23.2-ta`rif. Agar A hodisa V hodisani ergashtirsa va o`z navbatida V hodisa A
hodisani ergashtirsa, u holda A va V teng kuchli hodisalar deyiladi va A=V kabi yoziladi.
23.3-ta`rif. Tajriba natijasida yo A hodisa, yoki V hodisa, yoki ham A, ham V hodisalar ro`y berishidan iborat hodisa A va V hodisalarning yig`indisi deb ataladi va A + V kabi belgilanadi.
23.4-ta`rif. Tajriba natijasida ham A hodisa, ham V hodisaning (bir vaqtda) birgalikda ro`y berishidan iborat hodisa A va V hodisalar ko`paytmasi deb ataladi va AV kabi belgilanadi.
23.5-ta`rif. Agar A va V hodisalar bir paytda ro`y berishi mumkin bo`lmagan hodisalar, ya`ni A V =V bo`lsa, u holda A va V birgalikda bo`lmagan hodisalar deyiladi. Aks holda birgalikda hodisalar deyiladi.
Masalan, tangani tashlash natijasida bir vaqtda gerbli va raqamli tomonlar tushish hodisalari birgalikda bo`lmagan hodisalar bo`ladi.
23.6-ta`rif. Agar A va V hodisalar yig`indisi muqarrar hodisa, ko`paytmasi esa mumkin bo`lmagan hodisa, ya`ni
A+V =U, A V =V
bo`lsa, u holda A va V hodisalar o`zaro qarama-qarshi hodisalar deyiladi.
Odatda A hodisaga karama-qarshi hodisaga А kabi belgilanadi. Demak,
A+ А =U, A А =V.
23.7-ta`rif. Tajriba natijasida A hodisaning ro`y berishdan, V hodisaning esa ro`y bermasligidan iborat hodisa A va V hodisalar ayirmasi deb ataladi va A - V kabi belgilanadi.
23.1-eslatma. A1, A2, …, Ap hodisalarning yig`indisi va ko`paytmasi yuqoridagidek ta`riflanadi.
A1, A2, …, Ap hodisalarni qaraylik. Agar bu hodisalar yig`indisi muqarrar hodisa bo`lsa,
ya`ni
A1 + A2 + … + Ap = U
bo`lsa, u holda A1, A2, …, Ap hodisalar hodisalarning to`la gruppasini tashkil etadi deyiladi. Agar A1, A2, …, Ap hodisalar uchun
10. A1 + A2 + … + Ap = U;
20. Ai Aj =V, ij (i, j=1, 2, …, n)
bulsa, ya`ni istalgan ikkita Ai va Aj ( ij) (i, j=1, n ) hodisalar bir vaqtda ro`y berishi mumkin bo`lmasa, u holda A1, A2, …, Ap hodisalar juft-jufti bilan birgalikda bo`lmagan hodisalarning to`la gruppasini tashkil etadi deyiladi.
Agarda bir necha A1, A2, …, Ap hodisalardan istalgan birini sinash natijasida ro`y berishi
boshqalariga qaraganda kattaroq imkoniyatga (qulaylikka) ega deyishga asos bo`lmasa, bunday hodisalar teng imkoniyatli hodisalar deyiladi.
2-§. Hodisa ehtimolining ta`riflari
Ehtimollar nazariyasining asosiy tushunchasi bo`lgan tasodifiy hodisaning ehtimoli tushunchasini keltiramiz. Hodisaning ehtimoli ma`nosini anglash uchun bitta sodda misol keltiramiz.
Bitta yashikda 10 dona bir xil shar bo`lib, ularning ikkitasi qizil rangli, 8 tasi esa ko`k rangli bo`lsin. Yashikdagi bu sharlarni yaxshilab aralashtirib, so`ng bu yashikdan qaramasdan tavakkaliga shar olish tajribasini o`tkazaylik. Ravshanki, yashikdan olingan sharning ko`k rangli bo`lish imkoniyati qizil rangli bo`lishi imkoniyatiga qaraganda ko`proq bo`ladi.
Odatda imkoniyatlarni sonlar bilan xarakterlab, ular solishtiriladi. Natijada ko`p imkoniyatli, kam imkoniyatli umuman, ma`lum miqdordagi imkoniyatli kabi hodisalarning sonli o`lchovlari to`g`risida gapirish mumkin bo`ladi.
Bu hodisaning ehtimoli tushunchasiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |