Efferent innervasiyaga ta’sir etuvchi dori vositalari


M- va N- xolinoreseptorlarga ta’sir etuvchi dorilar



Download 291,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana09.07.2022
Hajmi291,01 Kb.
#758995
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7.M-xolinoretseptorga ta\'sir etuvchi vositalar, M-N xolinoretseptorlarga tair etuvchi vositalar.. Antixolinesteraz vositalar

M- va N- xolinoreseptorlarga ta’sir etuvchi dorilar: 
M- va N- xolinomimetiklar (
asetilxolin, karboxolin
). 
M- va N- xolinolitiklar (
siklodol
). 
Antixolinesteraz vositalar (
fizostigmin salisilat, prozerin, galantamin gidrobromid, fosfokol
). 
M-xolinoreseptorlarga ta’sir etuvchi dorilar: 
M-xolinomimetiklar (
pilokarpin gidroxlorid, aseklindin

M-xolinolitiklar (
atropin sulfat, platifillin gidrotartrat, skopalamin gidrobromid, metasin
). 
N-xolino reseptorlarga ta’sir etuvchi dorilar: 
N-xolinoreseptorlarni qo’zg’atuvchilar (
N-xolinomimetiklar stitoton, lobelin
)
N-xolinoblokatorlar: 
Ganglioblokatorlar 
Kuraresimon moddalar 
pirilen, dimekolin, 
(periferik miorelaksantlar): 
benzogeksoniy, gigroniy 
tubokurarin, anaturuksoniy 
arfonad. 
diplasin, ditilin. 
M-va N-xolinoreseptorlarni stimullovchi vositalar 
(M-va N-xolinomimetiklar). 
Bunday birikmalarga asetilxolin va uning hosilalari kiradi. AX xolinergik sinapslarda mediator 
vazifasini o’taydi. U xolin va sirka kislotasining murakkab efiri hisoblanadi. Lekin ta’siri qisqa 
bo’lganligidan dori sifatida qo’llanilmaydi. Farmakologiya va fiziologiyada eksperimentlarda 
qo’llaniladi. AX xolinoreseptorlarga to`gridan-to`gri (bevosita) qo’zg’atuvchi ta’sir etib, M-va N-


xolinoreseptorlarni qo’zg’atadi, lekin M-xolinoreseptorlarni qo’zg’alishida yuzaga keladigan 
o’zgarishlar ustunlik qiladi, ya’ni parasimpatik nervlarni qo’zg’atgandagi o’zgarishlar yuzaga keladi: 
qorachiq torayadi, fontanov bo’shligi kengayadi, Shlemov kanali ochiladi, ko’zning ichidan suyuqlik 
oqib chiqish oshadi, ko’zning ichki bosimi pasayadi, kipriksimon mushak qisqargani uchun sinn 
bog’lami bo’shashadi va ko’z gavhari qabariq-shakliga kiradi. Bunda akkomadasiya spazmi vujudga 
kelib, yaqin jismlarni aniq ko’radi. So’lak-bezlarining faolligi oshadi, suyuq va ko’p so’lak ajraladi. 
Bronxlarning sekresiyasi ortib, silliq-mushaklari qisqargani uchun nafas olish qiyinlashadi. 
Bradikardiya, qon bosimining pasayishi va yurak o’tkazuvchanligi susayishi kuzatiladi. Me’da-ichak 
trakti bezlarining sekresiyasi va peristaltikasi oshadi (diariya), o’t pufagi va o’t yo’llari qisqaradi. Peshob 
pufagi, bachadon va to`gri ichak qisqaradi, hohishidan tashqari peshob ajralishi va defekasiya bo’lishi 
mumkin. AX simpatik nerv gangliyalarini ham qozg’atadi, lekin bunda kelib chiquvchi o’zgarishlar M-
xolinamimetik ta’siridagi o’zgarishlar soyasida qoladi. Ko’ndalang targ’il muskullarida AX ta’sirida 
qo’zg’alish impulslarini o’tkazilishi ortadi.
KARBOXOLIN 
– bu dori AX ga o’xshaydi, lekin xolinesteraza fermenti uni gidrolizlamaydi
shuning uchun u turg’un va ta’siri davomlidir. Karboxolin M-va N-xolinoreseptorlarni baravariga 
qo’zg’atadi AX chaqirgan o’zgarishlar sodir bo’ladi. Tibbiyotda karbaxolin glaukomada, ichak va 
peshob pufagini atoniyasini bartaraf qilishda qo’llaniladi. 

Download 291,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish