El desa Navoiyni.
Alisher Navoiy tavalludiga bag`ishlangan adabiy –badiiy tadbir
ssenariysi.
Sahnaga parda tutilgan .Zal devorlariga Navoiy ijodiga oid suratlar, ko`rgazmalar ilingan.Sahna oldiga milliy libosda ikki boshlovchi chiqib keladi.
1-boshlovchi
Boshlar bo`ldik kechani qo`lga olib sozimiz,
Baland tog`lardan oshsin bu jarang ovozimiz.
Xalqimizga bahshida sozimiz ,bayozimiz,
Aziz mehmonlarga ta`zim-u tavozemiz.
2-boshlovchi
Janob muhtaram ilm avjida oily maqim ustoz,
Suhan maydonida she`rim –Alisher,assalom ustoz!
Yozilgan turli nazmu nasr ila devon-u dostoning
Tabarruk saqlanur xalq ichra bu shirin kalom ustoz!
Sahnaga o`quvchilar chiqib kelib saflanadilar va quyidagi she`rlarni va matnlarni ifodali o`qiydilar.
1-o`quvchi
Hirot ichra tug`ildi bu ulug` zot,
Qozondi dunyoda ilm ila zo`r ot.
Laqab bo`ldi navoiy,ismi Alisher,
Funun maydonida erlar aro er.
Baland ovozasi tutdi jahonni,
Musahhar ayladi ne nuktadonni
Agar ta`rif uchun lab ochsa so`zga,
Deyolmas hach kimsa tahsindan o`zga!
2-o`quvchi
Alisher mushtariy yulduzi kabi
O`zbek osmonida balqigan chog`I
Yana bir muhtaram o`g`ilk o`rganday,
Kattaroq ochildi olam quchog`I
Tirik Farhodlarni tanimak bo`lib
Oliy yurtimizga qilsangiz safar
Bu yerda har bitta tarashlangan tosh
Yuksak umidlardan beradi darak!
3-o`quvchi
G`azal mulkining sultoni –Navoiy nafaqat she`riyat balki ko`ngillarning ham sultoni edi. U umr bo`yi el uchun, xalq uchun yashadi. Shu bois ham buyuk ajdodimiz shunday deydi:”Odami ersang,demagil odami,Onikim yo`q xalq g`amidin g`ami”.
4-o`quvchi:
Buyuk Alisherning qalbi buyuk edi. Uning qalb hayajonlarida nafaqat butun elning , millatning ,balki jahon halqlarining insoniyatning aks sadosi bor edi. El desa Navoiyni ,biz ham uni ustod deymiz, pir deymiz va albatta,buyuk merosini o`rganib,ibrat olamiz.
5-o`quvchi
Bobomiz ruhini qalbdan etib shod,
Asriy nidolarni etmoqdamiz yod.
She`ring-la dilimiz xonasi obod,
Ey nazm sultoni, qadrli ustod!
Boshlovchilar chiqishadi ,o`quvchilar o`z o`rinlariga qaytadilar.
1-boshlovchi
Ha, Alisher Navoiy o`zbek xalqining shon-sharafi,milliy iftixori ,o`zbek adabiyotining quyoshi. U o`zbek adabiyoti, madaniyati va san`ati tarixida yangi davr ochgan, o`zbek tilining benihoya boyligini, jo`shqinligini ,qudratini ,jozibasini ko`rsata olgan buyuk simo.
2-boshlovchi
Shuni tan olish joizki ,Badiiy ijod mahorat borasida ,umuminsoniy,gumanistik g`oyalar tarannumida shoir ruhiy olamining miqyosida,she`riy so`zning mo`jizaviy ta`sir qudratida va yana ko`p xislat va fazilatlarda she`riyatimiz hali Navoiy sari yuksalishini faqat orzu qilish mumkin.
O`quvchilar chiqib Abdulla Oripov qalamiga mansub “Alisherning onasi “she`rini ifodali o`qiydilar.
1-boshlovchi.
Tarix jahonga shunday buyuk zotni hadya etgan muhtarama ayolning hatto ismini ham bilmaydi.Biz buyuk shoiening onasi o`z farzandini qanday erkalaganiyu,qanday go`zal tarbiya berganini Navoiyning kamolotini ko`rib,tasavvur qila olamiz, ammo u muhtarama zot o`z go`dagiga mehr bilan, ezgu tilaklar ila”Alla” aytganiga ishonamiz.
Sahnadagi parda ochiladi ,to`shaklar solingan ,bir tomonda beshik va uning qoshida ona siymosidagi o`quvchi.Sokin ovozda beshikni tebratib “Alla”ni ijro etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |