Еkiston rеspublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi o`zb еkiston davlat jismoniy tarbiya instituti



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/117
Sana24.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#406722
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   117
Bog'liq
pdffox.com maruza-matni

11.
 
Mustaqillik davrida O'zbekistonda milliy totuvlikning ta'minlanishi 
O'zbekiston milliy istiqlolining qo'lga kiritilishi o'zbek xalqining tarixiy taqdirida tub burilish 
yasash barobarida, uning torn ma'nodagi emin-erkinligi, ozodligi va mustaqilligini ta'minlab, ijtimoiy 
taraqqiyotning keng, istiqbolli yo'llariga olib chiqdi. Xalqimiz o'zgalarga tobelik va qaramlik asoratidan 
butunlay xalos bo'lib, o'zligini tanib, qaddini tiklab jahon hamjamiyati tomon yuz tutdi. Uning tomonidan 


ko'p asrlar davomida yaratilgan bebaho ma'naviy qadriyatlar, osori atiqalar, moddiy va ma'naviy boyliklar 
barcha-barchasi yurt fuqa-rolarining umumiy mulkiga aylandi. 
Mustaqillik, ayni paytda, milliy munosabatlarga ham bevosita daxl etib, bu sohadagi muammolar 
yechimini muvaffaqiyatli hal etish yo'llarini belgilab berdi. O'zbekiston ko'p millatli mamlakat bo'lganligi 
bois ham milliy masalani to'g'ri, oqilona hal etish uning demokratik rivojlanish yo'lidan ilgarilab 
borishida muhim ahamiyat kasb etadi. Buning ustiga, respublikada ijtimoiy-siyosiy vaziyat barqarorligi, 
fuqarolar totuvligi, bunyodkorlik va yaratuvchilik ishlarining maromi ko'p jihatdan millatlararo 
munosabatlarni to'g'ri tashkil etish, ularni aniq maqsadlar sari yo'naltirishga bog'liqdir. Mustaqil 
O'zbekiston hozirgi murakkab o'tish davrining barcha qiyinchiliklarini asta-sekin bartaraf etib, ilgarilab 
borar ekan, bunda sobiq sovetlar tuzumidan meros bo'lib qolgan milliy munosabatlar masalasidagi ko'plab 
ziddiyatli, muammoli masalalarni hal etish yo'lidan bormoqda. Ma'lumki, mustabid sovet hokimiyatining 
milliy siyosati shu darajada bir yoqlama yo'nalishda olib borilganki, mil-iatlarning o'ziga xoslik, milliylik 
jihatlari muttasil inkor etilib kelingan. Xususan, o'zbek xalqining ko'p asrli asl ma'naviy qadriyatlari, 
islomiy diniy e'tiqodi, milliy udumlari, an'analari, marosimlarining cheklanib, tahqirlanib kelinganligi, 
ko'hna boy tarixi soxtalashtirilib, buzib talqin etilganligi, milliy tilining doimiy kamsitilganligi va shu 
singari salbiy holatlar buning yaqqol ifodasidir. 
Xususan, 1924—yilda O'rta Osiyoda o'tkazilgan milliy-davlat che-garalanishi va buning natijasida 
yagona Turkiston hududining bo'lib tashlanishi, bu yerda asrlar davomida birga yashab kelgan qon-
qardosh xalqlarning bir-biridan ajratilishi hamda ular orasiga sun'iy to'siqlar tortilishi—bular sovetlar 
yuritgan shovinistik siyosatning klassik namunasi edi. Binobarin, 1924—yilda tashkil topgan O'zbekiston 
respublikasi qariyb 70 yil davomida hukmron Markazga qo'1-oyog'i bilan bog'lanib, uning izmida yashab 
keldi. 
Ittifoqdosh respublikalar milliy manfatlarining muttasil inkor etilishi, ularning suveren haq-
huquqlarining poymol qilinishi, ularga taalluqli hamma narsaga ittifoq davlatining hukmronligi oxir-
oqibatda bu qizil saltanatni tarixning kutilmagan sinov-sinoatlariga duchor etdi. SSSR hayotining so'nggi 
kezlarida uning turli milliy hududlarida, jumladan, Boltiqbo'yi, Gruziya, Ozarbayjon, Qorabog', Qozo-
g'iston, O'zbekiston singari joylarda voqe bo'lgan qator yirik mojarolar, qon to'kishlar ko'p jihatdan 
milliy-etnik ziddiyatlarning kuchayib borishi negizida yuz berganligi tasodifiy emas. O'tgan asrning 80—
yillar oxiri 90-— yillar boshida sodir etilgan Farg'ona, O'sh qonli voqealari, ularning mudhish oqibatlari 
ham ayni shu noto'g'ri, bir yoqlama yuritilgan siyosat natijasi bo'lgan edi. Bular pirovardida SSSR 
qudratini tanazzulga yuz tuttirgan, uni parchalanishga olib kelgan asosiy sabablardan biri bo'lgan. 
Binobarin, O'zbekiston o'z mustaqilligiga erishgach, millatlar o'rtasida totuvlikni mustahkamlash, 
barcha millat va elat vakillari uchun teng imkoniyatlar yaratish yo'lidan bormoqda. Milliy istiqlol 
arafasida (1989—yil 21-oktabrda) O'zbekiston yangi rahbari tashabbusi bilan o'zbek tiliga davlat tili 
maqomining berilishi va shundan e'tiboran uning iste'mol doirasining kengayishiga keng ufqlar ochilishi 
respublikamiz hayotida chinakam favqulodda ahamiyatga molik voqea bo'ldi. Yurt mustaqilligining 
qo'lga kiritilishi esa ona tilirniz mavqeyi va nufuzini yuksakka ko'tarib, uni jahon xalqlarining erkin milliy 
tillari qatoridan munosib o'rin egallashini ta'minladi. Ayni chog'da, milliy tariximiz va u bilan uzviy 
bog'liq teran ma'naviy sarchashma-larimizning yuzaga chiqishi, tarixiy haqiqatning qaror topishi, 
o'zlikning anglanishi o'z navbatida o'zbek xalqining millat sifatidagi muhim, o'ziga xos xususiyatlarini 
chuqur o'rganish, uning ertangi porloq istiqbolini belgilashda muhim ahamiyatga ega bo'ldi. 
Mustaqillikning dastlabki qadamlaridan boshlaboq respublikada istiqomat qiluvchi barcha millat 
va elat kishilarining milliy tili, ma-daniyati, adabiyoti, san'ati, urf-odatlari, rasm-rusmlari, an'ana-larini 
avaylab saqlash, ularni jonlantirish va yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochildi. Mazkur elat 
va xalqlarning hayotiy masalalarini amalda hal etish va bu ishlarni yuksak darajada tash-killashtirish 
uchun milliy madaniyat markazlari tuzilib, faoliyat ko'rsata boshladi. Hozirda yiiitimizda yuzdan ziyod 
shunday markazlar mavjud bo'lib, ular bu borada to'laqonli ish yuritmoqdalar. 
Milliy-madaniyat markazlari va ularga uyushgan madaniyat, adabiyot, sa'nat va ilm-fan 
namoyandalari, faollar ishtirokida o'sha xalq va elatga xos milliy udumlar, marosimu bayramlar, qiziqarli 
mavzularga bag'ishlangan kechalar, uchrashuvlar, turli xil anju-manlar muntazam, an'anaviy tarzda 
o'tkazilib borilyapti. Bu esa shu xalq, elat odamlari hayotining jamiyatda to'la mazmunli kechishigagina 
samarali ta'sir ko'rsatib qolmay, ayni zamonda, ularning ijtimoiy-siyosiy faoliyatining oshishiga, 


ma'naviy-madaniy hayot ne'matlaridan to'la bahramand bo'lishiga ham muhim omil bo'lib xizmat 
qilmoqda. Shuningdek, mavjud milliy-madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning ibratga 
loyiq ish tajribalarini to'plash, umumlashtirish maqsadida Toshkentda Res-publika Baynalminal 
madaniyat markazi tashkil etilgan. Uning faoliyati ham respublikada yashovchi barcha xalqlar, elatlarning 
o'zaro do'stlik, qardoshlik aloqalarini bundan buyon ham jipslashtirib, ularning madaniy vama'naviy 
hayotini yaxshilash, takomillashtirib borish, O'zbekiston diyorining gullab-yashnashi va ravnaqiga 
munosib hissa qo'shishga yo'naltirilgan. 
Hozirda respublikamizning ko'pgina maktablarida va boshqa  ta'lim tizimlarida o'qishlar rus, 
qozoq, tojik, qirg'iz, qoraqalpoq va boshqa tillarda tashkil etilgan. Ular uchun har yili yetarli miqdorda 
o'quv darsliklari, qo'llanmalar nashr etilib, o'quvchilarga yetkazib beril-moqda. Shuningdek, rus, tojik, 
qoraqalpoq va boshqa tillarda vaqtli matbuot nashrlari chop etilmoqda. Turli tillarda radio, televideniye 
eshittirishlari va ko'rsatuvlari muntazam namoyish etilmoqda. 
O'zbek xalqining o'z davlat mustaqilligini qo'lga kiritishi, demokratik huquqiy davlat asoslarining 
yaratilishi, xalqimizning ijtimoiy hayotning barcha sohalarida o'zini to'la-to'kis namoyon etayotganligi, 
ko'p asrhk boy tarixi tilga kirganligi, milliy tilining yuksak mavqega ko'tarilgani, betakror ma'naviyati, 
buyuk ijodkorlik salohiyati e'tirof topgani - bular uning to'la ma'noda millat sifatida shakllanib, yuksalib 
borayotganligiga asosli dalolatdir. Zero, mana shu muhim hollarni ko'zda tutgan holda Yurtboshimiz 
ham: «millatimiz hozir shakllanmoqda»,-deb bejiz ta'kidlab o'tmagan. 
 



Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish