Ega ergash gapli qo`shma gaplar


SHART ERGASH GAPLI QO`SHMA GAPLAR



Download 53,26 Kb.
bet4/6
Sana10.06.2022
Hajmi53,26 Kb.
#650495
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
она

SHART ERGASH GAPLI QO`SHMA GAPLAR

Shart ergash gaplar bosh gapdan anglashilgan mazmunning qanday shart-sharoitda bajarilishini ko`rsatadi.

Shart ergash gapning asosiy grammatik belgisi kesimning shart fe’li orqali ifodalanishdir. Ammo bu beligigagina qarab, ma’lum gap qurilmalarini shart ergash gap deb hukm chiqarib bo`lmaydi, chunki shart fe’li boshqa ergash gaplarning kesimi bo`lib kelishi ham mumkin. Masalan; 1) payt ergash gap 2) maqsad gap; 3) tusiqsiz ergash gap.

Shuning uchun ham shart ergash gapni belgilashda ergash gap qurilmasining mazmuniga tarkibidagi bo`laklarining ma’nosiga diqqat etish zarur.

Shart fe’li boshqargan gap qurilmalarning ergash gap bo`lishi uchun tarkibida o`z egasi shart, shundagina predaktiv munosabat hukm chiqadi. Tarkibida egasi bo`lmagan, egasi umumiy bo`lgan qurilmalari shart birikmalar (shart oborotlar hisoblanadi).

Shart ergash gapning kesim yoki ot kesim shaklida bo`lishi mumkin. Ot kesim bo`lganida kesim shart fe’li shaklidagi bo`lmoq bog`lamasi bilan birga birikadi; Bas, yaxshilik qilmoq kerak.

Shart fe’li mantiqiy jihatdan kelasi zamoni ifodalaydi. U har vaqt bosh gap kesimidan anglashilgan harakat-holatdan oldin ro`y beruvchi harakat-holatini ifodalaydi. Shuning uchun ham bosh gapning kesimi kelasi yoki hozirgi-kelasi zamonda bo`ladi yoki buyruq mayli orqali ifodalanadi. Albatta, bosh gapning kesimi o`tgan zamonda bo`lishi ham mumkin. Bunday holda ham bosh va shart ergash gap orasidagi chegara saqlanadi; o`tgan zamonda mazmun ro`y bergani ifodalanadi.

Shart ergash gapli qo`shma gaplarda doimo bo`lib turadigan yoki bo`lishi mumkin bo`lgan harakat-hollarda to`g`risida fikr yuritilgani uchun ham ko`p maqollar, aforizimda, frazeologik birliklar shu xil qo`shma gaplar shaklida tuziladi.

Shart ergash gaplardan anglashilgan harakat holat, xususiyatning bajarilishi real bo`lishi yoki real bo`lmasligi mumkin. Shart ergash gapning real holatida ergash gapda bosh gapdan anglashilgan mazmunning ro`y berishi uchun shart-sharoitning real ekani ko`rsatiladi.

Irreal shart ifodolovchi shart ergash gap va bosh gaplarning kesimi tarkibida edi fe’li ishtirok etadi.

Shart ergash gapdagi irreallik o`tgan zamon sifatdoshi orqali ham ifodalanishi mumkin. Bunda o`rin–payt kelishigi shakli-da bilan birikkan sifatdosh shart ergash gap bo`lib keladi: agar so`z Oyqiz ustida bo`lmaganida extimol, u kulgi bilan yoki hazil bilan javob qaytara olardi.

Kesimi irreal shart ergash gap shaklidagi ergash gaplar ba’zan mazmunan irreallikni ifodalamaydi, bunday ergash gapda voqea, hodisa ro`y beradi, demak, shart real bo`ladi.

Shart ergash gap o`zining asosiy mazmunida tashqari ayrim o`rinlarda quyidagi mazmun ottenkalarini ham ifodalaydi;



  1. Payt mazmuni, ayrim shart ergash gaplarda payt mazmuni ham bo`ladi, bu xil konstruklarni payt ergash gap qurilmalari bilan almashtirish ham mumkin; Yoz kelsa bitta, asbobni olib, boshqa yurtlarga ish qidirib ketar edi.

Payt mazmunini ta’kidlash uchun bosh gapning boshlnishida u vaqt (-da, unda leksik elementlari qullanadi).

Shart ergash gapdagi payt mazmuni ergashgan gap kesimning sifatdosh orqali ifodalanishi bilan ham anglashiladi.



  1. Istak mazmuni. Shart ergash gapdagi istak mazmuni bosh va ergash gapning kesimi shaklida va umumiy kontekstdan anglashiladi. Bunda bosh gap kesimi–r shakli sifatdosh va ergash gap kesimi buyruq yoki istak fe’li shaklida bo`ladi.
  2. Taxmin mazmuni. ergash gapdagi mazmuni qo`shma gapning umumiy mazmunidan kelib chiqadi.


  3. Sabab-natija mazmuni. Shart ergash gap mazmuni bosh gap mazmuni uchun sabab bo`ladi.



  4. Qiyoslash mazmuni. Ayrim shart ergash gaplarda qiyoslash ma’nosi ham bo`ladi. Bunda ergash va bosh gapning umumiy mazmuni yoki ayrim gap bo`laklarning ma’nosi bir-biriga qiyoslanishi mumkin: Sen mening xotinim bo`lsang, meni xotin oladigan o`g`il bola qilib tuqqan onam o`sha yerda demaysanmi?
  5. Izoh mazmuni. Shart ergash gapli qo`shma gapning shunday turlari ham borki, ularda bosh gapdan anglashilgan mazmun ergash gapda ifodalangan mazmunga izox beradi. Bu xolda bosh gap tarkibida ergash gap mazmuniga teng keluvchi olmosh-bu, uni kabi qo`llanadi: Agar bordi-yu, o`lib qolsa-chi, buni xudodan kasalning ajali etganidan yoki kasalning eshonga bo`lgan ixlosining sustligidan va uning «shakkok»ligidan deb hisoblaydilar.


Ba’zan bu xil gap qurilmalarining bosh gapi bir sostavli gap bo`lib, odatda bas, mayli, xo`p, yaxshi, yomon, arziydi kabi so`zlar bilan ifodalanadi (ergash gap mantiq jihatdan ega vazifasida keladi.) Ibn Sinoga kasalning joni chiqmagan bo`lsa, bas ekan.

Ko`pincha, ergash gapdagi shart ma’nosi yanada ta’kidlash uchun agar, gar, basharti, bordi-yu, mobodo, koshki kabi yordamchilar keladi.

Madomiki bizda shunday ko`z bo`libdimi, bu safar payqaganimizda bir narsa chiqmas, yanagi safar payqaganimizdan so`ng chiqadi.

Shart ergash gap, asosan, bosh gapdan oldin keladi. Agar ergash gap qo`shimcha izoh mazmunida bo`lsa, bosh gapdagi biror bo`lakka alohida ahamiyat berish zarur bo`lsa, ergash gap bosh gapning ana shu bo`lagidan so`ng, bosh gap orasida keladi: Bunaqa gap, traktor kelsa, ziyon qiladigan odamdan chiqadi.

Bu qo`shma gapda shart ergash gap egadan so`ng kelib, egaga qo`shimcha izox beradi, uning ma’nosini bo`rttirib, ajratib ifodalaydi. Quyida ergash gap bosh gapning kesimidan so`ng kelib, uni izohlaydi: Yuragimga tekkan bo`lur, yov tegsa senga.

Har qanday shart fe’li shakli shart ergash gapning kesimi bo`lavermaydi: bu shakl ba’zan kirish gapning kesimi, kirish bo`lak yoki ma’no kuchaytiruvchi yuklama, bog`lovchi va boshqa vazifalarda kelishi mumkin.

Masalan, bo`lsa, bo`lmasa, yo`qsa, nega desang–bog`lovchi: shunday bo`lsa-da, hech bo`lmasa, juda bo`lmasa-kirish birikma, kim bo`lsa ham yer yorilsa-yu, yerga kirsa-fraziologiya birlik; yangilishmasam, menga qolsa-kirish gap; sen bo`lsang, kelmading, Salimani olsak, kelmadi-yuklama vazifasida keladi. Ba’zi shart fe’li kesim tarkibiga kirishib ketadi: qilsa, qilsin, boqsa bo`lmasa, desa bo`ladi.

MAQSAD ERGASH GAPLI QO`SHMA GAPLAR.

Bosh gapdan anglashilgan mazmunning nima uchun, nima maqsadda ro`y berishini yoki bermasligini ko`rsatuvchi ergash gaplar-maqsad ergash gaplar hisoblanadi.

Maqsad ergash gap bosh gapning yolg`iz kesimidan yoki kesim guruhidan anglashilgan harakat-holat, belgi-xususiyat nima maqsadda ro`y berishini yoki ro`y bermasligini anglatadi.

Ergash gap ko`pincha bosh gapning kesim garuhiga bog`lanadi, chunki ergash gap kesim va unga bog`liq bo`laklarning ro`y berish maqsadini ifodalaydi: Hosil yana mo`l bo`lsin deb, do`stlarim, selitrani ko`p berishini ko`zladim. Odam aqli, odamning kuchi, yaxshilikka qilsin deb xizmat, yer ekuvchi, po`lat quyuvchi, odoblikka sarf etsin kuchin.

Maqsad ergash gap bosh gap bilan deb, toki bog`lovchilari yoki uchun ko`makchisi orqali bog`lanadi.

Maqsad ergash gapning kesimi, odatda, buyruq yoki fe’l mayllari, kelasi zamon fe’li orqali ifodalanadi. Buning sababi shuki, mazmunan maqsad ifodalovchi ergash gap bosh gapdan anglashilgan mazmun ro`y beradigan so`ng yuzaga chiqarish zarur bo`ladi.

Bosh gap bog`lanish usuliga ko`ra, maqsad ergash gapning quyidagi turlari bor.

1.Maqsad ergash gap bog`lovchi vazifasidagi deb ravishdoshi orqali bosh gapga bog`lanib keladi. Bunda ergash gap ko`chirma gap shaklida bo`ladi.

Deb bog`lovchisi yordami bilan bosh gapga bog`langan maqsad ergash gaplarning kesimi, odatda, buyruq-istak mayli shaklida bo`ladi. Buyruq-istak mayli, ko`pincha uchinchi shaxsda, ba’zan birinchi va ikkinchi shaxsda bo`ladi. Gul barglari uchishadi, tushmayin deb qo`lingga.

Maqsad ergash gapning kesimi shart fe’li shaklida bo`ladi. Bu xolatda ergash gapdan orzu-istak, maqsad mazmuni anglashilib, bosh gapdagi harakat-holat qanday orzu-umid, maqsadlari bilan vujudga kelishini kursatadi: eldan olsam deb raxmat, ishladi-chekdi zaxmat.

Maqsad ergash gapning kesimi aniqlik fe’li shaklida bo`ladi: bu fe’l, odatda, hozirgi-zamon shaklida bo`ladi: Men bolalik chog`imda qush bolasini olaman deb, chinorga chiqdim.

Maqsad ergash gapning kesimi kelasi zamon sifatdoshning bo`lishli yoki bo`lishsiz shakli bilan ifodalash mumkin. Bu xolatda kelsa zamonda ro`y berishi mumkin bo`lgan voqea, hodisalar to`g`risida fikr yuritiladi. Kelsa zamonga voqeaning ro`y berishi yoki bermasligi qat’iy qilib qo`yilmaydi: O`g`limga tegmasa, o`rtoqlariga tegar deb, xalta-xalta mayiz, turshak yubordim.

2. Maqsad ergash gap bosh gapga uchun ko`makchisi orqali bog`lanadi, ergash gapning buyruq fe’lining uchinchi shaxs shaklida bo`ladi. Bu xil maqsad ergash gaplarda sabab mazmuni ham bor.

Maqsad ergash gapning bu turida kesim buyruq-istak mayli bilan ifodalangan fe’l kesim yoki ot kesim shaklida bo`ladi. Ot kesim bo`lganda buyruq fe’lining uchinchi shaxs shaklidagi bo`lmoq bog`lamasi bilan birikib keladi: Qalandarov so`zni aylantirib, o`z o`rnida qolishga hoxish bildirib qo`ymasin uchun, Saida yana uning so`zini og`zidan oldi.

Uchun ko`makchisi yordami bilan bosh gapga bog`langan ergash gapning kesimi egalik affeksini olgan harakat nomi yoki hozirgi kelasi zamon sifatdosh shaklida bo`lishi ham mumkin: Paxta tezroq yetilishi uchun, o`g`itni ko`proq solish kerak.

Maqsad ergash gap bosh gapga toki bog`lovchisi yordam bilan birikadi. Bu xil ergash gaplar bosh gapdan so`ng gapdan so`ng kelib, toki bog`lovchisi bilan boshlanadi: O`z oilasi quchog`iga qaytmoqchi bo`lsa, bunga ma’qul bir sabab ko`rsatish kerak. Toki ota-onasi va akalari uning bu qilig`ini ma’qul ko`ra bilsinlar.





Download 53,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish