Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua


Dorixonaning loyihalanishi va sanitar-texnik jihozlanishiga gigienik talablar



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/264
Sana27.04.2022
Hajmi4,35 Mb.
#585153
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   264
Bog'liq
Мажмуа Гигиена фармация, 2021

Dorixonaning loyihalanishi va sanitar-texnik jihozlanishiga gigienik talablar. 
Dorixonalarning aholi yashash punktlarini tasdiqlangan general rejasi asosida va loyihalash 
proektlariga binoan joylashishi lozim. Er maydoni hajmi shahar, posyolka, qishloq aholi yashash 
punktlarini loyihalashtirish va qurishga asoslangan San Q va M (Sanitar qoida va me’yori) 
bo‘limlariga muvofiq qabul qilinadi. Dorixona xonalarining tuzilishi va tarkibi kasb yo‘nalishi va 
vazifasining loyihasini hisobga olgan holda belgilanadi. 
Dorixona sig‘imining hisob ko‘rsatkichi yillik retseptlar soni (birliklarda) va mahsulot 
ayirboshlashga (so‘mda) bog‘liq. 
Katta shaharlardagi dorixonalar asosan qo‘shimcha bino sifatida yoki binoning birinchi 
qavatiga joylashtirilib, alohida er maydoniga ega bo‘lmaydi. Uncha katta bo‘lmagan qishloq aholi 
yashash punktlarida, ishchi posyolkalarda dorixonalar alohida binoda joylashib, dorixona er 
maydoniga ega bo‘ladi. 
Dorixonalarning yer maydoniga qo‘yiladigan gigiyenik talablar. 
Dorixonalar uchun 54 m

dan kam bo‘lmagan hajmga ega bo‘lgan maydoncha ajratilib 
bunday er uchastkasi ifloslanmagan, quruq, yaxshi insolyasiyali va tinch relefli bo‘lishi kerak, 
qisman og‘ishmaga ega bo‘lgan va janubga qaragan maydonni tavsiya qilish mumkin. Bu nafaqat 
qulay insolyasiya sharoitini ta’minlab qolmasdan, balki atmosfera yog‘inlarining tabiiy oqib 
ketishini ta’minlaydi.
Yer osti grunt suvlari - yer yuzasiga yaqinlik darajasi 1,5 m dan kam bo‘lmasligi kerak. 
Bunday suvlarning er yuzasiga yaqin turishi dorixona yerto‘lasiga suv toshishi, devorlarda, 
fundament va bino xonalarida namlik paydo bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatib, dori preparatlarining holati 
va xossasiga ta’sir qiladi, chunki ularning ko‘pchiligi namlikka sezgir bo‘ladi. Dorixona yer 
maydoni atmosfera chiqindilaridan, shovqin va sanoat korxonalari, aeroport, kommunal manbalar 
faoliyati bilan bog‘liq tashqi muhitning salbiy omillaridan himoyalangan bo‘lishi kerak. Shuning 
uchun, dorixona maydoni salbiy ta’sirlarga ega bo‘lgan manbalar orasida sanitariya himoya 
maydonlari bo‘lishi lozim. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar dorixonaning shamol 
esmaydigan tomoniga joylashtiriladi. Yer maydoni atmosfera havosida zararli moddalar miqdori 
havo uchun belgilangan REK dan oshmasligi kerak. 
Dorixona 
binosidan 
tashqari 
maydonda 
omborxona, 
mashinalar 
turar 
joyi, 
germitizatsiyalangan axlatxona va oqava suvlar o‘rasi bo‘lishi kerak. Dorixona bilan funksional 
bog‘liq bo‘lmagan qurilish binolarini maydonga joylashtirish ruxsat etilmaydi. Markazlashgan suv 
bilan ta’minlanishi mumkin bo‘lmaganda quvurli quduq o‘rnatiladi, agar shaxtali quduq o‘rnatilgan 
bo‘lsa Sanitariya epidemiologiya nazorat markazi tomonidan doimiy, qat’iy nazorat qilib borish, 
quduqni vaqti -vaqti bilan tozalash va zararsizlantirish lozim. Ifloslantirish manbai va quduq 
orasidagi oraliq 25 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Dorixonada kommunikatsiya o‘rnatishning iloji 
bo‘lganda, xovlida yaxshi jihozlangan va suv o‘tkazmaydigan o‘rali hojatxona joylashtiriladi. 
Dorixona yer maydonining 15-25% qurilish binolari va 50% dan kam bo‘lmagan qismi 


Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
45 
ko‘kalamlashtirilgan maydonga to‘g‘ri kelishi kerak. Yuk tushirish maydonchasi va qulay kirish 
yo‘lakchalarini qurilishi maqsadga muvofiqdir. 

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish