harakatlarim uchun jahli chiqqan edi va men ularni to’g’riladimmi? O’zi,
ular mendan qo’rqishadimi yoki tili qisiq joyi bormi? Agar qo’rqishmasa,
meni yomon ko’rishsa, nega shu paytgacha
ketimga bir tepib haydab
yuborishmayapti?
Yoki
ular
men
manfurning
o’zgarishimga
ishonishmoqdami? Men o’zgara olamanmi?
2.
Sizni ham inson tug’ib katta qilganmi? Agar shunday bo’lsa, o’z
zolimkorligingiz sizning akangiz yoki ukangizning xotini tomonidan ota-
onangizga qilinsa, qay ahvolga tushishingizni hech o’ylab ko’rganmisiz.
Ota-ona bir farzandni dunyoga keltirib voyaga yetkuzginicha qancha azob
chekadi. Farzandi ulg’aygach, tom ma’noda aytganda niholi meva bergach,
uning rohatini ko’rishni istaydi. Hech bir ota-ona farzandini endi rohatini
ko’raman deganda, siz kabi takabbur, xudbin va ichi qora iblislarga
qo’shqo’llab berib qo’yishni istashmaydi. Agar siz ham bu niholning
mevasidan rohat bilan
totib yurishni isatasangiz, o’zingiz kelin bo’lib
tushgan oilaga shunday singib ketingki, sirtdan qaraganlar sizning u yerga
kelin ekanligingizga ham shubha bilan qarashsin. Aslo suv betidagi sovun
ko’pikka o’xshab yakkamohovdek yakkalanib qolmang.
3.
Siz kimsizki, akani ukadan, farzandni onadan ayro qilib yashash
masalasini hal etsangiz? Qanchalik og’ir va qo’pol bo’lsa ham aytaman: Bu
dunyoda ota va ona yagona bo’ladi. Ular foniy dunyoga ketgach, boshqa
ota-ona topa olmaysiz. Aka-uka ham shunday. Lekin qayta va qayta
uylanish mumkin. Demakki, «bitta junbosh hamisha topiladi»
kekkaymang. Ajratishga harakat ham qilmang.
Agar sizning jigarlarni
ajratish borasidagi harakatlaringiz g’alaba bilan yakunlansa, eringiz ham
ham siz kabi xudbin ona qo’lida tarbiya topgan bo’lishi aniq. Shaxsan men
u kabi xunuk tarbiya olmaganman, shu sabab oshxonadadi hangoma sabr
qilib tura olmadim. Ota-onam garchi oliy ma’lumotli bo’lsa-da, qishloqda
qolgan onasi va ikki jigarini tashlab shaharga – shohona hayotga yugurib
kelmagan. Aytishingiz, mumkin bu bilan ular nimaga erishdi deb? Ular biz
kabi ota-onasini ardoqlaydigan va boshqalarni ham shunga undaydigan,
xudbinliklarga qarshi tura oladigan insonlarni kamol toptirishga erishdilar.
4.
Besh kunlik dunyo deyishadi. Siz o’zbek jamiyatida yashayapsiz.
Kim nima desa, desin-u, men esli-hushli kishi
sifatida mentalitetimizni
tenggi yo’q deb hisoblayman. Bizning ota-bobolarimizdan meros bo’lib
kelayotgan va siz ichi qora badollar qo’lida nobud bo’layotgan kattaga
hurmat – kichikka izzat, kelinni qiz – kuyovni o’g’il sifatida qabul qilish,
qayinota va qayinonani mehribon tumush o’rtoqni kamol topdirib bergani
evaziga boshiga ko’tarish, qayinog’a va qayinopalarni o’z akasi yoki
opasiga qanday hurmat ko’rsatsa, shunday ardoqlash tuyg’ulari kim
tomonidan davom ettiriladi? Xalqimizda turli
naql va naqlomuz gaplar
bor: qovun qovundan rang oladi, qozonni oldiga borsang qorasi yuqadi.
Mana yuqorida ko’rib o’tdik, hali to’la shayton yo’liga kirmagan oqsariq
qiz, ichi qora va baddol dugonasining «donishamdona» ko’rsatmalaridan
ilhomlanmoqda. O’sha ko’rnamak bir kunda nechta shu kabi laqmalarga
xudbinlik urug’ini sochmaydi deysiz.
5.
Siz janob kelinlarni qayinonangiz hamma majburiyatni bo’yniga olib
o’qishga jo’natgan. Kelinim bilimli bo’lsin, hech kimdan kam bo’lmasin,
erta bir kun baxtli yashasin deya diplomli kelin qilmoqchi. Sizchi, siz nima
qilyapsiz? Takabburlikni o’rganib, ko’rnamaklik qilyapsizmi? Shu jihatga
oid donishmand xalqimizda bir qancha naql bor: Tulki o’z
ininga qarab
uvlasa, qo’tir bo’ladi, Baqilning bog’i ko’karmaydi, Yovuzning ko’ziga
atirgul gurzidek ko’rinadi.
6.
Davlatimiz ayollarni bilimli qilish, gender tenglikka erishish,
mamlakat rivojida ikki jins vakillarning baravar ishtirokini ta’minlash
uchun katta qadamlar tashlagan. Ammo hammasi ham emas, yuqoridagi
kabi badollar o’z
oilasiga foydasi tegmayapti, jamiyatga va davlatga
foydasi tegarmikan? Ular kelinchak payti ham o’qiyaptimi, demak, ancha
vaqtdan beri bilim olish bilan band. Lekin ajablanarlisi, nahot ular shuncha
paytdan beri o’z tafakkurini yaxshilik bilan to’ldira olmadi, ruhiyati va
e’tiqodini butun qilolmadi? Yoki bunga beparvolik sababmikan. Aql
aqldan kuch oladi deganlar, ularning yomon xulqli «aqli»dan
ilhomlanganlar o’sha ruhiyat bilan maktab va boshqa oliygohlarda dars
beradi. Xo’p, biz ko’pchilik insonlar mamlakatimizni rivojlantiryapmiz,
ertaga ularni xudbinlik ruhi bilan tarbiyalangan «yangi aqllilar»ga qay
tarzda topshiramiz? Shu uchun hammamiz
jamiyatdagi bu kabi salbiy
holatlarga toqatsizlik, ezguliklarga esa mehribon va bag’rikenglik hissi ila
yashaylik. Jamiyatda bu kabi xudbinliklarning hammasi ham kelinlar
tomonidan bo’lmayapti. Faqat bugun ular mening nigohimga tushib qoldi
va men bu jihatni hamma shu singari kelinlar uchun barobar qilib yozdim.
Do'stlaringiz bilan baham: