«Oqsatma» - bir sanog‘iga o‘ng oyoqni orqaga sal ko'tarb oyoq
uchi polga uriladi. Ikki sanog‘iga chap oyoq tizzalami bukilmagan
holatida polga qo‘yiladi. Chap oyoqda bajarilganda harakatni chap
oyoq boshlaydi. Bu harakatni bir joyda turib, oldinga, orqaga, yon
tomonlarga yurib bajrish mumkin.
56
www.ziyouz.com kutubxonasi
10. Qo‘l harakatlaridan namunalar:
<(Qanot yoyish»:
QoMlar 1-holatda ikki tomonga to‘lqinlantirilib
bajariladi. Barmoqlar, kaftlar, bilak va tirsaklar,yelkalar
juda
mayinlik bilan harakatlanadi.
«Gul bargi»:
QoMlar 1-holatdan 6-holatga keladi. Kaftlar 1-
holatda tashqariga qaragan boMsa, 6-holatda ichkariga qaragan holda
bajariladi. Bu harakatni 6-holatda kaftlami ichkariga yopib va
tashqariga ochib bajarish ham mumkin.
«Yirik to ‘lqin»:
QoMlar o‘ng tomon 5-holatdan 6-holat orqali chap
tomon 5-holatga harakatlantiriladi va ikkinchi tomonga takrorlanadi.
Harakatni bajarganda suvning kuchsiz yirik toMqinini tasvirlash kerak.
«Mayin sabo»:
QoMlar 2-holatda o‘ng va chap tomonlarga
harakatlantiriladi. Harakatni bajarganda esib turgan mayin shabbodani
tasvirlash kerak. Barmoqlar, kaftlar, bilak va tirsaklar, yelkalar juda
mayinlik bilan harakatlanadi.
«Labi g ‘uncha»:
QoMlar 6-holatda bir-birining ustida kaftining
ichki qismi o‘ziga qaratilib turiladi. Kaftlar ichkari tomoniga bir-
birining ustidan 3-4 marta aylantirilib to‘xtaydi. To‘xtagan vaqtda bir
qo‘l ustida ikkinchi qo‘l qoladi. Kaftlar tashqariga qaragan, kichik
barmoq yuqorida, bosh barmoq pastda boMishi lozim.
«Labi shakar»:
Chap qo‘l belquchib, o‘ng qo‘l kaftining ichki
tomoni labga yaqin turgan holda barmoqlar noz bilan lablarga tegar-
tegmas silkinadi. So‘ng, qo‘l 1-holatga ochiladi, kaft tashqariga
qaragan. Bu harakat ikkinchi tomonga bajariladi.
«Uzum uzish»:
QoMlar o‘ng tomon 4-holatdan 1-holat orqali chap
tomon 4-holatga harakatlantiriladi va ikkinchi tomonga takrorlanadi.
Harakatni bajarganda kaftlar aylantirilib, barmoqlami qirsillatish
kerak. Qaysi qo‘l yuqorida boMsa ko‘z nigohi shu tomonga qaratiladi.
Harakatni bajarganda uzumni uzib olganni tasvirlash kerak.
«Novda egilishi»:
QoMlar o‘ng tomon 3-holatdan chap tomon 3-
holatga harakatlantiriladi va ikkinchi tomonga takrorlanadi. Harakatni
bajarganda kaftlar aylantirilib, barmoqlami qirsillatish kerak.Qaysi
qo‘l yuqorida boMsa ko‘z nigohi shu tomonga qaratiladi. Harakatni
bajarganda novdaning egilganni tasvirlash kerak.
57
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |