PAYT ERGASH GAPLI QO`SHMA GAPLAR
Payt ergash gap bosh gapning biror bo`ladigan, asosiy kesimidan yoki bosh gapning umumiy mazmunidan anglashilgan harakat-xolatning ro`y berish yoki ro`y bermaslik paytini ko`rsatadi.
Payt ergash gap bilan bosh gap orasida zamon munosabati mavjud bo`ladi; bunda ergash gap bosh gapdagi harakat, xususiyat bilan barobar, bir vaqtda ro`y berishi yoki undan oldin, yo so`ng kelishi mumkin.
Bosh va ergash gaplardagi ish-harakat, xususiyat bir vaqtda ro`y beradi. Bosh va ergash gaplardagi harakat, holat tamoman bir vaqtda boshlanib, tugallanishi mumkin yoki har ikkisidagi harakat-holatning ro`y berishi qisman bir-biriga kelib qolishi mumkin.
Bosh va ergash gaplar orasidagi bunday mazmun munosabati quyidagi grammatik vositalar yordami bilan ifodalanadi:
Ergash gapning kesimi-da qo`shimchasini olgan sifatdosh orqali ifodalanadi:
Bu turdagi payt ergash gaplar ikki xil mazmunni ifodalaydi:
-a) Ergash va bosh gap tarkibdagi harakat–holat, xususiyat tamom bir vaqtda ro`y beradi: Ular bir necha tonnalik qoliplarni ilmoqqa ilib, u boshdan bu boshiga siljitganida, guyo sexning katta-kichik barcha qismlari va butun sex birdan harakatga kelganday bo`ladi.
Bu holda ergash va bosh gapdagi zamon shakllari bir-biriga mos bo`ladi.
-b) Ergash gapdagi harakat-xolat oldinroq boshlanib, bosh gapdagi harakat-xolat unga qo`shilib, kirishib ketadi: Qiz orzu-xavas ko`rolmagan onasining dashnom va ziqnovlaridan ular holatga yetganda, baxtiga, yer islohoti bo`lib qoldi.
Payt ergash gapning kesimi shart fe’li orqali ifodalanadi: Adolat shoshilib tashqariga chiqsa, xovlida Nurmat yo`q.
Ergash gapning kesimi sifatdosh shaklida bo`lib, o`rin-payt qo`shimchasini olgan payt bildiruvchi chok, payt, kun, zamon, kez, dam, mahal, vaqt so`zlari bilan birikib keladi: U… boshini tik tutib bir necha qadam xamon, yerto`ladan polkovnik chiqib qoldi.
Bu turdagi ergash gaplarning kesimlari o`tgan zamon sifatdoshi shaklida bo`ladi. Bu holda ergash gapdagi Harakat-holat bajarib tugallanadi va shu vaqtning o`zida bosh gapdagi harakt ham ro`y beradi.
Ergash gapning kesimi kelasi zamon sifatdoshining bo`lishli-bo`lishsiz shaklida bo`lganda, payt ergash gapdan anglashilgan harakat-holat tugallanmasdan turib, bosh gapdagi harakat, holat, belgi xususiyat ro`y beradi: Nuri derazaga qarab, hovlida Yormatning qorasi uchar-uchmas, Gulnorga dedi…
Ergash gapning kesimi-dan shaklini olgan o`tgan zamon sifatdoshi shaklida bo`lib, buyon ko`makchisi yordami bilan bosh gapga bog`langan payt ergash gaplar bosh gapdagi harakat-holatning boshlanish davrini, vaqtini ko`rsatadi:…bu gaplarning hammasi chiqqandan beri, Siddiqjon korini xushlamas… edi.
Bosh va ergash gaplardagi ish-harakat, xususiyat turli vaqtlarda keladi. Payt ergash gapning kesimidan anglashilgan harakat, xususiyat bosh gapning kesimidan anglanib turgan harakat, xususiyatdan so`ng, yoki oldin yuzaga kelishi mumkin.
A. Bosh gapdagi harakat, xususiyat ergash gapdagi harakat xususiyatdan oldin ro`y beradi. Bu turdagi ergash gaplarga payt ergash gapning quyidagi turlari kiradi:
Kesimi ravishdoshning–guncha shaklida bo`lgan payt ergash gaplar: u o`tgan xafta o`qigan darslarini takrorlab menga yoddan o`qib bermaguncha, unga hech yerga borishga, na tomoshaga va na uyinga ruxsat bermayman.
Ergash gapning kesimi–guncha//-gancha shaklli sifatdoshga qadar ko`makchisining qo`shilishi bilan ifodalanadi: Odamlar qishloqdan chiqib ketgunga qadar, otishmalar biroz to`xtatiladi.
Ergash gapning kesimi sifatdosh–mas-dan shakli bilan ifodalanganda, ergash gapdagi harakat-xolatning o`rnini bosh gapdagi harakat-xolat egallashi mazmuni anglashiladi: Na ko`kning fonari ko`chmasdan, na yulduz sayr etib, ko`chmasdan, quyuq bir zavq bilan turardi.
Kesimi kelasi zamon sifatdoshning bo`lishsiz shaklida bo`lib,-dan qo`shimchasini olgan payt ergash gapning kesimiga burun, oldin, avval bog`lovchi vazifasiga so`zlar ham qo`shilib keladi. Bu so`zlar bosh va ergash gap orasidagi chegarani aniqroq ko`rsatish, ergash gapdan anglashilgan harakat tugallanmay, bosh gapdagi harakat boshlanganligini ko`rsatish uchun qo`llaniladi: Payshanba kuni ertalab smena boshlanmasdan avval, Farixa slesarni ushlab, sex boshlig`ining idorasiga sudrab qoldi.
Ergash gapning kesim–y shaklli ravishdoshdan bo`ladi, bu ravishdosh har vaqt inkor shaklida keladi: Na ufq urmay yetuk zar, Na bulut silkitmay oltin par, Jontemir quyuq bir zavq bilan turardi.
B. Bosh gapdagi harakat, xususiyat ergash gapdagi harakat, xususiyatdan so`ng yuzaga keladi. Payt ergash gapning bu turining quyidagi ko`rinishlari bor:
1.Ergash gapning kesimi o`tgan zamon sifatdoshiga–dan qo`shimchasining qo`shilgan shakli bilan ifodalanib, u so`ng, keyin ko`makchi so`zlar bilan birikib keladi: Pilla topshirilib, klub binosi bo`shagandan keyin, Saida bir guruh yoshlarning yordami bilan klubni yaxshi bezatadi.
Ergash gapning kesimi–gach qo`shimchali ravishdosh bilan ifodalanadi: Mashq tugagach, gur o`tirdi hamma birdan.
Payt ergahs gap bosh gap bilan–ki bog`lovchisi orqali bog`langanda, ergash gapning kesimi o`tgan zamon fe’li orqali ifodalanadi. Bu xolda bosh va ergash gapdagi, harakat, holatning tez almashinish mazmuni ham anglashiladi: General vaqti chog`, mamnun ishtaha bilan ovqatni endi yeb turgan ediki, bir guruh ofitserlar kirib keldilar.
Ergash gapning kesimi–(i) b shaklli ravishdosh bilan ifodalanadi; bu xil payt gaplardan anglashilgan harakat boshlang`ich, bosh gapdagi harakat ro`y beradi va har ikkisi barobar yuzaga keladi. Bosh va ergash gapda ro`y bergan harakatlar orasida qat’iy chegara bo`lmaydi:
Tuy tarqatib, uyin-kulguga to`lgan hovli suv sepganday jimjit bo`ldi-qoldi.
Sabab ergash gapli qo`shma gaplar.
Bosh gapdan anglashilgan mazmun sabablar asosida ro`y berishini yoki bermasligini ko`rsatuvchi ergash gaplar sabab ergash gap hisoblanadi.
Sabab ergash gaplar bosh gap bilan bo`lgan mazmun munosabati ikki xil bo`lishi mumkin; ayrim sabab ergash gapli qo`shma gaplarda sabab-natija munosabati bilan, bunda ergash gap sabab bo`lsa, bosh gap undan kelib chiqadigan natija bo`ladi. Sabab ergash gaplarning ikkinchi turida sabab ergash gap bosh gapga nisbatan izoh kam bo`ladi.
Sabab ergash gapning bu turlari bog`lanish usuliga ko`ra ham, kesimning shakllanishi va o`rinlashishiga ko`ra ham bir-biridan farqlanadi.
Sabab-natija munosabatini ifodalagan sabab ergash gaplar bosh gapdan oldin qo`llanadi. Bu xil ergash gapning kesimi tobe shaklda bo`ladi va quyidagicha shakllanadi;
Ergash gap bosh gapda kesimga qo`shilib kelgani uchun sababli, tufayli ko`makchilari yordami bilan bog`lanadi. Bu holda ergash gapning kesimi–lik va egalik affiksini olgan o`tgan zamon sifatdoshi bilan ifodalanadi; U tomonlarda amakimdan boshqa tegirmon charxi yasaydigan usta bo`lmaganidan, bu molning narxi qimmat edi.
Ergash gapning kesimi–lik affiksi va egalik hamda dan elementini olgan sifatdosh bilan ifodalanadi sifatdosh–lik Q egalik affiksi Qdan. Bu viloyatning samosi g`alvirdek suv tutmas bo`lganidan, yomgir yoz buyi rosa qo`ydi.
Bu xil sabab ergash gapning kesimi sifatdosh bilan ifodalanmay, ot, sifat, soneki yuk so`zi orqali ifodalanishi ham mumkin; kesim bog`lamli bo`lib egalik va–dan formati yana shu bog`lamaga qo`shiladi; Podshoning suyukli o`g`li o`lganidan Muzaffar Mirzo har Jihatdan ulardan ustunlikka tirishmog`i kerakligini aytdi.
Sabab natija mazmun munosabatini ifodalagan sabab ergash gaplar bosh gapda analitik-sintetik usul bilan bog`lanadi.
Sabab-izoh munosabati sabab ergash gapli qo`shma gapning ikkinchi qismi birinchi qismini izohlaydi, undan anglashilgan mazmunning ro`y berishi yoki ro`y bermaslik sababini ko`rsatadi. Shu sababli qo`shma gapning birinchi qismi bosh gap, ikkinchi bosh gap, ikkinchi qismi ergash gap bo`ladi. Ergash gap bosh gapda chunki, negaki(m), zeroki, nainki bog`lovchilari yordami bilan bog`lanadi.
Ergash gapning bosh gapga chunki bog`lovchisi yordami bilan bog`lanishi ko`proq uchraydi. Bu xil ergash gapli qo`shma gaplar ko`pincha tarkib jihatdan ancha keng bo`ladi; Yo`lda men itlar talaganda, ularni amir odamlariga o`xshatgan edim, chunki amir odamlari ham u itlardek har bir kishiga yopisha beradilar.
Bu xil sabab ergash gaplarning kesimi mustaqil shaklida bo`ladi, demak, sabab ergash gap shakldan mustaqil sodda gaplarga o`xshaydi. Ammo gaplar orasidagi mazmun munosabati va oradagi tobelashtiruvchisi bog`lovchi chunki uni ergash gap ekanini ko`rsatib turadi.
Negaki, nainki, sababki yoki kabi bog`lovchilar ham sabab ergash gapni tuzishda xizmat qiladi, ammo bunday gap qurilmalar kam uchraydi; Hozir xat yozmay turinglar, negaki xali adres aniq emas.
Sabab ergash gap bosh gapga–ki bog`lovchisi yordami bilan bog`lanishi ham mumkin. Odatda,-ki bog`lovchisi bosh gapning mustaqil shakldagi kesimiga qo`shiladi, bosh gap ergash gapdan oldin keladi; Raxmat jamoagaki, ham ishda xamisha yulyuriq ko`rsatdi, g`amxo`rlik qildi.
Bu xil ergash gaplar bosh gapdan oldin kelishi ham mumkin; Baxtim borki har narsa go`zal ko`rinadi mening ko`zimga.
-ki bog`lovchisi yordami bilan tuzilgan ergash gapli ergash qo`shma gapning tarkibida shuning uchun shu vajdan kabi olmoshlar bo`lishi ham mumkin. Bu holda bosh va ergash gap orasidagi mazmun munosabati yanada jipslashadi, ergash gapga bo`lgan talab va uning ahamiyati kuchayadi; Men yana shuning uchun xursand edimki, u qalamdan qog`ozdan yasalganiga qaramay suvdan zararlanmagan.
Sabab munosabati tushunchasi qo`shma gap qismlarini yuqorida ko`rsatib tobe bog`lovchilar yoki kelishik qo`shimchasini yordami bilan biriktirish yo`li bilangina ifodalanib qolmaydi. Ayrim qo`shma gaplar qismlari orasidagi bog`lovchiga yaqinlashgan leksik vositalar, hatto predikativ birikmalar ham sabab munosabati keltirib chiqarishi mumkin. Bunda leksik vositlarga shunga ko`ra shu sababli, shu tufayli kabi birikmalar kiradi; Ozod halqning boshiga kelmas.
Do'stlaringiz bilan baham: |