18-LABORATORIYA ISHI Masofaviy himoya qurilmalari turlari bilan INTERNET materiallari bo‘yicha tanishish
Ishdan maqsad: Masofaviy himoya qurilmalarining ulanish sxemalarini o‘rganish.
NAZARIY MALUMOTLAR
Induksion quvvat relesining ikkita cho‘lg‘ami bo‘lib biri tarmoqning tokiga ikkinchisi esa kuchlanishiga ulanadi .
Cho‘lg‘amlardan o‘tayotgan toklar va ulardan hosil bo‘layotgan magnit oqimlarining o‘zaro ta’siri natijasida relening harakatlanuvchi silindrsimon rotorida elektromatnit aylantiruvchi moment hosil bo‘ladi va uning qiymati hamda ishorasi relening kuchlanish cho‘lg‘amiga keltirilgan kuchlanish Ur, tok cho‘lg‘amidan o‘tuvchi tok Ir hamda cho‘lg‘amlardagi toklar orasidagi burchak ga bog‘liq.
Me=kUrIrsin = kUrIrsin (-r)
bu yerda, - relening ichki siljish burchagi, kuchlanish cho‘lg‘amining aktiv va induktiv qarshiliklariga asosan aniqlanadi va u 0° dan 90° gacha bo‘lishi mumkin; r - relega keltirilgan tok va kuchlanish orasidagi burchak.
Agar =0° bo‘lsa Me = k1UrIrsinr reaktiv quvvat relesiga, =90° bo‘lsa Me = k1UrIrcosr aktiv quvvat relesiga va =0°…90° bo‘lsa aralash turdagi quvvat relesiga ega bo‘lamiz.
Rele mehanik moment Me ning faqat musbat qiymatlarida ishlaydi deb hisoblanadi. Maksimal musbat moment -r= 90 bo‘lganda hosil bo‘ladi. Me maksimal qiymatga ega bo‘ladigan r ning qiymati maksimal sezgirlik burchagi ms deb ataladi.
Quvvat relesiga keltirilgan kuchlanish yoki tok 0 ga teng bo‘lganda yoki -r=0 bo‘lganda rele ishlamaydi. Elektr tarmog‘ining quvvat relesi o‘rnatilgan nuqtasiga yaqin joyda qisqa tutashuv bo‘lganda Ur0 bo‘lishi sababli rele ishlamasligi mumkin.
ISHNI BAJARISH TARTIBI
1-rasmda shkalalarni ketma ketligini o‘rganish 2-rasmda ko‘rsatilgan RT ya’ni tok relesining o‘rnatma strelkasini 1-rasmda ko‘rsatilgan raqamlarga qo‘yib chiqamiz. Bunda oxirgi 1 raqamiga qo‘yganimizda maksimal tok necha amper bo‘lishini topish talab etiladi.
Nazariy savollar
1-MTXni vazifasi nimadan iborat
2-O’rnatma moxiyatini tushuntiring
3-Tok relesining vazifasini tushuntiring
4-MTXni sozlash deganda nimani tushunasiz
Adabiyotlar ro‘yhati
Rele himoyasi va avtomatika fanidan kurs ishi uchun metodik qo‘llanma va topshiriqlar. FarPI 2010
Taslimov. B Rele himoyasi va avtomatika fanidan O‘quv qo‘llanma Toshkent 2012.
Андреев В. А. Релейная защита и автоматика систем електроснабжения : М : Высшая школа , 1991.-496 с.
Беркович М.А. и др, Основы автоматики енергосистем. - М: Енергоиздат, 1984.-432 с.
Шабад М.А. “Расчеты релейной защиты и автоматики распределителных сетей” –Л.: Енергоатомиздат, 1985.-295 s
Елементы автоматических устройств: Учебник для вузов / В. Л. Фабрикант, В. П. Глухов, Л. Б. Паперно, В. Я. Путнинш. - М.: Высшая школа, 1981 y.
Овчаренко Н. И. Полупроводниковые елементы автоматических устройств енергосистем.-М.: Енергоиздат, 1981 й.
Правила експлуатасии електроустановок потребителей.-СПб.:Издателпство Деан, 2000.-320 s.
Do'stlaringiz bilan baham: |