10-LABORATORIYA ISHI
MAKSIMAL TOKLI HIMOYA SXEMASINI ULASH VA TEKSHIRISH
Ishning maqsadi: MTX ning ishlash prinsipi va uning asosiy elementlari relesi bilan tanishish.
Ishni bajarishdan maqsad: MTX ning tuzilishi va ishlashi bilan tanishish; ularning asosiy xarakteristikalarini tekshirish.
Nazariy ma’lumotlar
Q isqa tutashuv hosil bo‘lganligining belgilaridan biri tokning ortishidir. Bu belgidan maksimal tok himoyalarini bajarish uchun foydalaniladi. Maksimal tok himoyasi deb faza toki oldindan belgilangan malum qiymatdan ortganda ishlaydigan himoyaga aytiladi.
Tok himoyalari maksimal tok himoyasi va tok otsechkasiga bo‘linadi. Ular orasidagi asosiy farq himoyaning tanlash xususiyatini ta’minlashda. MTH ning tanlash xususiyati hayallash vaqtini to‘g‘ri tanlash va TO ning tanlash xususiyati esa ishga tushish tokini to‘g‘ri tanlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. MTH maksimal yuklama toklari va dvigatellarning ishga tushishi toklaridan, TO esa himoyalanayotgan obyektning so‘nggidagi maksimal qisqa tutashuv toklaridan chetlashtiriladi. Sxemadan foydalanib toklar harakatini tushintrib bering va xisobotingizda proyektor yordamida ko‘rgan toklar xarakatini to‘liq tasvirlab bering
Maksimal tok himoyasi
Qisqa tutashuv hosil bo‘lganligining belgilaridan biri tokning ortishidir. Bu belgidan maksimal tok himoyalarini bajarish uchun foydalaniladi. Maksimal tok himoyasi deb faza toki oldindan belgilangan malum qiymatdan ortganda ishlaydigan himoyaga aytiladi.Tok himoyalari maksimal tok himoyasi va tok
10.1-rasm. Laboratoriya stendining sxemasi.
otsechkasiga bo‘linadi. Ular orasidagi asosiy farq himoyaning tanlash xususiyatini ta’minlashda. MTH ning tanlash xususiyati hayallash vaqtini to‘g‘ri tanlash va TO ning tanlash xususiyati esa ishga tushish tokini to‘g‘ri tanlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. MTH maksimal yuklama toklari va dvigatellarning ishga tushishi toklaridan, TO esa himoyalanayotgan obyektning so‘ngidagi maksimal qisqa tutashuv toklaridan chetlashtiriladi.Bir tomondan manbaga ulangan elektr uzatish liniyalarida MTH asosiy himoya bo‘lib hisoblanadi va har bir liniyaning manba tomondan hisoblaganda boshlanishga o‘rnatiladi.
MTH maksimal tok, vaqt va oraliq relelar yordamida bajariladi. 2.1-rasmda 10 kVli liniya MTH sining sxemasi ko‘rsatilgan. Normal rejimda TA tok transformatorining ikkilamchi cho‘lg‘amidagi tok maksimal tok relelari KA1 va KA3 ning ishlashi uchun yetarli emas, shuning uchun MTH ishlamaydi. Agar, masalan, W liniyaning K nuqtasida qisqa tutashuv hosil bo‘lsa TA ning ikkilamchi cho‘lg‘amidagi tok keskin ortadi. Ikki fazali qisqa tutashuv bo‘lsa KA1 va KA2 relelardan biri, uch fazali qisqa tutashuv bo‘lsa ikkalasi ishlaydi va uzlarining KA1.1 va (yoki) KA2.1 kontaktlarini ulaydi. Natijada vaqt relesi KT ning cho‘lg‘amidan tok o‘tadi va ma’lum hayallash vaqtidan keyin uning KT.1 kontakti ulanadi. Oraliq rele KL ning cho‘lg‘amidan tok o‘tib uning KL.1 kontakti ham darhol ulanadi. Viklyuchatel Q ning asosiy kontaktlari ulangan holatda uning yordamchi kontakti SQ ham o‘langan bo‘lishi sababli uzish elektromagnitini cho‘lg‘ami YAT dan tok o‘tib viklyuchatelning asosiy kontaktlarini uzadi. W liniya manbadan ajratiladi.
Nazorat uchun savollar
MTX qurilmasini vazifasini tushuntiring.
Turg‘un va turg‘un bo‘lmagan qisqa tutashuvlar vaqtida AQU qanday ishlaydi?
MTH qurilmasiga qo‘yiladigan asosiy talablarni aytib bering.
Kondensatorning vazifasi nimadan iborat?
Nima uchun qisqa tutashuvdan keyin AQU qurilmasi darhol ishlashi mumkin emas?
Do'stlaringiz bilan baham: |