3. O'rta Osiyo xalqlari arablar istilosi va hukmronligi davrida
VI asrning o'rtalariga qadar Arabiston yarim orolida yashagan qabila, urug'larning hayot tarzi
qoloq bo'lib, ularning mutlaq ko'pchiligida ibtidoiy-patriarxal tuzum munosabatlari hukm surgan.
Ko'chmanchi badaviy oilalari, urug'lari o'z chorva mollari uchun yer-suv, o'tloq qidirib keng sahrolar
bo'ylab kezib yurganlar. Faqatgina yarim orolning Qizil dengizga tutash Hijoz vohasi va janubiy
Yamanda ahvol birmuncha boshqacharoq bo'lib, bu hududlarda arab qabilalari asosan o'troq hayot
kechirgan, savdo-sotiq, hunar-mandchilik ham ancha rivoj topgan edi. Ayniqsa, Hijozning bosh shahri -
Makka xalqaro karvon savdosining muhim markazi hisoblangan. Makkalik quraysh qabilasi
savdogarlarining turli mintaqalar bilan bog'langanligi, savdo-tijorat va hunarmandchilik ishlarining
kuchayib borishi pirovardida tarqoq arab qabila, urug'larini birlashtirish va markazlashgan kuchli davlat
tuzishda yetakchi o'rin egallashiga imkoniyat yaratdi. Makka aholisi tevaragida ko'chmanchi arab qabil
alarm ing birlashuvi jarayoniga turtki bergan yana bir muhim omil - bu shu yerlik quraysh qabilasining
hoshimiylar urug'idan chiqqan payg'ambarimiz Muhammad Sallalohu alayhi vassaHam nomi bilan
bog'liq holda keng yoyila boshlagan islom dini va ta'limoti bo'ldi.
Muhammad binni Abdullah (570-632) iiayotining oxirlariga kelib 630—yilda ko'p sonli arab
qabilalarining islom bayrog'i ostida birlashuvi negizida yagona davlatga asos soldi. Muhammad (s.a.v.)
632— yilda vafot etgach, uning eng yaqin safdoshi Abu Bakr Siddiq xalifa deb e'lon qilindi. Shu tariqa,
Arab xalifaligi tashkil topdi.
Mazkur choriyorlar hukmronligi davrida xalifalik tarkibiga Shorn, Iroq, Yaman va boshqa
hududlar qo'shib olindi. Ummaviylar davrida (661-750) Arab xalifaligi hukmronligi shu qadar katta
hududlarga yoyildiki, uning tarkibiga G'arbda Misr, shimoliy Afrika yerlari, Andalusiya (hozirgi
Ispaniya), shimoli-sharqda Kichik Osiyoning katta qismi, Eron va shimoli-g'arbiy Hind sarhadlari kirar
edi.
VII asr o'rtalariga kelib xalifalik e'tibori O'rta Osiyo yerlarini bosib olishga qaratiladi. 651— yilda
arablar jangsiz Marv shahrini egallaydilar, so'ngra Amudaryogacha bo'lgan hududlar istilo qilinadi.
Arablar bu hududlarni Xuroson deb ataydilar. Bu viloyat Arab xalifasi tomonidan tayinlanadigan noib
orqali boshqariladi. Noib qarorgohi Marvda joylashgan edi. Arablar Amudaryodan shimoldagi boy
viloyatlarni istilo etishga tayyorgarlik ko'radilar. Bu yerlarni arablar Movarounnahr, ya'ni daryoning
narigi tomoni deb ataganlar. Vatanimiz sarhadlarida arablar istilosi jarayoni ikki bosqichda amalga
oshirilganligini ta'kidlab o'tmoq joizdir. Uning birinchi bosqichi -VII asrning ikkinchi yarmiga to'g'ri
keladi. Bu davrda ayrim arab lashkarboshilari qo'shini Amudaryo atrofidagi hududlarga bir necha bor
hujumlar uyushtirib, bu yerlarning boyliklarini talab, ma'lum o'ljalarni qo'lga kiritib, ortga qaytganligini
kuzatish mumkin. Bundan ko'zda tutilgan asosiy maqsad - bu hududlarni yaqin kelajakda bosib olishga
tayyorgarlik ko'rish edi. Masalan, arab lashkarboshilari Ziyod ibn Abu So'fiyonning 654—yilda
Maymurg'ga, 667— yilda Chag'oniyonga, 673—yilda uning o'g'li Ubaydulla ibn Ziyodning Amudan o'tib
Poykand, Romiton yerlarini egallashi, so'ngra Buxoro hukmdorini yengib, o'z foydasiga sulh tuzib, katta
xazina, boyliklarni qo'lga kiritishi va nihoyat, 675-676— yillarda Said ibn Usmonning yangidan Buxoro
va Samarqand tomon qo'shin tortib kelishi va mahalliy hukmdorlarni yengib, katta boylik va ko'p sonli
asirlar bilan Arabistonga qaytib ketishi - bular O'rta Osiyo hududlarini egallash borasidagi dastlabki
urinishlar edi.
O'lkamizni bosib olishning ikkinchi, hal qiluvchi bosqichi VIII asrning birinchi choragiga to'g'ri
keladi. Xususan, 704—yilda Qutayba ibn Muslimning Xuroson noibi etib tayinlanishi bilan uning
zimmasiga butun O'rta Osiyo hududlarini uzil-kesiJ bosib olish vazifasi yuklanadi. Qutayba 707—yilda
Amudaryodan o'tib Poykandni egallash sari harakatlanadi. Arablar mahalliy xalq qarshiligini yengib
shaharni qo'iga kiritadilar, uning boyliklarini talaydilar. Kesh, Nasaf ham og'ir janglar bilan fath etiladi.
710—yilda Qutayba mahalliy hukmdor-larning o'zaro kelishuvi va ittifoqiga izn bermay, So'g'dning bosh
shahri - Samarqandni bosib olishga tayyorgarlik ko'radi. Shu orada Xorazm shohi Chag'on o'z ukasi
Nurzod boshchiligida ko'tarilgan xalq qo'zg'olonidan qo'rqib, 711—yilda yordam so'rab Qutaybaga
murojaat qiladi. Qutayba qulay vaziyatdan foydalanib Xorazmga yurish boshlaydi. Nurzod tormor
qilinadi va o'Idiriladi. Biroq Xorazmshoh bundan hech narsa yutmaydi. Aksincha, u o'z mustaqilligini
yo'qotib, xalifalikka tobe bo'Iib, uning bojdoriga aylanadi. Chag'onning qo'shini Qutaybaning harbiy
yurishlarida ishtirok etishga majbur etiladi.
712—yilda Qutayba Samarqandga hujum qiladi. Bu paytda Samarqand hukmdori G'urak edi.
G'urak arab qo'shinlariga qarshi jang qiladi, ammo kuchlar teng bo'lmaganligi sababli yengiladi. Qutayba
bilan G*urak (709-738) o'rtasida tuzilgan Shartnomaga binoan u arablarga bir yo'la 2 ming, yiliga esa 200
ming dirxam hisobiga boj to'lash, 30 ming baquvvat yigitlarni qul o'rnida berishi ko'zda tutilgan edi.
Buning ustiga Samarqandning eng gavjum mavzesi - Afrosiyob kelgindi arab aholisi uchun turarjoy
sifatida beriladi. Uning tub aholisi esa o'z joyidan mahrum etiladi. Arab qo'shini 713—yilda Sirdaryo
orqali yurish boshlab O'rta Osiyoning sharqiy hududlarini egallashga kirishadi. Qutayba shu yurishi
davomida Choch viloyati, Farg'ona vodiysini egallaydi, ko'p o'tmay o'lkaning boshqa hududlari ham
birin-ketin ishg'ol qilinadi. Shu tariqa, qirg'inbarot janglar oqibatida arablar Movarounnahr deb nom
bergan Vatanimiz hududlari bosib olindi. Bosib olingan hamma viloyatlarga arablardan amirlar
tayinlandi.
Arablar istilochilar sifatida bu hududda mahalliy aholiga nisbatan mislsiz zulm va zo'ravonlik
o'tkazdilar. Xalq tomonidan asriar davomida yaratilgan noyob moddiy va ma'naviy boyliklar, osori
atiqalar talandi, yakson qilindi. Mahalliy yozuvlarda bitilgan son-sanoqsiz nodir kitoblar, qo'l yozmalar
yondirildi. Zardushtiylik, buddizm dinining ko'plab ibodatxonalari, muqaddas qadamjolari kunpayakun
etildi.
Ulug’ bobokalonimiz Beruniy o'zining «O'tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida achchiq alam
bilan ta'kidlaganidek, arablar mahalliy din, san'at, adabiyot namoyandalarini, olimlarni o'ldirdilar,
asarlarini esa olovda yondirdilar. So'ngra ular ajdod-larimizning bebaho boyligi hisoblangan mahalliy
yozuvlar, tarixiy hujjatlarni yo'q qildilar. Musulmonchilik diniga, islom aqidalariga zid keladigan jamiki
narsalar ularning nazarida g'ayritabiiy hoi hisoblanib, ayovsiz yo'q qilindi. Bularning o'rniga arablar
aholidan olingan mo'may daromadlar, to'lovlar evaziga hashamatli, serviqor masjid-u madrasalar,
xonaqoiar, maqbaralar Ьафо etib odamlarni ularga da'vat etdilar. Yurtimiz jilovini qo'lga olgan arab
hukmdorlari xalqqa zulm-u sitamni kuchaytirish maqsadida turli xil soliq IX asr arab tarixchisi
Xo'rdodbehning ko'rsatishicha, xalifalikka faqat xiroj solig'i hisobiga So'g'd viloyati 326 ming, Farg'ona
280 ming, Shosh 607 ming, Ustrushona 50 ming dirham soliq to'lagan. Buxoroga belgilangan xiroj solig'i
miqdori bulardan ham ko'p bo'lgan. Shu boisdan istilochilar «kuch xirojda» deb bejiz aytmaganlar.
Mahalliy aholi ko'zda tutilgan soliqlarni muntazam to'lab borishga majbur etilgan. Bordiyu bunga
qurbi yetrnasa o'sha shaxsning yeri, mulki tortib olinib, oilasi bilan ko'chaga uloqtirilgan. Arablar dastlab
juz'ya solig'ini musulmon diniga kirmagan odamlarga joriy etganlar. Biroq keyinchalik hamma islomga
kira boshlagach, bu soliq yana barcha yerli aholiga bab-baravar solina bergan.
O'lka aholisini islomlashtirish jarayoni g'oyat murakkab kechgan. Arab ma'murlari ko'p hollarda
zo'rlik va kuch ishlatish yo'li bilan mahalliy xalq vakillarini islomni qabul qilishga undaganlar. Bunga
ko'nmaganlar yoxud bosh tortganlar esa shafqatsiz jazolangan. Ko'p joylarda mahalliy kishilar
noilojlikdan, qiyin-qistov asosida musul-monchilikni majburan qabul etgan bo'lsalar-da, biroq arablar
ko'zdan nari ketishi bilan ular yana bu dindan qaytib o'zlarining eski diniy aqida va marosimlariga amal
qila berganlar. Hatto arablar ishonchini qozonib musulmon dinini qabul qilgan Buxorxudot Tog'shoda
ham islom dinini xo'ja ko'rsinga, yuzaki qabul qilgan bo'lib, aslida zardushtiylik ahkomlariga amal qilgan.
U vafot etganida ham ajdodlari diniy marosimlariga ko'ra dafn etitgan. Bundan ko'rinadiki, islom dini va
uning ruknlarining mahalliy xalq orasida yoyilishi nihoyatda qiyin, murakkab kechgan. Bu jarayonda
behisob qurbonlar berilgan.
Arablarning o'ziarini xo'jalar, sahobalar, sayyidlar, oq suyaklar deb atab, mahalliy xalqqa nisbatan
rnensimaslik, kalondimog'lik bilan qarashlari ham mahalliy aholida ularga nisbatan nafrat luyg'usini
kuchaytirgan.
Arablarning o'z yurtlaridan ko'p minglab qabila, urug'larni O'rta Osiyoga ko'chirib keltirib eng
yaxshi joylarga joylashtirish, mahalliy oilalalarni o'z yer-mulkidan mahrum etishlari ham ularga qarshi
ommaviy noroziliklarning kuchayib borishiga bois bo'lgan. Masalan, dastlabki paytlarda quraysh
qabilasining 5 mingdan ziyod aholisi Samarqandga joylashtirilgan. Buxoro, Marv, Poykand va boshqa
shaharlarda ham masjid va madrasalar qurish bahonasi bilan yerli aholi chetga surib chiqarilib, ularning
yerlariga ham arab qabilalari joylashtirilgan. Buning asl sababi shundaki, bosqinchilar bu begona
hududda kuchli ijtimoiy tayanch nuqta yaratish yo'li bilan o'z hukmronligini kuchaytirishga uringanlar.
Arablarning Vatanimiz hududida yurgizgan zo'ravonlik va mus-tamlakachilik siyosati, shubhasiz,
yerli aholi turli ijtimoiy qatlam-larining keskin norozililgiga sabab bo'ldi. Buning natijasida arablar
hukmronligi davomida o'lkaning turli hududlarida xalq g'alayonlari yuzaga kclib, alangalanib bordi.
720-722—yillarda So'g'diyonada yuz bergan G'o'rak (Samarqand hukmdori) va Divashtich (Panjikent
hokimi) boshchiligidagi qo'zg'olon arablar hukmronlikligiga qarshi yo'nalgan dastlabki shiddatli xalq
harakatlaridan biri bo'lgan. Unda arablar siyosati va zulmidan g'azabga kelgan o'n minglab mahalliy xalq
vakillari ishtirok etgan. Yangi tayinlangan va zolimlikda nom chiqargan Xuroson noibi Said Xaroshiy
katta muntazam harbiy kuch bilan mazkur qo'zg'olonni shafqatsizlarcha bostirishga muvaffaq bo'ladi.
Qo'zg'olon rahbarlaridan biri - Divashtich ham ushlanib qatl etiladi.
725-729—yillar davomida xalifalikning og'ir soliq siyosatiga qarshi Samarqand, Buxoro, Xuttalon
viloyatlarida ko'tarilgan qo'zg'olonlar ham xalq ozodlik kurashida sezilarli iz qoldirdi.
Qo'zg'olonchilarning ancha qismi arab ma'murlari siyosatiga norozilik bildirib, islom dinidan chiqadilar.
Kesh atrofida yuz bergan mahalliy aholining arablar bilan to'qnashuvi chinakam jang-u jadal tusini olgan.
736-737—yillarda Toxariston va So'g'dda yangidan ko'tarilgan kuchli qo'zg'olon obz safiga aholining
turli ijtimoiy qatlamlarini jalb etgandi. Faqat Xuroson va Movarounnahrning yangi hukmdori,
ustadiplomat Nasr ibn Sayyor (738-748)ning uddaburon siyosati, nizoli masalalarni hal etish borasidagi
epchil tadbirlari tufayligina qo'zg'olon harakatlarini bartaraf etish, o'lkada muvozanatni bir qadar saqlash
mumkin bo'Idi. Bunda u mahalliy aholiga, ayniqsa, uning nufuzli qatlamiga muayyan yon berishga
majbur bo'Idi. Jumladan, u arablarning mahalliy aholi bilan qon-qardoshlik aloqalarini kuchaytirishga
intildi. O'zi ham Buxorxudot Tug'shodaning qiziga uylandi. Islomni qabul qilgan kishilar juz'yadan ozod
etildi va barcha musulmonlar huquqiy jihatdan tenglashtirildi. Xiroj solig'i to'lash barcha uchun baravar
deb e'lon qilinadi.
VIII asr 40—yillarida xalifalikda toj-u taxt uchun kurash bosh-lanadi. 748—yilda Abu
Muslimning Xurosonda ko'targan qo'zg'oloni, uning xalifalik poytaxtini egallashi natijasida Ummaviy
Marvon II taxtdan ag'dariladi. 749—yilda abbosiylar xonadonidan Abul Abbos Saffon taxtga ko'tariiadi.
Biroq abbosiylar davrida ham mehnatkash aholining ahvoli yaxshilanmadi. Shu boisdan xalq
qo'zg'olonlari tez-tezko'tarilibturdi.
Muqainna qo'zg'oloni. Vatanimiz xalqlarining arablar asoratiga qarshi olib borgan kurashi tarixida
alohida o'rin tutadi.
Tarixda «oq kiyimlilar» nomi bilan mashhur bo'lgan bu qo'zg'o-longa o'z zamonasining har tomonlama
yetuk kishisi, xalq dardi, qayg'usi va maqsadlarini chuqur tushungan, asl ismi Hoshim ibn Hakim, ammo
Muqanna (ya'ni yuziga niqob kiygan ma'noda) nomi bilan tanilgan buyuk shaxs rahnamo bo'Idi. Muqanna
ummaviylar sulolasi inqiroziga kuchli ta'sir ko'rsatgan Abu Muslim qo'zg'olonida ham faol ishtirok etgan.
Muqanna hayotning katta mashaqqatli yo'lini bosib o'tgan, oddiy kir yuvuvchidan kichik lashkarboshi,
keyin vazirlik darajasiga ko'tarilgan (757-759). 759— yilda Xuroson amiri Abdujabborning xalifaga
qarshi isyonida qatnashgani uchun zindonga tashlangan. Zindondan qochib 769— yilda Marvga keladi va
xalq harakatiga boshchilik qiladi. U ijtimoiy tenglik, erkin hayot va adolat g'oyalarini o'ziga singdirgan
taniqli siymo bo'lgan. Shuning uchun ham uning yangidan xalq kurashiga bosh bo'lishi bu harakatning
keng quloch yozishiga, uzoq muddat davom etishiga (unga tayyorgarlik ko'rish jarayonlarini ham hisobga
olganda 14 yilni o'z ichiga oladi) sabab bo'libgina qolmay, ayni chog'da arab hukmron doiralari uchun
ham kutilmagan oqibatlarni vujudga keltirib, ularga katta hayotiy saboqlar berdi. Qo'zg'olon Marvda
boshlangan bo'lsa-da, u tez orada Movarounnahrning keng hududlariga yoyildi. Muqanna qo'zg'oloni
davomida Samarqandu Buxoro, Naqshab-u Kesh hududlari aholisi ham faol harakatga keldi. Uni Iloq,
Ohangaron, Shosh, Farg'ona vodiysining ko'p sonli aholisi ham quwatlab chiqdi. Qo'zg'olonning bosh
g'oyasi - Vatanimiz xalqlari, ularning asl farzandlarining muqaddas yurtni ajnabiy hukmronlardan ozod
qilish, uning musta-qilligini kurashib qo'lga kiritish g'oyasi bo'lgan. Mana shu yuksak vatanparvarlik
tuyg'usi qo'zg'olonchilarga hayotiy ruh, ma'naviy madad bag'ishlagan, ularni uzoq vaqt davomida
arablarning katta harbiy kuchlari bilan mardonavor kurash olib borishiga, mislsiz qurbonlar berishiga
sabab bo'lgan. Biroq shu bilan birga, qo'zg'olonga tortilgan aholining hamma ijtimoiy tabaqalari ham shu
ulug'vor g'oyaga sodiq bo'lgan, unga oxirigacha ama! qilgan, deb xulosa chiqarib bo'lmaydi, albatta.
Negaki, qo'zg'olon kuchaygan kezlarda tindan o'z xudbin maqsadlari yo'lida foydalanishni ko'zlab xalq
kurashiga qo'shilgan yuqori tabaqa namoyandalari ham bo'lgan. Ular, keyinchalik, qo'zg'olon susaygan va
mag'lubiyatga uchragan kezda darhol xiyonat yo'lini tutib, ajnabiylar bilan til topishib, ular tomoniga o'tib
ketganligi ham rostdir. Ammo bunday istisnolardan qat'i nazar, bir necha yillar davom etgan «Oq
kiyimlilar» qo'zg'oloni yurtimizning ozodlik kurashi tarixida katta dovrug' taratdi, arab bosqinchilarini
larzaga soldi, ularga sezilari zarbalar berdi. Qo'zg'olon Muqannaga katta madadkor, jangovar safardosh
bo'lgan Hakim ibn Ahmad, Hashviy, Sarxama, Kay yoki G'uriy, G'aricha kabi xalq qahramonlarini ham
yetishtirib chiqardi. Ular oxirgi tomchi qonlari qolgunga qadar bosqinchilarga qarshi mardonavor
kurashdilar.
780-783— yilarda qo'zg'olon harakatlari so'nggi hal qiluvchi pallaga kiradi. Bu davrda
Muqannaning asosiy kuchlari Qashqadaryoning Kesh vohasida to'plangan edi. Qo'zg'olonning bosh
tayanch nuqtasi-Som qal'asi ham shu joyda bo'lgan. Albatta, bu vaqtga kelib xalifalik qo'shinlari katta
ustunlikka ega bo'lib, ular mahalliy aholining yuqori tabaqalarini o'z tomoniga jalb etib, qo'zg'olonchilarni
tobora siqib borayotgan edi. Muqanna Somda mustahkamlanib, o'z tarafdorlari bilan so'nggi nafasigacha
kurashdi. Pirovardida esa dushman qo'lida mag'lub bo'lmay, o'zini yonib turgan olovga otib,
qahramonlarcha halok bo'Iadi. Bu voqea Beruniy ma'lurnotiga ko'ra 783— yilda yuz beradi. Garchand
Muqanna qo'zg'oloni yengilgan bo'lsa-da, biroq u buyuk xalq qudratini, agar u birlashsa, uyushsa
nimalarga qodirligini to'la namoyon etdi. Qo'zg'olon ayni chog'da xalifalikning Movaroun-nahrdagi
mustamlakachilik va bosqinchilik ildizlarini ham qaqshatdi. Uning hukmronligining davom etishini
shubha ostiga solib qo'ydi. Eng muhimi, u erk va ozodlik uchun talpinayotgan yuitimiz kishilarida
vatanparvarlik tuygusini jo'sh urdirdi, ularni ajnabiy zoiimiarga qarshi yanada shiddat bilan kurash olib
borishga da'vat etdi. Buning samarasi esa IX asrning boshlariga kelib yurtimiz ustidan xalifalik
hukmronligining uzil-kesil ag'darilishi va bir qator mustaqil milliy davlatlarning yuzaga kelishida to'la
namoyon bo'ldi.
Arablar istilosi va hukmronligi Vatanimiz hududida qanchalik murakkab ijtimoiy-siyosiy oqibatlarga
sabab bo'lmasin, shu bilan birga, yakkaxudolik g'oyasi, ilg'or ijtimoiy-siyosiy, falsafiy qarash-larni o'zida
mujassam etgan islom dini va ta'limotining o'lkamizda asta-sekin ildiz otib borishi ulug' ajdodlarimiz
hayoti va tafakkurida katta ahamiyatga ega bo'ldi. Butun arab dunyosini birlashtirish, uning ma'naviy
qudratini kuchaytirishda yetakchi omil rolini o'ynagan islom dini va uning muqaddas kitobi - «Qur'oni
Karim» g'oyalari va oyatlarining mahalliy xalqlarning ongi, shuuriga singib, ularning turmush va fikrlash
tarzining ajralmas qismiga aylanib borishi, shubhasiz, ularning ma'naviy olamiga sezilarli hayotbaxsh
ta'sir ko'rsatdi hamda yuksak moddiy va ma'naviy madaniyat namunalarini ijod qilib borishlarida yangi
ufqlar ochib berdi. Buning asosiy boisi shundaki, Allohning yagonaligiga iymon keltirish, uning
muqaddas kitobida ifoda etilgan yuksak insonparvarlik g'oyalariga ishonch va e'tiqod - bular yurt
kishilarida bir-birlarini quvvatlash, birlashish, o'zlarini yagona makonda his qilish, o'zaro hamkorlikda,
keng sa'y-harakatlarda bo'lish tuyg'usini shakllantirib bordi. Negaki, islom taiimoti, «Qur'oni Karim»
g'oyalarining o'lkamizga yoyilishi, o'tmishdoshla-rimizning Alloh buyurgan olijanob' amallarga rioya
etib, ruhiy-ma'naviy poklanish sari harakatlanishi, tabiiyki, jamiyat hayoti va uning asosiy tamoyillarining
sog'lom negizlarda rivojlanib, takomi!-lashib borishiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Shu ma'noda
Yurtboshimiz ham: «Biz ota-bobolarimizning muqaddas dini bo'lgan islom dinini qadrlaymiz, hurmat
qilamiz, odamzod ruhiy dunyosida iymon-e'iqodni, insoniy fazilatlarni mustahkamlashda uning o'rni va
ta'sirini yuksak baholaymiz»1, deb bejiz ta'kidlamagan. Zero, o'lka xalqlarining ma'naviy yuksalishini
ta'minlash, ularning bir-biriga qon-qardoshligi, hamjihatligini jipslashtirishdamuhim omil sanalgan asriy
bebaho qadriyatlarimizni o'zida mujassam etgan islomiy ahkomlarning bugunda ham hayotimizda o'z
munosib o'rnini topayotganligi islomning jamiyat taraqqiyotidabcqiyos o'rin tutishidan dalolat beradi.
Darhaqiqat, islom dini va musulmonchilik tamoyillarining O'rta Osiyo hududjda tarqalishi, chuqur ildiz
otishi barobarida o'lkamiz xalqlari keng musufmon olami bilan tutashib, uning boy diniy va dunyoviy
madaniyati, ilm-u urfoni bilan yaqindan oshno bo'lib bordi. Ayni chog'da, azaldan ilm-u ma'rifat o'chog'i
bo'lib kelgan ko'hna yurtimiz bag'ridanbu davrda jahonga dovrug' solgan, dunyo madaniyati va
sivilizatsiyasi xazinasiga salmoqli hissa qo'shgan ko'plab nomdor allomalar, buyuk muhaddis olimu
ulamolar yetishib chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |