4. Yuz uchun mashqlar. Yuzdagi a’zolar raqs obrazi xarakterini
ochib berishda muhim o‘rinni egallagani bois, mashqlar alohida
o‘rgatiladi. Jilmayish, nim tabassum, qosh chimirish, qoshni kerib
olish, qosh qoqish, ko‘zni suzish, yumib olish, o'qrayib qarash kabi
mimik harakatlami bajarish. Bimda mavzuga oid kuy va ko‘zgudan
foydalanib yuz a'zolari harakatlantiriladi.
5. Ko‘z uchun mashqlar - Sahnaning sakkizta nuqtasiga qarash.
To‘g‘riga, yuqoriga, pastga, o‘ng tomonga to‘g‘riga, yuqoriga, pastga,
chap tomonga to‘g‘riga, yuqoriga, pastga «Iyak qoqish» harakati bilan
qarash.O‘ngdan chap tomonga «Qiyg‘ir bo‘yin» harakatini bajarib
«Iyak qoqish» harakati bilan tugatish, shu harakatni chapdan o‘ngga
takrorlash.
6. Oyoq uchun m ashqlar - Oyoqlami juftlab oyoq uchiga
ko‘tarilish, oyoq uchini ko‘tarib tovonda turish, tizzalami oldinga
ko‘tarish, oyoqlami bukish, sakrash, otish kabi turlari bajariladi.
«Nuqtali yurish», «Yon yo‘rg‘a», «Oddiy qadam tashlash»,
«Oqsatma», «Ufori», «Chalmash ufori» harakatlardan foydalaniladi.
7. Gavda uchun mashqlar - Tebranish, silkinish, egilish. Gavda
qo‘l, yelka, oyoq, bosh harakatlariga mos holda tebranadi, oldinga va
orqaga egiladi, o‘ng va chapga buriladi. «Belquchar», «Sildirma»,
«Polda yotib aylanish», «Tik turib orqaga, yon tomonlarga egilish»,
« 0 ‘turib orqaga, yon tomonlarga egilish» kabi harakatlardan
foydalaniladi.
8. Aylanishlsr uchun mashqlar - A w al 4 ta nuqtaga qarab,
keyin 2 ta nuqtaga qarab, so‘ngra lta nuqtaga qarab aylanishga
moslashish. 0 ‘ng va chap tomonlarga, oldinga, orqaga,
bir joyda turib
o‘ng va chapga, katta aylana bo‘ylab qo'llaming 1,3,7 holatlarida
aylanish mumkin. 0 ‘ng tomonga aylanganda gavda og‘irligi o‘ng
oyoqqa o‘tadi va o‘ng oyoq uchi bilan aylanadi. Chap tomonga
aylanganda gavda og‘irligi chap oyoqqa o‘tadi va chap oyoq uchi
bilan aylanadi.Gavdani tik tutish lozim.Aylanishlaming «Charh»,
«Tizzalab», «Belquchar», «Spiral» ko‘rinishli, turli holatlardagi turlari
bor:
a)
Qo‘llar I holatda, bosh to‘g‘rida. 3-sanoqda uch marta o‘ng
tomonga, o‘ng oyoq uchi bilan aylanish. 4-sanoqda dam olinadi,
qo'llar 6-holatga kelib «Gul bargi» harakatidan yana 1-holatga
ochiladi. Aylanish chap tomondan qaytariladi. Har safar aylanishda
oyoqlar tayyorlov holatida qoladi;
55
www.ziyouz.com kutubxonasi
b) Qo‘llar 3-holatda, bosh to‘g‘rida. 1 sanog‘ida bir marta o‘ng
tomonga, o‘ng oyoq uchi bilan aylanib 6-holatda
bitta qarsak
chalinadi. Aylanish chap tomondan qaytariladi. Har safar aylanishda
oyoqlar tayyorlov
holatida qoladi;
c) Qo‘llar «Belquchar» holatda (dumoloq shakldagi o‘ng qo‘l
oldida, chap qo‘l orqada). Ikkala oyoq uchiga ko‘tarilgan.O‘ng
tomonga sakkiz sanoqga «Spiral» shaklida pastdan yuqoriga o‘sib
aylanish. Qo‘llar «Belquchar» holatdan asta-sekin 1-holatga ochiladi.
Aylanish chap tomondan qaytariladi. Har safar aylanishda oyoqlar
tayyorlov holatida qoladi;
d) «Sho‘x-sho‘x» aylanish. Qo'llar ong 4-holatda, bosh to‘g‘rida.
3 sanoqda uch marta o‘ng tomonga, o‘ng oyoq uchi bilan aylanish.
4-sanoqda qo‘llar chap 4-holatga ochiladi. Aylanish chap tomondan
qaytariladi. Har safar aylanishda oyoqlar tayyorlov holatida qoladi.
e) 0 ‘ng qo‘l I holatda, chap qo‘l 6-holatda, bosh to‘g‘rida.
3- sanoqda uch marta, chap oyoq uchi bilan chap tomonga aylanish.
4- sanoqda qo‘llar almashadi.Aylanish o‘ng tomonga qaytariladi.
9. Oyoq harakatlaridan namunalar:
Do'stlaringiz bilan baham: