH maksimal tok, vaqt va oraliq relelar yordamida bajariladi. 2.1-rasmda 10 kVli liniya MTH sining sxemasi ko‘rsatilgan. Normal rejimda TA tok transformatorining ikkilamchi cho‘lg‘amidagi tok maksimal tok relelari KA1 va KA3 ning ishlashi uchun yetarli emas, shuning uchun MTH ishlamaydi. Agar, masalan, W liniyaning K nuqtasida qisqa tutashuv hosil bo‘lsa TA ning ikkilamchi cho‘lg‘amidagi tok keskin ortadi. Ikki fazali qisqa tutashuv bo‘lsa KA1 va KA2 relelardan biri, uch fazali qisqa tutashuv bo‘lsa ikkalasi ishlaydi va uzlarining KA1.1 va (yoki) KA2.1 kontaktlarini ulaydi. Natijada vaqt relesi KT ning cho‘lg‘amidan tok o‘tadi va ma’lum hayallash vaqtidan keyin uning KT.1 kontakti ulanadi. Oraliq rele KL ning cho‘lg‘amidan tok o‘tib uning KL.1 kontakti ham darhol ulanadi. Viklyuchatel Q ning asosiy kontaktlari ulangan holatda uning yordamchi kontakti SQ ham o‘langan bo‘lishi sababli uzish elektromagnitini cho‘lg‘ami YAT dan tok o‘tib viklyuchatelning asosiy kontaktlarini uzadi. W liniya manbadan ajratiladi.
NAZORAT UChUN SAVOLLAR:
Qanday relelar yordamchi relelarga kiradi?
Yordamchi relelarning vazifalarini tushuntiring.
Kuchlanishi 110 V o‘zgarmas tokka mo‘ljallangan oraliq elektromagnit releni 110 V kuchlanishli o‘zgaruvchan tok zanjiriga ulanganda qanday ishlaydi?
Do'stlaringiz bilan baham: |