Elektr energetika uskunalariga xizmat ko‘rsatishda yuz bergan baxtsiz hodisalar oqibatida jabrlanganlarga shifokordan oldingi yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash to‘G‘risida



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/16
Sana21.05.2022
Hajmi1,55 Mb.
#605821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1193-сон 11.10.2005. Elektr energetika uskunalariga xizmat ko‘rsatishda yuz bergan baxtsiz hodisalar oqibatida jabrlanganlarga shifokordan oldingi yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida

6. QON KETGANDA YORDAM KO‘RSATISh
Qon ketishi tashqi (qon tanadan tashqariga oqadi) yoki ichki (qon bosh suyagining, ko‘krak
qafasining, qorin bo‘shlig‘ining ichida) bo‘lishi mumkin. Qon tomirlarining shikastlanishiga qarab
arterial, vena va kapillyar qon ketishi turlariga bo‘linadi.
Arterial qon ketishi chuqur kesilgan yoki sanchilgan jarohatlarda paydo bo‘ladi. Yorqin qizil
(alvon) rang qon (yurak mushaklarining qisqarishiga mos) tirqirab oqadi, ba’zida esa kichkina
favvoracha bo‘lib uradi. Katta (uyqu, o‘mrov osti, yelka, son, tizza osti) arteriyalar jarohatlanganda
juda kuchli qon ketishi vujudga keladi, qon katta bosim bilan qon tomirlardan oqib chiqadi, agar
qon ketishini o‘z vaqtida to‘xtatmasa, jarohatlangan kishi bir necha daqiqa ichida nobud bo‘lishi
mumkin.
Venadan qon ketishi venalar jarohatlanganda paydo bo‘ladi. Qon sekin tekis oqib chiqadi, to‘q
qizil olcha rangiga ega bo‘ladi.
Kapillyar qon ketishi katta shilingan joylarda va sirtqi jarohatlarda mayda qon tomirlar
(kapillyarlar) shikastlanganda bo‘ladi. Qon yara joyining butun sirti bo‘ylab asta sekin tomchilab
sizib chiqadi. Kapillyar qon ketishini dastlab yaraning atrofini yod bilan artib steril bog‘lam yoki
vodorod peroksidining 3 foizli eritmasiga ho‘llangan bog‘lam yordamida to‘xtatish oson.
Tashqi qon ketishi turli usullar bilan to‘xtatiladi.
Kuchli bo‘lmagan (vena yoki arterial) qon ketishida yaraning ustiga qattiq siquvchi bog‘lam
qo‘yiladi va tananing qonayotgan qismi tepaga ko‘tariladi.
Siquvchi bog‘lam quyidagicha qo‘yiladi: yara atrofidagi teri yod bilan artiladi, yaraning ustiga
bog‘lam materiallari (bir nechta qavat steril doka, bint), paxta qo‘yiladi va siqib bog‘lanadi. Agar qon
ketishi to‘xtamasa, qo‘yilgan bog‘lam materiallarini olmasdan turib, uning ustiga yana bir nechta
qavat doka, paxta qo‘yilib siqib bog‘lanadi. Agar qo‘l-oyoqlar bog‘lanadigan bo‘lsa, bint o‘ramlari
pastdan yuqoriga barmoqlardan tanaga qarab bog‘lanishi kerak. Jarohatlangan qo‘l yoki oyoq
tepaga ko‘tarib qo‘yiladi.
Kuchli qon ketishini tez to‘xtatish uchun qonayotgan tomirni yaradan teparoqda (qon oqimi
bo‘ylab) suyakka barmoqlar bilan bosib turish kerak. 
32-rasmda 
arteriya qon tomirlarini bosib
turganda eng samarali bo‘lgan joylar nuqtalar bilan ko‘rsatilgan. Quyidagi jarohatlarda qon
ketishini to‘xtatish uchun bosiladigan nuqtalar: peshona yoki chakkada-chakka arteriya qon
tomirini quloq suprasi oldida (1-nuqta);
Quyidagi jarohatlarda qon ketishini to‘xtatish uchun bosiladigan nuqtalar:
peshona yoki chakkada — chakka arteriya qon tomirini quloq suprasi oldida (1-nuqta);
gardanda — gardan arteriyasini bosish (2-nuqta);
boshda yoki bo‘yinda — uyqu arteriyasi qon tomirlarini bo‘yin umurtqa pog‘onalariga bosish
(3- va 4 - nuqtalar);
yelkada (yelka bo‘g‘imlari oldida) va qo‘ltiq ostida — o‘mrov osti arteriyani o‘mrov osti
chuqurchasidagi suyakka bosish (5-nuqta);
32-rasm. Qon tomirlaridan qon ketishini to‘xtatish uchun arteriyalarni bosish kerak bo‘lgan joylari
yelka oldida — qo‘ltiq osti (6-nuqta) yoki yelka (7-nuqta) arteriyasini yelka o‘rtasida ichki
tomondan bosish;


qo‘l panjasi yoki barmoqlarida — bilak va tirsak arteriyalarini yelka oldi suyagining pastdagi
uchdan bir qismining panja oldida bosish (8- va 9-nuqtalar);
son qismida — son arteriyasini butida bosish (10-nuqta);
boldirda — son arteriyasini sonning o‘rtasida (11-nuqta) yoki tizza osti arteriyani (12-nuqta)
bosish;
oyoq yuzasi va panjalarida — oyoq yuzasidagi orqa arteriyasini (13-nuqta) yoki orqa katta boldir
arteriyasini (14-nuqta) bosish.
Oyoq va qo‘llardagi qon ketishini uni jarohat joyidan yuqoriroqda bo‘g‘imda bukish yo‘li bilan
to‘xtatish mumkin, agar bu qo‘l yoki oyoq sinmagan bo‘lsa (
33-rasm
). Jabrlanuvchining tezlik bilan
yengini yoki shimining pochasini shimarish va bo‘g‘imini bukishda hosil bo‘lgan chuqurchaga bir
siqim paxta, doka yoki istalgan mato bo‘lagini solib qo‘yish va bo‘g‘inni kuch bilan, oxirigacha
bukish kerak. Bunda bukilgan joydagi o‘tgan yaraga qon keltiruvchi arteriya siqiladi. Oyoq yoki qo‘l
shunday buklangan holatida jabrlanuvchining tanasiga ro‘mol, sharf yoki kamar bilan bog‘lab
qo‘yilishi kerak.
33-rasm. Qon ketishini to‘xtatish uchun oyoq-qo‘llarni bo‘g‘imida bukish:
a — yelka oldidan;
b — yelkadan;
v — boldirdan;
g — sondan
Jarohatlangan oyoq — qo‘llardan qon kuchli ketganida uni chirmov (jgut) bilan qattiq : tortib
bog‘lash kerak (
34-rasm
).
34-rasm. Qon ketishini to‘xtatish uchun rezina chirmovi (jgut)
Chirmov sifatida har qanday egiluvchan, cho‘ziladigan mato, rezina naycha, podtyajkalar va
h.dan foydalanish mumkin.
Chirmov jarohatdan yuqoriroq (tanaga yaqinroq) joyga, oldin qon ketayotgan tomirni tegishli
suyakka barmoq bilan bosib turgan holda, og‘riqni kamaytirish va terining qisilib qolmasligi uchun
kiyimning ustidan yoki qandaydir yumshoq qistirma (oyoq-qo‘lga o‘ralgan bir nechta qavat qilib
buklangan bint, doka yoki ro‘mol) ustidan bog‘lanadi.
Agar yordam bir kishi tomonidan ko‘rsatilayotgan bo‘lsa, qon tomirini bosib turishni
jabrlanuvchiga topshirish mumkin.
Chirmovni ikkala qo‘l bilan cho‘zib turib, jarohatlangan qo‘l-oyoq atrofida ikki-uch marta
o‘rash kerak, bunda chirmov o‘ramlari o‘rtasida terining ochiq qolgan joylari bo‘lmasligi lozim (
35-
rasm
).


35-rasm. Rezina chirmovni qo‘yish bosqichlari


36-rasm. Qon ketishini burama bilan to‘xtatish:
a — tugun bog‘lash;
b — tayoqcha yordamida burish;
v — tayoqchani mahkamlash
Chirmovni qon ketishi to‘xtamaguncha burash lozim. Agar chirmov to‘g‘ri qo‘yilgan bo‘lsa,
chirmov qo‘yilgan joydan pastdagi qon tomirda qonning pulsatsiyasi aniqlanmaydi, bog‘langan
joydan pastdagi oyoq-qo‘lning uchi oqara boshlaydi. Biroq chirmovni juda qattiq bog‘lab bo‘lmaydi,
chunki mushaklarni shikastlash, asab tomirlarini siqib qo‘yish va oyoq-qo‘l falajini paydo qilish
mumkin.
Qo‘l ostida bog‘lash uchun ishlatsa bo‘ladigan cho‘ziladigan mato bo‘lmasa, oyoq-qo‘lni
cho‘zilmaydigan matodan: bo‘yinbog‘, belbog‘, buralgan ro‘mol yoki sochiqdan va h. yasalgan
burama bilan bog‘lash mumkin.
Burama yasalishi kerak bo‘lgan mato ko‘tarilgan oyoq-qo‘l atrofida tegishli qistirma qo‘yib
o‘raladi, va oyoq-qo‘lning tashqi tomonidan tugun qilib bog‘lanadi. Shu tugunning ichiga yoki
uning tagiga tayoqchaga o‘xshash qandaydir jism tiqilib, qon to‘xtashiga qadar buraladi (
36-rasm
).
Kerakli darajagacha buralganidan so‘ng tayoqchani, o‘zi ochilib ketmaydigan qilib (qo‘shimcha
halqa yoki bint bilan) mahkamlash kerak.
Yilning iliq davrida chirmov yoki buramani 2 soatdan ko‘proq vaqtga, sovuq davrida esa — 1
soatdan ko‘proq vaqtga qo‘yib bo‘lmaydi. Chirmov bundan ko‘proq vaqtga qo‘yilganda oyoq-qo‘l
to‘qimalarini nobud bo‘lishi xavfi bor. Shu boyisdan vaqtni nazorat qilish uchun chirmov yoki
buramaning tagiga yoki jarohatlanganning kiyimida bog‘lash joyining yoniga, ular qo‘yilgan aniq
vaqt ko‘rsatilgan qog‘ozni qistirib qo‘yish kerak. Bir soatdan keyin chirmovni (buramani) qoldirish
zarurati bo‘lsa, jarohatlangan joyini teparoqdan barmoq bilan bosib turib, jarohatlangan joyga qon
kelishi uchun chirmovni 10 — 15 daqiqaga echib turish, so‘ngra chirmovni oldingi joyidan teparoq
yoki pastroqqa qaytadan bog‘lab qo‘yish kerak. Chirmov bog‘langan jabrlanuvchini imkon qadar
tezroq davolash muassasasiga yetkazish zarur.
Hayot uchun juda xavfli bo‘lgan ichki qon ketishida, qon tananing ichki organlari
bo‘shliqlariga oqadi va uni amalda to‘xtatib bo‘lmaydi. Uni jabrlanuvchining tashqi ko‘rinishiga
qarab aniqlash mumkin: uning rangi oqaradi, terida yopishqoq ter paydo bo‘ladi, tez-tez yuzaki
nafas oladi, pulsi tezlashib uning ovozi sekin eshitiladi. Jabrlanuvchini yotqizish yoki yarim o‘tirgan


holatga keltirish, unga tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash, taxminin qon ketayotgan joyga “muz” (yax,
sovuq suv solingan idish) qo‘yish va tezlik bilan shifokorni chaqirish lozim. Agar qorin bo‘shlig‘i
shikastlanganligiga taxmin qilinayotgan bo‘lsa, unga ichishga suv berish mumkin emas.
Burundan qon ketganda, jabrlanuvchini o‘tqazish, qon dimog‘iga oqib tushmasligi uchun
boshini oldinga engashtirish, yoqasini echib qo‘yish, qanshariga sovuq suvga ho‘llangan latta
qo‘yish, burnining ichiga 3 foizli vodorod peroksidiga ho‘llangan paxta yoki doka tikib qo‘yish, burun
kataklarini 4-5 daqiqaga barmoqlar bilan qisib qo‘yish kerak.
Og‘izdan qon ketganda (qon qusish) jabrlanuvchining boshini yon tomonga burib yotqizib
qo‘yish lozim.

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish