Statistik bog`lanshi deb shunday bog`lanishga aytiladiki, unda miqdorlardan birining o`zgarishi ikkinchisi taqsimotining o`zgarishiga olib keladi. Xususan, statistik bog`liqlik miqdorlardan birining
o`zgarishi ikkinchisining o`rtacha qiymatini o`zgarishida ko`rinadi; bu holda statistik bog`lanish korrelyatsion bog`lanish deb ataladi.
Masalan, maydoni bir xil bo`lgan er uchastkalariga bir xil miqdorda o`g`it solinsa ham har xil hosil olinadi. Lekin o`rtacha hosildorlik solingan o`g`it miqdoriga bog`liq bo`ladi. Bu erda hosildorlikning o`rtacha qiymati bilan o`g`it miqdori orasida korrelyatsion bog`lanish mavjud deb karash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |