Еkiston rеspublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi o`zb еkiston davlat jismoniy tarbiya instituti


-mavzu. MO'G'ULLAR ISTILOSI VA ZULMIGA QARSHI KURASH. JALOLIDDIN



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/117
Sana24.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#406722
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   117
Bog'liq
pdffox.com maruza-matni

5-mavzu. MO'G'ULLAR ISTILOSI VA ZULMIGA QARSHI KURASH. JALOLIDDIN 
MANGUBERDI – VATAN HIMOYACHISI. 
l.  Chingizxon boshchiligida mo'g'ullarning Movarounnahrga bosqini. Ozodlik kurashi.    
     Jaloliddin Manguberdi 
2.  Chig'atoy ulusining tashkil etilishi, uning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayoti 
3. XIII-XIV asrning birinchi yarmida O'rta Osiyo xalqlarining madaniy hayoti 
 
l.Chingizxon boshchiligida mo'g'ullarning Movarounnahrga bosqini. Ozodlik kurashi. Jaloliddin 
Manguberdi 
O'z dovyurakligi, ustamonligi, makkorligi bilan mashhur bo'lgan Temuchin (1155-1227) XII 
asrning oxirlariga kelib, nafaqat, mo'g'ullarning ko'p sonli urug'-qabilalarini, shu bilan birga ular bilan 
yonma-yon yashab kelgan ko'plab turkiy elatlar, chunonchi, jaloyirlar, oyratlar, qaraitlar, naymanlar, 
qoraxitoylar, qirg'izlar, uyg'urlar, qarluqlar va boshqalarni ham birin-ketin bo'ysundirib, kuchli davlatga 
asos soldi. Bu davlat harbiylashgan tizimga asoslanganligi bilan ajralib turardi. Qo'shinlarga: o'n 
jangchiga bir boshliq —  o'n boshi, shuningdek, yuz boshi, ming boshi va tumanboshilar boshchilik 
qilardi. Tuman deganda o'n minglik qo'shingina  emas, balki shu qo'shin safmi doimiy to'ldirishi kerak 
bo'lgan butun bir tuman, ya'ni besh —  o'n ming o'tovli yoki 50 mingga yaqin aholisi bo'lgan hudud 
nazarda tutilardi. Har bir shunday tumanga tayin qilingan tumanboshi faqat o'n ming jangchining 
qo'mondoni bo'libgina qolmay, ayni zamonda o'z tasarrufidagi minglab fuqarolarning taqdirini ham hal 
etuvchi hokimi mutlaq hisoblanardi. Mazkur tumandagi barcha sudlov, jinoiy-javobgariik va fuqarolik 
ishJari ham to'laligicha iming tasarrufida bo'lgan. 
Temuchin  oliy hokimiyat murvatini o'zining o'g'illari va eng yaqin kishilariga topshiradi. 
Jumladan, uning yaqin safdoshlaridan Subitoy, Xubiloy, Jebe, farzandlari: Jo'jixon, Chig'atoy, O'qtoy, 
Tulixonlar birinchi bo'lib tuman sohiblari bo'Iganlar. 
Temuchinning mo'g'ullarning ulug' xoqoni sifatidagi o'rni va mavqeyini har jihatdan mustahkamlash, 
bunga qonuniy tus berishda 1206—  yili poytaxt Qoraqurumda bo'lib o'tgan umummo'g'ul Qurultoyi 
alohida ahamiyatga molik bo'ldi. Qurultoyda Temuchin barcha mo'g'ul -  tatar xonlarining ulug' xoni 
(qooni) deb e'lon qilindi va unga Chingizxon laqabi berildi. (Chingizxon laqabi turli mualliflar tomonidan 
turlicha, chunonchi, «kuchli», «qudratli», «toza» yoki dengizlar (Dengizxon), okeanlar hukmdori va 
xokazo ma'nolarda talqin qilinib kelinadi). Qurultoy tomonidan qabul qilingan «Yaso» hujjati (mo'g'ullar 
davlatining asosiy qonunlari majmuasi) ulug' xon hokimiyatini yanada mustahkamladi. «Yaso» mo'g'ul 
jamiyatidagi mulkiy tengsizlik ifodasi sifatida ko'zga yaqqol tashlanadi. U yangi paydo bo'lgan hukmron 
tabaqa - tarxonlarga katta imtiyozlar berilishini ko'zda tutardi. 
Chingizxon ulug' xoqon deb e'lon qilingan birinchi kundayoq o'zining eng yaqin kishilaridan 95 
nafarini bahodur, mingboshilar etib tayinlaydi va bir necha ming kishiga tarxonlik yorliqlari beriladi. 
Chingizxon, ayni paytda, 10 ta oliy hokimiyat lavozimlarini ta'sis etadi va mingta «dovyurak» 
jangchilardan tarkib topgan shaxsiy gvardiya tuzadi (Keyinchalik uning soni 10 ming kishiga yetkaziladi). 
Butun mamlakatda kuchli temir intizom, qattiqqo'l tartib o'rnatilib, jangovar harbiy safarbarlik ishlari avj 
oldirib borildi. Bu hoi Chingizxonning xorijiy ellarni zabt etishdan iborat o'z oldiga qo'ygan yovuz, 
agressiv maqsadlarini tez orada amalga oshirishga imkon yaratib berdi. 
XIII asr boshlariga kelib Chingizxon qo'shni davlatlar va xonliklarni birin -  ketin bosib olishga 
kirishadi. Agar 1206— yilga qadarbepoyon G'o'bi sahrosidagi qavm - qabilalar itoatga keltirilgan bo'lsa, 
1206  -  1211—  yillar davomida Sibir va Sharqiy Turkiston xalqlari(buryat, yoqut, oyrat, qirg'iz va 
uyg'urlar) bo'ysindiriladi. Mo'g'ul sarkardasi Xubiloy Yettisuvning shimoliy hududlarini ishg'ol etib, 
bevosita Xorazmshohlar davlati chegaralariga yaqinlashib boradi. 1211—  yilda uyg'urlar yeri istilo 
etilgach, Chingizxon Xitoyga hujum boshlaydi. 1215—  yil boshlariga kelib Shimoliy Xitoy poytaxti 
Pekin ishg'ol etiladi. 1217—  yilda Xuanxe daryosining shimolidagi barcha yerlar mo'g'ullar tasarrufiga 
o'tadi. Ayni chog'da, 1218— yilga kelib g'arb tomonda Yettisuv hududining qolgan qismi ham egallanib, 
mo'g'ullarga tobe bo'ladi. Endilikda Chingizxonning asosiy bosh maqsadi -  uning jahonga hukmron 
bo'lishiga katta to'g'onoq bo'lib turgan buyuk Xorazmshohlar qo'shinini tor-mor keltirib, uning yerlarini 
o'z qo'l ostiga kiritish edi. 


Bu davrda Xorazmshohlar davlatining ichki ijtknoiy-siyosiy ha-yoti g'oyatda murakkab, ziddiyatli 
kechayotgandi. Bu davlat tashqaridan ulug'vor, keng hududlarga yoyilgan, qudratli saltanat tarzida 
ko'rinsa-da va uning hukmdori Muhammad Xorazmshoh o'zini «Iskandari soniy», «xudoning yerdagi 
soyasi» deb bilsa-da, biroq, haqiqatda esa, Xorazmshohlar siilolasi ichdan yemirilishga, tanazzulga yuz 
tutgan edi. Awalo, oliy hokimiyat boshqaruvida chuqur ixtiloflar hukm surardi. Bir tomondan, 
Muhammad yurgizayotgan rasmiy siyosatga nisbatan uning onasi Turkon Xotun va uning qavmlaridan 
iborat nufuzli siyosiy kuchlar doimiy muxolifatchilik munosabatida bo'lib kelardi. Ikkinchi tomondan, 
mahalliy hududlar beklari va hokimlari ham markaziy hokimiyat bilan hisoblashmay, o'zboshim-chalik 
qilar, xalqqa haddan ziyod jabr - zulm o'tkazardi. Bu davrda Xorazmshohlar davlati oliy devonida ham, 
mahalliy hokimlar, amaldorlar o'rtasida ham poraxo'rlik, xoinlik, sotqinlik holatlari avj olib 
borayotganligi sir emasdi. Uchinchidan, xalqning hokimiyatdan noroziligi ko'plab g'alayonlarni keltirib 
chiqarmoqda edi. Bunday qaltis vaziyat, shubhasiz, mamlakat birligiga raxna solib, uni tobora zaiflash-
tirayotgan edi. 
Buning ustiga, Muhammad Xorazmshohning xalifalik hududlarini qo'lga kiritish da'vosi bilan 
1217— yilda Bag'dod sari qo'shin tortishi ham xalifalik hukmdorlarini qahr-u g'azabga keltirgandi. Hatto, 
xalifa an-Nosir Chingizxonga elchilar orqali maxsus noma yo'llab, undan yordam so'raydi, mo'g'ul 
qo'shinlarini Movarounnahr mulklariga bostirib kirishiga ham ishora qiladi. 
Chingizxon qo'shni davlatdagi barcha sir-u sinoatlardan to'liq xabardor edi. U Xorazm davlatidan 
Mo'g'ulistonga qatnaydigan bir guruh yirik savdogarlardan iborat o'z josuslik mahkamasini tashkil qilib, 
ular xizmatidan foydalanib kelardi. Mahmud Yalavoch, Hasan Xoja, Yusuf O'troriy singari kishilar shular 
sirasiga kirardi. Shu bois, Chingizxon va uning o'rdasi Xorazmshohlar davlatida kecha-yotgan barcha 
ziddiyatli voqealardan, uning zaif nuqtalaridan xabardor edi. Chingizxon barcha vositalarni ishga solib, 
kerak bo'lsa shuhratparast shoh Muhammadni tinchlantirib, amalda Movarounnahr ustiga yurishga puxta 
hozirlik ko'radi. 1218— yili Chingizxon amri bilan Xorazm davlatiga 500 tuyada qimmat baho sovg'alar, 
tillo-kumush bisotlar, savdo mollari ortilgan, asosiy tarkibi musulmon savdogarlaridan iborat 450 kishilik 
karvon yuboriladi. Karvon O'trorga keladi. O'tror hokimi Inolchiq(G'oyrxon) karvon ahlining mo'g'ul 
josuslari ekanini fahmlab, Xorazmshohning maxsus farmonini kutmay uni yo'q qilishga buyruq beradi. 
Shu tariqa, karvon butunlay talanib, qirg'in qilinadi. Chingizxon uchun endi Movarounnahrga bostirib 
kirish fursati yetgan edi. Bu vaqtga kelib Chingizxon va uning lashkarboshilari tasarrufida 200 ming 
kishilik jangovar qo'shin tayyor holga keltirib qo'yilgandi. 
Chingizxon qo'shinining hujumi xavfi yaqinlashib kelayotgan-ligini Muhammad Xorazmshoh va uning 
arkoni davlati ham yaxshi bilardi. Shoh muayyan harbiy tayyorgarliklar ko'rish, shaharlarning mudofaa 
istehkomlarini mustahkamlash, qo'shinlar safini ko'pay-tirish harakatida bo'ldi. Biroq asosiy harbiy 
strategik masalalarda u o'ta nodonlik va kaltabinlik qiladi. U o'zining sarkarda o'g'li Jaloliddin, Xo'jand 
hokimi, dovyurak bahodir Temur Malik singari yetuk kishilarning harbiy kuchlarni asosiy nuqtalarda 
to'plab, dushmanga hal qiluvchi zarbalar berish kerakligi to'g'risidagi to'g'ri, dono maslahatlariga ham 
quloq solmadi. Sulton o'z qo'shinlarini turli shaharlarda alohida holda joylashtirish va mudofaadan iborat 
xato taktikani ma'qul ko'rdi. 1219—  yilda Chingizxonning son-sanoqsiz qo'shinlari mamlakatga bostirib 
kira boshlagach, Xorazmshoh o'z tinchi, halovatini ko'zlab, mamlakat taqdirini o'z holiga tashlab, yaqin 
xesh-u aqrabolari bilan janubga tomon qochishni ma'qul ko'rdi. Bunday holat tez orada butun mamlakat 
uchun fojiali oqibatlarga olib keldi, yurt himoyachilari taqdiri, ruhiyatida o'chmas, asoratli iz qoldirdi. 
Xalqning sog'lom, vatanparvar kuchlari esa yurt ulug'-larining bunday ikkilanishi, xiyonatiga  qaramay, 
muqaddas ona zaminni ko'krak kerib himoya qilish, bosqinchilarga qarshi qahramon-larcha kurashga 
tashlandilar. Bu mislsiz jang-u jadallarda ufarning qancha - qanchasi o'zlarini yurt ozodligi uchun qurbon 
qildilar. 
Mo'g'ullarning birinchi hujumiga  duchor bo'lgan hudud O'tror bo'ldi. Chingizxon va uning 
lashkarining o'trorliklardan alohida qasdi bor edi. Negaki, Chingiz yuborgan savdo karvoni huddi shu 
yerda saranjom qilinganligi ularning yodidan ko'tarilmagandi. Chig'atoy va O'qtoyning son-sanoqsiz 
kuchlari shahar qal'alariga bosqin uyushtirgan kezlarda o'trorliklar ularga qarshi mardonavor jang qildilar.  
Shahar aholisi G'oyrxon va Qorachor bahodirlar yetakchiligida tengsiz du'shman bilan uzoq vaqt jon 
berib, jon olishdilar. Shahar mudofaasi 5 oydan ziyod davom etdi. Xalq qarshiligi to'xtovsiz davom etdi. 
Biroq oxir-oqibatda shahar dushman tomonidan egallandi. Mirzo Ulug'bekning «To'rt ulus tarixi» 


kitobida ta'kidlanganidek: «... O'trorning butun aholisini sahroga haydab chiqdilar va qatl qildilar. ...O'tror 
xisorini qo'lga kiritib, yer bilan barobar qildilar. Tirik qolganlardan, raiyat va hunarmandlaming 
ba'ziiarini hibsga oldilar, ba'zilarni esa qul qilib haydadilar».! 
Mo'g'ul bosqinchilari Movarounnahrning boshqa hududlarida ham ko'z ко'rib, quloq eshitmagan 
yovuzliklarni sodir etdilar. Buning yaqqol ifodasini ularning gullab-yashnagan Buxoro, Samarqand, 
Xo'jand singari shaharlar va ularning aholisiga nisbatan qilgan behad yovuzliklari misolida ham ko'rish 
mumkin. Masalan, Chingiz qo'shini 1220—  yilning fevralida musulmon Sharqining yirik islom markaz-
laridan sanalgan Buxoro ustiga balo-qazodek yopirilib keladi. Buxoro xalqi bir necha kun davomida 
dushmanga matonat bilan qarshilik ko'rsatadi. Bu esa Chingizxonni darg'azab etadi. Natijada, u shaharni 
yakson qilish, boyligini talash, xalqini qirg'in qilishga buyruq beradi. Buxoro qamali 12 kecha-yu kunduz 
davom etdi. Mo'g'ullar yondi-rilgan, kuli ko'kka sovurilgan shaharni egallagach, ko'ngiilariga kelgan 
noma'qulchiliklarni amalga oshirdilar, shahar himoyachilari butunlay qirib tashlandi. 
Chingizxon galalari 1220—  yil mart oyida eng yirik va obod shaharlaridan biri Samarqandni 
qo'lga kiritish uchun barcha makko-rona tadbirlarni qo'lladilar. Atrof joylarni oldin bosib olib, shaharni 
tashqi dunyodan ajratishga harakat etdi. Boshqa bahodirlar qo'shinidan qo'shimcha kuchlar chorlab, uch 
kunlik qattiq jangdan so'ng Chingizxon qo'shini shaharga yorib kirishga va uni butunlay o'ziga 
bo'ysundirishga erishadi. 
Mo'g'ul istilochilariga qarshi ulug( ajdodlarimizning qahramo-nona kurashida Xo'jand 
himoyachilari ko'rsatgan favqulodda jasorat alohida o'rin tutadi. Temur Malik boshchiligidagi mudofaa 
kuchlari qariyb 5 oy davomida ko'ksini qalqon etib, yovuz dushman hamlasini daf etib, behisob qurbonlar 
berib o'z yurtini himoya qildilar, ilojsiz qolgan paytdagina olov ichida yonayotgan shahar qal asini tark 
etdilar. Shunda ham Temur Malik bir qism dovyurak, qo'rqmas jangchilari bilan Sirdaryoga yo'nalib, 
maxsus orolda joylashib dushmanga zarba beradi. Nihoyat, ular maxsus  kemalarda mo'g'ullar hujumiga 
bardosh berib, yo'1-yo'lakay jang qilib, Xorazm sari harakatlanadilar. Xalq qahramoni Temur Malikning 
bundan keyingi vatanparvarlik faoliyati Xorazm va ona yurtning boshqa hududlarini himoya qiluvchilar 
safida davom etdi. 
Mamlakatning Buxoro, Samarqand, Xo'jand singari yirik markazlarining qo'ldan ketishi 
Xorazmshoh va uning arkoni davlatini shu qadar larzaga soldiki, buning natijasida, hukmdor o'z saltana-
tining janubi-g'arbiy hududlari bo'ylab chekinib bordi. O'zining kaltabin siyosati, qat'iyatsizligi, 
qo'rqoqligi orqasida kechagi «qudratli» hukmdor endilikda ojiz-u notavon bir kimsaga aylanib qoldi. 
Ilojsiz qolgan shoh oxiri Kaspiy dengizidagi Ashura oroliga qochadi. O'sha yerda katta o'g'li Jaloliddinni 
taxt vorisi etib tayinlab, 1220— yilning dekabrida xor-u zorlikda vafot etadi. 
Jaloliddin Manguberdi Gurganchga yetib kelib, shahar mudofaasiga kirishadi. Lekin 
Gurganchdagi Qipchoq amirlari Turkon xotunning akasi Xumorteginni sulton deb e'lon qilib, Jaloliddin 
Manguberdiga  qarshi suiqasd uyushtirmoqchi bo'ladilar. Bundan xabar topgan Jaloliddin Temur Malik 
boshchiligidagi 300 suvoriy bilan Gurganchni tark etib, Xurosonga ketishga majbur bo'ladi. 
Xorazm poytaxti Gurganch mudofaasi ham mo'g'ullar istilosi tarixining alohida bir fojiali sahifasi 
bo'lgan, desak xato bo'lmaydi. 1221—  yil boshlarida Jo'ji, Chig'atoy va O'qtoy askarlari Gurganchga 
hujum boshlaydilar. Gurganch qamali 6 oy davom etdi, hadsiz-hisobsiz qurbonlar berildi. Shahar 
egallangach, mo'g'ullarning bu yerda sodir etgan mislsiz yovuzliklarini bayon etishga qalam ojizlik qiladi. 
Barcha erkaklar, bolalar qilichdan o'tkaziladi. Xotin-qizlar qip-yalang'och qilinib, bir-biri bilan urishishga 
majbur etiladi, so'ngra mo'g'ul jangchilari tanloviga beriladi, qolganlari qirib tashlanadi. Hech kimga 
shafqat ko'rsatilmaydi. Shaharning o'zini yer bilan yakson qilish uchun Amu to'g'oni ochib yuborilib, 
Gurganch suv ostida qoladi. Shahardagi uzoq asrli ma'naviyat durdonalari, qimmatli qo'lyozmalar, 
kitoblar saqlanib kelgan kutubxonalar, barcha noyob osori-atiqalar yer bilan yakson etiladi. 
Muhammad Xorazmshohning o'g'illari: O'zloqshoh va Oqshohlar ham mo'g'ullar tomonidan asir 
olinib, qiynab o'ldiriladi. Podshoh bilan ko'p yillar muxolifatchililcda bo'lib, yiirtning parokandalikka, 
chuqur ziddiyatlarga yo'liqishiga sababchi bo'lgan, o'ziga haddan ziyod bino qo'ygan, saltanat ichida 
saltanat qurgan Turkon Xotun qismati ham fojiali yakun topadi. U ham mo'g'ullar tomonidan asir olinib, 
behisob mol-u dunyosi talanib, o'zi Mo'g'ulistonga haydab ketiladi. Tarixiy manbalarda Turkon 
Xotunning Chingizxon xotinlaridan biriga cho'ri sifatida tortiq qilingani aytiladi. 


Movarounnahrning asosiy shaharlarini bosib olgan, behisob boyliklarga ega bo'lgan mo'g'ullar 
1221—  yil davomida Xuroson o'lkasi  hududlari tomon hujum boshlab, birin-ketin Balx, Termiz, Marv, 
Nishopur, Hirot, Mozandaron singari boy shaharlar, qal'alarni bosib oldilar. Biroq shuni aytish joizki, 
mo'g'ul bosqinchilari Movaroun-nahr va Xuroson yerlarini osonlikcha qo'lga kiritgan ernaslar. Ular bu 
yerlarda mahalliy xalq va uning qo'rquv bilmas, sheryurak farzandlarining tillarda doston bo'lgulik 
mardlik jasoratlariga duch keldilar, katta talofatlar berdilar. Shu o'rinda Xorazmshohning to'ng'ich o'g'li, 
jasur lashkarboshi JaloJiddin Manguberdi faoliyatiga to'xtalib o'tmoqlik joizdir. U mo'g'ullar istiiosi 
boshlangan kundanoq doimo yurt himoyachilari tomonida turdi, ularga rahnamo bo'ldi. Ona Vataniga 
bo'lgan cheksiz mehr hissi, farzandlik burchi uni shu qadar elga mashhur qildiki, hatto uning nomini 
eshitgan Chin-gizxonning ham sochi tik bo'lib, yuzi tundlashar, uni qo'lga tushi-rish, yo'q qilish chora-
tadbirfarini izlardi. 
Jaloliddin Manguberdi ancha yillar ilgari G'azna, Voliyon, Guch, Bust va Hindiston 
hududlarigacha bo'lgan yerlarga hokim etib tayinlangan edi. Shu bois, G'azna tomon yurdi, yo'lda 
ko'pgina qo'shin boshliqlari Sulton Jaloliddinga qo'shildi. Sulton Jaloliddin Niso, Qandahorda mo'g'ullar 
qo'shinini tor-mor etib, G'aznaga yetib keldi. Jaloliddin Manguberdi katta qo'shin to'plab, Valiyon qal'asi, 
Parvon tekisligida mo'g'ul qo'shinlari bilan jang qilib, ularni tor-mor etadi. 
Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi shaxsan o'zi qo'shin tortadi. 1221—  yil 25-noyabrda 
Sind (Hind) daryosi bo'yida tengsiz jang bo'ladi. Bu jangda Jaloliddin Manguberdi ko'rsatgan jasoratga 
mo'g'ul hukmdorining o'zi ham tan berib, lol qolgan. Bu hayot -mamot jangida Xorazm bahodiri, uning 
yigitlari arslonlardek jon berib, jon olardi. «Qaysi tomonga ot choptirmasin, tuproqni qonga bo'yar edi. 
Agar bu jangni Zolning o'g'li ko'rsa edi, u sulton Jalol (uddin) ning qo'lini o'pgan bo'lardi».1 
Chingizxon lashkari hisobsiz bo'lsa-da, uning jang maydonidagi asosiy kuchlari parokanda holiga 
tushib qolgandi. Biroq pistirmadagi 10 ming nafar sara lashkar jangni Chingizxon foydasiga hal qiladi. 
Nochor, tang ahvolga tushib qolgan Jaloliddin qora to'riq otiga minib, so'nggi bor mo'g'ullarga hamla 
qilib, so'ng ot jilovini ortga tortadi. Sovutini yelkasidan tashlab, otiga qamchi bosadi va balandlikdagi 
qoyadan o'zini Sind daryosiga otadi. Jaloliddin bahaybat daryo to'l-qinlarini shiddat bilan kesib o'tib 
narigi sohilga o'tib oladi. Uning 4000 jangchisi ham bunga muvaffaq bo'lishadi. Hozirgi paytda ham bu 
daryoning bir tomoni «Ot sakrar», narigi tomoni «Cho'li Jaloliy» deb ataladi. 
Jaloliddin o'zining botir jangchilari bilan yana o'n yil davomida goh Afg'on va Hind, goh Eron 
yoki Kavkazorti hududlarida paydo bo'lar, yangidan xalq lashkarlari jamlab, mo'g'ul bosqinchilari zulrni 
va hukmroniigiga qarshi tinimsiz jang qilar, xalq erki, ozodligi yo'lida sabot bilan kurashardi. 
Jaloliddin goh zafar quchdi, goh mag'lubiyat alamini tortdi, biroq kuchli dushman oldida bosh 
egib, mag'lub bo'lmadi. Lekin ne ko'rgilikki, Jaioliddin Manguberdining aziz umri yovlar bilan jang 
maydonida, yakkama-yakka olishuvda emas, balki bir alamzada qurdning banogoh tig'idan xazori bo'ldi. 
Bu mudhish voqea 1231-yilning 17-20-avgustlarida Ozarbayjon hududlarida sodiretildi. 
Jaloliddinning el -  ulus, vatan ozodligi va mustaqilligi yo'lidagi fidoyiligi, mislsiz jasorati 
mangulikka daxldordir. Istiqlol nashidasini surayotgan mustaqil O'zbekistonda ulug' ajdodlar ruhining 
e'zozla-nayotgani, jumladan, Jaloliddin Manguberdi qutlug' tavalludining 800 yillik yubileyi 
mamlakatimiz miqyosida keng nishonianganligi ham buning yaqqol ifodasidir. 
Shunday qilib, mo'g'ul istilochilari qisqa davr ichida goh beadad qirg'inliklar keltirish, goh 
mahalliy xalqlar orasida g'ulg'ula, xavf-xatar solish, yoxud ular orasidagi xiyonatkor, sotqin unsurlarni 
ishga solish orqasida Movarounnahr va Xuroson yerlarini egallab, bu hududlarga mislsiz moddiy va 
ma'naviy zarar yetkazib, o'z hukm-ronligini o'rnatishga muvaffaq bo'ldilar. Kechagina gullab-yashnagan 
vodiylar, yam-yashil, obod qishloqlar, suv inshootlari, to'g'onlar yakson etildi, ekin maydonlari 
suvsizlikdan qovjirab qoldi. Buyuk Ipak yulining shuhrati so'ndi, shaharlar hayoti fayzsiz bo'lib qoldi. 
Xalqning ko'p asrlik ma'naviy bisoti, noyob osori atiqalari, qadri-yatlari oyoqosti qilindi. 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish