Eksport 16,6 mlrd. Aqsh dollari Sanoat mahsulotlari 4,3 mlrd



Download 71 Kb.
Sana07.07.2022
Hajmi71 Kb.
#753765
Bog'liq
Davlat statisti-WPS Office


Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi tarkibida yuqori ulushga ega boʻlgan asosiy turlar:
EKSPORT – 16,6 mlrd. AQSH dollari

Sanoat mahsulotlari – 4,3 mlrd.

Xizmatlar – 2,5 mlrd.

Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar – 1,4 mlrd.

Kimyoviy mahsulotlar – 1,1 mlrd.

Mineral yoqilgʻilar va moylash mahsulotlari – 890 mln.

Turli tayyor mahsulotlar – 785 mln.

Mashina va asbob-uskunalar – 694 mln.

Nooziq-ovqat mahsulotlari – 514 mln.

IMPORT – 25,5 mlrd. AQSH dollari

Mashina va transport asbob-uskunalari – 8,3 mlrd.

Sanoat mahsulotlari – 4,7 mlrd.

Kimyoviy mahsulotlar – 3,6 mlrd.

Oziq-ovqat mahsulotlari – 2,5 mlrd.

Xizmatlar – 1,7 mlrd.

Turli tayyor mahsulotlar – 1,4 mlrd.

Mineral yoqilgilar va moylash mahsulotlari –1,5 mlrd.
Nooziq-ovqat mahsulotlari – 1,2 mlrd.
“Respublika hududlarida tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–54-son, 21.01.2022-y.) qabul qilindi.
Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Saudiya Arabistoniga eksportini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Oʻzbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi Ulugʻbek Maqsudov “Istiqlol Tekstil Dizayn LLC” kompaniyasi asoschisi Baxtiyor Umarov bilan muzokaralar oʻtkazdi.

Uchrashuvda Oʻzbekistonning “Ideal” brendi ostida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Saudiya Arabistoni bozoriga eksportini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Saudiya Arabistonida toʻqimachilik, xususan kiyim-kechak mahsulotlariga talab oshib borayotgani taʼkidlandi. Oʻz navbatida, Saudiya bozorlarida “Istiqlol Tekstil Dizayn LLC” kompaniyasi mahsulotlarining sifat va narx jihatdan raqobatbardoshligi qayd etildi.

Muloqot chogʻida Saudiya Arabistoni bozoriga kiyim-kechak va poyafzal mahsulotlarini yetkazib berish, Ar-Riyod, Jidda va Madina shaharlarida maxsus savdo nuqtalarini, shuningdek, mavjud “online” tizimlari orqali “Ideal” brendi mahsulotlari savdosini tashkil etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.


Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) oʻtgan yil davomida biznesning hozirgi holatini sifatli baholash va tadbirkorlarning kelgusi uch oy davomida oʻz biznesini rivojlantirish istiqbollariga boʻlgan umidlari boʻyicha 1000 dan ortiq korxona bilan soʻrov oʻtkazdi.
Hukumat tomonidan iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha olib borilayotgan keng koʻlamli chora-tadbirlar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-avgust kuni tadbirkorlar bilan ochiq muloqot formatida boʻlib oʻtgan uchrashuvidan soʻng amalga oshirilgan qator chora-tadbirlar 2021-yilda iqtisodiy oʻsishning ijobiy surʼatlarini saqlab qolishga imkon berdi.

2021-yilda ishbilarmonlik muhitining barcha koʻrsatkichlari yuqori darajada saqlanib qoldi. 2021-yilda oʻrtacha yillik yigʻma indikatori 60 punktni tashkil etdi, bu esa 2020-yilga nisbatan 18 punktga koʻpdir.


“Oʻzcharmsanoat” uyushmasida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va “Toshkent-Nagoya” doʻstlik uyushmasi koʻmagida Yaponiyaning Nagoya shahri tadbirkorlari delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Muloqotda asosiy eʼtibor sarmoyaviy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, yangi loyihalarni amalga oshirishga qaratildi.

Uchrashuv avvalida Yaponiya delegatsiyasiga “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi faoliyati, unga aʼzo korxonalar va mahsulot turlari, sohaning sarmoyaviy va eksport salohiyati haqida maʼlumotlar berildi.

“Chiikimittyaku Co., Ltd” kompaniyasi rahbari janob Masahiro Nishimura Oʻzbekiston bilan hamkorlikka alohida qiziqish bildirdi. U mamlakatimizga tashrifi chogʻida charm mahsulotlari, xususan, tayyor charm ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishganini taʼkidladi. “Angren Charm” masʼuliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarish jarayoni va tayyorlanayotgan mahsulotlar oʻrganildi. Korxona mutaxassislari Oʻzbekiston ishlab chiqaruvchilarining uskunalari, xomashyo va tayyor mahsulotlarini atroflicha koʻzdan kechirdi.

Maʼlumot uchun: “Chiikimittyaku Co., Ltd” kompaniyasi Londonda joylashgan. U “TOKKOU” brendi ostida mahsulot ishlab chiqaradi. Brend mahsulotlarining falsafasi anʼanaviy yapon ildizlariga asoslangan. “TOKKOU”ning zamonaviy dizayni Yaponiya yoshlar subkulturasi “Bosodzoku”dan ilhom oladi.

Uchrashuvda Oʻzbekistonda charm-poyabzal sanoatini rivojlantirish uchun Yaponiya brendlarini jalb etish, mahalliy mahsulotlarni xalqaro bozorlarda ommalashtirish masalalari ham koʻrib chiqildi.

Janob Nishimura Yaponiya tomoni Oʻzbekiston korxonalarini terini qayta ishlash boʻyicha zamonaviy yapon texnologiyalari bilan jihozlash, Oʻzbekiston korxonalarida texnologlar malakasini oshirishda koʻmak berishga tayyorligini bildirdi.

O‘zbekcha
Ўзбекча
O‘ZBEKISTON
UKRAINA – ROSSIYA
JAHON
LIFESTYLE
MADANIYAT
SPORT
BOSHQALAR

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi tarkibi haqida ma’lumot berildi


12:47 / 23.05.2022
Davstatqo‘m O‘zbekistonning joriy yil yanvar-aprel oylaridagi tashqi savdo aylanmasi tarkibi haqida maʼlumot berdi.

Unga ko‘ra, hisobot davrida mamlakatning tashqi savdo aylanmasi tarkibida eksport 7,1 mlrd AQSH dollarini, import esa 10,1 mlrd AQSh dollarini tashkil qilgan.

Tashqi savdo aylanmasi tarkibida (eksportda) eng yuqori ulushga ega bo‘lgan asosiy “beshlik”da – sanoat mahsulotlari (1,5 mlrd), xizmatlar (837 mln), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (394 mln), kimyoviy mahsulotlar (357 mln) hamda turli tayyor mahsulotlar (306 mln) o‘rin olgan.

Shuningdek, 4 oyda O‘zbekiston importi tarkibida asosiy “beshtalik”ni – mashina va transport asbob-uskunalari (3,5 mlrd), sanoat mahsulotlari (1,8 mlrd), kimyoviy mahsulotlar (1,4 mlrd), oziq-ovqat mahsulotlari (1,1 mlrd) hamda xizmatlar (727 mln) tashkil etgan.


2022-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 13,2 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Qo'mitaning qayd etishicha, tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 5,8 mlrd dollarni tashkil etgan:

mahsulotlar – 5,2 mlrd.
xizmatlar – 568 mln.
Import hajmi esa 7,4 mlrd dollarga yetgan:

mahsulotlar – 6,8 mlrd.


xizmatlar – 530 mln.
Savdo – 1,6 mlrd.
2022-yilning yanvar-mart yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $13,2 mlrd. ga yetib, 2021-yilning shu davriga nisbatan $5,6 mlrd. ga (74,8 foiz ko‘payish) oshdi.

Tashqi savdo umumiy hajmida eksport ulushi $5,8 mlrd.ni (2021-yil yanvar-martiga nisabat 138,7 foiz o‘sish), import miqdori esa $7,4 mlrd.ni (44,6 foiz ko‘payish) tashkil etdi. Natijada tashqi savdo aylanmasi passiv balansi 1 610,4 mln. dollarga teng bo‘ldi.

Mamlakatning tashqi savdo faoliyati bo‘yicha eng yirik 20 hamkorlari orasida uch mamlakat bilan savdoda ijobiy saldo kuzatilmoqda. Bular Afg‘oniston, Qirg‘iziston va Tojikistondir. Qolgan 17 mamlakatlar bilan tashqi savdo aylanmasining passiv balansi saqlanib qolmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi dunyoning 160 ta davlati bilan savdo munosabatlari o‘rnatgan. Tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi Xitoy (16,6 foiz), Rossiya (14,2 foiz), Qozog‘iston (7,5 foiz), Turkiya (5,9 foiz), Janubiy Koreya (4,8 foiz), Germaniya (2,9 foiz) va Qirg‘iziston (1,7 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Respublika tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng salmoqli ulush Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi, uning hissasi 34,4 foiz yoki $4 528,5 mln. ni, eng kam ulush esa 0,8 foiz yoki $108,2 mln darajasida Surxondaryo viloyatida qayd etildi.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Qozog‘iston yetakchilik qilmoqda – 430,3 mln dollar.

Keyingi o‘rinlarni mos ravishda 284 mln dollar va 128 mln dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari olib kelingan Rossiya hamda Braziliya egalladi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

Belarus – 49,3 mln;


Pokiston – 39,4 mln;
Ekvador – 21,5 mln;
Turkiya – 21 mln;
Xitoy – 18,1 mln;
Eron – 17 mln;
Ukraina – 11,8 mln AQSh dollari.
Bundan oldin O‘zbekistonga import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari qiymati ma’lum bo‘lgandi.
O‘zbekiston Hindistonga Karachi porti orqali birinchi yukni jo‘natdi
Ilk marta O‘zbekistondan yuk quruqlik orqali Pokistonning Karachi portiga yetkazilib, u yerdan Hindistonga eksport qilindi.

Bunda Pokiston tomonining International Container Terminal Services, Inc. (ICTSI) kaompaniyasining Karachi portida faoliyat yurituvchi biznes-bo‘limi hamda Pokiston xalqaro konteyner terminali (PICT) asosiy rolni o‘ynamoqda.

Qayd etilishicha, mazkur amaliyot ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni, yaqinda rivojlanayotgan savdo aloqalari mintaqaviy ishbilarmonlik aloqalarini yana-da mustahkamlash va jahon savdosi tizimida sezilarli o‘zgarish yasaydi.

Pokiston xalqaro konteyner terminali maʼmuriyati, shuningdek, ushbu amaliyot boshqa mamlakatlarni ham Pokistonning savdo yo‘lidan foydalanishga undashini, bu esa mintaqadagi dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan boshqa mamlakatlar uchun noyob geostrategik imtiyozlar berishi mumkinligini qayd etadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida Pokiston O‘zbekiston tranziti uchun bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirgan edi.

2022-yilning mart oyida esa Hindiston ilk bor O‘zbekistonga tijorat yukini Pokiston va Afg‘oniston orqali tranzit qilib jo‘natgan edi.


Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda eksportga mahsulot ishlab chiqarishda tashqi bozorlar talablaridan kelib chiqish shartligini aytdi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Yana bir masala – eksportga mahsulot ishlab chiqarishda tashqi bozorlar talablaridan kelib chiqishimiz shart.

Bunda, ishlab chiqarilayotgan har bir mahsulot xorijiy standartlarga javob berishi, bozor va iste’molchi talablariga mos kelishi asosiy talab bo‘ladi”, degan Prezident yig‘ilishda.

Shu munosabat bilan ikki oy muddatda xorijiy mamlakatlarning tajribali kompaniyalariga 1 tadan sanoat zonalarini boshqaruvga berish hamda xorijiy investorlarni jalb qilish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.

Bundan tashqari, yig‘ilish yakunida mavzu yuzasidan mutasaddilar va hududlar rahbarlarining hisoboti eshitilgan.
O‘zbekiston Xitoyga ichki talabni qondirish maqsadida yil boshida to‘xtatgan gaz eksportini qayta tikladi.

Eurasianet nashri maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston hukumat qayta tiklangan eksport haqida eʼlon qilmagan bo‘lsa-da, Xitoy tomoni rasmiy Toshkent Turkmanistondan boshlanib, O‘zbekiston va Qozog‘iston orqali o‘tuvchi Markaziy Osiyo-Xitoy quvuri orqali yana gaz eksport qilayotganini tasdiqlagan.

Joriy yilda O‘zbekistonning Xitoyga eksport qiladigan gaz hajmiga aniqlik kiritilmagan, ammo ayrim manbalarning Xitoy Bosh bojxona boshqarmasiga tayanib xabar berishicha, joriy yilning to‘rt oyida O‘zbekiston Xitoyga 132,8 million dollarlik gaz yetkazib bergan.

Yanvar-aprel oylari orasida Turkmaniston Xitoyga 2,87 milliard dollarlik gaz yetkazib berib, bu boradagi ro‘yxatni boshqarib turibdi. Qozog‘iston (270,6 million dollar) va O‘zbekiston esa Xitoyga gaz eksport qilish bo‘yicha mos ravishda to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarda turadi.

O‘z navbatida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘sib borayotgan ichki talabni qondirish uchun kelgusi yillarda gaz eksportini to‘xtatishni rejalashtirayotganini aytib keladi. Jumladan, Toshkent 2025-yilgacha eksportni to‘xtatishni belgilagan.

Bu esa har qish mavsumida O‘zbekistonni qamrab oladigan energiya tanqisligini bartaraf etishga imkon beradi.

Hukumat tomonidan joriy oy eʼlon qilingan maʼlumotlarga ko‘ra, so‘nggi uch yilda elektr stansiyalariga gaz yetkazib berish 13 foizga, maishiy isteʼmolchilarga yetkazib berish esa 30 foizga oshgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston Respublikasiga oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar quyidagilar:

Qozog‘iston – 430,3 mln. dollar;


Rossiya – 284 mln. dollar;
Braziliya – 128 mln. dollar;
Belarus – 49,3 mln. dollar;
Pokiston – 39,4 mln. dollar;
Ekvador – 21,5 mln. dollar;
Turkiya – 21 mln. dollar;
Xitoy – 18,1 mln. dollar;
Eron – 17 mln. dollar;
Ukraina – 11,8 mln. AQSH dollari.
2022-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston 153,3 tonna kofe mahsulotlarini import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 48 ta xorijiy davlatlardan qiymati 1,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan kofe mahsulotlari import qilingan. Kofe mahsulotlari importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 49 tonnaga oshgan.

Quyida yanvar-aprel oylarida import qilingan kofening eng katta ulushiga ega boʻlgan davlatlarni ko‘rishingiz mumkin:
Italiya – 41,7 tonna;
Braziliya – 39,3 tonna;
Rossiya – 22,2 tonna;
Vyetnam – 22 tonna;
Turkiya – 6 tonna;
Belarus – 4,7 tonna;
Germaniya – 2,8 tonna;
Kolumbiya – 2,5 tonna;
Portugaliya – 2,1 tonna.
2022-yil 1-may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari soni 517 501 tani tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hozirda ularning 484 935 tasi faoliyat koʻrsatmoqda. Faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlaridan 481 138 tasi kichik biznes subyektlari va 3 797 ta yirik korxonalar hisoblanadi.

Tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha:
- 316 903 tasi masʼuliyati cheklangan jamiyat;
- 89 148 tasi xususiy korxonalar;
- 52 495 tasi oilaviy korxonalar hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha:


- savdo 157 107 ta;
- sanoat 91 066 ta;
- qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi 46 045 ta;
- qurilish 43 658 ta sohalari hissasiga toʻgʻri kelmoqda.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy holati raqamlarda:

sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi indeksi – 108,5 %

qurilish ishlari hajmining o‘sish sur’ati – 101 %

chakana savdo tovar aylanmasi o‘sish sur’ati – 115,8 %

xizmatlar hajmining o‘sish sur’ati – 116,9 %

tashqi savdo aylanmasi o‘sish sur’ati – 149,9 %

eksportning o‘sish sur’ati – 201,4 %

importning o‘sish sur’ati – 128 %

faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni – 533 427 ta
Istanbulda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov hamda Turkiya Respublikasi savdo vaziri M.Mush ikki davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga oid dolzarb vazifalarni muhokama qildilar.
Uchrashuv chogʻida Oʻzbekiston-Turkiya savdo aylanmasini oshirish va diversifikatsiyalash boʻyicha erishilgan natijalar hamda kelgusidagi tadbirlar yuzasidan fikr almashildi. Joriy yilning dastlabki 9 oyida oʻzaro savdo hajmi 2,4 milliard dollarga yetgani va bu koʻrsatkich oʻtgan yildagisiga nisbatan 70 foizga oshgani qayd etildi.

Ikki mamlakat bozorlariga xaridorgir oʻzbek va turk mahsulotlarini yetkazib berish hajmini oshirish va turlarini kengaytirish boʻyicha ishga solinmagan imkoniyatlar mavjudligi alohida taʼkidlandi. Tomonlar kelgusi yilda oʻzaro savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazish uchun yetarli salohiyat va resurslar mavjudligini ham qayd etdilar.

Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida Imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi bitim hamda Elektron tijorat sohasidagi bitimni ishlab chiqish jarayoni koʻrib chiqildi. Jumladan, tomonlar bir qator muhim masalalar boʻyicha kelisha oldilar va hujjatlarning asosiy jihatlari boʻyicha yakdil fikrga keldilar. Hujjatlarni ustida olib borilayotgan ishlar bu yil oxirigacha yakunlanadi.

Ikki tomonlama savdoni oshirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish, shuningdek, bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish, uygʻunlashtirish va raqamlashtirish boʻyicha oʻzaro choralar koʻrishga qaror qilindi. Joriy yil oxirigacha ikki mamlakat bojxona xizmatlari Qoʻshma bojxona kengashining 2-yigʻilishini oʻtkazishiga kelishildi hamda uning davomida bu sohada aniq natijalarga erishish rejalashtirildi.

Turk ishbilarmon doiralarini keng turdagi oʻzbek mahsulotlari bilan tanishtirish hamda oʻzbekistonlik ishlab chiqaruvchilar bilan boʻlajak turk mijozlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni oʻrnatish maqsadida Turkiyaning yirik shaharlarida “Made in Uzbekistan” tarmoqlar koʻrgazmasini oʻtkazish masalasi koʻrib chiqildi. Turkiya tomoni bu tashabbusni ilgari surishda koʻmaklashishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar mushtarak maqsadlarga erishish boʻyicha navbatdagi tadbirlarni belgilab, yuzaga kelayotgan masalalarni zudlik bilan hal qilish borasida yaqindan hamkorlik qilish mexanizmini yaratishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.


2022-yilning yanvar—aprel oylarida O‘zbekistonning iqtisodiy holati ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Sanoat ishlab chiqarishi yil boshidan beri 5,9 foizga oshdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davrida 6,6 foiz bo‘lgan edi.

Iste’mol narxlari indeksi aprel oyiga nisbatan 1,5 foizga o‘sgan. 2021-yilning may oyida ham xuddi shunday 1,5 foiz bo‘lgan edi.

Chakana savdo tovar aylanmasi yil boshidan beri 10,6 foizga ko‘tarildi. 2021-yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 8,4 foizga oshgan edi.

Qurilish ishlarida 6,9 foizlik o‘sish qayd etilgan bo‘lsa, chakana savdo tovar aylanmasi 10,6 foizga oshdi.

2022-yilning yanvar—aprel oylarida bozor xizmatlari hajmining o‘sish sur’atida 17,2 foiz bo‘ldi. Korxona va tashkilotlar soni 1-may holatiga ko‘ra, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 47 mingga ko‘payib 548 ming donaga yetgan.

Tashqi savdo aylanmasida eksport yil boshidan beri roppa-rosa ikki barobarga o‘sgan. Importda esa 41 foizlik o‘sish qayd etilgan.

Avvalroq O‘zbekistonda mart oyida ishbilarmonlik faolligi indeksi ma’lum bo‘lgan edi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi infografikasida joriy yilning aprel oyida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlari bilan O‘zbekistonning savdo-sotiqda yuz bergan o‘zgarishlari keltirilgan.
2022 yildagi iqtisodiy hamkorlik natijalari va YeOII doirasida rivojlanish istiqbollari to‘g‘risida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan tayyorlangan infografikada tanishing.

O‘zbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 4,4 mlrd.dollarni yoki 25,8%ni tashkil etdi.

Shundan eksport hajmi 1 364 mln.dollar, import hajmi esa 3 072 mln.dollarga yetgan.

2022 yilning aprel oyi yakuni bilan O‘zbekistoning YeOII davlatlari bilan tashqi savdo hajmidagi ulushi:

Rossiya bilan tashqi savdo aylanmasi 2 564 mln. dollarni yoki 58%ni tashkil etib, eksport hajmi 700 mln. dollarga, import hajmi esa 1 864 mln dollarga yetdi.

Qozog‘iston bilan tashqi savdo aylanmasi 1 408 mln. dollarni yoki 32%ni tashkil etib, eksport hajmi 364 mln. dollarga, import hajmi esa 1 041 mln. dollarga yetdi.

Qirg‘iziston bilan tashqi savdo aylanmasi 323 mln. dollarni yoki 7%ni tashkil etib, eksport hajmi 262 mln. dollarga, import hajmi esa 62 mln. dollarga yetdi.

Belarus bilan tashqi savdo aylanmasi 136 mln. dollarni yoki 3%ni tashkil etib, eksport hajmi 30 mln. dollarga, import hajmi esa 104 mln dollarga yetdi.

O‘zbekiston 2020 yilning dekabrida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomini oldi. Aynan shu uyushma bilan eng yaqin savdo-iqtisodiy aloqalar yo‘lga qo‘yilib, YeOII bilan yanada integratsiyalashuv ularni yanada mustahkamlash imkonini beradi.

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlarining 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi bilan savdo aylanmasi qariyb 10 milliard dollarni tashkil etdi. YeOII mamlakatlarining ulushi O‘zbekiston umumiy tovar eksportining 30-31% ini tashkil etadi.

O‘zbekiston 2019 yilda umumiy qiymati 9,42 milliard dollarlik mahsulot eksport qildi, shundan 2,83 milliard dollarlik mahsulot YeOII hududiga yetkazib berildi. ITSV ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston va YeOII mamlakatlari o‘rtasidagi savdo aylanmasi to‘rt yilda 75% ga oshgan.

An’anaga ko‘ra, O‘zbekiston to‘qimachilik, metallurgiya va kimyo sanoati mahsulotlari, shuningdek, oziq-ovqat, birinchi navbatda, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiladi. Respublikada qurilish materiallari, yog‘ochni qayta ishlash va kimyo sanoati mahsulotlari, shuningdek, qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, sut va go‘sht mahsulotlari YeOIIdan olinadi.

YeOIIga yanada integratsiyalashgan holda O‘zbekiston tashqi bozorlarga chiqishda, xususan Vetnam, Eron, Serbiya va Singapur bilan savdo qilishda yanada qulay sharoitlarga ega bo‘ladi.

Avval xabar qilinganidek, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaziga O‘zbekistonning YeOIIda ishtirok etishi mumkinligini tekshirish va dastlabki baho berish vazifasi yuklatildi.

O‘zbekistonning YeOIIga a’zo bo‘lishiga ta’sirini baholash bo‘yicha tadqiqot mamlakatning 14 ta universitetlarida taqdim etildi. Tadqiqot natijalari «Ekonomicheskoye obozreniye» jurnalining saytida chop etilgan bo‘lib, unda ushbu tadqiqotga oid infografika va tahliliy maqolalar joylashtirilgan.

Xususan, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari YeOIIga qo‘shilish qishloq xo‘jaligi, transport sohasi, avtomobil sanoati, to‘qimachilik va poyabzal sanoati, farmatsevtika sanoati, shuningdek, biznes foydalari va boshqa sohalarga qanday ta’siri ko‘rsatishi haqida so‘zlab berdi.


JSTga a’zo bo‘lishning o‘ziga yarasha tashqi bozorga erkin chiqish, arzon xom-ashyolar importi kabi muhim afzalliklari mavjud. Shu bilan birga, a’zo bo‘lish jarayoni uzoq vaqt sarf etiladigan jarayondir, deydi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi eksperti Feruz Rahimov.
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni 1994 yilda boshlangan, biroq o‘sha paytdagi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash siyosati sababli 2005 yilda muzlatib qo‘yilgan.

2016 yildan keyin amalga oshirilgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardan so‘ng 2018 yil mart oyida Tashqi savdo vazirligi tomonidan JST kotibiyatiga rasmiy murojaat taqdim etish yo‘li bilan a’zolikka kirish jarayoni qayta boshlandi. 2019 yil iyul oyida O‘zbekiston JST a’zoligiga Tashqi savdo rejimi to‘g‘risidagi yangilangan memorandumni va keyinchalik kirish uchun bir qator boshqa hujjatlarni, jumladan, tovarlar va xizmatlar bozoriga kirish bo‘yicha dastlabki takliflarni taqdim etdi.


O‘zbekistonning JSTga a’zoligi bo‘yicha loyiha
Xalqaro savdo markazi tomonidan “O‘zbekistonning JSTga kirishiga ko‘maklashish” bo‘yicha besh yillik loyihasi Yevropa Ittifoqi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. 2020 yil fevral oyida boshlangan loyiha O‘zbekistonning qo‘shilish jarayonidan foydalanish orqali iqtisodiyotni modernizatsiya qilish bo‘yicha rivojlanish rejalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Ushbu loyihaning maqsadi JST qoidalariga mos keladigan savdo muhitini yaratish orqali O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashishdan iborat bo‘lib, loyiha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi.

Qo‘shilish bo‘yicha muzokaralar dasturining asosiy benefitsiari: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hisoblanadi. Shuningdek, loyiha O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, tarmoq biznes tashkilotlari va birlashmalari, eksport-import korxonalari, oliy o‘quv yurtlari, iqtisodiy tadqiqot markazlari va fuqarolik jamiyati tashkilotlari, jumladan, xotin-qizlar, yoshlar va iste’molchilar uyushmalari bilan yaqin hamkorlik qiladi.
JST dunyodagi eng yirik xalqaro iqtisodiy tashkilot bo‘lib, unga dunyoning 98 foiz iqtisodiga ega davlatlar a’zo bo‘lganligi bu jarayon zamon talabi ekanligini bildiradi.

JSTga a’zo bo‘lishning o‘ziga yarasha tashqi bozorga erkin chiqish, arzon xom-ashyolar importi kabi muhim afzalliklari mavjud. Shu bilan birga, a’zo bo‘lish jarayoni uzoq vaqt sarf etiladigan jarayondir.



1994 yilda boshlanib to‘xtab qolgan, 2016 yildan keyin amalga oshirilgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardan so‘ng a’zolikka kirish jarayoni qayta tiklanganligi yaxshi imkoniyat.

2000 yildan boshlanuvchi Xalqaro savdo markazining “O‘zbekistonning JSTga kirishiga ko‘maklashish” bo‘yicha besh yillik loyihasi ushbu maqsadlar uchun xizmat qiladi.
Download 71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish