Еkiston rеspublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi o`zb еkiston davlat jismoniy tarbiya instituti



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/117
Sana24.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#406722
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   117
Bog'liq
pdffox.com maruza-matni

Oliy Majlis.
l992— yil 8-dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga 
muvofiq Respublika parlamen-tining nomi Oliy Majlis deb ataladigan bo'ldi. Konstitutsiyaning 76-
moddasida "O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo'lib, qonun 
chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi", deb belgilab qo'yildi. Konstitutsiyaga muvofiq bir palatali 
parlament  -  O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini shakllantirish tadbirlari ko'rildi. 1993—  yil 28-
dekabrda "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to'g'risida", 1994—  yil 22-sentabrda 
"O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to'g'risida" qonunlar qabul qilindi. Oliy Majlis hududiy saylov 
okruglari bo'yicha ko'p partiya-viylik asosida besh yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat 
bo'Iishi belgilandi. 
1994—yil 25-dekabrkuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga birinchi marta erkin, 
demokratik va ko'p partiyaviylik va muqobillik asosida saylovlar o'tkazildi. Har bir saylov okrugida ikki-
uch nomzod, jami 700 nafar nomzod deputatlik uchun kurashdi. Saylovchilar birinchi marta nomzodlarni 
tanlab olish imkoniyatiga ega bo'ldi. Nomzodlarning birontasi ham yetarli ovoz ololmagan saylov 
okruglarida 1995—  yil 8 va 25-yanvar kunlari takroriy saylovlar bo'ldi. Oliy Majlisga 250 deputat 
saylandi. 
Oliy Majlis 1995-1999—yillarda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan 
demokratik davlat qurishdan iborat yo'lni huquqiy jihatdan ta'minlashga qaratilgan 10 kodeks, 2 milliy 
dastur, 145 qonun, 452  qaror qabul qildi. Shuningdek, u 70 ta xalqaro shartnomani ratifikatsiya qildi, 
xalqaro konvensiyalarga qo'shilish to'g'risida 58 ta qaror qabul qildi. 
Ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 1999—  yil dekabrda saylovlar bo'lib 
o'tdi. Saylovlarda 7 ta subyekt - beshta siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organlari va saylovchilarning 
tashabbuskor guruhlaridan jami 1010 nafar nomzod qatnashdi. Oliy Majlisga O'zbekiston xalq 
demokratik partiyasidan 48, "Fidokorlar" milliy demokratik partiyasidan 34, "Vatan taraqqiyoti" 
partiyasidan 20, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan 11, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan 
10, hokimiyat vakillik organlaridan 111 va saylovchilar tashabbus guruhlaridan 16 nafar vakil deputat 
etib saylandi. 
O'zbekiston Respublikasi bir palatali parlamentining 2000-2004-yillarda bo'lib o'tgan 16 
sessiyasida 101 ta qonun, 300 dan ortiq qaror qabul qilindi, 55 ta xalqaro shartnoma va bitimlar 
ratifikatsiya qilindi. O'zbekiston Respublikasining 329 ta qonun xujjatiga 1357 ta o'zgartirish va 
qo'shimchalar kiritildi. 
Bir palatali O'zbekiston Respublikasi parlamenti -  Oliy Majlisi 1995-2004—  yillarda o'z 
faoliyatini quyidagi yo'nalishlarda samarali olib bordi: 
• O'zbekistonda o'tkazilayotgan islohotlarning huquqiy bazasini mustahkamlovchi qonunlar yaratish; 
• qabul qilingan qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish; 
•  parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash; 
• shaxsning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qilish; 
•  amaldagi qonun hujjatlarimiz monitoringini xalqaro huquq normalarini o'rgangan holda olib borish; 
• joylardagi hokimiyat vakillik organlariga amaliy yordam ko'rsatish. Muxtasar qilib aytganda,  1995-
2004— yillarda O'zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi bir palatali parlament sifatida xalq fikrini e'tiborga olish, ochiqlik va 
oshkoralik tamoyillari asosida faoliyat yuritdi. Parlamentchilikda demokratik asoslar yaratildi. Bir palatali 
Oliy Majlis milliy parlamentarizm rivojlanish tarixida munosib o'rin egalladi. 


Ikki palatali parlamentning shakllantirilishi. 
Prezident Islom Karimov 2000—yil 25-may kuni ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Rcs-  publikasi 
Oliy Majlisining ikkinchi sessiyasida doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali parlament tizimiga o'tishni 
taklif qildi. Darhaqiqat, mustaqillikning o'tgan 10 yili davomida parlamentchilikda demokratik asoslar 
shakllantirildi, endi bir palatali parlamentdan ikki palatali parlamentga o'tish uchun zarur shart-sharoitlar 
yaratgan edi. 
2001—yil 6-7-dekabr kunlari bo'lib o'tgan Oliy Majlisning yettinchi sessiyasida ikki palatali 
parlament tuzish masalasi muhokama qilindi va parlamentni ikki palatali qilib tuzish zarur, degan 
xulosaga kelindi. 2002— yil 27-yanvar kuni "Siz kelgusi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi parlamentini 
ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?" degan masalada referendum bo*lib o'tdi. Referendumda 
qatnash-ganlarning 93,65 foizi rozi ekanligini bildirib ovoz berdilar. 
2002—yil 4-5-aprel kunlari bo'lib o'tgan Oliy Majlisning sakkizinchi sessiyasida "Referendum 
yakunlari va davlat hokimiyati tashkil etishning asosiy prinsiplari to'g'risida" Konstitutsiyaviy qonun 
qabul qilindi. Mazkur qonunda respublika parlamentining nomi  Oliy Majlis deyiladi,  u ikki palatali - 
quyi va yuqori palatalardan iborat etib tashkil etiladi, deb belgilab  qo'yildi. Quyi palata -  Qonunchilik 
palatasi, yuqori palata -  Senat deb ataldi, ularning vakolat muddati 5 yil deb belgilangan. Ikki palatali 
parlament tuzishning huquqiy asoslarini belgilab beruvchi yangi qonun loyihalarini tayyorlsh ishiga 
kirishildi. 
2002—yil dekabrda bo'lib o'tgan ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
o'ninchi sessiyasida "O'zbekiston Res-publikasining Qonunchilik palatasi to'g'risida", "O'zbekiston 
Respub-likasining Senati to'g'risida" Konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilindi. Qonunchilik palatasi 120 
nafar deputatdan, Senat 100 nafar sena-tordan iborat etib shakllantiriladi. Bu o'zgarishlar 2003—yil 
aprelda O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga kiritilgan o'zgarti-rishlarda ham o'z ifodasini 
topdi. 2003—yil 29-avgustda "O'zbekiston . Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to'g'risida"gi Qonunga 
o'zgar-tirish va qo'shimchalar kiritib, mazkur qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Shu tariqa ikki palatali 
professional parlamentni shakllan-tirishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari yaratildi. 2004—yil dekabr 
-  2005—
yil  yanvar  oylarida  mamlakatimizda  Як  bor  ikki  palatali  parlamentga  saylovlar  bo'lib  o'tdi. 
Qonunchilik palatasiga 120 nafar deputat saylandi. Senatga respublikamizning har bir hudu-didan 6 
nafardan,  jami 84 senator saylandi. Konstitutsiyamizning 77-  moddasiga muvofiq, 16 nafar senator 
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlandi. 
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005—yil 27-yanvar kuni bo'lib 
o'tgan birinchi majlisida deputatlar Oqsoqollar Kengashi tavsiyasiga ko'ra yashirin ovoz berish yo'li bilan 
Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga Erkin Halilovni sayladilar. Shuningdek, 2 nafar deputat Spiker 
o'rinbosari etib saylandi, qo'mita rahbarlari tasdiqlandi, siyosiy partiyalar fraksiyalari tashkil etildi va 
ro'yxatga olindi. 
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005—yil 27-yanvar kuni bo'lib o'tgan birinchi 
majlisida Prezident tavsiyasiga muvofiq, Senat a'zolari tomonidan yashirin ovoz berish yo'li bilan Murod 
Sharifxo'jayev Senat raisi etib saylandi. Shuningdek, 2 nafar senator Rais o'rinbosarlari etib saylandi, 
Senat qo'mitalari tashkil etilib, ularning raislari ham saylandilar. 
Muxtasar qilib aytganda, 2005—yil 27-yanvar kuni ikki palatali parlamentni shakllantirish 
ishlariga yakun yasaldi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati tashkil 
etildi va faoliyat yutitmoqda. Ikki palatali parlamentning tashkil etilishi natijasida Qonun chiqaruvchi, ijro 
etuvchi va sud hokimiyati  o'rtasida vakolatlar yanada demokratik asosda qayta taqsimlandi. 
Parlamentning jamiyat hayotidagi roli ortdi. Prezident vakolatlarining bir qismi -davlat, sud tizimi va 
maxsus xizmatlarning rahbarlarini, chet ellar vaxalqaro tashkilotlardagi diplomatikvakillarni tayinlash 
vatasdiqlash Senat tomonidan amalga oshirilmoqda. 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish