Еkiston rеspublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi o`zb еkiston davlat jismoniy tarbiya instituti



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/117
Sana24.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#406722
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   117
Bog'liq
pdffox.com maruza-matni

7.
 
Saljuqiylar 
Saljuqiylar bu etnik nom emas, ular turkiy o'g'iz qabilalaridir. Ular Sirdaryo quyi etaklarida, Orol 
havzasida yashagan, ko'proq ko'chmanchi hayot kechirgan. «O'g'iznoma» kitobida naql qilini-shicha, 
o'g'iz urug'lari, qavmlari juda qadimiy tarixga ega bo'lib, ularga ilk bor O'g'izxon nornli buyuk shaxs 
boshchilik qilgan. IX asr oxiri X asr o'rtalariga kelib Orol bo'yi va Kaspiy shimolida O'g'iz urug'lari 
itlifoqi shakllangan. X asr oxirlarida Sirdaryo etagida poytaxti Yangikent bo'lgan o'g'izlar davlati tashkil 
topadi. XI asr o'rtalariga kelib bu davlat shimoliy sharqdan bostirib kelgan qipchoqlar zarbasiga uchraydi. 
Natijada, o'g'iz urug'larining bir qismi shimolga – dashtli hududlarga, bir qismi old Osiyo mamlakatlariga 
chekinadi, yana bir qismi esa hozirgi Turkmaniston hududiga o'tib, yerli aholiga qo'shilishib, turkmanlar 
norm bilan atalib ketadi. Tarixchi Rashiddidin, shuningdek, Mahmud Qoshg'ariy, Abul G'oziylarning 
ma'lumotlariga qaraganda, o'g'izlar 22 yoki 24 qabiladan, chunonchi, chavdir, emreli, ichdir, yazir, salir, 
qoradoshli, bayot, koyi, taturga va boshqalardan tashkil topgan. 
Sirdaryo quyi oqimida paydo bo'lgan o'g'iz davlatining dastlabki yobg'usi (podshosi) Saljuqbek 
(tahminan IX asr oxiri-X asr oxiri) bo'lgan. Uning avlodlari To'g'rulbek, Dovudbek, Chag'ribek va 
Shakarbeklar o'z davrlarida saljuqiylar shuhratini yuksakka ko'tardilar. 
Hozirgi Turkiya turklari, Iroq, Eronda yashovchi turkmanlar, shuningdek, gagauzlar, ozarbayjon 
xalqlarining shakllanishida saljuqiy Lurklarning roli va ta'siri alohidadir. 
Somoniylar hukmronligi davrida ularning ruxsati bilan saljuqiy qabilalar Zarafshon vohasiga, 
Nurotaning log'lr yerlariga kelib o'rnashib, chorvachilik bilan shug'ullanganlar. Keyinroq Movaroun-nahr 
hududlari qoraxoniylar sulolasi tomonidan egallanib, ularning chorvador xo'jaliklari bu yerlarni band 
etgach, saljuqiylarning yashash sharoitlari mushkullashadi. Shu bois, ular g'arbga tomon siljishga 
majburbo'Iadilar. XI asrning 20-30—  yillariga kelib saljuqiy urug'-qabilalarning hozirgi turkman yerlari 
orqali G'aznaviylar tasarrufidagi Xuroson o'lkasiga kirib borishi faollashadi. 1038—  yilda Saraxsda, 
1040—  yilda Dandanakonda bo'lib o'tgan hal qiluvchi urushlar davomida Saljuqiylar G'aznaviylarni 


yengib,  butun Xuroson yerlarini egallab, o'z davlati markazini shu hududga ko'chiradilar. Shu tariqa, 
Nishopur shahri Saljuqiylar poytaxtiga aylanadi. Saljuqiylar hukmdori To'g'rulbek egallangan Movaroun-
nahr va Xuroson hududlarini o'z avlodlari  -  Chag'rilbek  va Dovudbeklar tasarrufida qoldirib, o'zi 
g'arbga tomon harbiy yurishlarini davom ettiradi. To'g'rulbekning 1038-1063—  yillarni o'z ichiga olgan 
hukmronlik davri old Osiyo va Kichik Osiyoning katta hududlarini qo'lga kiritilganligi bilan tavsiflanadi. 
Bu davr mobaynida Saljuqiylar Gurgon, Tabariston, Xorazm, Ozarbayjon, Kurdtston hududlarini, 
hozirgi g'arbiy Eron viloyat-larining bir qismini, shuningdek, Fors, Kermon viloyatlarini egallaydilar. 
1055—  yilda esa xalifalik markazi Bag'dod ishg'ol qilinadi. Ayni  paytda, Vizantiyaning Kavkazdagi 
ta'siriga ham kuchli zarba beriladi. Shunday qilib, To'g'rulbek kuchli Saljuqiy sultonligiga asos soladi. 
Uning vorisi AIp-Arslon (1063-1072) ham jahongirlik yurishlarini davom ettiradi. Uning davrida O'rta 
Yer dengiziga qadarboigan Kichik Osiyo yerlari egallanadi. Endilikda Saljuqiylar saltanati 
Movarounnahrdan to O'rta Yer dengiziga qadar bepoyon hududlarga yoyiladi. 
Alp-Arslon mamlakat poytaxtini Nishopurdan Marvga ko'chiradi. U o'z podsholigi davrining katta 
qismini yana sharqqa -  Movaroun-nahrning Qoraxoniylar ta'sirida bo'lgan joylarini egallashga qaratadi. 
Shu maqsadda u Xorazm yerlarini, so'ngra Jand, Sabronni qo'lga kiritadi. Keyinroq Chag'oniyon va 
Xuttalon viloyatlarini bosib olish uchun qo'shin tuzadi. Biroq Alp-Arslon 1072—  yilda 200 minglik 
qo'shin bilan Amudaryo kechuvidan o'tish chog'ida kutilmaganda xalokbo'ladi 
Saljuqiylar davlati qudratining Movarounnahr va Xurosondagi eng kuchaygan payti Malikshoh 
(1072-1092) davriga to'g'ri keladi. Gap shundaki, xuddi shu yillarda Malikshoh va uning tadbirkor, dono 
vaziri Nizomulmulk tomonidan mamlakat hayotining ko'plab sohalarida juda muhim ijobiy o'zgarishlar 
amalga oshiriladi. Avvaio, Saljuqiylar davlatining Movarounnahrdagi maqomi yanada mustah-kamlanadi. 
Malikshoh muhim strategik ahamiyatga molik Balx va Termiz hududlarini Qoraxoniylardan qaytarib 
oladi. Shuningdek, Qoraxoniylar hukmdori Shamsulmulk vafotidan so'ng vujudga kelgan qulay 
vaziyatdan foydalanib, 1089— yilda katta qo'shin tortib Buxoro va Samarqandni egallaydi va yangi xon 
Ahmadni asir qiladi. Garchand tez orada Ahmad Qoraxoniylar xonligi taxtiga qaytarilgan bo'lsa-da, biroq 
amalda Qoraxoniylar Saljuqiylarga tobe bo'lib qoladi. 
Maiikshoh davrida davlat hokimiyatining kuchayishida dono vazir Nixomulraulk (1017-1092) roli 
benazirdir. Katta huquq va kcng vakolatlarga ega bo'lgan birinchi vazir markaziy hokimiyatni 
kuchaytirishga, davlat amaldorlarining mas'uliyati, javobgarligini oshirishga, davlatning moliya, soliq va 
boshqa boshqaruv tizimlarini takomillashtirishga alohida ahamiyat beradi. U o'zining bu boradagi yuksak 
salohiyati va tajribasini umumlashtirib, mashhur «Siyosat-noma» asarini yozadi. Bu kitob katta shuhrat va 
e'tirof qozonib, mana, necha asrlardirki, Sharq va G'arb mamlakatlarining davlat arboblari, vazim 
vuzarolari uchun siyosat bobida muhim dasturulamal qo'llanma vazifasini bajarib kelmoqda. 
Nizomulmulkning rahnamoligi va tashabbusi bilan Bag'dod, Ni-shopur, Hirot, Balx, Marv kabi 
shaharlarda oliy madrasalar ochilib, ularda juda ko'plab o'qimishli yoshlarning ta'lim-tarbiya olishi yaxshi 
yo'lga qo'yiidi. Mamlakat shaharlarining hunarmandchilik va savdo-sotiq, karvon savdosi markazlari 
sifatidagi mavqeyi kuchayib, xalqaro Ipak yo'lining roli ortib bordi. 
Bu davrda «iqto'» tizimi kuchli rivojlangan  bo'lib, uning bilan bog’liq mulkiy munosabatlar qishloq 
xo'jaligi sohasida yetakchi mavqe egallagan. 
Saljuqiylarning eng so'nggi hukmdori Sulton Sanjar (1118-1157) davrida bu davlatning ham 
yuksalishi, ham halokatga yuz tutishi o'ziga xos murakkab, ziddiyatli davrbo'lganidan darak beradi. 
Negaki, bu yillarda Saljuqiylar hukmronligi Xuroson va Mova-rounnahrda yanada 
mustahkamlandi. Qoraxoniylar hukmdorlari amalda ularga tobelik maqomiga tushib qolgan edi. Ayniqsa, 
1130—  yilda Sanjar tomonidan bu sulolaning asosiy hayotiy markazlari Samarqand, Buxoroning 
egallanganligi (garchand bular yana Qoraxoniylarga qaytarib berilgan bo'lsa-da) fakti ham fikrimizni 
isbot etadi. Bu davrda Xorazm yeriari ham amalda Saljuqiylar ta'sirida bo'lib, Xorazmshohlar, masalan, 
Qutbiddin Muhammad, Otsiz rasman ularga itoat etardilar. 
XI asrning 40— yillariga kelib Saljuqiylar davlatining mavqeyi susaya boshlaydi. Bunda, ayniqsa, 
Sharqdan bostirib kelgan Qoraxitoylar bir vaqtning o'zida ham Qoraxoniylarga hamda Saljuqiylar 
saltanatiga  katta xavf soladi. Sulton Sanjar va Qoraxoniylar xoni Mahmudning birlashgan qo'shini 
1141—  yilda Samarqand yaqinidagi Katvon cho'lida Qoraxitoylar bilan bo'lgan hal qiluvchi jangda 


qaqshatqich mag'lubiyatga uchragach, Movarounnahr yerlari Qoraxitoylar qo'li ostiga o'tadi. Saljuqiylar 
katta hududlarga egalik qilish huquqidan mahrum bo'ladi. 
Qoraxitoylar esa Movarounnahrni ishg'ol etish barobarida, bu yerdagi sulolalar hukmronligini 
yiqitmay, ularni o'zlariga vassal qilish, muntazam boj, xiroj olib turish sharti bilan kifoyalandilar. 
Shuning uchun ham Qoraxoniylar, Xorazmshohlar va boshqalar Bolasog'unda turuvchi Qoraxitoylar 
hukmdori Gurxonga kelishilgan miqdordagi xiroj-o'lponni yuborib turishga majbur edilar. 
Sulton Sanjarning keyingi taqdiri ham favqulodda holatda kechdi. U 1153—  yilda Balx 
viloyatining tog'ii hududida ko'chib yuruvchi g'uz qabilalarining g'alayonlarini bostirish chog'ida 
kutilmaganda asirga tushib qoladi. U uch yil davomida g'uzlar qo'lida asirda bo'ladi. Bu vaqt ichida 
g'uzlarning Xuroson va Movarounnahrning janubiy-sharqiy yerlariga bosqinlari tez-tez takrorlanib turadi. 
Faqat 1156—  yildagina Sulton Sanjar tutqunlikdan qutulishga muvaffaq bo'ladi va bir—  yildan 
so'ng vafot etadi. lining o'limi bilan bir vaqtda o'z davrida qudratli bo'lgan markazlashgan Saljuqiylar 
dav'lati-yu, lining shon-u shuhrati ham so'nadi. Bu davrga kelib Kermon o'z mustaqilligiga erishadi. Fors 
va Ozarbayjon hududlarida mustaqil davlatlar paydo bo'ladi. Xuroson ham Saljuqiylar tobeligidan 
chiqadi. Arab xalifaligi o'zining avvalgi mustaqilligini tiklaydi. Ayni chog'da, Kichik Osiyo hududida 
Saljuqiy turklarning uzil-kesil joylashuvi jarayoni kuchayadi hamda ularning mustaqil davlat tuzilmalari 
vujudga kelaboradi. Bular, keyinchalik, Usmonli turklar davlatining tarkib  topib, mustahkamlanishida 
muhim asos bo'lib xizmat qiladi. 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish