Elektr energetika



Download 3,58 Mb.
bet3/23
Sana01.01.2022
Hajmi3,58 Mb.
#284434
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Gidro rele labaratoriya uslubiy oxirgisi

1-LABORATORIYA ISHI:

TEXNIKA XAVFSIZLIGI QOIDALARI BILAN TANISHISH

Laboratoriya ishlarini bajarish tartibi va qo‘yiladigan talablar:


Har bir talabada bajariladigan ish bayonnomasi yozilgan daftar bo‘lishi shart.

Talaba bajariladigan ishni maqsadi va ishni bajarish to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi lozim.

O’qituvchi yoki laborant yordamida ish bajarishga kirishadi.

Zarur tajriba natijalarini olib, hisob-kitoblarni bajarib, jadvallarni to‘ldirib, zarur grafiklarni chiziladi.

Keyingi mashg‘ulotda bajarilgan ish to‘g‘risida hisobotni topshiradi va yangi laboratoriya ishini bajarishga kirishadi.
LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISHDA TEXNIKA XAVFSIZLIGI QOIDALARI

Elektr qurilmalarini tuzilish qoidalariga asosan binolar ichida joylashtirilgan elektr laboratoriyasida elektr tokidan shikastlanmastlik uchun kuchlanish 42V gacha bo‘lsa va bu holatda tokning qiymati inson uchun xavfsiz hisoblanadi.


Inson tanasining elektr qarshiligi asosan teri qismini qarshiligidan iborat bo‘lib taxminan 200-500 kOm bo‘ladi. Terini namlanishi yoki shikastlanishi natijasida elektr qarshiligi 600-800 Om gacha kamayadi. Shunday qilib kishi tanasi orqali yuqorida ko‘rsatilgan kuchlanishda 0,1-0,3mA tok o‘tadi. Tana orqali 50 mA tok o‘tganda kishi shikastlanadi. Agar 100 mA tok insonni o‘ldirishi mumkin. Shuni eslatib o‘tish kerakki, xatto 50 mA gacha tok o‘tganda ham kishi qo‘llari tortishib qoladi va agar u tokni ushlagan bo‘lsa ajratib olish imkoni bo‘lmaydi.
Laboratoriyada 220V kuchlanishdan foydalanishga to‘gri keladi. Shuning uchun xavfsizlikni ta’minlash asosiy ahamiyat talab qiladi.
Asosiy texnika xavfsizligi qoidalari:

Elektr zanjirini yig‘ishdan avval tokni ulovchi simlar o‘chirilgan holda ekanligiga ishonch hosil qilish.

Klemmalari ishdan chiqqan jihoz yoki apparatlarda izolyatsiyasi buzilgan simlardan, reostatlardan, patronlardan, kalitlardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kondensatorni elektr zanjiriga ulashdan avval uni razryadlash kerak, buning uchun klemmalarni qisqa o‘tkazgich bilan tutashtiriladi.

Yig‘ilgan elektr zanjirini o‘qituvchi tekshirgandan so‘ng uning ruxsati bilan tarmoqqa ulanadi. Tarmoqqa ulashdan oldin simlarni ochiq qismlariga hech kim tegmayotganiga ishonch hosil qilish zarur.

Har qanday almashinib ulash ishlari zanjirni tarmoqdan uzilgan holda bajariladi. Elektr zanjirdagi har qanday o‘zgarish qilinganda o‘qituvchi tomonidan tekshirilganidan so‘ng elektr tarmog‘iga ulanadi.

Laboratoriyada bosh taqsimlash shitida almashlab ulash ishlari studentlarga ruxsat berilmaydi. Elektrodvigatel bilan ishlaganda aylanuvchi qismlarga kiyim qismlari, soch tegib qolishidan ehtiyot bo‘lish kerak.

Ish davomida agar qandaydir buzilish natijasida tutun chiqsa yoki qismlar qizisa, darhol elektr tarmog‘idan ajratib hodisa haqida o‘qituvchiga habar qilish kerak.

Mabodo kimdir kuchlanish ostida bo‘lsa, uni ushlab tokdan ajratishga urinmaslik kerak, chunki sizni ham shikastlaydi. Bunda darxol tarmoqdan elektr zanjirni ajratish kerak va o‘qituvchiga xabar qilish kerak. Studentlarga ushbu qoidalarni o‘tgandan so‘ng laboratoriya ishiga ruxsat beriladi va alohida daftarga qayd etiladi.

NAZORAT UChUN SAVOLLAR:


  1. Qanday relelar yordamchi relelarga kiradi?

  2. Yordamchi relelarning vazifalarini tushuntiring.

3. Kuchlanishi 110 V o‘zgarmas tokka mo‘ljallangan oraliq elektromagnit releni 110 V kuchlanishli o‘zgaruvchan tok zanjiriga ulanganda qanday ishlaydi?

4. Kuchlanishi 110 V o‘zgarmas tokka mo‘ljallangan tok rele bor. Uni kuchlanishi 220 V o‘zgarmas tok zanjirida ishlatish kerak. Buni qanday yo‘l bilan amalga oshirish kerak?


Download 3,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish