fe'l-kesim, ot-kesim.
Kesim tuzilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi: sodda kesim va murakkab kesim.
Felning turli shakllari orqali ifodalangan kesim fe'l-kesim deyiladi.
Fe’l-kesimlar quyidagi ko’rinishlarga ega:
sof fe'l-kesimlar: Men maktabga boraman;
ravishdosh bilan ifodalangan kesim: Motor gurillab, mashina oldinga intildi;
D) sifatdosh bilan ifodalangan kesim: It hurar-karvon o’tar. Po’lat xatni kecha yuborgan.
Fe’ldan boshqa so’z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, ravish, taqlid so’z) bilan, shuningdek, fe’lning harakat nomi shakli bilan ifodalangan kesim ot-kesim deyiladi.
Ot-kesimlar quyidagicha ifodalanadi:
1. Ot bilan: Teshaboy ashaddiy dushman-u, siz xizmatini qilayotgan depo xo’jayini do’stmi? Yaxshi ro’zg’or - jannat, yomon ro’zg’or - do’zax.
2. Sifat bilan: Usti yaltiroq, ichi qaltiroq.
3. Son bilan: Birniki - mingga, mingniki - tumanga. Bu birinchisi. Ikki karra ikki - to’rt.
4. Olmosh bilan: Maqsadim - shu. O’zim har joydaman, ko’nglim sandadur.
5. Ravish bilan: Sizdan umidim ko’p.
6. Modal so’z bilan: Yo’qoling, siz bilan adi-badi aytishishga vaqtim yo’q. Misollar:
Do'stlaringiz bilan baham: |