Eh, kelinlar
2022-yil 13-aprel soat 10:30 atrofida Samarqandda bo’lgan voqea asosida…
Ismim Aziz. Men o’zim doktoranturada o’qiyman. Bugun 13-aprel
kuni o’zim tahsil olayotgan kafedradan iltimos qilganligi bois, erta tongdan
mehribon ukamni, bag‘rikeng ukamni Yandex-taxi chaqira olmaganligi
uchun koyiy-koyiy Fakultetga kechikib 08:20 da yetib bordim. Dars
o’tayotgan paytim gripp bo’layotganimni payqadim. Darsdan chiqqach,
borlig’im, yagona mehribonim, hayotda biz uchun ne-ne zaxmatlar bo’lsa,
barchasini ko’rgan onajonim telefon qildilar. Onajonimning dardi o’ziga
yetarli bo’lsa-da, o’zimdagi gripp alomatidan shikoyat qildim. Onajonim
esa o’z jismida kechayotgan minglab og’riqlarni unutib, mening oddiygina
dimog’im achishishining davosini izlay ketdi. «Azizjon, bu nimadan ekan-
a?», «kelinlar tovuqning hamma go’shtini oshga solishmagan bo’lishsa,
uning qanotidan qaynatma sho’rva qilib ich» «grippga qarshi dori ich» …
Qisqasi, meni tuzatish uchun jonini berishga ham tayyor edi onam
boyaqish…
Men onamning aytganini qilib dori olib ichishga qaror qildim.
Bulvardan bitta dorixona topib oldim va u yerdan grippga qarshi dori
so’radim. Ular menga Amoksatselin va «Gripp-xitt + Nimesel» parashok
berishdi. Paroshokni imkoni bo’lsa, yaqin oradagi oshxonadan ichib
olishimni aytishdi. Tabiatan bir vazifani oxiriga yetkazmaguncha tinib-
tinchimasligim bois bu payt men uchun asosiy vazifa – dorixonachi aytgan
muolojalarni bajarish bo’ldi. Dorixonadan chiqishim bilan og’izga bitta
amoksatselindan tashlab oldim. Endi paroshokchalarni ichib olishim kerak
edi. Bilsangiz, fizika fakulteti oldidagi piyodalar yo’lagidan eski geografiya
fakultetiga o’tgan joyda magazinning ichidan kirib oshxonaga kiradigan
joy bor. O’sha yerga kirdim. Oshxonachi menga dori eritishga stakan
Tushgan uyga mehribon qizmisiz?
Tushgan uyingiz qo’ynidagi ilonmisiz?
berishidan g’ijinadi degan o’y bilan o’sha magazindan ikki dona bir marta
ishlatiladigan (odnorazoviy) stakan oldim. Magazindan oshxonaga kirish
joyda perashki va hotdog sotishadi, undan oshxonaga kiriladi.
Oshxonadan yana oshxonaga kiriladi, u yerda osh va shunga o’xshash
nisabatan qimmat taomlar sotiladi. Men o’sha kirish joyidagi hotdogchidan
ikkita stakanimga yarim-yarim qilib qaynoq suv quydirib oldim va
aytganimdek, oshxonaning birinchi kirish xonasidagi burchakda
joylashgan stolga o’tirdim. Ikkala stakanga dorilarni bo’lib soldim. Ancha
ko’p aralashma tayyor bo’ldi. Men bu yerda nafaqat mening sog’lig’imda,
balki jamiyatmiz sog’lig’ida ham ancha katta xastalik borligini angladim…
Men stakandagi dori solingan suvlarni bir-biriga qo’shib yana
suvlarni biridan ikkinchisiga solib aralashtirib dori miqdorini ikki
stakandagi suvga bir xil taqsimlashga urinib turgan edim. Shu payt qorni
katta, adashmasam homilador bir kelinchak kelib mendan bitta stol
naridagi stolga o’tirdi. Men bu yerga birinchi para darsdan chiqib
kirganligim bois, soat 10 dan biroz o’tib qolgandi. Shu payt uning yoniga
qoramag’izdan kelgan, chiroyli kiyingan yana bitta kelinchak perashki va
kofe bilan kelib o’tirdi. Adashmasam, ikkalasi shu yerga o’tirishni oldindan
kelishgan perashki va kofe ikkalasi uchun ham edi. Qoramag’iz qiz bundan
avval oshning qachon tayyor bo’lishini ham so’ragan edi. Keyin hammasi
boshlandi. To'g'ri, kimningdir gapini tinglash - gunoh. Lekin ular shu
gaplarni meni eshitadi ham demay, barilla hangoma qilib o’tirishi uyat,
shu gaplarni aytish esa mentalitetimizga qarshi og’ir jinoyatdir.
Qorni katta oqsariqdan kelgan kelinchak gap boshladi:
-
kecha uxlamadim ham, borib kir yuvdim. Ovqat qildim. Bu dunyoning
tashvishi shunaqangi jonimga tegdiki.
-
«Qayinonangiz bormi?» - so’radi dugonasi.
-
Ha, bor.
-
Nima ish qiladi?
-
Uyda.
-
Siz borguncha kirlarni yuvib qo’ysa, bo’ladiku.
-
Bilmasam. Kirni yuvmasa ham, boshimni og’ritmasa bo’ldi.
-
Ha, qayinonangiz nomard ekan, sizni shu holda kir yuvdirsa.
-
E, bitta qayinonam bo’lsa mayliydiya. Bizning uyda qayinog’am ham
bolalari bilan turadi.
-
Ularni chiqarib yuborsalaring bo’lmaydimi?
-
Ha, shular chiqib ketishsa, qanday yaxshi ish bo’lar edi.
-
Ha, boshingizga urasizmi, bir uy odamni.
-
Ha, hozir ularga ham shahardan uy gaplashganmiz. Hal bo’lib qolishi
kerak. Ovsunim «oyijon, oyijon» deb qayinonamning pinjiga kirib
olgan. Qayinonam menga bola tug’ib beradigan mashinaga qaragandek
qaraydi. 1 oy gripp bo’ldim, aqali hech kim «holing qaley» demadi.
-
E, o’lsin. Hali hammasini tiz cho’ktirasiz.
-
Bir oy qattiq gripp bo’lib yotdim. Juda qattiq gripp bo’ldim lekin. O’sha
paytda homilamning suvi kamayib ketibdi.
-
Voy sho’rim…
-
Vrachlar tug’iladigan bolani «giperton» bo’ladi deyishdi. Endi shunga
kapli olib yotibman.
-
Eringiz ham loxmi deymanda, qaramaydimi bir mundoq… Erkak kishi
xotinini himoya qilish kerak. Ona o’z yo’liga, Xotinning ham alohida
o’z o’rni bor. Unga qaraydigani endi xotin-ku.
-
Bir kun bolintsaga boraman desam, og’riyotgan bo’lsa, ko’rsating
deydi.
-
Qayinonani ham urib ketgan ekan (kuladi).
-
Qayinonammas, ovusunim.
-
(Jiddiylashib) Ovusuningiz shunday dedimi, tur yo’qol, pashshol deng
unga. Umuman unga past ketmang. Bir mindirsangiz, keyin toza minib
oladi. Haddingni bil, o’zingni uyingda qilasan unaqa politikangni deng.
E, o’lsiney. Men qayinonangiz shunaqa debtimi debman-a. Yo’qol deng,
unga. Vapshi yo’qol deng. Joyi kelsa, qayinonaga ham pashol deng.
-
Ha, men ham yengillashib olay, qayinonamga ham, ovusunimga ham
qanday bo’lishni ko’rsatib qo’yaman. Azborayi, qo’y deb turibman-da
(ufff).
-
Hozirdan boshlamasangiz keyin kech bo’ladi. Mana meni qarang
aytganim aytgan, deganim degan. Xo’jayinimni bir amallab qayinona,
qayinuka, qayinsingil degandek isqirtlarning qo’lidan ajratib oldim.
Hozir mana uyimiz, mashinamiz bor. Mazza qilib yuribmiz.
Aylanishlarga chiqamiz. Ovusinimga to’y kuni pashol deganman.
-
Qayinonangiznikiga ham borib turasizlarmi?
-
Ha 8-mart, yana unday-bunday bayramlarda yiliga 3-4 borib turamiz.
Ko’nglini olib qo’yish uchun. Orqamdan g’iybat olovini yoqmasligi
uchun.
-
Hozir nechta farzandingiz bor?
-
3 ta.
-
Qizingiz rosa sizga o’xshaydiya.
-
Ikkinchim qiz. Ha, kopiyam.
-
Men ham shu ovusinlarim chiqib ketsa, ikki ro’zg’orni ishlarini
qilishdan qutilar edim.
-
Umuman, ularning ishini ham aytganini ham qilmang. Kerak bo’lsa, qil
deng ovusuningizga.
-
Janjal bo’lmasin deymanda. Qayinonamni davleniya va saxiri bor o’lib-
po’lib qolmasin deyman.
-
E tentak bo’libsiz. O’lsa, qayinonadan ham, qayinog’adan ham
qutulasiz (kuladi).
-
Ha, shunday (kuladi). Ulardan o’lib ham qutulolmayman.
-
Qancha ko’p janjal chiqsa, qayinonangiz bo’lak qilishni xohlab qoladi.
Mana biz bo’lak bo’lishdan oldin haftasiga har kuni janjal edi. Oxiri
bo’lak qilib yubordi. Mana mazza malikalardek yashayapman.
-
Ha, uyi shu oy chiqadi-ku endi.
-
Agar sizlar tinchgina, ayniqsa, siz hammasini ichingizga yutib
yashayversangiz, yangi olgan uyiga ham ona-bola ishbilarmonlar
kvartirant qo’yib yana birga yashayverasizlar… (
Do'stlaringiz bilan baham: |