Еkiston rеspublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi o`zb еkiston davlat jismoniy tarbiya instituti



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/117
Sana24.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#406722
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   117
Bog'liq
pdffox.com maruza-matni

 
 
 


5. Baqtriyada davlat mustaqilligining tiklanishi 
Iskandar vafotidan keyin mil. av.  IV asr oxirlaridan to mil. av. Ill asr o'rtalarigacha Turonzamin 
hududlari  alohida  satrapiiklar  (bekliklar)  sifatida  Salavkiylar  sulolasi  tomonidan  idora  etiladi.  У 
Iskandaming iste'dodli sarkardalaridan bo'lgan Salavk va uning vorislari ikki daryo oralig'i (Tigr va 
Yefrat)dan tortib to O'rta Osiyo, Xitoyning g'arbiy chegaralari, shimoliy Hindistonga qadar bo'lgan katta 
hudud-larda o'z hukmronligini amalga oshirgan. Yunonlarning bu hududlarni boshqarishi, ularning 
xalqlarini itoatda tutishi g'oyatda murakkab sharoitlarda kechgan. Negaki, tabiatan erksevar Vatanimiz 
xalqlari yunonlar zulmi va asoratiga qarshi to'xtovsiz kurash olib borganlar. Buning oqibatida Salavkiylar 
davlati tobora zaiflashib, ichdan yemirila boradi./Mil. av. HI asro'rtalarigakelib, Turonzamin xalqlari 
salavkiylar hukmronligi ta'siridan xalos bo'lishga va o'z mustaqil davlat tuzilma-larini vujudga keltirishga 
muvaffaq bo'ladi. Shu bilan birga, yunonlarning sharqiy hududlarda xiyla uzoq davom etgan hukmronligi 
davomida yunon madaniyati bu hududlarga yoyilib, ayni paytda Sharq xalqlari madaniyati bilan o'zaro 
singishib, bir-birini boyitib bordiki, bu hoi ellinizm nomi bilan mashhur bo'ldtf Ellinizm madaniyati turli 
xalqlar madaniyatini o'zida mujassam etgan ilg'or tarixiy hodisa sifatida o'z davrida muhim ahamiyatga 
ega bo'lgan. 
Vatanimiz xalqlarining salavkiylarga qarshi ozodlik kurashi mu-vaffaqiyatli yakun topgach, 
Baqtriya salavkiylar saltanatidan ajralib chiqadi va mil.av. 250—  yilda uning davlat mustaqilligi qayta 
tiklanadi. Uning tarkibiga Baqtriya (hozirgi Qashqadaryo, Surxondaryo, Tojikiston janubi), So'g'diyona 
(Zarafshon vohasi), hozirgi Afg'onistonning shimoliy, Turkmanistonning sharqiy yerlari -Marg'iyona ham 
kirgan. Bu davlatning Yunon-Baqtriya deb atalishining boisi shundaki, uning markazi Baqtriya hududlari 
edi, hukmdorlari esa asosan yunon aslzodalari bo'lgan. Mustaqil Yunon-Baqtriya davlati unga asos 
solgan, o'zini shoh deb e'lon qilgan Diodot  I, uning o'g'li Diodot II davrlarida bir muncha yuksaladi. 
Bujarayon Yevtidem I va u boshlab bergan yevtidemiylar sulolasi boshqaruvi davrida yanada kuchayadi. 
Baqtriya davlati sarhadi keyinchalik Sharqiy Turkiston, Sharqiy Eron, shimoli-g'arbiy Hindiston, Sind 
o'lkasi hududlari-gacha kengaygan. Uning xo'jalik, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti ham ancha 
yuksak darajaga ko'tarilganligidan guvohlik beradi. Shimoliy Afg'onistonning Oyxonum, Tojikistonning 
Ko'hnaqal'a, Kaykubodshoh, Surxondaryo viloyatining Dalvarzintepa, Zartepa /Va boshqa joylarida olib 
borilgan arxeologik tadqiqotlar qadimda bu shahar - qal'alarda to'laqonii hayot tarzi hukm surganligidan, 
ularda savdo-sotiq, hunarmandchilik va boshqa kasb turlari ravnaq topgan-ligidan dalolat beradjj 
Chunonchi, yunon olimi Yusfin Yunon-Baqlriyani «ming shaharli davlat» deb bejiz ta'riflamagan. Bu 
davlatning poytaxti Baqtra nomi bilan atalgan. Bu shahar xalqaro karvon savdosi - Buyuk Ipak yo'lining 
muhim chorrahasida joylashgan-ligidan, unda savdo-hunarmandchilik sohalari bir muncha rivoj topgan. 
Mamlakatning Eron, Xitoy, Hindiston singari o'sha dawning rivoj-langan davlatlari bilan olib borgan 
savdo-tijorat munosbatlari asosan mana shu shahar orqali o'tgan. Shuningdek, eski Termiz, Marv, 
Kaykubodshoh, Ko'hnaqal'a, Marokanda (Samarqand) singari shaharlarning ham savdo-sotiqning yirik 
markazlari sifatidagi mavqeyi yuksak bo'lgan. 
Yunon-Baqtriya davlati o'zining pul birligiga ega bo'lgan. Oltin, kumush va misdan tanga pullar 
zarb etilib muomalaga chiqarilgan. Bundan tashqari bu mamlakatda turli xil don ekinlari, serunum 
yerlarida uzumzor bog'iar ko'p bo'igan, sharbatli mevalar yetish-tirilgan. Bu hoi unda dehqonchilik 
madaniyati o'sganligidan, sun'iy sug'orish inshootlari tizimi keng tarmoq otganligidan yaqqol dalo-latdir. 
Garchand Yunon-Baqtriya davlatida quldorlik munosabatlari mavjud bo'lsa-da, biroq unda erkin dehqon 
jamoalari mehnati salmoqli rol o'ynagan. Bu esa ishlab chiqarish jarayonlarining nisbatan tez o'sishiga, 
shaharlar hayotining rivojlanishiga muhim turtki bergan. 
Miloddan avvalgi II asr o'rtalariga kelib bir qator ichki va tashqi vaziyat taqozosi bilan yuz bergan 
keskin o'zgarishlar oqibatida Yunon-Baqtriya davlati tushkunlikka yuz tutdi. Buning muhim sabablaridan 
biri-  qo'shni Parfiya davlatining kuchayib ketishi va o'z hududlarini Yunon-Baqtriya hisobiga 
kengaytirishga intilishi bo'Idi. 
Bu hoi Yunon-Baqtriya davlatini mushkul ahvolga solib qo'ydi. Tez orada Hind yerlari hamda 
Solg'diyona uning tarkibidan ajralib ketdi. Mamlakatning shimoliy va sharqiy hududlanga esa sharqdan 
kelgan ko'p sonli katta yuechji qabilalarining hujumi  kuchayib, ular asta-sekin Farg'ona, Surxondaryo 
hududlari sari siljiy boradi^ Buning natijasida 120 yilcha mustaqil davlat sifatida mavjud bo'lgan Yunon-
Baqtriya davlaii halokatga uchradi. 


O'rta Osiyoda salavkiylar hukmronligining inqirozi natijasida mil.  av. Ill asr o'rtalarida vujudga 
kelgan mustaqil davlatlardan yana biri Parfiyadir. Bu davlatga Girkaniya (Kaspiy) dengizining janubi-
sharqida yashagan Saklarning ko'chmanchi parnlar (daxlar) qabilasining yo'lboshchisi Arshak asos 
solgan. Arshakiylar sulolasining uzoq hukmronligi uning nomi bilan bog'liq. Bu davlatning ilk poytaxti 
hozirgi Ashxabod shahri yaqinidagi qadimgi Nisodir. Bu shahar xarobalaridan topilgan juda ko'plab 
noyob topilmalar, osori atiqalar qadimgi Parfiyaning o'z davrida ancha taraqqiy etgan, moddiy va 
ma'naviy madaniyati yuksalgan davlatlardan biri bo'lganligidan dalolat beradi. Mohir sarkarda, usta 
diplomat Arshak Parfiyani dovrug'li davlatga aylantirish bilan birga uning hududlarini kengaytirishga 
ham salmoqli hissa qo'shgan. 
Arshak avlodlaridan Mitridat I davrida (mil. av. 170-138—  yil) bu davlat salavkiylar va 
Baqtriyaning katta hududlarini o'ziga qo'shib oladi. 155—yilda Midiya podshoiigi bosib olinadi. Mil. av. 
147—yilda esa mashhur Bobil shahri ham egallanadi. Mitradat II davriga kelib (mil.av. 123-88) Parfiya 
davlati qudrati benihoya kuchayib, u Rim imperiyasining Sharqdagi asosiy raqobatchisiga aylanadi. 
Davlat hududlari g'arbga tomon kengayib borganligidan, uning poytaxti ham Ktesafon shahnga 
ko'chirilgan. Mil. av. 40—yillarda Kichik Osiyo, Suriya va Falastin yerlari ham Parfiya qo'l ostiga o'tgan. 
Biroq tez orada Rim imperiyasi bu hududlarda o'z ta'sirini qayta tiklashga muvaffaq bo'lgan. Buning 
sababi Parfiya davlati ichida vujudga kelib kuchaya borgan mahalliy boshboshdoqlik, sulolaviy nizolar, 
so'ngra ko'chmanchi alanlarning hujumlari edi. Bular pirovard oqibatda, uning ichki zaiflashuviga, siyosiy 
beqarorligining kuchayishiga olib keldi. Boz ustiga, to'xtovsiz davom etgan tashqi va ichki urushlar 
mamlakatni holdan toydirib, uni halokatga duchor etdi. Milodning 207-222— yillarida Parfiya hukmdori 
bo'lgan Vologes V davrida saltanat ikkiga, ya'ni Mesopotamiya va Midiya davlatlariga ajraladi. Xuddi 
shu davrda Fors hududlarida yangidan vujudga kelib qudrati oshib borayotgan Eron sosoniylari davlati 
asoschisi. Ardasher IV 224—yilda Parfiyaga hal qiluvchi zarbalar berib, uning yerlarini Sosoniylar 
davlati tarkibiga kiritadi. 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish