Ekologik ekspertizaning asosiy prinsiplari



Download 174 Kb.
bet3/8
Sana06.07.2022
Hajmi174 Kb.
#752108
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
EKOLOGIK EKSPERTIZANING ASOSIY PRINSIPLARI

Tadqiqot metodlari: Kuzatish, taqqoslash, o’lchash,eksperiment,to’plangan ma’lumotlarni tahlil qilish.
Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Mazkur tadqiqot natijasida olingan ma’lumotlardan va nazariy asoslaridan Viloyat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasining ekologik ekspertiza bo’limida foydalanish mumkin.
Kurs ishining hajmi: Ish 30 sahifadan iborat bo’lib, kirish 2 bob va 5 reja bo’limdan va xulosa, foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Kirish qismida Respublikamizda so’ngi yillarda olib borilayotgan ekologik islohatlar mavzuning dolzarbligi va ilmiy amaliy ahamiyati, yangi ilg’or g’oya texnologiyalar haqida so’z borgan. Ishning asosiy qismida mavzuning mazmun mohiyati ilmiy jihatlari to’la ochib berilgan. Xulosa qismida esa mavzuning jamlanmasi xulosalangan.

Asosiy qism
I. BOB. Ekologik ekspertizaning prinsiplari haqida umumiy tushuncha.
1.1. Ekologik ekspertizaning asosiy printsiplari va xuquqiy asoslari haqida umumiy tushuncha.
Printsip so’zi lotincha «principium» so’zidan olingan bo’lib «boshlash», «asos» ma’nosini bildiradi. Ekologik ekspertiza printsiplari uning asosiy ilmiy qoidalari bo’lib, ular eklogik ekspertiza faoliyati uchun rahbariy ilmiy va amaliy ko’rsatkma va qo’llanma ahamiyatiga egadir. Printsiplarni ekologik ekspertiza metodlari sifatida ham tushunish mumkin. Ekologik ekspertiza printsiplari ekologik ekspertiza faoliyati tajrabalarini o’rganish va umumlashtirish, ulardan foydalanish asosida shakllanadi va rivojlanib boradi. Printsiplar tabiat va jamiyatning o’zaro ta’sirini optimallashtirish extiyojlariga maksimal darajada mos kelishi kerak.
SHu sababdan ekologik ekspertiza printsiplariga quyidagi xususiyatlar xosdir: 1) ob’ektiv o’zaro bog’langan. Ekologik ekspertiza printsiplari tabiatga, tarix va jamiyatga, mamlakatga mos kelgandagina ularni hisoblash mumkin; 2) tarixan shartlanganlik. Davlat siyosati va davlat tuzumi o’zgarishi bilan ekologik ekspertiza printsiplari ham o’zgaradi. O’zbekistonning mustaqillikka erishishi munosabati bilan shunday o’zgarishlar sodir bo’ldi; 3) Tizimlilik. Ekologik ekspertizaning barcha printsiplarini o’zaro bog’liq klassifikatsiyalash mumkin (umumiy, ilmiy, xususiy (komponentlar bo’yitcha), yuridik va boshqalar).
Xozirgi zamon ekologik ekspertizasi printsiplarining quyidagi uchta yo’nalishini ajratish mumkin:

  1. umumiy printsiplar;

  2. konkret ilmiy printsiplar;

  3. yuridik (huquqiy) printsiplar.

Ekologik ekspertizaning umumiy printsiplari ekologiya (shu jumladan iqtisodiy ekologiya) va tabiatdan foydalanish iqtisodi fanlarining aniqlangan va ekologik ekspertiza uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan printsiplariga asoslanib ifodalangan printsiplaridan iboratdir. Ekologik ekspertiza fanining ekspertiza faoliyati va tajribalarini maxsus yo’nalishdatadqiq etish asosida aniqlagan printsiplari konkret ilmiy printsiplar qatoriga kiradi. Ekologik qonunchilik xujjatlarida mustahkamlangan va ekologik ekspertiza amaliyotida bajarilishi majburiy bo’lgan yuridik kuchga ega bo’lgan printsiplar yuridik (huquqiy) printsiplar hisoblanadi. Ularni ekologik ekspertiza amaliyoti printsiplari deb atash mumkin.
Ushbu printsiplar o’zaro uzviy bog’liq bo’lib, ular bir-birlarini to’ldiradi va amaliyotda jamiyat va tabiat o’rtasidagi aloqalarga bog’liq qonunlarni hayotga tadbiq etishga xizmat qiladi.


1.2. Bugungi kunda Respublikamizda ekologik ekspertizaning prinsiplari.
EKOLOGIK EKSPERTIZA OʻTKAZISH TARTIBI YANGILANDI
Vazirlar Mahkamasining 22.11.2018 yildagi 949-son qarori bilan yangi tartib-taomil tasdiqlandi. Boshqalar qatori ekspertiza ob’yektlari va muddatlari, atrof muhitga ta’sir koʻrsatish хavfi boʻyicha faoliyat turlariga tuzatishlar kiritildi.
2002 yildan buyon amal qilayotgan tartib oʻz kuchini yoʻqotdi.
Eslatib oʻtamiz, davlat ekologik ekspertizasi (bundan keyin – ekspertiza) quyidagilarni aniqlaydi:

  • prognoz qilinayotgan хoʻjalik va boshqa faoliyatni (bundan keyin – faoliyat) amalga oshirish haqida qaror qabul qilishgacha boʻlgan bosqichda ushbu faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini;

  • moʻljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan faoliyatning ekologik хavflilik darajasini;

  • atrof tabiiy muhitni (bundan keyin – ATM) muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha tadbirlarning yetarliligi va asosliligini.

Bunda hujjatning yangi tahririda «moʻljallanayotgan» faoliyat – tabiiy resurslardan foydalanishni nazarda tutadigan va bu jarayonda ATM komponentlariga ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan har qanday rejalashtirilgan faoliyat ekanligi borasida aniqlik kiritilgan.
Endi Davlat ekologiya qoʻmitasining (qayta tashkil etilgan Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi) iхtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalari: Davlat ekologiya qoʻmitasining «Davlat ekologik ekspertizasi markazi», Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar DUK (bundan keyin – Markazlar) ekspertizani oʻtkazadilar.
Qanday ob’yektlar ekologik ekspertizadan oʻtkazilishi shart
Quyida respublika yoki hududiy Markazlarda majburiy ekspertizadan oʻtkaziladigan ob’yektlarning yangilangan roʻyхati keltirilgan. Kiritilgan qoʻshimchalar ajratib koʻrsatilgan. 1.1.1-jadval

 Davlat ekologiya qoʻmitasining markazi


Download 174 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish