Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua


Dorixona xodimlarining shaxsiy gigiyenasi



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/264
Sana27.04.2022
Hajmi4,35 Mb.
#585153
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   264
Bog'liq
Мажмуа Гигиена фармация, 2021

Dorixona xodimlarining shaxsiy gigiyenasi. 
Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish har bir inson uchun albatta bajarilishi va norma 
bo‘lishi lozim. Dorixona xodimlarining shaxsiy gigiyenaqoidalariga rioya qilishi katta ahamiyatga 
ega, chunki sanitariya qoidalarini buzilishi dorixona ichidagi infeksiyaning tarqalishi va dorilarni 
ifloslanishiga olib keladi. Bundan tashqari dorixona xodimlarining tashqi ko‘rinishi, kiyim va 
qo‘llarining tozaligi, soch turmaklashi, gigienik bilimlarga amal qilishi sanitariya oqartuvida katta 
rol o‘ynaydi. Dorixona xodimlarining xaridorlar bilan bo‘lgan muomalasi, gapirish madaniyati 
namunali bo‘lishi kerak. 
Dorixona xodimi ish vaqtida doimo xalatda va bosh kiyimda (ro‘mol yoki qalpoq) bo‘lishi 
kerak. Shuning uchun u uchta xalat va uchta bosh kiyimi bo‘lishi, kamida ikki marta almashtirishi, 
sochlarini bosh kiyim ostiga olishi, qo‘llarini sovunlab va dezinfeksiyalovchi moddalar bilan 
yuvishi lozim. Xalat va shaxsiy kiyimlar alohida saqlanishi lozim. Dorixona xodimlari ishga 
kelganlarida oyoq kiyimlarini almashtirishlari lozim. 
Dorixona xodimlari hojatxonaga kirayotganlarida xalatni yechishi, chiqqandan so‘ng qo‘llarni 
sovun, dezinfeksiyalovchi modda bilan yuvishi kerak. Hojatxona oldida sovuq va issiq suv 
keltirilgan rakovina, dezinfeksiyalovchi moddali eritma, elektr quritgich, xalat va sochiq uchun 
ilmoqcha, bularning hammasi hojatxonadan oldingi xonada bo‘lishi kerak. 
Xalatda ishlab chiqarish xonalaridan, dorixonadan tashqariga chiqishi, ishlab chiqarish 
xonalariga xalatsiz kirishi, dastro‘moldan tashqari begona narsalarning xonaga olib kirish, saqlash 
mumkin emas. Shkafda shaxsiy kiyim va ishlab chiqarish kiyimlarini saqlash ta’qiqlanadi. 
Terining tozaligi shaxsiy gigiyenaning asosiy talablaridan hisoblanadi. Ayniqsa tirnoq osti 
tozalik holatiga e’tibor berish lozim. 


Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
48 
Aseptik sharoitida dori tayyorlaydigan xodimlar shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishlari 
lozim. Steril dorilarni tayyorlash shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilgan holatlarda
tayyorlanilishi kerak. Ish vaqtida tananing barcha qismi yopiladigan (jarrohlik) xalat, bosh va oyoq 
kiyim, dokali niqob kiyilishi shart. Kiyimlar aseptika (shlyuz) xonasiga kirish oldida almashtirilishi 
kerak. 
Shu erning o‘zida Spasokukotskiy-Kochergin usulida 100 ml suv va 0,5ml 10% ammiak 
eritmasi solingan ikkita sirli tog‘arachada qo‘l zararsizlantiriladi. Qo‘lni dokali salfetka yoki paxta 
bilan avval birinchi, so‘ng ikkinchi tog‘arachada zararsizlantiriladi. Agarda ikkinchi tog‘aradagi suv 
xira bo‘lsa zararsizlantirishni yana takrorlash lozim. Qo‘l yuvilganidan so‘ng quruq steril sochiq, 
so‘ng 3-5 daqiqa 70
0
S etil spirti bilan artiladi.
Bu omillarni oldini olish uchun avvalambor ish joyini to‘g‘ri jihozlash, kompleks va kichik 
mexanizatsiyalangan texnologik va tashkiliy muhit ta’minlanishini to‘g‘ri tashkil qilish kerak. 
Barcha kerakli jihozlar, dori tayyorlash uchun kerak bo‘ladigan qo‘shimcha materiallar va 
moddalar ortiqcha harakat qilmaslik, osonlikcha olish uchun ish stoliga maksimal darajada yaqin 
joyga joylashtirilgan bo‘lishi kerak. Ish joyi qulay, tanani noto‘g‘ri tutishga majbur qilmaydigan 
qilib tanlanishi kerak. 
Ishda qo‘llaniladigan jihozlar va buyumlar stol ustida qulay va ratsional joylashtirilishi lozim. 
Ish jarayonida o‘ng qo‘lda olinadigan barcha narsalar (tarozi toshlari, ruchka va boshqalar) o‘ng 
tarafda joylashtirilishi kerak. Chap tarafda tarozi, signaturlar, dorixona shisha idishlari va boshqalar 
joylashtiriladi. 
Stol va stul konstruksiyasi organizmning fiziologik holatiga mos kelishi va ishlashga qulay 
bo‘lishi kerak (harakatlanadigan, aylanadigan va boshqa). 
Ish turini va faoliyatini almashtirib turish maqsadga muvofiqdir. Kukunli dori shakllarini 
qadoqlashda, idishlarni to‘ldirishda, eritmalarni qadoqlashda va boshqa jarayonlarni qo‘l mehnati 
bilan bajarishni qisqartirish va iloji boricha to‘liq taqiqlash kerak. 
Ko‘pgina diqqatni ishlab chiqarish jismoniy mashgg‘ulotlarga, mikrotanaffusga, tana holatini 
o‘zgartirishga, mehnatning ilmiy elementlarini kiritishga qaratish lozim. Tahminiy va davriy tibbiy 
ko‘rikdan o‘tkazish, ko‘z, tayanch-harakatlantiruvchi apparatlardagi o‘zgarishlar va boshqa 
kasalliklarni oldini olishga imkon beradi. 

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish