Еkiston rеspublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi o`zb еkiston davlat jismoniy tarbiya instituti


 Fuqarolik jamiyati negizlarining yaratilishi



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/117
Sana24.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#406722
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   117
Bog'liq
pdffox.com maruza-matni

8. Fuqarolik jamiyati negizlarining yaratilishi 
O'zbekiston taraqqiyotining bosh yo'li  jamiyatni demokrat-lashtirish, fuqarolik jamiyat qurishdan 
iboratdir.Demokratik jamiyat qurish bobida hamma davlat uchun tayyor qolip vaandozalar yo'q. 
I.Karimov: «Dunyodabir-birigao'xshagan ikkita inson bo'lmaganidek, bir -  biriga aynan o'xshagan ikki 
davlat ham yo'q»,-  deganida haqlidir. To'g'ri, demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda e'tirof etilgan 
tamoyillari bor: insonning o'z xohish-irodasini erkin bildirishi va uni amalga oshirishi; ozchilikni 
ko'pchilikka bo'ysunishi; davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustivorligi; davlat asosiy organlarining 
saylab qo'yilishi va ularning saylovchilar oldida hisob berishi va boshqalar. O'zbekiston demokratik 
jamiyat qurishda ana shu tamoyillarga, umumjahon sivilizatsiyasiga asoslandi. Shuningdek, u 
xalqimizning necha ming yillik milliy davlatchiligimiz negizlarini, ma'naviy merosimiz ildizlarini, milliy 
xususiyatlarimiz va boy an'analarimizni yangi jamiyat qurilishiga tatbiq etish yo'lidan bormoqda. 
O'zbekiston yangi jamiyat qurishda adolat va haqiqat g'oyasiga asoslanmoqda. Respublikamizda 
odamlar o'z qobiliyat va ehtiyojlarini to'la namoyon qilish va amalga oshirishlari uchun zarur bo'lgan 
dastlabki teng imkoniyatlarni, shu jarayonni vujudga keltiradigan huquqiy mexanizmni yaratishga katta 
e'tibor berildi. Negaki, busiz adolatli jamiyat qurib bo'lmaydi. Ana shunday imkoniyatlar yaratil-gandan 
keyingina, har bir insonning taqdiri, turmushi o'ziga bog'Hq bo'lib qoladi. Insonning jamiyatdagi o'rni 
uning salohiyatiga, mehnat qilish istagi, oqilu uddaburonligiga bog'liq bo'ladi. 
Mahalla. O'zbekiston Respublikasining 1993—  yil 2-sentabrda qabul qilingan "Fuqarolarning 
o'zini-o'zi boshqarish organlari to'g'risida"gi qonuniga binoan, shaharcha, qishloq va ovullarda, 
shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahal-lalarda fuqarolar yig'inlari 
o'tkaziladigan bo'ldi. Fuqarolar yig'ini o'zini-o'zi boshqarish organi bo'lib, ular ikki yarim yil muddatga 
raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi. 2001—  yil may-  iyun oylarida bo'lib o'tgan 
fuqarolaming o'zini-o'zi boshqarish organlariga saylovlarida 7840 nafar oqsoqol va ularning 75 mingga 
yaqin maslahatchilari saylandi. Mahalla oqsoqoli va uning maslahat-chilari o'z mahallasi doirasidagi 
ishlarni hal etish, muhtoj oilalarga davlat mablag'lari hisobidan yordam berish ishlarida faoliyat ko'rsat-
moqdalar. Mahalla tizimi jamiyatning negiziga aylandi. 
Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlanishi. 
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasida O'zbekiston Res-publikasida 
demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ulargako'ra inson, uning hayoti, qadr-qimmati va 
boshqa Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlanisni daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi, deb 
belgilab qo'yilgan. 
O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, 
millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat'iy nazar qonun oldida 
tengdirlar. O'zbekistonda yagona fuqarolik o'rnatilgan. Har bir fuqaro yashash, shaxsiy daxlsizlik, turar 
joy daxlsizligi, bir joydan ikkinchi joyga ko'chish, so'z va e'tiqod erkinligiga ega bo'lib, bu huquqlar 


davlat tomonidan himoya qilinadi. Fuqarolaming istagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod 
qilmaslik huquqi qonun bilan mustahkamlab qo'yilgan. 
O'zbekistonda shaxs erkinligi, inson huquqlarining muhofazasi va kafolati, mehnat va kasbni erkin 
tanlash huquqi, ta'lim olish, ijtimoiy muhofaza va boshqa huquqlari qonun bilan himoya qilinadi. 
1995—  yil 23-fevralda birinchi chaqiriq Oliy Majlisning birinchi sessiyasida Oliy Majlisning 
Inson huquqlari bo'yicha vakil (Ombudsman) lavozimi ta'sis etildi va bu lavozimga Sayyora Rashidova 
saylandi. Uning maqomi va faoliyat doirasi 1997— yil 26-aprelda qabul qilingan Oliy Majlisning "Inson 
huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) to'g'risida"gi qonuni bilan belgilab berildi. Vakil BMTning inson 
huquqlari bo'yicha markazi, YeXHTning demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi bilan 
yaqin hamkorlikda faoliyat ko'rsatmoqda. 
O'zbekiston Respublikasining 1995—  yil 30-avgustda qabul qilingan "Fuqarolaming huquq va 
erkinliklarini buzuvchi harakat va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to'g'risida"gi qonuni Inson 
huquqlari va erkinliklarini kafolatlashga xizmat qilmoqda. 
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996— yil oktabr oyida e'lon qilingan "Inson huquqlari 
bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazini tuzish to'g'risida"gi Farmonga binoan inson huquqlari 
bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashkil etildi. 
O'zbekistonda fuqaro va davlat bir-biriga nisbatan bo'lgan huquqlari va burchlari bilan bog'langan. 
Davlat o'zining fuqarolar oldidagi vazifalarini bajarmoqda. Fuqarolaming erkinliklari va huquqlarini 
amalda himoya qilmoqda. Shuningdek, fuqarolaming ham davlat oldidagi burchlari, majburiyatlari 
belgilab qo'yilgan. 
Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishi-larning huquqlari, erkinliklari, 
sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar. Davlat har bir inson zimmasiga tarixiy, ma'-naviy 
va  madaniy merosni avaylab-asrash, atrof muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish, soliq va 
yig'imlarni to'lash majburiyatini yuklaydi. Konstitutsiyaning 52-moddasida "O'zbekiston Respubli-kasini 
himoya qilish - O'zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan 
tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o'tashga majburdirlar", deb belgilab qo'yilgan. 
Saylov tizimi. O'zbekistonda demokratik jamiyatga xos saylov tizimi barpo etildi. 1991— yil 18-
noyabrda "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida", 1993— yil 28-dekabrda "O'zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to'g'risida" va 1994— yil may oyida "Xalq deputatlari viloyat, tuman 
va shahar Kengashiariga saylov to'g'risida" hamda "Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to'g'risida" 
qonunlar qabul qilindi. 
Konstitutsiya va qonunlarda 18 yoshga to'lgan fuqarolaming saylash huquqiga ega ekanligi, 
O'zbekiston Prezidenti saylovi, Oliy Majlis saylovi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari 
saylovi umumiy, teng, to'g'ridan-to'g'ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo'li bilan o'tkazilishi 
mustahkamlab qo'yilgan. Har bir fuqaro-saylovchi bir ovozga ega. 35 yoshdan kam bo'lmagan fuqaro 
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, 25 yoshga to'lganlar Oliy Majlisga, 21 yoshga to'lganlar viloyat, 
tuman va shahar Kengashlariga deputat etib saylanish huquqiga ega. Fuqaro bir vaqtning o'zida ikkidan 
ortiq vakillik organlarining deputati bo'lishi murnkin crnas. 
Ommaviy axborot vositalari. Demokratik institutlarning muhim tarmog'i bo'lgan erkin ommaviy 
axborot vositalari vujudga keldi. 2006—  yilda Respublika ommaviy axborot vositalari tizimida 680 
nomda gazeta va 200 nomda jurnal chop etildi, 4 ta axborot agentligi, 55 ta nashriyot, 57 ta 
teleradiokompaniya va studiyalar, 100 ga yaqin elektron axborot vositalari ishladi. Jurnalistlarning erkin 
ijod qilishi, mamlakat ravnaqi yo'lida xizmat qilishi uchun shart-sharoitlar yaratildi. Ommaviy axborot 
vositalari to'g'risida qabul qilingan qonunlar iilarni "to'rtinchi hokimiyat" darajasida faoliyat ko'rsatishiga 
ko'maklashmoqda. 
O'zbekistonda fuqarolikjamiyati barpo etish aholining siyosiy faolligi va siyosiy madaniyatining 
oshib borayotganligida, turli siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlarining shakllanishida ham namoyon 
bo'lmoqda. 
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlarining vujudga kelishi 
va faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslar yaratildi. Respublika parlamenti tomonidan qabul qilingan: 
"Jamoat tashkilotlari to'glrisida"gi (1991—  yil 15-fevral), "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar 
to'g'risida'gi (1998—  yil, yangi tahriri), "Kasaba uyushmalari, ular faoliyatining huquq va kafolatlari 


to'g'risida"gi (1992—  yil 2-iyul), "Siyosiy partiyalar to'g'risida"gi (1996—  yil, dekabr) qonunlar shular 
jumlasidandir. 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish