11.
«O'zbek» atamasi va uning keng yoyilishi o'zgarishlar.
1.
Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharoitlari
Mehnat qurollarining takomillashishi natijasida yerga ishlov berish yaxshilanib, ekin maydonlari
kengayib, odamlarning mehnati unumliroq bo'lib bordi. Temirning kashf etilishi, undan yasalgan mehnat
qurollari qishloq xo'jaligi va hunarmandchilikningtez o'sishiga olib keldi. Odamlarning daryolarni bo'g'ib,
lo'g'onlar qurib, kanallar qazib yerlarga suv chiqarish imkoniyati kengaydi. O'rgatilgan ishchi hayvonlari
qo'shilgan temir tishli omochlar bilan yer haydashning o'zlashtirilishi hosildorlik oshishini, ko'proq
mahsulotlar ye-tishtirishni ta'minladi. Bu odamlar turmushini ancha yaxshiladi, umrini uzaytirdi, aholi
son jihatdan ko'payib bordi.
Urug'chilik munosabatlari ham o'zgarib boradi. Ikki urug' a'zolaridan tashkil topgan er-xotin - juft
oilalar vujudga keladi. Katta patriarxal oilalar urug' jamoalaridan ajralib chiqadi, ularga urug' jamoalariga
qarashli yerlardan chek yerlari ajratib beriladi. Shu tariqa urug1 jamoasining umumiy xo'jaligi oilalar
jamoasiga bo'linadi, Bunday oilalar jamoasi ishlab chiqarish jamoalari deb ham ataladi.
Katta oila jamoasining oqsoqoli bir vaqtning o'zida oila jamoasi uchun diniy va dunyoviy boshliq,
piru ustod va murabbiy bo'lgan. Urug' - qishloq oqsoqoli esa butun qishloq ahlining boshlig'i hisoblangan.
Oqsoqollar kengashi qo'lida diniy va dunyoviy hokimiyat jamlangan bo'lib, u jamoa faoliyatiga oid
barcha masalalarni hal qilgan. Mo'tabar shaxslarning topshiriq va buyruqlari jamoa a'zolari uchun
majburiy hisoblangan.
Ishlab chiqarish jamoalari tarkibini tashkil etgan har bir oila o'z xususiy mulkiga ega bo'lgan.
Xususiy mulkning kelib chiqishi, jamoalarning ishlab chiqarish qonun-qoidalari asosida tashkil topishi o'z
navbatida mulkiy tabaqalanishni keltirib chiqardi. Boylik, avvalo, jamoa oqsoqollari, harbiy boshliqlar,
mo'tabar shaxslar qo'lida to'plana boshladi. Ular yerning hosildor qismini egalladilar, ko'plab chorva
mollariga ega bo'ldilar. Oqsoqollar oila jamoalari, urug' va qabiia ishlarini boshqargani uchun jamoachilar
ularga yetishtirgan hosillarining, chorva mollarming bir qismini berishga majbur bo'lgan. Oqsoqollar o'z
iste'molidan ortib qolgan bunday mahsulotlarni mis, oltin, kumush buyumlarga ayirbosh qilganlar.
Qabilalar o'rtasida yaxshi yer va yaylovlar uchun, chorva mollari uchun urushlar kelib chiqqan.
Qabiladosh jangchilar urush harakatlariga boshchilik qilish uchun o'z harbiy yo'lboshchilarini saylaganlar.
Urushda qoMga kiritilgan o'ljaning ko'p qismi yo'lboshchiga hamda oqsoqolga bcrilgan. Shu tariqa,
oqsoqollar va yo'lboshchilar jamiyatda alohida, ustun mavqega ega bo'lib, ularni zodagonlar deb
atashgan. Keyinchalik, zodagonlar o'z o'g'iilariga nafaqat boyligini, mulkini, shuningdek, o'z
lavozimlarini ham meros qilib qoldirganlar. Zodagonlar jamoa, urug' va qabilalar ustidan o'z
hukmronligini o'rnatganlar.
Ishlab chiqarish jamoalarining paydo bo'lishi asta-sekin ortiqcha mahsulotlarni ayirboshlashni
hamda ijtimoiy mehnat taqsimotini keltirib chiqaradi. Jamoa a'zolari ishlab chiqarishning o'zlariga qulay
sohasini tanlab oladilar. Shu tariqa, dehqonchilikdan chorvachilik, keyinroq hunarmandchilik mustaqil
xo'jalik turlari sifatida ajralib chiqadi. Ayrim ishlab chiqarish jamoalari dehqonchilik bilan, boshqalari
chorvachilik yoki hunarmandchilik bilan shug'ullanadilar. Ular o'rtasida dehqonchilik, chorvachilik va
hunarmandchilik mahsulotlanni o'zaro ayirboshlash kengayib boradi. Bu esa, o'z navbatida, savdogarlar
tabaqasini, ilk shaharlarning muhim belgilaridan biri sifatida bozorlarni keltirib chiqaradi. Jamiyatning
ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tovar ayirboshlash yuz bcradi, dastlabki shaharlar paydo bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |