Ekologik ekspertizaning asosiy prinsiplari


II Bob. Ekologik ekspertizaning asosiy prinsiplari va turlari



Download 174 Kb.
bet5/8
Sana06.07.2022
Hajmi174 Kb.
#752108
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
EKOLOGIK EKSPERTIZANING ASOSIY PRINSIPLARI

II Bob. Ekologik ekspertizaning asosiy prinsiplari va turlari.
2.1. Ekologik ekspertizaning umumiy printsiplari.
Tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi o’zaro ta’sir va aloqalar ham tabiat, ham jamiyat qonunlariga bo’ysunadi. Bunday o’zaro aloqalarning birinchi va eng zaruriy sharti tabiat va jamiyatning birligi bo’lib, u tabiat qonunlari bilan belgilanadi. Tabiat jamiyat rivojlanishining tabiiy asosini tashkil etadi. Inson hayoti va faoliyatini tabiatsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. SHu sababdan odam bir vaqtning o’zida ham tabiatning, ham jamiyatning jaralmas qismi bo’lgan bioijtimoiy mavjudotdir.
Tabiat va jamiyat o’rtasidagi aloqalar muvozanatini busmaslik uchun, jamiyat va odamlar ular o’rtasidagi bog’liqlik va birlikni har tomonlama hisobga olish va ushbu aloqalarda va tabiatdan foydalanishda tabiat rivojlanishining ob’ektiv qonunlariga asoslanishi kerak. Boshqacha aytganda tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi o’zaro ta’sir va aloqalarda tabiatning birinchiligi printsipi asosiy o’rinni egallaydi. SHu sababdan tabiat qonunlariga amal qilmaslik jamiyat rivojlanishining tabiiy asoslarining yemirilishiga, demak, jamiyatning ham yemirilishiga olib keladi.
Tabiatning o’z-o’zini takror ishlab chiqarish va yangilash funktsiyasini asosan biosfera komponentlari orasida asosiy rol o’ynaydigan tirik organizmlar (moddalar) bajaradi. SHu sababdan tabiat bilan jamiyat o’rtasida to’xtovsiz modda almashish jarayonlarini ta’minlash biogenotsenozlarga bog’liqdir. Barcha tabiiy tizimlarda va ular orqali butun biosferada zarur miqdor va nisbatlarda biologik resurslarni doimiy takror ishlab chiqarishga erishish tabiat bilan jamiat o’rtasida modda almashish jarayonlarining zarur shartidir. Bu talabni hozirgi industrial rivojlanish sharoitida ijtimoiy ishlab chiqarish keng miqyosda ekologiyalashtirish, tabiat muhofazasi texnologiyasi va texnikasini keng joriy etish orqali bajarish mumkin.
Ekologik ekspertiza faoliyati uchun bevosita va bilvosita ahamiyatga ega bo’lgan umumiy printsiplarga quyidagilar kiradi:

  1. Tabiatning birlamchiligi printsipi. Tabiat va jamiat o’rtasidagi aloqalar, jamiyatning tabiatga ta’siri tabiat qonunlariga mos kelishi va unga asoslanib amalga oshirilishi kerak.

  2. Tabiiylik printsipi. Tabiat bizdan yaxshi biladi yondashuviga, tabiiylikning ustuvorligiga asoslanadi.

  3. Soxta muvaffaqqiyat printsipi. Tabiatdan foydalanishda dastlabki muvaffaqqiyatlar (yoki muvaffaqqiyatsizlik) qisqa muddatli bo’lishi mumkin. Tabiatni qayta o’zgartirish yoki uni boshqarish tadbirlarining muvaffaqqiyatini bir yoki bir necha o’n yillik davrda (10-30 yilda) tabiat tsikllari bo’yicha tabiatning zanjirli reaktsiyasining kechishi jarayonlari va natijalari aniqlangandan keyingina bilish va aniqlash, baholash mumkin. Faqat vaqt bo’yicha chuqur ekologik bashorat xo’jalik tadbirlarining haqiqiy muvaffaqqiyatini ta’minlashi mumkin.

  4. Tabiatni qayta o’zgartirish (uni boshqarish) printsipi. Bu tadbirlarni amalga oshirishda amal qilinadigan asosiy qoidalar majmuasidan iborat. Unda ekologiyaning barcha qonun, qoida va printsiplarga jamiyat ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishining global va mahalliy qonuniyatlari hisobga olinadi va tabiatni qayta o’zgartirishga tizimli boshqarish talablari qo’yiladi.

  5. Ishlab chiqarishni ekologiyalash printsipi. Tabiiy resurslarni takroriy ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish orqali ekologiyalashtirish bildiradi. Uning asosiy yo’nalishlari: ekologik tizimlarni saqlash va tiklash; tabiiy xom ashyoni qazib olishning progressiv texnologiyasini joriy etish; moddiy resurslardan oqilona foydalanish; kam chiqitli va chiqitsiz texnologiyasini barpo etish va joriy qilish; alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maydonini kengaytirish; ishlab chiqarishni ekologik maqbul joylashtirish va xududiy tashkil etish; atrof tabiiy muhitni ifloslanishini kamaytirish va yo’qotish.

  6. Tabiiy resurslarning ijtimoiy foydaliligini oshirish printsipi. Mamlakatning tabiiy resurslarga extiyojlarini ta’minlashda tabiiy resurslarni takroriy ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga asoslanishni bildiradi. Bunda quyidagi ekologik maqbul yo’nalishlar asosiy o’rinni egallaydi: tog’-kon tarmoqlarining o’sish sur’atlari moddiy ishlab chiqarishning o’sish sur’atlaridan past bo’lishi; ishlab beruvchi sanoat tarmoqlari xom ashyodan ratsional foydalanishga asoslanganligi sababli tog’-kon sanoatidan tezroq sur’atlarda rivojlanishi; chiqitsiz, kam chiqitli ishlab chiqarishning, shuningdek tabiat muhofazasi jihozlarini ishlab chiqarishning rivojlanish sur’atlari atrof muhitni ifloslantiruvchi tarmoqlar rivojlanishi sur’atlaridan yuqori bo’lishi; tabiatni tiklovchi tarmoqlarning rivojlanish sur’atlari tog’-kon sanoati rivojlanishi sur’atlaridan past bo’lmasligi; tabiat muhofazasiga kapital qo’yilmalarning o’sish sur’atlari moddiy ishlab chiqarishga o’sish sur’atlaridan yuqori bo’lishi.

  7. Tabiiy resurslarni kengaytirilgan takror ishlab chiqarish printsipi. U quyidagilarni o’z ichiga oladi: tabiatni bevosita tiklash miqyoslarini ko’paytirish (o’rmonchilik, rekulьtivatsiya va boshqalar); tabiiy xom ashyoni komleks qayta ishlashni har tomonlama rivojlantirish; tabiatni muhofaza qilish va boshqalar.




Download 174 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish