Еkiston rеspublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi o`zb еkiston davlat jismoniy tarbiya instituti



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/117
Sana24.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#406722
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   117
Bog'liq
pdffox.com maruza-matni

9.
 
Yurtimiz hududida kechgan etnik jarayonlar. O'zbek xalqining shakllanishi 
O'zbek alohida etnik birlik (elat) boiib, O'rta Osiyoning markaziy viloyatlari -  Movarounnahr, 
Yettisuv, qisman sharqiy Turkiston-ning g'arbiy mintaqalarida shakllangan. O'zbek xalqining asosini 
hozirgi O'zbekiston hududida qadimdan o'troq yashab, sug'orma dehqon-chilik, hunarmandchilik bilan 
shug'ullanib kelgan mahalliy so'g'-diylar, baxtariylar, xorazmiylar,farg'onaliklar,yari'm chorvador 
qang'liklar, ko'chmanchi sak-massagetlar kabi etnik guruhlar tashkii etgan. Yuqorida nomlari keltirilgan 
etnoslar, asosan, turkiy va sharqiy fors-eroniy tillarida so'zlashganlar. Shuningdek, janubiy Sibir, Oltoy, 
Yettisuv, sharqiy Turkiston hamda Volga va Ural daryosi bo'yida turli davrlarda Movarounnahrga kirib 
kelgan etnik komponentlar ham o'zbek xalqi etnogenezida ishtirok etadilar. 
Miloddan avvalgi III asrda Sirdaryoning o'rta oqimida turkiy va so'g'diylar ittifoqi asosida tashk'il 
topgan Qang' davlati davrida Movarounnahr va unga tutash mintaqalarda iqtisodiy, siyosiy va 
etnomadaniy aloqalarning tobora rivojlanib borishi natijasida turkiyzabon etnoslar ustivorlik qilib, yangi 
turkiy etnoslardan biri — Qang'lar elati paydo bo'ladi va o'ziga xos uyg'unlashgan madaniyat shakllanadi. 
Arxeologik asarlarda bu madaniyat Qovunchi madaniyati nomini olgan. Antropolog olimlarning 
ta'kidlashicha,  aynan  mil.  aw.  Ш-П  asrlarda  O'rta  Osiyo  vodiy  va  vohalarida  yashovchi  so'g'diylar  va 
qang'arlarning tashqi qiyofalarida hozirgi, o'zbek va voha tojiklariga xos ikki daryo oralig'i antropologik 
tipi (qiyofasi) to'liq shakllanadi. 
Mil. aw. II asrning ikkinchi yarmida Sharqiy Turkiston hududlarida yashovchi turkiy etnik 
guruhlarning So'g'diyona, Baqtriya, Farg'ona vohalariga kirib kelishi sodir bo'ladi. Ular Xitoy 
manbalarida yuechjilar deb ataladi. Yuechjilar mahalliy hukmdorlar ustidan g'olib kelib, hokimiyatni 
egallaydilar va milodiy IV asrgacha davlat hokimiyatini boshqaradilar. Bir necha asrlik bu tarixiy jarayon 


davomida yuechjilar deb nomlangan turkiy etnik guruhlar mahalliy aholi bilan aralashib, qo'shilib 
ketadilar. 
Milodiy IV-V asrlarda O'rta Osiyo hududiga xioniylar, kidariylar, eftaliylar nomli turkiy etnik 
guruhlar kirib keladilar. Kushonlar sulolasi ag'darilib, hokimiyat awal kidariylar, keyinroq eftaliylar 
qo'liga o'tadi. Bu suronli tarixiy jarayonda O'rta Osiyoda yana etnik aralashuv yuz beradi. Tashqaridan 
kirib kelgan bu turkiy etnik guruhlar mahalliy aholi tarkibiga qo'shilib ketadilar. 
Milodiy VI asr o'rtalaridan boshlab O'rta Osiyo yerlarining Turk xoqonligi tasarrufiga o'tishi bilan 
bog'liq holda bu hududda sharqdan turli turkiy urug', qabilalarning kelib joylashishi va o'troqlashishi 
jarayoni yanada kuchayadi. Ayni paytda bu yerlarda o'rnashgan turkiy etnik guruhlar o'zlariga xos ko'plab 
milliy an'analar, udumlar va marosimlarni ham olib kelganlar. Bu esa, bir tomondan, bu hududda 
aholining aralashish-qo'shilish jarayoniga sezilarli tasir ko'rsatgan, bu yerda azaldan yashab kelgan 
aholining turkiy qatlami salmog'ining ko'payib borishiga bois bo'lgan. Ikkinchi tomondan, o'lka hayotida 
kechgan bu tarzdagi etnik o'zgarishlar, shu hududda yashagan xalq-larning bir-birlari bilan yaqinlashib, 
madaniy-ma'naviy aloqalarining o'zaro boyib, taraqqiy yetishiga ijobiy ta'sir ko'rsatib borgan. 
Turk xoqonligi hukm surgan Vl-VII asrlarda yurtimizning sharqiy, xususan Farg'ona, Shosh 
hududlariga turkiy etnosga mansub urug', qabilalarning kirib kelishi kuchayadi. Ularning ko'pchiligini 
qarluqlar tashkii etardi. VII asr o'rtalariga kelib Farg'ona vodiysining sharqiy va markaziy yerlarida 
qarluqlar mustahkam o'rnashib oladilar. Shuningdek, Toshkent vohasining tog'li va tog' oldi tumanlari 
aholisi tarkibining ancha qismini ham qarluqlar tashkii etgan. Ularning ko'pchiligi o'troq hayot kechirib, 
turli xil xo'jalik yuritish tizimini  yaratib borganlar. Ular yashagan joylar o'z orastaligi, obodonligi, 
gavjumligi bilan ajralib turgan. 
Yettisuv kengliklarida, Chu vodiysi, Issiqko'l tomonlarda ham qariuqlarning katta qismi yashagan. Chu 
vodiysi atroflarida ularning nisbatan rivojlangan shahar va qishloqlari mavjud bo'lib, ularda iqtisodiy va 
madaniy hayot darajasi bir muncha yuqori bo'lgan. Aholining ancha qismi dehqonchilik, hunarmandchilik 
savdo-sotiq singari kasblar bilan shug'ullangan. 
Turk xoqonligi davrida Yevroosiyo kengligida yashovchi bir qancha turkiy qabilalarning birlashib 
borishi natijasida yirik qabila ittifoqlari, katta-kichik davlatlar vujudga keldi. Xoqonlikning barcha hudud 
aholisiga tushunarli yozuv va til shakllanadi. Xoqonlik davrida tashkil topgan o'g'iz, uyg'ur, qipchoq, 
qirg'iz va boshqa etnik uyush-malar o'rta asrlar davomida vujudga kelgan bir qancha elatlarning 
shakllanishiga asos soladi. Hozirgi kunda Yevroosiyoda mavjud bo'lgan turkiy xalqlarning, jumladan, 
o'zbek xalqining etnogenezi xoqonlik davridagi turkiy dunyo bilan bevosita bog'liq va shuning uchun bu 
elatlar qondosh xalqlar hisoblanadi.' 
VIII asrdan arab va ajam xalqlarining O'rta Osiyoga kirib kelishi mintaqadagi etnik jarayonlarga 
katta ta'sir etmagan. Bu davrda aholi etnik tarkibida ma'lum bir o'zgarishlar bo'lsa-da, Movaroun-nahrdagi  
o'troq va yarim o'troq turkiyzabon so'g'diylar va Xorazmning tub yerli aholisi o'z hududlarida qolib, 
arablar hukm-ronligi ostida yashaganlar. 
IX  asrdan boshlab Movarounnahrda yaxlit turkiy etnik qatlam, jonli turkiy til muhiti vujudga kela 
boshladi va o'z navbatida so'g'diylar va boshqa mahalliy etnoslarda ham turkiylashish jarayoni 
jadallashgan. Bu davrda Movarounnahr va Xorazmda turkiy etnik qatlam kuchli asosga ega bo'lib, bu 
qatlam asosining aksariyat ko'pchiligini o'troq-lashgan turg'un turkiy etnoslar tashkil qilgan. 
Qoraxoniylar davrida X-XI asrlar Movarounnahr va Xorazmda siyosiy hokimiyat turkiy 
sulolalarga o'tishi munosabati bilan o'zbek xalqining shakllanishida yakuniy bosqich bo'ldi. 
X  asrning ikkinchi yarmidan boshlab, Qoraxoniylar davlati hu-dudining Turonzamin tomon kengayib 
borishi va buning natijasida  Somoniylar sulolasining inqirozga yuz tutib, butun Movarounnahr bo'ylab 
Qoraxoniylar hukmronligining o'rnatilishi jarayonida bu za-minga sharqdan ko'plab turkiy urug' va 
qabilalarning kelib joylashishi sodir bo'ldi. 
Agar awal boshda bu qavmlarga mansub aholi asosan Movarounnahr o'lkasining Farg'ona vodiysi 
yoxud Shosh vohalariga kirib kelgan bo'lsa, keyinchalik ular bu zaminning boshqa hududlarida ham 
o'rnashib, o'troqlashib bordi. Bu hoi, shubhasiz, yurtimiz aholisining etnik tarkibida jiddiy o'zgarishlarga 
olib keldi. Buning natijasida o'lkada yashab kelgan tubjoy aholi tarkibi, uning turmush tarzi, ma'naviy 
hayoti, milliy qadriyatlari sezilarli o'zgarishlarga ro'baro keldi, muhim yangiliklar bilan boyidi. Ayni 
chog'da aholi tarkibida yuz bergan qo'shilish jarayoni orqasida turkiy etnoslarning salmog'i va ta'siri ortib 


bordi. Kirib kelgan turkiy elatlar Turonzamin hududini makon tutib, bu yerdagi yerli aholi bilan 
qo'shilishib, ularning turmush tarzi, udumi, urf-odatlari, marosimlarini o'zlash-tirish, qabul qilish 
barobarida o'zlariga xos ko'plab betakror udumlaru qadriyatlarni, ma'naviyat sarchashmalarini o'lka 
hayotiga olib kirdi, singdirdi. Zotan, «Har qanday sivilizatsiya ko'pdan-ko'p xalqlar, millatlar, elatlar 
faoliyatining va samarali ta'sirining mahsulidir».1 Shu tarzda o'zbek xalqining shakllanishida muhim omil 
hisoblangan madaniy, ma'naviy, psixologik umumiylik tarkib topadi. 
Eng muhimi, xuddi shu asrlarda o'zbek adabiy tili uzil-kesil shakllandi. O'zbek tilining 
shakllanishida qarluq-chigil lahjasi muhim o'rin tutdi. O'zbek tilida umumbashariy g'oyalar va qarashlarni 
o'zida ifoda etgan ko'plab yuksak umrboqiy asarlarning yaratilishi buning yorqin isbotidir. O'zbek tilining 
yuksak badiiyjarangdorligi, boyligi va qudrati jihatidan o'sha davrda keng e'tirof topgan arab va fors-tojik 
adabiyotlaridan sira qolishmasligini ko'rsatadi. Xususan, Mahmud Qoshg'ariyning «Devoni lug'atit turk», 
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig», Ahmad Yugnakiyning «Hibatu! haqoyiq», Ahmad Yassaviyning 
«Hikmatlar» singari yuksak insonparvarlikg'oyalari ruhi bilan sug'orilgan baquwat asarlar bunga misol 
bo'la oladi. Taniqli yozuvchi A.Ibrohimov so'zlari bilan aytganda, «Barcha turkiy xalqlar davrasida faqat 
bizkim, o'zbeklar birinchi voris o'laroq Ahmad Yassaviy she'riyatini asliyatida - bevosita o'qiymiz, chunki 
Ahmad Yassaviy tili o'zbek adabiy tilining xalqchil va yorqin namunalandan biridir. Ahmad Yassaviy 
«Hikmatlar»i barcha o'zbeklar uchun xuddi shu zamonda yozilgandek tushunarli va yoqimlidir».l 
Shunday qilib, o'lkamizda uzoq yillar davomida yuz bergan etnik jarayonlar natijasida o'zbeklar 
IX-XI asrlarda etnik birlik -  xalq bo'Iib shakllanadilar. Uning asosini o'lkada muqim yashab kelgan tub 
joy aholi tashkil etadi. Kirib kelgan turkiy tilli etnik guruhlar ham o'zbek xalqining shakllanishida 
qatnashgan asosiy komponentlar hisoblanadi. Lekin ularning  soni mahalliy aholidan kam bo'lgan, ular 
turg'un aholi bilan aralashib, qorishib ketganlar. 
Keyingi davrlarda ham shakllangan o'zbek xalqi tarkibiga boshqa etnik guruhlarning kirib kelishi va 
qorishuvi davom etdi. 
XIII asrda Movarounnahr va Hurosonda mo'g'ullar bosqini va hukmronligi davomida etnik 
aralashuv jarayoni davom etdi. Mo'g'ullar bilan birgalikda ularga tobe qo'shni yurtlardan bir qator turkiy 
qavmlar-jaloirlar, barloslar, kavchinlar, arlotlar kabi turkiy urug', qabilalar bu yerga kelib o'rnashdilar. 
Jumladan, barloslar Qashqadaryo vohasiga joylashgan bo'lsa, jaloiriar esa ko'proq Ohongaron vodiysida 
qo'nim topdilar. Kavchinlar bo'lsa asosan Farg'ona vodiysi, Qoshg'ar hududlari bo'ylab joylashdilar. 
Arlotlar Surxon vohasi janubida va Afg'onistonning shimoliy mintaqasida o'rnashib, bu hududlarda 
yashovchi aholi tarkibiga singib ketdilar. 
O'rta Osiyoga kelib joylashgan mo'g'ul jamoalari ham asta-sekin o'troq hayotga o'tib, o'zlariga nisbatan 
ancha yuqori madaniyatga ega  bo'lgan yerli aholining urf-odatlari, udumlari, turmush tarzi, musulmon 
dini e'tiqodlarini qabul etib, ko'p hollarda ular bilan aralashib bordi. Ayniqsa, XIII asrning ikkinchi 
yarmidan boshlab bu hududda mo'g'ullarning islomni rasmiy din sifatida e'tirof etishi va unga e'tiqod 
qilishi,  shuningdek, ularning o'troq hayotga o'tib borishi, turkiy (o'zbek) tilda to'liq muomala yuritishi - 
bular o'zaro qo'shilish jarayonining muhim omili bo'ldi. 
Chig'atoy ulusi tilining rivojlanishi hamda keyinchalik Amir Temur va temuriylar davrida yuz 
bergan yuksak iqtisodiy va madaniy taraqqiyot natijasida Movarounnahrda adabiy til 
yanadatakomillashdi, bu til ilmiy adabiyotda «turkiy» yoki «chig'atoy turk» tili deb nom-langan. Ayniqsa, 
Alisher Navoiy davrida o'zbek adabiy tili rivojlanib, yuqori nuqtaga ko'tarildi. Ammo, xaiqning jonli tili 
ko'p dialektli bo'lib, adabiy til shakllanishidauchtaasosiy sheva—qarluq, qipchoq va o'g'izdialektlariasos 
bo'lgan. 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish