Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv
uslubiy majmua
47
Dorixonalarda mehnat sharoitini aniqlovchi texnologik jarayon va ishlab chiqarish
omillarining asosiy gigiyenik tavsiyanomasi.
Dorixonada provizor va farmatsevt xodimlarining ishi ish faoliyatining
murakkab va jiddiy
turiga kiradi. Dorixona ishchilari tashqi muhit omillari, katta asab-psixologik aktivlik, kam qizg‘in
mehnati va noqulay mikroiqlim sharoiti ta’siriga uchraydilar. Dorixona ishchilarining mehnat
faoliyatining jismoniy to‘plami o‘rta og‘irlik chegarasidan o‘tmaydi, lekin ko‘zni zo‘riqishi,
muammoli masalalarni hal etishdagi asab-hayajonlanishining ortishi (bemorlar
bilan aloqada
bo‘lish, standartga to‘g‘ri kelmaydigan yozuvlar yordamida alohida dorilarni tayyorlash,
tayyorlangan dorilarning sifatiga javobgarlikni) bu mutaxassislikka katta diqqatni talab qiladi.
Birinchi tekshiruvlarda dorixonadagi mehnat sharoiti
gigiyenik tavsiyanoma shuni
ko‘rsatadiki, havosi yomon almashadigan, havo biologik aktiv moddalarga to‘yingan
yopiq
xonalarda uzoq vaqt qolishi natijasida organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi. Bajarilayotgan
ishga katta ruhan javobgarligi ishlab chiqarish operatsiyalarini aniq, tez bajarilishi bilan bog‘liqligi
va kuchli asab zo‘riqishi kuzatildi. Gigiyenistlar dorixona ishchilarining salomatligidagi barcha
o‘zgarishlar, ish qobiliyatining va ishlab chiqarish jarayonining samaradorligini
pasayishi dori
tayyorlangandagi sanitariya-gigiyena rejimini buzilishi bilan bog‘liqligini aniqladilar.
Sanitariya gigiyena sharoitini buzilishi natijasida ammiak eritmasini, novshadil-anis tomchisi
va boshqalarni qadoqlashda dorixona xonalari havodagi gazsimon moddalar aniqlandi. Ish
zonasidagi havoda ammiak miqdori REK ancha ortishi, uning bug‘lari qo‘shni
xonalarda
tarqalganligi aniqlandi. Dori changlari, ayniqsa murakkab kukunsimon aralashmalarni tayyorlashda
assistentlar, materiallar xonasi havosida aniqlanadi.
Mikroiqlim sharoitlarini o‘rganilayotganda dorixonaning ko‘pgina xonalarida mikroiqlimni
buzilishi aniqlandi. Bundan tashqari dorixona ishchilari shovqin va
ishlab chiqarish muhitining
boshqa omillari ta’siriga uchrashi mumkinligi kuzatildi.
Shunday qilib, dorixona sharoitida dori preparatlarini tayyorlash jarayonida sanitariya rejimini
buzilishi va gigiyename’yorlariga rioya qilinmasligi natijasida, ishchilarga
ishlab chiqarish
muhitidagi noqulay omillar ta’sir etishi mumkin. Bular ichida asosiysi bo‘lib quyidagilar
hisoblanadi:
dori preparatlarining changi, toksik gaz va bug‘lar, mikroiqlim sharoiti, shovqin,
mikrob omillari va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: