sovet tarixshunosligida, shuningdek, ayrim qo'shni davlatlarning mualliflari qarashlarida ham «o'zbek»
atamasini o'zbek xaiqining kelib chiqishi bilan atayin bog'lashga urinish hollari kuzatiladi. Bu esa mazkur
nozik masalani chalkashtirish yoxud suvni loyqalatishdan boshqa narsa emas, albatta. Yurtboshimiz
o'zining «Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q» asarida iriana bu so'zlarni bejiz ta'kidlab o'tmagan: «O'zbek nomi
qachon paydo bo'lgan? Sovet tarixshu-
noslarining yozishicha, ХУ1 asrda bizning zaminimizni Dashti
Qipchoq xonlari ishg'ol qilgandan keyin o'zbek nomi paydo bo'lgan emish. Axir, biz Movarounnahr deb
ataydigan ikki daryo oralig'ida ungacha ham xalq yashagan-ku! Yoki bu xalq boshqa millat bo'l-ganmi?
Mantiq qani bu yerda»1
Bu keskin va haqqoniy aytilgan so'zlarning ma'no, mazmunini chaqar ekanmiz, millatimiz
haqidagi bor haqiqatni bilishimiz, uning nomi bilan mazmun-o'zagi o'rtasidagi tafovutni aniq-tiniq
tasawur yetishimiz nechog'lik muhim ekanligi o'z-o'zidan ravshanlashadi. Ma'lumki, xalqimizning
«o'zbek» atamasi bilan nomlanishi XVI asr boshlariga to'g'ri keladi. Bu hoi, asosan, yurtimiz hududlariga
Dashti Qipchoqdan kattaoqim sifatida kirib kelgan o'zbek degan umumiy nomni XV asrda qabul qiigan
urug'lar va qabilalar hayoti bilan bog'liq yo'sinda yuz bergan. Negaki, ular bu zaminga kelib joylashib,
mahalliy aholi qatlami tarkibini boyitish, uning yuksak ma'naviyati, boy asriy qadriyatlarini o'zlashtirish
barobarida o'zlarining umumiy o'zbek nomini asta-sekinlik bilan shu hududda yashagan barcha aholiga
ham nisbat bera bordilar. Bu esa «o'zbek» atamasining shu davrdan e'tiboran butun Movarounnahr
bo'ylab keng yoyilishiga, bu yerdagi xalqning shu nom bilan atalishiga sabab bo'ldi. Biroq shu narsa
ravshanki, o'zbeklar, awalo, qaysi qabilaga mansub bo'lsalar shu nomni uzoq vaqt saqlab qolganlar. Hatto,
XX asrga qadar ham Turkiston o'lkasida ajdodiy-qabilaviy nomlar saqlanib qolganligi buni tasdiqlaydi.
Ammo bu degani o'zbek xaiqining kelib chiqishi faqat XVI asrda yuz bergan, degan ma'noni anglatmaydi.
Bu yerda gap faqat «o'zbek» iborasining etnik nom sifatida paydo bo'lgan vaqt xususida borayapti.
Vaholanki, o'zbek xalqi o'z mazmun, mohiyati, teran tomirlari bilan Turonzamin hududida juda qadim
zamonlardan buyon yashab kelganligi, boy tarix, olamshumul ahamiyatga molik ma'naviyat durdonalarini
ijod etganligi hammaga ma'Ium. Shu ma'noda Prezidentimizning: «Biz xalqni nomi bilan emas, balki
madaniyati, ma'naviyati orqali bilamiz, tarixining tag-tomirigacha nazar tashlaymiz»1, deb aytgan so'zlari
alohida ahamiyat kasb etadi.
«O'zbek» atamasi va uning kelib chiqishi, yoyilishi to'g'risida fikr yuritganda, bu masalaning yana
bir qator muhim jihatlariga e'tibor qaratish kerak bo'ladi. Negaki, bu ham o'sha xalqning ma'Ium ma'noda
o'ziga xos xususiyatlarini, tabiati, mazmuni, mohiyatini tushunishda asqotadi. Shu nuqtayi nazardan
qaraganda, «O'zbek» atamasining kelib chiqishi, uni xalqimizga nisbat berihshi xususida ham tariximizda
turlicha qarashlar va yondashuvlar mavjud. Zero, ularni ko'zdan kechirish, turli nuqtayi nazarlarni
taqqoslash va aniqlashtirish orqali ham xalqimiz tarixiga oid ko'p narsalarni oydinlashtirish, o'z tarixiy
xotiramizni yanada boyitib borishimiz mumkin bo'ladi. Ma'Ium bo'lishicha, «O'zbek» iborasi XIII-XIV
asrlarda yashab o'tgan o'sha davrning mashhur tarixchilari — Juvayniy va Rashididdin asarlarida ham
uchraydi. Mashhur bobokalonimiz, buyuk alloma va davlat arbobi Mirzo Ulug'bekning «To'rt ulus tarixi»
asarida ham «O'zbekiya», «O'zbeklar mamlakati» degan jumlalarga ko'zimiz tushadi. Bunda, bizning
nazarimizda, Dashti Qipchoqda yashagan urug', qabilalar yashagan joy, hudud nomlari ko'zda tutilgan
bo'lsa kerak.
Ba'zi manbalarda esa o'zbek nomi Oltin O'rda xonlaridan biri O'zbekxon (1312-1340) nomidan
olinganligiga ishora qilinadi. Rus olimlaridan A.Yakubovskiy, I.Ivanovlar ham shunday qarashga
moyillik ko'rsatadilar. Venger olimi Xerman Vamberi esa yanada qiziqroq ma'lumotni ilgari suradi:
«O'zbek» so'zining tub ma'nosi - «o'z-o'ziga bek, xo'jayin, mustaqil». Nima bo'lganda ham «O'zbek»
atamasi dastlab Dashti Qipchoqda yashovchi turkiy qabilalar qabul qilgan nom bo'lib, bu qavm,
elatlarning yurtimizga o'rnashishi, tubjoy aholi odamlari bilan taqdiran qo'shilishi jarayonida Turkistonda
yashagan aholining umumiy nomiga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: