3.
XIII-XIV asrning birinchi yarmida O'rta Osiyo xalqlarining madaniy hayoti
Bosqinchi yovlar azaldan yuqori sivilizatsiya o'chog'i sanalgan, ulug' ajdodlarimiz aql-zakovati va
donishmandligi bilan yaratilgan yuksak moddiy va ma'naviy madaniyat, betakror obidalar, osori-atiqalar
makoni bo'lgan bu azim yurtni qanchalik xonavayron etmasinlar, biroq xalq irodasini, uning buyuk
bunyodkorlik, ijodkorlik salohiyatini so'ndira olmadilar. Aksincha, bu yurtning mag'rur va erksevar
kishilari, bir tomondan, muqaddas Vatan tuyg'usini dillariga mustahkam jo aylab, ozodlik va mustaqillik
yo'lida jonbozlik bilan kurash olib borgan bo'lsalar, ikkinchi tomondan esa, ular asriy xalq an'analari,
udumlariga sodiq qolib, yaratuv-chilik ishlari bilan mashg'ul bo'lganlar. Zero, o'lmas xalq dahosi bu
davrda ham yangi-yangi salohiyatli ijodkorlar avlodini yetishtira borgan. Shu boisdan sahroyi mo'g'ullar
xarobazorga aylantirgan kultepalar o'rnida ko'p o'tmay yangidan ko'rkam shaharlar, me'morchilik
obidalari qad rostlab, hayot yana yangidan izga tushib bordi. Mahalliy xalq orasidan yetishib chiqqan
ajoyib me'morlar, naqqosh-u hunarmandlar sa'y-harakati, mahorati bilan betakror moddiy madaniyat
namunalari yaratilib, bundan o'lka hayoti o'zgacha fayzu manzara kasb etib bordi. Bu davrda bunyod
etilib, gavjum savdo-sotiq, hunarmandchilik markazlariga aylana borgan Andijon, Qarshi, Urganch,
qaytadan ta'mirlanib chiroy ochgan, oldingi mavqeyini tiklagan Samarqand, Buxoro, Shosh, Termiz
singari shaharlar, ularning o'ziga xos me'morchilik qiyofasi shundan dalolat beradi. Ko'hna Urganchda
qad ko'targan, balandligi 62 metrli ulug'vor minora XIII asr arxitekturasining noyob yodgorligi
hisoblanadi. Samarqanddagi Shohizinda majmui, Buxorodagi Bayonqulixon, Ko'hna Urganchdagi
Najmiddin Kubro, To'rabekxonim, Muhammad Bashar maqbaralari, Xo'janddagi Tubaxon maqbarasi va
shu singarilar XIV asrning nodir me'moriy yodgorliklari sirasiga kiradi.
Xalq amaliy san'ati, kulolchilik namunalari, sirli naqshinkor sopolli idishlar, shu jumladan,
ko'zalar, chinni buyumlar, uy-ro'zg'or ashyolari, binolar peshtoqiga bitilgan, san'at darajasidagi nastaliq
bitiklari - bular O'rta Osiyo moddiy madaniyatining XIII-XIV asrlarda ham rivojlanishda davom
etganligidan darak beradi. Bu davrda ilm-fan, ayniqsa, tarixshunoslik rivojida ham muayyan yutuqlar
qo'lga kiritildi. Tarixshunos Juvaniyning «Tarixi jahongusha» (Jahon fotihi tarixi), Rashididdinning
«Jomeut-tavorix» («Yilnomalar majmuasi») asarlari mo'g'ullar istilosi va hukmronligi davri tarixini
chuqur o'rganishda qimmatli manbalardan hisoblanadi.
Shuningdek, o'lkada badiiy adabiyot sohasi ham sezilarli taraqqiy etdi.Jumladan, XIII asrning
ikkinchi yarmi hamda XIV asrning birinchi yarmida yashab, ijod etgan yurtdosh daho shoirimiz Pahlavon
Mahmud ijodi bu jihatdan ibratlidir. Uning tug'ilgan yili noma'lum bo'lib, vafot etgan davri manbalarda
1322— yil deb ko'rsatiladi. U hunarmand oilada dunyoga kelgan. O'zi ham po'stindo'zlik bilan
shug'ullangan, o'z zamonasining ilg'or, ma'rifatparvar kishilaridan bo'lgan. Pahlavon Mahmud nomi bilan
zikr qilingan barcha tazkiralarda u g'azal, ruboiy janrlarida samarali ijod qilgan shoir sifatida tilga olinadi.
Biroq, Mahmudni elga mashhur etgan, avlodlar ehtiromiga sazovor qilgan omil, bu, eng awalo, uning
otashnafas ruboiylaridir. Shoirning ijtimoiy, falsafiy qarash-lari ham uning ruboiylari mazmunida aks
etgan. Umuman, Pahlavon Mahmud she'riyatida keng ma'nodagi hayotiy voqealar, insoniy kechinmaiar,
chuqur axloqiy, falsafiy qarashlar ifodalanganki, bu hoi shoirning o'z davrining ijtimoiy-siyosiy
jarayonlariga faol muno-sabatda bo'lganidan dalolat beradi.
XIII asr oxiri va XIV asr birinchi choragida Turkistonda kechgan adabiy jarayonni Burhoniddin
o'g'li Nosiriddin Rabg'uziy ijodisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Ayniqsa, uning qalamiga mansub «Qisasi
Rabg'uziy» asari adib nomini asrlar osha sarbaland etib kelmoqda. Bu asar ilk o'zbek nasrining dastlabki
Do'stlaringiz bilan baham: |