boMadi. MaMumki, san’at va adabiyotda hayot obrazlar vositasida aks
ettiriladi. Shunga ko‘ra raqs san’atida baletmeyster
hayotni kuzatadi,
kuzatgan voqealarini tafakkur olamidan o‘tkazadi, ularga qayta sayqal
berib yana jonli hayot shaklida raqsda yaratadi. Shuni ham aytish
kerakki, raqs san'atida badiiy obraz deyilganda nafaqat inson obrazi
tushuniladi, balki tabiatning flora va faunasiga tegishli barcha
ne’matlar kiradi va u sahnalashtirilgan raqsda hal qiluvchi rol
o‘ynaydi. Xoreografik asarlardagi insonlar, o'simliklar, hayvonlar,
kichik jonivorlar yoki hayoliy obrazlarga kiruvchi yaxshilik va
yomonlik farishtalari, yovuz dev kabi obrazlar orqali biz ma’lum bir
davr hayoti haqida keng va konkret ma'lumot olamiz. Obraz deganda
hayotning badiiy manzaralari tushuniladi. Hayotining badiiy man-
zaralari deganda esa, biz raqs asarida borliq kartinalarini tasvirlash
jarayonida namoyon bo‘ladigan quyidagi xususiyatlami anglaymiz:
a) umumlashmalik;
b) konkretlilik, individuallik.
Bular badiiy obrazning asosiy xususiyatlari bo‘lib, ulami shartli
ravishda alohida - alohida ko‘zdan kechirish badiiy obraz tuzilishini,
tabiatini va fiinksiyasini anglashga yordam beradi. Raqs asari
qahramoni hayotdagi kishilarga, hayvonu-jonivorlarga, o‘simliklarga
yoki farishtayu-devlarga juda o‘xshab ketsada, ulaming aynan o‘zi
bo‘la olmaydi. Obraz - umumlashma natijasida yuzaga keladi. Raqsda
tasvirlangan birgina xoreografik obraz zaminida yuzlab-minglab
insonlarga, hayvonlarga, o‘simliklarga, xayoliy mavjudotlarga xos
hislat va belgilar umumlashtirilib, jamlab beriladi. Raqsda tasvir-
langan xoreografik obraz umumlashma natijasigina bo‘lib qolmay,
ayni choqda, konkretlashtirish, individuallashtirish mahsuli hamdir.
Zotan, raqs qahramoni tom ma'noda individuallashtirilgan boMishi
zarur. Chunki baletmeyster xoreografik obrazni individual xususi-
yatlari bilan ko‘rsatish orqali konkretlashtiradi, obrazga jonlilik,
hayotiylik, tabiiylik
baxsh etadi, emotsionallikka erishadi, tomoshabin
hissiyotiga ta'sir etadi, uni ishontiradi. Xoreografik obrazlaming rang-
barangligi, estetik boyligi, ko‘p qirraliligi hayotning va tabiatning
murakkabligi, ko‘pqirraligi taqozosidir. Xoreografik obrazlaming
rang-barangligi konkret tarixiy vaziyatdagi insonlar, hayvonlar,
o‘simliklar va hayoliy farishta va devlaming xarakterlarini haqqoniy
tasvirlash natijasidir. Bu- tipik sharoitni raqs qahramonining bevosita
intellektual olami, xatti-harakatlari, qiliq-odatlari, muomala va
59
www.ziyouz.com kutubxonasi