8.
Xorazmshohlar.
Xorazm vohasi o'zining qulay strategik va jug'rofiy mavqeyi hamda qadimdan rivojlangan hudud
bo'lganligidan, u Markaziy Osiyo mintaqasida turli davrlarda kechgan muhim tarixiy jarayonlarda alohida
o'rin tutib, o'z muayyan ta'sirini o'tkazib borgan. Vatanimiz hududida miloddan awalgi so'nggi ming yillik
boshlaridagi ilk davlatchilik tuzilmalari ham shu hududda vujudga kelgan. Milodning turli bosqichlarida
ham Xorazmshohlar sulolasi nomi bilan hukmronlik qilgan hukmdorlarxonadoni tarixdan ma'lum. Bular:
305-995 yillarda afrig'iylar xonadoni, 995-1017— yillarda ma'muniylar (Ma'mun Ibn Muhammad, uning
o'g'illari Ali ibn Ma'mun va Ma'mun ibn Ma'mun), 1017-1034— yillarda esa Oltintoshiylar (Oltuntosh,
Horun, Handon) sulolalari Xorazmshohlar unvoni bilan davlat boshqaruvini amalga oshirganlar.
Biroq ming taassufki, XJ asrning boshlarida yuz bergan tarixiy jarayonlar taqozosi bilan Xorazm
davlati tanazzulga uchrab, zaif-lashib, mintaqaning boshqa sulolalari, chunonchi, awal boshda
G'aznaviylar hukmronligi (1017-1044), undan so'ng Saljuqiylar boshqaruvi ta'siriga tushib qolgandi.
Shuningdek, XI asrning 40— yillarida sharqdan bostirib kelgan ko'p sonli Qoraxitoylar ham Xorazm
yerlarini ishg'ol etib, bu hududlardan belgilangan miqdordagi xiroj to'Iovlarmi olish huquqini qo'lga
kiritgandilar. Binobarin, XI asr ikkinchi yarmiga kelib Xorazm oldida yangidan mustaqillikka erishish
vazifasi ko'ndalang bo'lib turardi.
Bunda shuni ta'kidlash joizki, Xorazmning qaytadan musta-qillikni qo'lga kiritishi, hududiy
jihatdan kengayib, butun-butun o'lkalarni o'z tarkibiga kiritib, qudratli saltanat darajasiga ko'tari-lishi,
so'ngra uning pirovardida inqirozgayo'liqishi - bu jarayonlar yangi sulola - Anushteginlar sulolasi (1097-
1231) nomi bilan uzviy bog'fiqdir.
Xususan, saljuqiy hukmdorlardan Malikshoh (1071-1092) davrida katta obro' - martabaga
erishgan harbiy lashkarboshi Anushteginning Xorazm hukmdori etib tayinlanishi hamda ko'p o'tmay
uning Xorazmshoh unvoniga sazovor bo'lishi — bu Xorazmning mustaqillikka erishishidajiddiy qadam
bo'lgan edi. 1097— yilda uning o'rniga Xorazm taxtiga o'tirgan va Xorazmshoh unvoni sohibi Qutbiddin
Muhammad o'lka mustaqilligini ta'minlashda muhim rol o'ynagan. Qutbiddin Muhammad ham
Saljuqiylar hukmronligini tan olgan holda Xorazmni idora qildi. Biroq shunga qaramay, o'lkaning
hartomonlama rivojlanishi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy yuksalishi uchun ham muhim imkoniyatlar topa
bildi.
Xorazm mustaqiiligini ta'minlash, lining sarhadlarini kengay-tirishda Qutbiddin Muhammadning
o'g'li Jaloliddin Otsiz (1127-1156)ning roli alohidadir. Negaki, u Qoraxoniylar kuchsizligidan va
Saljuqiylar zaifligidan foydalanib, o'z davlati qudratini yuksaltira bordi. Uning П41-— yilda oltin
tangalar zarb ettirib, muomalaga chiqarishi ham Xorazm mustaqilligining muhim belgisi bo'lgan.
U Qoraxitoylar bilan kelishib, ularga har yili 30 ming dirham miqdorda o'lpon to'lash sharti bilan
amalda o'z davlatining ichki mustaqiiligini ta'minlaydi.
Xorazmning mustaqil davlat sifatidagi ravnaqi, hududlarining benihoya kengayib borishida
Alovuddin Takashning o'rni va roli katta bo'lgan. Uning hukmronlik davrida (1172-1200) Xorazm
vohasida katta ijobiy o'zgarishlar yuz berdi. Yangidan qad rostlagan o'nlab shaharlarning
obodonlashuvidan tashqari ularning savdo-sotiq, hunarmandchiiik, karvon savdosi bobidagi dovrugli
yanada ortdi, qishloq xo'jaligi, ziroatchilik tarmoqlari rivojlandi, ko'plab kanallar, suv inshootlari barpo
etildi. Bunday ijobiy jarayonlar Alouddin Muhammad Xorazmshoh (1200-1220) davrida ham davom
ettirildi. Ayni zamonda o'ziga xos markaziy va mahaliiy davlat boshqaruvi tizimi vujudga keltirilib,
takomillashtirib borildi. Bu esa mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotini mustahkamlash, uning ichki
taraqqiyotini ta'minlash hamda izchil tashqi siyosat olib borishda muhim ahamiyatga ega bo'rdi.
Anushteginlarning davlat boshqaruvi ham ikki tizimdan: dargoh va devonlar majmuidan iborat bo'lgan.
Dargohda Ulug' hojib mansabi alohida o'rin tutgan. U hukmdorning xos kishisi sanalib, lozim
bo'lgan hollarda vazirlar faoliyatini ham nazorat qilgan. Hojiblar hukmdor nomidan davlat ahamiyatiga
daxldor muhim masalalarda muzokaralarolibborganlar. Dargohdagi yanabir oliy lavozim Sohibi ustozdor
hisoblangan. Xazina mablag'lari butunlay uning tasarrufida bo'lgan. Dargoh hayotiga oid ko'plab asosiy
masalafar ustozdor nazorati ostida hal etilgan. Davlatdagi Tashtdor lavozimi ham muhim sanalib, u
sultonning sirdosh kishisi hisoblangan. Tashtdor hukmdorning maxfiy sirlaridan ogoh boiib, doimo u
bilan bahamjihat holda faoliyat yuritgan. Oliy lavozimlardan yana biri -Qissador bo'lib, u Sulton nomiga
kelgan arz, shikoyatlarni yig'ib, o'rganib, ularni hukmdor hukmiga havola qilib borgan. Dargohdagi
xizmat turlari ichida Chashnigir - sultonga beriladigan ovqat, ichimiiklarni tekshiruvchi, Jomador,
Davatdor (kotib), Sharobdor, Bayroqdor (amiri alam), xizmatkorlar boshlig'i (Maliki havas) kabi vazifalar
ham alohida ko'zga tashlanib turadi. Ijroiya ishlari devonlar (vazirliklar) tomonidan amalga oshirilgan.
Ayniqsa, bunda Bosh vazir katta mavqega ega bo'lib, u faqat hukmdorga bo'ysungan. Mansabdorlarni
ishdan olish, ishga tayinlash, maosh, nafaqa tayin-lash, xazina va soliq tizimini nazorat qilish, mahaliiy
vazirlar hisobotini olish va shu kabilar uning vakolatida bo'lgan .
Devonlar ham o'z vakolatlari doirasida faoliyat yuritganlar. Masalan, insho yoki tug'ro devoni
rasmiy hujjatlar, yozishmalarni tuzish bilan shug'ullangan. Shuningdek. moliya ishlari bilan istifo devoni,
davlat nazorati tadbirlari bilan ishrof devoni, harbiy ishlar bilan Devoni arz yoki Jaysh shug'ullangan.
Sulton xonodoni hayotiga, iqtisodiyotiga legishli yana bir muhim devon mavjud bo'lib, u Devoni xos
nomi bilan atalgan.
So'nggi Xorazmshohiar davrida harbiy sohaga alohida ahamiyat berilgan. Bunda bir necha yuz
minglik qo'shindan tashqari oliy hukmdorning maxsus shaxsiy gvardiyasi (Haros) katta mavqega ega
bo'lgan. Sulton Muhammadning shaxsiy gvardiyasi 10 ming nafar kishidan tashkil topgan. Harbiy
qismlarda Harbiy nazoratchi, sipohsalor, sohibi jaysh (viloyat qo'shini boshlig'i), Amir ul-umaro, Malik
(10 ming qo'shin boshlig'i), Chovush (chopar), Josus (razvedkachi), Askar qozisi kabi mansablar ham
mavjud bo'lgan.
Takash va Muhammad Xorazmshohlarning katta qo'shin tuzib boshqa mamlakatlar, ellarni bosib
olish, ularni o'z tasarruflariga kiritish borasida olib borgan ko'p yillik istilochilik yurishlari, bir tomondan,
Xorazmshohiar saltanati shuhratini oshirib, uning hududlarmi benihoya kengaytirishga olib kelgan bo'lsa,
ikkinchi tomondan esa, bu hoi pirovard oqibatda bu davlatning chuqur ichki tushkunlikka, tanazzulga
yo'liqishiga ham sabab bo'ldi.
Jumladan, Takash XII asrning 80-90— yillardagi istilochilik yurishlari davomida Saraxs,
Nishopur, Ray, Marv kabi muhim shaharlarni ishg'ol etgan.
Takash vafotidan so'ng davlat hukmdori bo'Igan Alouddin Muhammad Xorazmshoh davrida ham
mamlakat hududlari kengayishda davom etadi. Bu vaqtga kelib Xorazmshohlar davlati hududlari janubi-
g'arbga qarab Xormuz, Fors qo'ltig'i, Iroq yerlariga qadar yoyiladi. lining tarkibiga 400 dan ziyod.
shaharlar kirardi. Xorazmshoh Bag'dod xalifaligini qo'lga kiritish uchun ham intilgan. Bu esa butun
musulmon olamining unga nisbatan qahr-u g'azabiga sabab bo'Igan.
Muhammad Xorazmshoh 1211— yilda qoraxitoylarni uzil-kesil quvib, Xorazm dovrug'ini
ko'targanidan so'ng, u o'ziga ortiqcha bino qo'yib, o'zini "Iskandari Soniy", "AHohning yerdagi soyasi"
deb ulug'lashni buyuradi. Garchand Xorazmshoh o'zini qanchalik ko'klarga ko'tarmasin yoxud
bosqinchilik urushlari olib bormasin, biroq mamlakatning chuqur ichki ziddiyatlar va tanazzulga duchor
bo'lganligini qayd etmasdan bo'lmaydi. Shohning katta qo'shin tuzib, to'xtovsiz olib borgan besamar
Do'stlaringiz bilan baham: |